SO‘ZNING LEKSIK BIRLIK SIFATIDAGI MOHIYATI. LEKSEMANING SEMANTIK TARKIBI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
So‘zning leksik birlik sifatidagi mohiyati. Leksemaning semantik tarkibi
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Leksemalarning leksik birlik sifatidagi tavsifi.
Kirish.
So‘z – tilning eng muhim nominativ birligi.
01
03
02
=== Taqdimot 3 ===
Tayanch tushunchalar
Leksikologiyaning obyekti, lug‘aviy birliklar – so‘z va iboralar, lisoniy omillar, nolisoniy omillar, leksik so‘z , grammatik so‘z , semema, nomema.
=== Taqdimot 4 ===
Kirish
Leksikologiya-tilshunoslikning so‘z so‘zning atash ma’nosini o‘rganuvchi bo‘limidir.
=== Taqdimot 5 ===
So‘z — tilning eng muhim nominativ birligi
So‘z tilning eng muhim nominativ birligidir, chunki u borliqdagi narsa-buyumlarni, predmet sifatida tasavvur qilinadigan mavhum tushunchalarni, harakat-holatni, rang-tus, maza-ta’m, hajm-miqdor, xislat kabi belgi-xususiyatlarni nomlaydi:
daraxt (predmet nomi), ong (mavhum tushuncha nomi), ishlamoq (harakat nomi), oq (rang-tus nomi), shirin (maza-ta’m nomi), katta (hajm nomi), besh (miqdor nomi) kabi.
=== Taqdimot 6 ===
Tilda nomlash xususiyatiga ega bo‘lmagan, binobarin, leksik birlik sanalmaydigan so‘zlar ham bor, ular faqat grammatik yoki modal ma’nolarni ifodalaydi, shunga ko‘ra grammatik so‘zlar yoki morfema-so‘zlar hisoblanadi: yordamchi so‘zlar, modal so‘zlar, taqlidiy so‘zlar, undovlar, olmoshlar shular jumlasidandir.
=== Taqdimot 7 ===
Bular tilshunoslikda:
ifodalovchi so‘zlar (undovlar, modal so‘zlar, yuklamalar),
ko‘rsatuvchi so‘zlar (bog‘lovchilar, ko‘makchilar),
olmoshlovchi so‘zlar (olmoshlar),
atovchi so‘zlar (atoqli otlarning ma’lum turlari) kabi guruhlarga ajratiladi.
=== Taqdimot 8 ===
Shunga ko‘ra so‘zlar:
leksik mazmunli so‘zlar
grammatik mazmunli so‘zlar (so‘z turkumlari bilan bog‘lab) o‘rganiladi.
leksikologiya
grammatika
=== Taqdimot 9 ===
Yurak – inson tana a’zosi, organizmni qon bilan ta’minlovchi a’zosi.
Yurak – muhabbatli yurak, yongan yurak, kuygan yurak.
Leksikologiyada
Grammatikada
=== Taqdimot 10 ===
Tilshunoslikda leksik mazmunli so‘zlarning strukturasi har xil ta’riflanmoqda: ayrim manbalarda leksik mazmunli so‘zlarning ifoda plani (tovushlardan tarkib topgan moddiy tomoni) leksema deb, mazmun plani (ifodalanuvchisi) esa semema deb ta’riflanadi. Demak, leksema va semema leksik birlikning (so‘zning) o‘zaro aloqada bo‘lgan ikki tomoni ekanligi aytiladi.
=== Taqdimot 11 ===
Boshqa manbalarda esa leksema so‘zning ifoda planigina emas, balki uning ifoda va mazmun planlari birligidan iborat yaxlit butunlik ekanligi ta’kidlanadi. Bu butunlik nominativ funksiyadagi so‘z yoki so‘z birikmasi shaklida bo‘ladi. U onomasiolologiyada tilning lug‘at tarkibidagi bir komponent (vokabula) sifatida, semasiologiyada esa ma’lum ma’nolar tarkibidan iborat birlik (semantema) sifatida o‘rganiladi.
=== Taqdimot 12 ===
O‘zbek tilshunosligida leksemaning ifoda va mazmun planlari birligidan iborat bir butun leksik birlik sifatida qaralishi keng tarqalgan, bunda uning ifoda plani (tovush tomoni) nomema termini bilan, mazmun plani esa semema termini bilan nomlanmoqda.
=== Taqdimot 13 ===
GUL
=== Taqdimot 14 ===
GUL
=== Taqdimot 15 ===
Leksemalarning leksik birlik sifatidagi tavsifi
Leksemalarning leksik birlik sifatidagi tavsifida quyidagi belgi-xususiyatlarning alohida o‘rni bor:
=== Taqdimot 16 ===
Leksema ikki tomonning – ifoda va mazmun planlarining (nomema va sememaning) birligidan tarkib topadi:
Semema
leksemaning mazmun plani uning ma’nosi yoki ma’nolari
Nomema
leksemaning ifoda plani uning fonetik qobig‘idir
=== Taqdimot 17 ===
Masalan, gul leksemasining ifoda planida 3 ta fonema (g, u, l), 1 ta bo‘g‘in va 1 ta so‘z urg‘usi bor.
=== Taqdimot 18 ===
Leksemaning ifoda plani bo‘g‘in tiplari, uning fonetik tarkibi bilan bog‘langan bo‘ladi: o‘zbek tilining o‘z qatlamidagi umumturkiy leksemalarning ko‘pchiligi bir va ikki bo‘g‘inli tub so‘zlardir.
=== Taqdimot 19 ===
Bir bo‘g‘inli tub leksemalarning fonetik tarkibi undosh+unli+undosh (bosh, ko‘z), unli+undosh (osh, o‘n) sxemalarida bo‘ladi; bo‘g‘in va so‘z boshida ikki undosh qatorlashib kelmaydi, ammo so‘z oxirida ikki undoshning ketma-ket kelishi uchrab turadi: to‘rt, qirq kabi.
=== Taqdimot 20 ===
Ikki bo‘g‘inli tub leksemalarning birinchi bo‘g‘ini unli (o-na), unli+undosh (ol-ti), undosh+unli+undosh (kat-ta), undosh+unli (bo-la), ikkinchi bo‘g‘ini esa undosh+unli (o-ta), undosh+unli+undosh (ol-tin) sxemalarida bo‘ladi.
=== Taqdimot 21 ===
Ikkinchi bo‘g‘in hech qachon unli bilan boshlanmaydi, ammo unli bilan tugash holatlari (ochiq bo‘g‘in bo‘lishi) ko‘p uchraydi (ke-cha, qay-g‘u, bo-la, bo-bo kabi).
=== Taqdimot 22 ===
O‘zbek tilining o‘zlashgan qatlamidagi leksemalarning bo‘g‘inlarida, binobarin, so‘zning ifoda planida ham bir qator o‘ziga xosliklar bor. Yasama so‘zlarda o‘zak morfema va so‘z yasovchi morfemalar leksema­ning ifoda plani bo‘ladi; ish-chi > ishchi, bosh-la(moq) > boshla(moq) kabi. Fonemalar esa o‘zak va affikslarning ifoda plani vazifasida qo‘llanadi: ishchi — i, sh,ch, i; boshlamoq — b, o, sh, l, a, m, o, q kabi.
=== Taqdimot 23 ===
Leksik mazmunli juft va takroriy so‘zlar ham yaxlitlangan bir leksema hisoblanadi: katta-kichik (bitta leksema), bola-chaqa (bitta leksema), jangir – jungir (bitta leksema) kabi.
Leksemaning ifoda planidagi turli shakllar uning tashqi formasi sanaladi;
=== Taqdimot 24 ===
leksemaning mazmun plani deyilganda uning ma’nosi (yoki ma’nolari) va uslubiy bo‘yoqlari (ma’no qirralari) nazarda tutiladi. Masalan, quloq leksemasining mazmun planida quyidagi leksik ma’nolar bor:
=== Taqdimot 25 ===
“Eshitish a’zosi” (odamning qulog‘i), “dutor, tanbur torlarini sozlash uchun o‘rnatilgan murvatlar” (dutorning qulog‘i), “qozonning yon tomonlaridan chiqarilgan tutqich-dastalar” (qozonning qulog‘i) kabi.
=== Taqdimot 26 ===
Chehra leksemasining mazmun planida esa leksik ma’no qo‘shimcha ottenka — uslubiy bo‘yoq bilan qoplangan. Bu bo‘yoq kishi kayfiyati, ruhiy holati yoki xulq-atvorining yuzdagi aksini ifodalaydi.
=== Taqdimot 27 ===
Leksemaning ifoda va mazmun planlari dialektikaning shakl va mazmun kategoriyalari munosabatiga asoslanadi: shakl mazmunning bo‘lishini taqozo qiladi, mazmun esa shaklsiz yuzaga kelmaydi, ifodalanmaydi ham.
=== Taqdimot 28 ===
Qiyos qiling: shahar, hashar leksemalarining ikkalasida bir xil fonemalar qatnashgan, ammo bu fonemalarning joylashish tartibi, demak, leksemaning shakli har xil.
=== Taqdimot 29 ===
Bu hol shu ikki leksema ma’nolarining tilda farqlanishini ta’minlaydi. Ulardagi fonemalar tartibini o‘zgartirish esa shaklning yo‘qolishiga olib keladi: shahar (so‘z, leksema) — ashhar (so‘z emas), hashar (so‘z, leksema) — rashah (so‘z emas). Demak, tovushlarning har qanday yig‘indisi so‘z (leksema) bo‘lavermaydi: bunday yig‘indi til birligining (leksik birlikning) shakli darajasiga ko‘tarilishi uchun u albatta mazmun bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
=== Taqdimot 30 ===
Leksemalarga xos muhim belgilardan yana biri shuki, ularning har biri u yoki bu leksik-grammatik guruhlarga mansub bo‘ladi: predmet nomlari ot turkumiga, belgi-xususiyat nomlari sifat turkumiga, miqdor anglatuvchi so‘zlar son turkumiga, harakat-holat mazmunli so‘zlar esa fe’l turkumiga kiradi.
=== Taqdimot 31 ===
Leksemalar albatta yaxlitlangan, bir butun birlik bo‘ladi, shu xususiyati bilan grammatik shakllardan, so‘zlar birikmasi va gapdan farq qiladi. Chunonchi, maktab leksemasi leksik birlik sifatida o‘zgarmasdir, ammo uning grammatik shakllari nutqda o‘zgarib turadi: maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan kabi.
=== Taqdimot 32 ===
Shuningdek, “beshta olma“ birikmasini “beshta qizil olma“ deb qo‘llash (birikma tarkibiga “qizil“ so‘zini qo‘shish) mumkin, ammo maktab leksemasi tarkibiga boshqa bo‘g‘in yoki so‘z kiritilmaydi.
=== Taqdimot 33 ===
Leksemada bitta bosh (asosiy) urg‘u bo‘ladi, u shu leksemaning yaxlitligini, bir butun birlik bo‘lishini ta’minlovchi muhim supersegment birlikdir: qovoq, oshqovoq; so‘nggi so‘zning ikkinchi bo‘g‘inida ikkinchi darajali urg‘u, oxirgi bo‘g‘inda esa bosh urg‘u qo‘llangan) kabi.
=== Taqdimot 34 ===
Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkin: har qanday leksema shakl va ma’no butunligiga ega. Leksemaning shakli uning tashqi formasi, mazmun plani esa shu leksemaning ichki formasi bo‘ladi. Shakl ma’noni borliq tusiga kiritadi, shu orqali ma’noning tilda va inson ongida yashashini ta’minlaydi.
=== Taqdimot 35 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“SO‘ZNING LEKSIK BIRLIK SIFATIDAGI MOHIYATI. LEKSEMANING SEMANTIK TARKIBI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar