SOTSIOLOGIYANING FAN SIFATIDA VUJUDGA KELISHI TARIXI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
SOTSIOLOGIYANING FAN SIFATIDA VUJUDGA KELISHI TARIXI
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy va tarixiy shart-sharoitlar
01
=== Taqdimot 4 ===
Sotsiologiya
Sotsiologiya – lotincha “societies” – jamiyat va yunoncha “logos” – ta’limot, tushunchalari birligidan tashkil topgan bo‘lib, jamiyatning dinamik rivojlanishi haqidagi, jamiyat tarkibiga kiruvchi alohida institutlar, tizimlar, guruhlar va ular orasidagi ijtimoiy munosabatlar to‘g‘risidagi fandir. Sotsiologiya mustaqil fan sifatida XIX asrdagina G‘arbiy Yevropada paydo bo‘lgan bo‘lsa ham uning ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi.
=== Taqdimot 5 ===
Ijtimoiy taraqqiyotning murakkablashuvi va ilmiy bilimlarning tabaqalanishi Sotsiologiyaning falsafadan ajralib, mustaqil fanga aylanishini muqarrar qilib qo‘ydi.
Mustaqil fan sifatida XIX asrning 30-yillarida ilmiy muomalaga “Sotsiologiya” atamasi kiritilgandan so‘ng shakllandi.
=== Taqdimot 6 ===
Sotsiologiyani fan sifatida tasavvur etish uchun eng avvalo, uning vujudga kelishi va tarixiy rivojlanish bosqichlarini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Ijtimoiy hayotning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilgan ta’limotlar, qarashlar eramizdan avvalgi IV asrdayoq yunon faylasuflari asarlarida yoritilgan.
=== Taqdimot 7 ===
Sotsial fikrlar rivojida diniy ta’limotlar ham muhim o‘rin tutgan.
=== Taqdimot 8 ===
Budda (buddizm)
Budda ta’limotidagi sotsiologik g‘oyalarga ko‘ra, inson hayoti – yovuzlik va azob- uqubatdan iborat, azob-uqubat chekishning sabablari esa istak hamda ehtirosdadir, ana shulardan qutulmoq kerak. Budda taklif qilgan “qutulish” yo‘li dindor kishi uchun “taqvodorlikka intilish”, “yaxshilik bilan hayot kechirish”ga borib taqaladi.
=== Taqdimot 9 ===
Zaratushtra (Zardusht)
Miloddan avvalgi VI asrdan to milodning III asrigacha bo‘lgan davrdagi dualistik dunyoqarash bo‘lib, uning markazida zardushtiylik ta’limoti yotadi.
Zardushtlik faqat din bo‘lib qolmay, balki o‘sha davrning hukmron mafkurasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy qarashlari ifodasi hamdir.
Zardushtiylikning nazariy asosi – “Avesto” adabiy yodgorligi hisoblanadi. “Avesto”da qadimgi kishilarning tabiat va uni bilish yo‘llari haqidagi tasavvurlari umumiy tarzda ifoda etilgan.
“Avesto”da afsonaviy tasavvurlar bilan birga kishilarning hayotiy tajribalari ham o‘z ifodasini topgan. Kitobda inson va jamiyat, ijtimoiy munosabatlar haqida qiziqarli ma’lumotlar berilgan.
=== Taqdimot 10 ===
Konfutsiylik (551–479)
Miloddan avvalgi V-III asrlarda vujudga kelgan ta’limotdir. U qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikr rivojiga katta hissa qo’shgan. Bu ta’limot Xitoy, Bobil, Misr mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Konfutsiyning falsafiy va sotsiologik qarashlarida axloqiy masalalar markaziy o‘rinda turadi. “Hamma odamlar bir-birlaridan farqlanadilar”, “yangini bilish uchun – eskini o‘rganish kerak”, “mulohazasiz ta’limot foydasizdir, ta’limotsiz mulohaza bo‘lmaydi” – degan fikrlar shular jumlasidandir.
=== Taqdimot 11 ===
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlari
=== Taqdimot 12 ===
Abu Nasr Forobiy (873–950)
U o‘zining ko‘plab ijtimoiy fikrlari bilan sotsiologik bilimlar rivojiga katta hissa qo’shdi. Uning “Fozil shahar aholisi qarashlari haqida kitob”, “Siyosat al- Madaniya” kabi asarlarida oliyjanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqidagi fikr-mulohazalar bayon etilgan. U o‘zi yashagan davrning ijtimoiy tizimini, uning ziddiyatlari va bu ziddyatlarning kelib chiqishidagi muammolarni nazariy jihatdan tahlil qilishga uringan.
=== Taqdimot 13 ===
Abu Rayhon Beruniy (973-1048)
Beruniy Markaziy Osiyodagina emas, balki umuman Sharqda, jahon fani, madaniyati tarixida ham eng ulug‘ va buyuk mutafakkirlardan hisoblanadi. U o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Mineralogiya”, “Hindiston” kabi asarlarida ijtimoiy hayot masalalarini yoritgan. “Mineralogiya” asarining muqaddimasida inson va uning ijtimoiy ahvoli, yerdagi burchi, oliyjanobligi, jamiyat hayoti, ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan. Beruniy tom ma’noda o‘z davri etnosotsiologi ham edi.
=== Taqdimot 14 ===
Ibn Xoldun (1332-1406)
Kishilar mavjud ekan, ularning ehtiyoj, intilishlari o‘rtasida farq bo‘lishi tabiiy va ayrim aholi guruhlari hamda shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik, qarama-qarshiliklar sodir bo‘ladi. Bu esa tartib o‘rnatish va tashkil qilishdek ishlarini o‘rtaga qo‘yadiki, buni “hokimiyat” amalga oshiradi. Bu g‘oya ham Ibn Xoldun qarashlarining muhim xulosalaridandir. Arab tarixchisi va mutafakkiri. U o‘zining asarlarida “Sotsiologiya” faniga oid dadil fikrlarni o‘rtaga tashlagan va Sharqda haqli ravishda shu fan asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning “Kitob ul-Ibar” asarining (1370) muqaddima qismida tarixiy sotsiologik nazariyasi bayon etilgan. U insoniyat ijtimoiy fikri tarixida birinchi bo‘lib, jamiyat, uning ichki rivojlanish qonuniyatlari va taraqqiyot an’analari haqidagi fanni yaratdi.
=== Taqdimot 15 ===
XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida Sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi
Sotsiologiyaning fan sifatidagi asosiy rivojlanish bosqichlari:
01
02
Klassik
Noklassik
03
XX asr Amerika sotsiologiyasi
=== Taqdimot 16 ===
Sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi
Frantsiya, Gеrmaniya, Angliya jahon sotsiologiya fanining markazi hisoblangan. Albatta, boshqa mamlakatlarda ham milliy sotsiologiyaning rivoji uchun ko‘p ish qilgan ajoyib mutafakkirlar bo‘lgan. Rossiyada ular qatoriga N. Karееv, N. Mixaylovskiy, M. Kovalеvskiy, V. Xvostovlarni qo‘shish mumkin. Biroq ular jahon sotsiologiyasi rivojiga sеzilarli ta’sir ko‘rsata olmadilar. Pitirim Sorokin (1889–1968) bundan mustasno. Uni sotsiologik muammoni qamrashida univеrsalligi, jahon sotsiologiyasiga qo‘shgan nazariy va mеtodologik ahamiyati jihatidan M. Vеbеr bilan tеnglashtirish mumkin. Rossiyada tug‘ilib, AQShda vafot etgan aynan shu mutafakkir sotsiologiyaning dong‘ini yoydi.
Birinchi bosqich (XIX asr oxiri – XX asr boshi)
=== Taqdimot 17 ===
Sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi
XX asrning 20-yillaridan boshlanib, hozirgi kungacha davom etayotgan kеyingi bosqichda jahon sotsiologiyasi markazi AQShga ko‘chadi va bu yеrda sotsiologiya faniga davlatdan ancha ko‘mak va ko‘pchilik univеrsitеtlarning tеzda yordami tеgadi. Doktorlik darajasini bеruvchi dunyodagi birinchi sotsiologiya fakultеti 1892-yili Chikago univеrsitеtida paydo bo‘ladi. 1910-yilga kеlib, Amеrika univеrsitеtlari va kollеjlarining aksariyati talabgorlarga sotsiologiya kurslarini taklif qila boshlaydi.
XX asrning 20-yillaridan boshlanib, hozirgi kungacha
=== Taqdimot 18 ===
Sotsiologiya fanininig yuzaga kelishi
Sanoat va shaharlarning rivojlanishi;
G‘arb davlatlarida kapitalizm tuzumining keskin, shiddatli rivojlanishi;
Ijtimoiy fanlardan amaliy natijalarning talab qilinishi.
Sotsiologiyani mustaqil, amaliy va konkret xarakteriga ega bo‘lish sharoitlari vujudga keldi. Tabiiy fanlar va texnika sohasida yuz berayotgan ulkan kashfiyotlar va o‘zgarishlar ijtimoiy taraqqiyotni keskin avj oldirishni taqozo eta boshladi, bu yangi va dolzarb muammolarni esa eskicha uslub va yondashishlar bilan ham qili bo‘lmasligi, xuddi shunday tarixiy sharoitlarda bu ulkan masalalar yechimini izlab topish uchun sotsiologiya mustaqil ijtimoiy fan sifatida oyoqqa tura boshladi.
=== Taqdimot 19 ===
Ogyust Kont (1798-1857)
Fransuz faylasufi, yangi fanga “Sotsiologiya” deb nom berdi. Kont nuqtai nazariga ko‘ra, Sotsiologiya pozitiv mohiyatga ega fandir. “Pozitiv usul” ilmiy kuzatishlar, eksperiment va taqqoslash usuli yordamida to‘plangan empirik ma’lumotlarni nazariy tahlil qilishni ifodalaydi.
O. Kont tomonidan 1839-yilda “Pozitiv falsafa kursi” asarining uchinchi tomi nashr etilganligi natijasida birinchi marotaba u jamiyatni ilmiy asosda o‘rganish sifatida Sotsiologiya terminini qo‘lladi va bu Sotsiologiyaning shakllanishi hamda rivojlanishiga olib keldi.
=== Taqdimot 20 ===
O.Kontning ta’biricha, Sotsiologiya inson aqlini va psixikasini ijtimoiy hayot ta’sirida takomillashib borishini o‘rganib boradigan yagona fandir. Sotsiologiya – bu pozitiv bilimlar cho‘qqisidir. U o‘z tadqiqotlarida pozitiv uslubga suyanadi. Pozitiv uslub kuzatishlardan to‘plangan tajriba va tadqiqotlarni taqqoslash, ishonchli, tekshirilgan, e’tirozni tug‘dirmaydigan empirik ma’lumotlar majmuini nazariy tahlil etishga suyangan.
=== Taqdimot 21 ===
G. Spenser (1820-1903)
G. Spenserning asosiy asari “Sintetik falsafa tizimi” bo‘lib, unda tabiiy va sotsial voqealarning tarixiy rivojlanishi haqidagi chuqur qarashlarini bayon etgan. G. Spenser Sotsiologiyadagi organizmga oid maktabning asoschisi hisoblanadi. U o‘zining organizmga oid nazariyasini va sotsial evolyutsiya tushunchasini “Ilmiy siyosiy va falsafiy tajribalar” asarida atroflicha bayon etgan.
=== Taqdimot 22 ===
G. Spenser jamiyatga tabiiy, eng avvalo biologik qonunlar asosida rivojlanuvchi organizm sifatida qaragan. U jamiyatni jonli biologik organizmga o‘xshatadi.
Sotsial evolyutsiya bu – jamiyatning murakkablashuvi yo‘lidagi progressiv rivojlanish va sotsial, avvalo, siyosiy institutlarni takomillashtirish sohasidagi faoliyatdir. G.Spenser sotsial evolyutsiyaning odamlar ehtiyojlari bilan obyektiv bog‘langanligini ko‘rsatadi.
=== Taqdimot 23 ===
Emil Dyurkgeym (1858-1917)
U bir butun sotsial organizm bo‘lgan jamiyat haqidagi nazariyani ishlab chiqib, rivojlantirgan. U sotsial realizm nazariyasida sotsial voqelik tabiatini sotsial voqealar orqali tushuntirish lozimligi, odamlarning fe’l-atvorini tahlil etishning boshlang‘ichi bo‘lib individlar, ijtimoiy guruhlar hamda tegishli sotsial institutlarning o‘zaro munosabat tizimini tashkil etgan jamiyat hisoblanishini yoritadi.
Sotsiologiya, – deb yozadi u, – sotsial dalillar haqidagi fan bo‘lib, uning asosida siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa g‘oyalar, qoida, qadriyatlar yotadi.
=== Taqdimot 24 ===
Sotsiologiyaning obyеkti, predmeti va funksiyalari
02
=== Taqdimot 25 ===
Sotsiologiya – yaxlit ijtimoiy tuzum sifatida jamiyat haqidagi va uning ayrim tarkibiy elementlari (shaxslar, ijtimoiy birliklar, institutlar) orqali bu tuzumning amal qilishi va rivojlanishini o‘rganuvchi fandir. Sotsiologiya obyekti jamiyat hisoblansa-da, lekin sotsiologiya predmetining dastlabki bosqichi sifatida jamiyat tushunchasini ajratib ko‘rsatish etarli emas.
Sotsiologiyaning obyekti – jamiyatni boshqaruvchi tafakkur qonuniyatlari, ratsional vositalaridir.
Sotsiologiya predmetlariga shaxs, ijtimoiy guruhlar, jamoa va butun
jamiyat faoliyati va rivojlanishi qonun va qonuniyatlari, shuningdek,
jamiyatning ijtimoiy hayoti (sotsial subyektlarning ijtimoiy mavqelar,
rollar, ijtimoiylashuv muammolari bo‘yicha o‘zaro ta’siri) kiradi.
=== Taqdimot 26 ===
Ogyust Kont
Emil Dyurkgeym
K.Marks, F.Engels
Sotsiologiya jamiyat haqidagi tajribaga asoslangan fan.
Sotsiologiya sotsial dalillar haqidagi fan.
Sotsiologiya ijtimoiy tizim sifаtidаgi jamiyat va uning tuzilmaviy elementlarini tashkil etgan shaxslar, ijtimoiy birliklar, ijtimoiy institutlarni ilmiy asosda o‘rganish hisoblanadi.
=== Taqdimot 27 ===
Sotsiologiyaning turli ta’riflanishi
Sotsiologiya – insonlarning sotsial jamoalar va sotsial jarayonlarda tutgan o‘rni, ular o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadigan fan.
Sotsiologiya – jamiyat va shaхsning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ma’naviy hayotdagi faoliyati, ijtimoiy mazmunini o‘rganadigan fan.
Sotsiologiya – jamiyat tuzilishi, uning elementlari va ularning yashash sharoitlarini hamda shu tuzumda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlarni o‘rganadigan fan.
Sotsiologiya – shaxsga ijtimoiy hayot qonuniyatlari orqali ijtimoiy muhitga ko‘nikma hosil qilishga (adaptatsiya) ko‘maklashadigan, shular bilan bir qatorda insonlar jamiyatini rivojlantirishda sotsial tashkilotlarning insonlarga mos, eng qulay variantini topishda va uni amalga oshirishda jismoniy, emotsional-psixologik va ma’naviy imkoniyatlarni ishga solishga yordam bеradigan fan.
=== Taqdimot 28 ===
Sotsiologiyaning jamiyat hayoti bilan xilma-xil aloqasi, uning ijtimoiy vazifasi birinchi navbatda u bajarayotgan funksiyalar bilan aniqlanadi.
=== Taqdimot 29 ===
Gnoseologik – (nazariy bilish) jamiyat to‘g‘risidagi yangi konsepsiyalar, sotsiologik bilimlarni olish imkonini beradi.
Boshqarish – bevosita boshqarmaydi balki boshqaruvning yangi usullarini taklif etadi. Muammolarni hal etish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Axborot yetkazish – mutaxassislargagina emas balki jamiyat uchun ham.
Tashviqot qilish – hamma sohada.
Tashkillashtirish – birlashtirish, yo‘naltirish siyosatda, ishlab chiqarishda, dam olishda.
Bashorat – asosan siyosatda OAVlarda va boshqa sohalarda.
=== Taqdimot 30 ===
Sotsiologiyaning metodlari
Nazariy:
Nazariy metod (fikrlash, abstraktlashdan konkretlik sari o‘tish);
Qiyoslash va taqqoslash;
Induktiv va deduktiv metod;
Izohlash metod;
Prognozlash metod (ijtimoiy to‘qnashuvlar oldi olinadi);
Integratsiya, umumlashtirish metod.
Darajasiga ko‘ra sotsiologiya metodlari ikkiga bo‘linadi:
Amaliy (empirik):
Eksperiment metod;
Kuzatish metod;
Hujjatlarni o‘rganish metod;
So‘rov metod;
Empirik-sоtsiоlоgik metod;
Statistik metod.
=== Taqdimot 31 ===
Fаlsаfа
Аxloqshunoslik
Ijtimoiy geografiya
Siyosatshunoslik
Demografiya
Statistika
Etika
Etnografiya
Tarix
San’atshunoslik
Аntropologiya
Sotsiologiya
Dinshunoslik
Psixologiya
Huquqshunoslik
Ijtimoiy ekologiya
Аdabiyotshunoslik
Pedagogika
Madaniyatshunoslik
Estetika
Iqtisodiyot
=== Taqdimot 32 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“SOTSIOLOGIYANING FAN SIFATIDA VUJUDGA KELISHI TARIXI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar