Shuhrat (G‘ulom Aminjon o‘g‘li Alimov) hayoti va ijodi

6000 so'm


Shuhrat (G‘ulom Aminjon o‘g‘li Alimov) hayoti va ijodi

 

 

Slayd 1

SHUHRAT
(1918-1993)

Slayd 2

Asl ismi G‘ulom Aminjon o‘g‘li Alimov bo‘lgan shoir Shuhrat 1918-yilning 19-aprelida Toshkent shahrining mahallasida tug‘ilgan.

Slayd 3

Adabiyot o’qituvchisining ta’siri
Adabiyot o‘qituvchisi Yunus Latifning ta’sirida badiiy adabiyotga mehr qo‘ydi, she’rlar yoza boshladi. U 1932-1933-yillarda transport texnikumida, 1934-1936-yillarda O‘rta Osiyo transport injenerlari institutida tahsil ko‘radi. 1936-1940-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Toshkent davlat pedagogika universiteti)da ta’lim oladi.

Slayd 4

Ilk she’r va taxallus
Shuhratning birinchi she’ri 1935-yilda 17 yoshida e’lon qilindi.
U 1930-yillarning ikkinchi yarmidan e’tiboran bitgan she’rlariga «Shuhrat» taxallusini qo‘llay boshladi.
O‘sha yillarda Shuhratning «Orzu va qasos» dostoni, «Mehrol» nomli ertak-dostoni chop etildi va o‘quvchilarning e’tiborini tortdi.

Slayd 5

Urush va ijod
1941-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlangach, shoir Shuhrat urushga safarbar qilindi va u yerda 1943-yilda og‘ir yarador bo‘lgunga qadar janglarda qatnashdi.
Frontdan qaytgach, urush mavzusida «Shinelli yillar daftari» she’rlar turkumini yozdi, «Farzand», «So‘lmas chechaklar» kabi dostonlar yaratdi.

Slayd 6

BALLADALARI
«Ona va farzand» asarida sho‘ro yerlarida borgan urush voqeasi aks etgan;
«Jamila»da arab qizining fransuz bosqinchilariga qarshi kurashi aks etgan;
«Raymonda»da Vyetnamda borayotgan urushga qarshi turgan fransuz qizi jasorati madh etiladi.
«Uch qiz afsonasi», «Guldursun», «Qora va oq aravacha haqida ertak» kabi balladalari ham bor.

Slayd 7

Qora kunlar
Shuhrat 1951-yilda shu hukumat idoralari tomonidan «millatchi» degan tuhmat bilan qamoqqa hukm qilinib, Shimoliy Qozog‘istonga jo‘natiladi. Yozuvchi to‘rt yildan ortiqroq vaqt mobaynida qamoqda g‘oyat og‘ir azoblarni boshidan kechiradi.

Slayd 8

1940-yil – “Mehrol” ertak –doston;
1940-yil – “Orzu va qasos” doston;
1947-yil – “Hayot nafasi” she’riy to’plam;
1950-yil –“Qardoshlar” she’riy to’plam;
1947-1957-yil – “Shinelli yillar” roman. 1958-yil e’lon qilindi.
1961-yil – “Sening sevging” she’riy to’plam;
1964-yil – “Ishqingda yonib” she’riy to’plam;
1965-yil – “Oltin zanglamas” roman;
1968-yil – “Jannat qidirganlar” roman ;
1970-yil – “Besh kunlik kuyov” komediya;
1971-yil – “Qo’sha qaringlar” komediya;
1973-yil – “Lirika” she’r va to’rtliklar .

Slayd 9

Shuhrat 1993-yilning 20-iyunida uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan vafot etdi.

Slayd 10

Massagetlar va To’maris
MASSAGETLAR (yun. Massagetai)
Kaspiy dengizining sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida mil. av. 8-4 asrlarda yashagan ko‘chmanchilar.Ular piyoda va otda jang qiladilar, otlarining ko‘kraklariga sovut kiydirganlar.
TO‘MARIS (mil. av. 6-asr)
Turon xalqlarining axomaniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. U massagetlar podshosining xotini bo‘lib, u erining vafotidan so‘ng davlatni boshqargan.

Slayd 11

To’marisning jasorati va harbiysiyosiy faoliyati to‘g‘risida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar to‘qildi:
• Ergash Jumanbulbul o‘g‘lidan Hodi Zarifov yozib olgan «Oysuluv» dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida To’maris faoliyati o‘zining badiiy talqinini topgan.
• Yozuvchi Mirkarim Osim «To‘maris» qissasida uning jasoratini ulug‘laydi.
• Ibrohim Yusupov «To‘maris» (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulug‘bek Musaev shu nomli balet (1982) ni sahnalashtirgan.
• O‘zbekistonda ayollar o‘rtasida «To‘maris o‘yinlari» festivali o‘tkazilmoqda.

Slayd 12

Slayd 13

Uzoq-uzoq o‘tmishlar tarixin titsam,
Massagetlar shonidan bir qissa bitsam,
Afsona deb, kitobxon, qo‘limni tutma!
Shonli uzoq o‘tmishdan ko‘zing berkitma!
Axir, qancha chuqurdan qaynasa buloq,
Suvi shuncha pok bo‘lur, shuncha totliroq!
Ko‘hna tarix bu kunga gar bo‘lsa ibrat,
Uni eslab turmoqlik kerakdir, albat!

Slayd 14

So‘ngra boqdi dumalab yotgan u boshga:
«Tiriklikda to‘ymovding sira qon-yoshga,
Mana endi to‘yib ol, boshing ko‘mib ich,
Bu gal senga kerakmas qalqon-u qilich!»

Slayd 15

O’ylab ko’ring!
Kayxusrav bostirib kelayotgani aniq bo‘lganda massagetlar orasida qanday holat yuz berdi?
Matndan massagetlar yurtini Kayxusrav bosib olsa nimalar bo‘lishi mumkinligi tasvirlangan o‘rinlarni ayta olasizmi?
«Qon yig‘ladi» birikmasi to‘qqiz marta takrorlanishining sababini izohlang.
Asardagi: «Kiyim-boshi qurama, maqsad bittadir» tasvirini tushuntiring.
Kayxusrav mag‘lubiyatining sababi nimada deb o‘ylaysiz?
To‘marisning shaxsiyatini, mardligini ko‘rsatuvchi misralarni matndan alohida ajratib o‘qing. Yovqur yurtboshining shaxsiyatiga baho bering.

Slayd 16

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 17

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Shuhrat (G‘ulom Aminjon o‘g‘li Alimov) hayoti va ijodi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar