Shoyim Bo‘tayev va Erkin A’zam qissalarida davr va shaxs
6000 so'm

Slayd 1
Shoyim Bo‘tayev va Erkin A’zam qissalarida
davr va shaxs masalasi
Slayd 2
Shoyim Bo‘tayev hayoti va ijodi
Erkin A’zam hayoti va ijodi
Erkin A’zam qissalarida davr va shaxs masalasi
“Shoirning to’yi”, “pakananing oshiq ko’ngli” qissalari
Shoyim Bo‘tayevning „Kayvonining mangu makoni“, “Qo‘rg‘onlangan oy” qissasi, qissalardagi o‘ziga xoslik
REJA:
Slayd 3
Shoyim Bo‘tayev 1959 yil 20 iyunda Tojikistonning O‘ratepa tumaniga qarashli Maydoncha kishlog‘ida tug‘ilgan. Xo‘jand Davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan (1982). Ilk qissasi — «Sirli yulduzlar» (1984). Shundan so‘ng yozuvchining «Dunyoning sarhisobi bor» (1988), «Endi bari boshqacha» (1990), «Shamol o‘yini» (1995), «Kunbotardagi bog‘» (1997), «Hayot» (2000), «Ko‘chada qolgan ovoz» (2005) kabi qissa va hikoyalardan iborat to‘plamlari nashr etilgan. «Qo‘rg‘onlangan oy» (1996), «Shox» (2007) kabi romanlar muallifi. «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan (2001).
Shoyim Bo‘tayev (1959)
Slayd 4
Erkin A’zam 1950 yil 10 avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1972). Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Chiroqlar o‘chmagan kecha» (1977). «Otoyining tug‘ilgan yili» (1981), «Olam yam-yashil» (1984), «Javob» (1986), «Bayramdan boshqa kunlar» (1988), «Pakananing oshiq ko‘ngli» (2001), «Kechikayotgan odam» (2002) kabi qissa va hikoyalardan iborat kitoblari nashr etilgan. «Chantrimore», «Piyoda», «Pakana», «Dilxiroj», «Erkak» kabi ekran asarlarining hammuallifi.
Slayd 5
Adabiyot… o’zim yaxshi ko’rgan, hayotimni bag’ishlamoqqa ahd qilgan soha. Taqdir boshqa bir yo’lga solib yuborganida ham men baribir usiz yashayolmas edim chog’i.
Erkin A’zam
Slayd 6
Erkin A‘zam o‘zbek adabiyotining buyuk vakili 10 avgust. Ushbu sanada Boysunning dilbandi, o‘zbek adabiyotining zabardast vakili, Tafakkur jurnalining bosh muharriri, O‘zbeksiton xalq yozuvchisi Erkin A‘zamov tavallud topgan kun. Ushbu sanani munosib nishonlash maqsadida tuman hokimligi, Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tuman bo‘linmasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Boysun tuman Kengashi, tuman Axborot-kutubxona markazi, tuman Xalq ta‘limi bo‘limi va boshqa bir qator tashkilotlar birgalikda munosib tayyorgarlik ko‘rishdi. Boysunimizning faxri bolgan Erkin Azamovning onajonlariga adib tug’ilgan kuni munosabati bilan tashakkurlar bildirildi.
Slayd 7
Slayd 8
Erkin A’zam o‘z asarlarida qahramonlar xarakteri va psixalogiyasini tasvirlashda, tasvir va ifoda yo‘sinining hayotda ko‘rish mumkin bo‘lgan jihatlarini kinoya ostida “kosa tagida nimkosa” shaklida ifodalaydi. Bu jihatdan “Shoirning to‘yi” qissasidagi personajlar xarakteri alohida ajralib turadi. Qissa syujetini qatag‘onga uchragan va keyinchalik vaqt o‘tib oqlangan shoir xotirasiga bag‘ishlangan xotira kechasi va o‘sha kechada qatnashuvchi ijobiy va salbiy xarakterlarga ega bo‘lgan qahramonlar tashkil qiladi. Asarning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan yana biri asar qahramonlariga ism qo‘yilishi ham diqqatni jalb etadi. Ismlarda ham yuqorida aytilgan kinoya uslubi yaqqol sezilib turadi. Qissadagi voqealar hamma hodisa va lavhalar bosh qahramon Otashqalb shoirning butun hayoti atrofida birlashadi.
Slayd 9
Qissada davr va shaxs fojiasi bir- biriga qarama –qarshi qo‘yiladi. Otashqalb shoir shaxs fojiasi bo‘lsa, Oqsaqol shoir, Mafkuraxonim, Ajoyib domla singari obrazlarda davr fojiasi tasvirlanadi.
Asar kulminatsiyasi ham Otashqalb shoirning o‘z xotira kechasida qatnashishi,
o‘z fojiasiga sababchi bo‘lgan insonlarning bugun davr bir teskari aylanib uning eng yaqin kishilaridek ko‘rsatishiga guvoh bo‘lib o‘tirishi ammo bir og‘iz ham so‘zlay olmasligida va uni hech kim tanimasligida.
Qissadagi Musofir muxlis deya atalgan qahramonning tasviri diqqatni tortadi.
Chunki: “…Qo‘lbola aravachada o‘tirgan bu odam nogirinlikning jamuljam timsoli edi. Tizzadan kesilgan oyoqlarining po‘ntig‘iga kirza etikning qo‘njidan yasalgan qoplama kiyg‘izilgan, ikkala qo‘lining ham tirsagidan osti yo‘q- isqirt, yag‘iri chiqqan qora paxtalikning shalviragan yerlari yuqoriga qayrilib, bilakkacha chandib qo‘yilgan. Avji bahorning ilk oqshomi bo‘lishiga qaramasdan G‘aroyib muxlisning egnida qalin paxtaligu, boshida esgidan esgi quloqchin; soch-soqoli o‘sib ketgan qo‘sqi.Tashqi qiyofasidan bu yurtning fuqarosiga o‘xshamaydi, uzoqdan kelgan, juda uzoqdanmusofir. Ammo uning asov baroq qoshlari tagidan boqib turgan o‘tli ko‘zlarini ko‘rgan odam bir seskanib tushishi muqarrar! Va uni shubhasiz og‘ir bir savol o‘rtay boshlaydi:
bu qadar tanish ko‘zlar kimniki?”
Slayd 10
Xulosa qilib aytganda asar bir shaxs fojeasi orqali butun o‘tgan davrnitasvirlaydi. O‘z o‘rnida esa bunga sababchi bo‘lgan insonlar tashqaridan emas o‘z ichidan yetishib chiqqan munofiq, manfur kimsalardir.
Slayd 11
Pakananing oshiq ko‘ngli” qissasi bo‘yi past va shuning ortidan ishq bobida omadi yurishmagan romantik kayfiyatdagi yigit haqida. Bu – o‘ziga xos, yumorga, ichki ziddiyat, murakkablik, qiziqarli tafsilotlarga boy asar. Qissa qahramoni Pakana sevgi bobida doimo bo‘yi tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bo‘yini o‘stirish uchun turfa xil usullarni qo‘llaydi, ko‘p urinadi, ammo bari besamar. Falakning gardishi bilan oddiygina, unchalik ham chiroyli bo‘lmagan bir qizga uylanadi. Uning uylanishi, farzandli bo‘lishining o‘zi qiziqarli tarzda ro‘y beradi. Asar oxirida pakana puch xayollar ketidan yugurib umr o‘tkazgani, yonidagi baxtining vaqtida qadriga yetmaganidan afsuslanadi. Qissasidagi voqealar sotsializmning so‘nggi yillarida ro‘y beradi. Qissadagi qiziqarli voqealar fonida achchiq gaplar, kuchli ramziy ma’nolar yotibdi.
Slayd 12
Modern, aslida, yangicha, adabiy bir yangilik degani. Sirasini aytganda, chinakam badiiy asar hamisha kashfiyot, yangicha bo’lmog’i lozim va shu so’zga ko’ngil juda sust ketsa, uni sira ikkilanmay modern namunalari qatoriga qo’shish mumkin. Darvoqe, rus adabiyotshunosligida bu borada “modernlashgan realizm”, ya’ni yangilangan realizm degan bir istiloh ham paydo bo’libdi-ku. Demak, baribir, tagzaminida realizm bor ekan-da, osmonga sapchib nima foyda!
Slayd 13
Qissa nomi “Pakananing oshiq koʻngli” edi, kinoqissa nega “Pakana?” Uning oshiq koʻngli qani? Tejamkorlikka intilgan muallif sarlavhani ham qisqartirgan desak-da, yana bir fikr xayolimizda aylanadi: balki uning oshiq koʻngli bilan ishimiz yoʻqdir, koʻnglidagilar sarob boʻldi. U oshiqligidan ham koʻngil xazinasi − sevgisidan ham ajraldi. Taqdirga tan berdi. Hayot tuhfa etganiga qanoat qilish kerakligini tushunib yetdi. Muallif shuning uchun ham kinoqissani “Pakana” deya nomlagandir. Axir uning boʻyi orzulariga yetmadi. U erishish mumkin boʻlgan orzu va maqsadlar sari harakat qilmadi. Natijada, pakanaligicha qoldi. Zero, yetisha olmaydigan orzulariga mustaqil pakana emas, mustaqil pakanaga aylandi.
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu asarda asar haqida keng yorilib bergan, hozirgi kundagi asarning tarixi, unga qisqacha tasnif berilgan.
Slayd 14
Pakanaga kim uy olib berish uchun yordam qiladi?
A)Boshliq
B)Nurali
C)Lenov amaki
Shoirni oqlagan yagona obraz qaysi?
A)Mafkuraxonim
B)Jasur shoir
C)Oqsoqol
«Shoirning to’yi» asarida shoir kimlarning protatipi?
A)Usmon Nosir
B)Cho’lpon
C)Ikkalasi ham
Slayd 15
Safsar Pakanadan ko’ra kim bilan ko’proq birga yurardi?
A)Qamara
B)Nurali
C)Boy insonlar bilan
Asarda kim «shoirning o’zi qani?» deya kim aytadi?
A)Ajoyib domla
B)Oqsoqol
C)Mafkuraxonim
Pakana o’zi yaratgan asarini qaysi nomga o’zgartirib qo’ydi?
A)Dard
B)Hayot
C)Armon
Slayd 16
Asarda do’stlari tomonidan qamalgan va oqlangan obraz qaysi?
A)Otashqalb
B)Jasur shoir
C)Oqsoqol
Pakana qaysi obrazni chindan yaxshi ko’raman deb o’ylaydi
A)Safsar
B)O’yinchi qizni
C)Aziza
«Shoirning to’yi»obrazi qaysi voqea bilan tugallandi?
A)To’y
B)O’lim
C)Yarashish
«Pakananing oshiq ko’ngli» asarida uchramaydigan qiz obrazini ko’rsating.
A)Arofat
B)Nozima
C)Aziza
Slayd 17
SH
O
I
R
J
I
Y
A
N
I
O
Q
S
O
Q
O
L
D
O’
S
T
T
E
P
A
K
A
L
R
A
S
S
O
M
Q
A
M
A
R
A
Slayd 18
Oqsoqol avval qaysi ish bilan shug’ullangan?
Tanimagan odami haqida ma’lumot aytgan ayol shoirning kimi edi?
Otashqalbning eng yaqin do’sti kim bo’lgan avval?
Otashqalbni yoshligi haqida kim gapirdi?
Mafkuraxonimning yaxshi ko’rgan obrazi qaysi?
Pakananing kasbi qaysi edi?
Pakana yoshligida yaxshi ko’rgan raqqosa kim edi?
Slayd 19
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 20
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.