She’r tuzilishi va vazn

6000 so'm


She'r tuzilishi va vazn

 

 

Slayd 1

She’r tuzilishi. Vazn

Slayd 2

Shoirning fikri va ichki kechinmalari ifodasi bo‘lib, ma’lum bir tartibga solingan ritmik nutq she’r deb ataladi.

Slayd 3

Ijodkorning qalbida ma’lum bir voqea-hodisaga nisbatan paydo bo‘lgan munosabat ichki kechinma deyiladi va uning o‘lchamli nutq holida bayon etilishi natijasida she’r paydo bo‘ladi.

Slayd 4

Adabiyotshunoslik ilmida nutqningbu tarzda qolipga, o‘lchamga solinishi vazn yoki she’riytizim deb ataladi.

Slayd 5

She’r tizimlari mana shu qolipga solingannutqqa nimaning asos sifatida olinayotganiga qarab bir-biridan farq qiladi.

Slayd 6

She’riyatimizda asosan uchta:

barmoq, aruz va erkin vaznlar qo‘llanib kelingan.

Slayd 7

O‘zbek she’riyatida eng ko‘p o‘rin egallaydigan barmoq deb atalgan she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlar miqdori asosiy o‘lchov hisoblanadi.

Slayd 8

Barmoq she’r tizimida misralarda bo‘g‘inlar soni bir xil miqdorda takrorlanadi va bir xil guruhlanadi, biroq bo‘g‘inlarning sifati, ya’ni ochiq-yopiqligi, uzun-qisqaligi muhim sanalmaydi.

Slayd 9

O‘zbek she’riyatiga arab va fors she’riyatidan kirib kelganaruz deb nomlangan tizimda esa misralardagi hijolarningqat’iy miqdori va guruhlanishidan tashqari sifati, ya’ni qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziqligi ham muhimahamiyatga ega bo‘ladi.

Slayd 10

Hozirgi o‘zbek she’riyatiga xos vaznlardan yana biri erkin she’r tizimi deb ataladi. Erkin vaznda bir o‘lchamdan boshqasiga erkin o‘tib ketilaveradi.

Slayd 11

Barmoq she’r tizimida ikki xil vazn bor: sodda vazn, qo‘shma vazn.

Slayd 12

Qani, ayt, maqsading nimadir sening? – 11 bo‘g‘in

Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? – 11 bo‘g‘in

Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim, – 11 bo‘g‘in

Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? – 11 bo‘g‘in

Masalan:

Slayd 13

Misralardagi bo‘g‘inlar miqdori ikki xil ko‘rinishda bo‘lsa, qo‘shma vazn deb ataladi. Qo‘shma vaznda bo‘g‘inlar miqdori bir xil bo‘lmagan misralarning muayyan tartibi she’r oxirigacha qat’iy saqlanadi.

Slayd 14

Alisherga alla aytib uxlatgan – 11 bo‘g‘inSen – ona. – 3 bo‘g‘inOg‘ushida Bobur kamolga yetgan – 11 bo‘g‘inSen – ona, – 3 bo‘g‘in

Masalan, Mirtemirning

Slayd 15

Barmoq she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlarning

muayyan guruhlarga bo‘linishi turoq deb ataladi. Bo‘g‘inlarning

qanday ko‘rinishda turoqlarga bo‘linishi esa

she’rning o‘ziga xos ohangini keltirib chiqaradi.

Slayd 16

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 17

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“She’r tuzilishi va vazn” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar