=== Taqdimot 1 ===
Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi vaijtimoiylashuvi
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o‘rni.
03
Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari.
04
Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuvi bilan aloqadorligi.
02
“Individ” va “Shaxs” tushunchasi.
=== Taqdimot 3 ===
Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur.
Tarbiya insonga o‘zida yaxshi odat va fazilatlar hosil qilishga yordam beradi.
Alisher Navoiy.
=== Taqdimot 4 ===
“Individ” va “Shaxs” tushunchasi
01
Inson shaxs sifatida shakllanishining asosi bu uning o‘quv faoliyatidir.
=== Taqdimot 5 ===
“Individ” va “Shaxs” tushunchasi
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.
Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
=== Taqdimot 6 ===
“Individ” va “Shaxs” tushunchasi
“Individ” sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilatga ega, shaxs bo‘lib yetishadi.
Biron-bir kishini biz individ deb ataganda biz juda ko‘p narsalarni aytgan bo‘lamiz.
Individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o‘tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan muntazam tarzdagi ijtimoiy fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda etiladi.
=== Taqdimot 7 ===
Individuallik – kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir.
Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarda, odatlarda, qiziqishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubida namoyon bo‘ladi.
=== Taqdimot 8 ===
Shaxs – biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va xislatlarning yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab olinishidir.
Shaxsning shakllanishida quyidagi omillar qatnashadi:
1) biologik (nasl);
2) tabiiy muhit;
3) madaniy muhit;
4) ijtimoiy tajriba;
5) odamlar bilan munosabat.
=== Taqdimot 9 ===
Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi
02
Inson shaxs sifatida shakllanishining asosi bu uning o‘quv faoliyatidir.
=== Taqdimot 10 ===
Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi
Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir.
=== Taqdimot 11 ===
Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Inson tirik, biologik mavjudotdir.
Uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega.
Shaxs rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
=== Taqdimot 12 ===
Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan (tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa) u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
Shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq.
=== Taqdimot 13 ===
Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi
Ijtimoiylashuv – inson tomonidan jamiyatda hayot kechirish imkonini beruvchi bilimlar, normalar va qadriyatlar tizimining o‘zlashtirilishi jarayoni.
Ijtimoiylashuv – inson tomonidan kishilik madaniyatining, xususan milliy madaniyat an’analarining o‘zlashtirib borilishi jarayoni sifatida ham talqin etilishi mumkin.
Shaxs rivojlanishida ijtimoiy munosabatlarning o‘rni muhim sanaladi. Ijtimoiy munosabatlar – odamlar o‘rtasida turli aloqalar bo‘lib, bunday munosabatlar ularning birgalikdagi moddiy va ma’naviy faoliyati natijasida qaror topadi.
=== Taqdimot 14 ===
Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va
ijtimoiylashuvi
=== Taqdimot 15 ===
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o‘rni
03
Inson shaxs sifatida shakllanishining asosi bu uning o‘quv faoliyatidir.
=== Taqdimot 16 ===
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o‘rni
Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi?
Yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi?
Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir?
Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday?
=== Taqdimot 17 ===
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o‘rni
Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan (preformizm) oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
=== Taqdimot 18 ===
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o‘rni
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi.
Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim Edvart Torndaykdir.
=== Taqdimot 19 ===
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o‘rni
Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtayi nazardan asoslaydilar.
Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar.
=== Taqdimot 20 ===
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o‘rni
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtayi nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega.
=== Taqdimot 21 ===
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi:
01
tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish mumkin.
03
tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
04
tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga yetadi.
02
tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 22 ===
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o‘rni
Bilimlarni o‘zlashtirish bolaning tafakkurini o‘stiradi, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo‘lib, bu jarayonda ularda ijtimoiy xulq mezonlari shakllanadi.
Shaxs qaysi yoshda bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Mehnat insonning ham jismoniy, ham ma’naviy kamol topishida muhim manba hisoblanadi. Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada bo‘ladilar, o‘zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko‘rsatishga harakat qiladilar.
=== Taqdimot 23 ===
Shaxs rivojlanishining yosh va o‘ziga xos xususiyatlari
04
Inson shaxs sifatida shakllanishining asosi bu uning o‘quv faoliyatidir.
=== Taqdimot 24 ===
Shaxs rivojlanishining yosh va o‘ziga xos xususiyatlari
Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi.
Bola organizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi.
Abu Ali ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar.
=== Taqdimot 25 ===
Shaxs rivojlanishining yosh va o‘ziga xos xususiyatlari
Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab.
=== Taqdimot 26 ===
Shaxs rivojlanishining yosh va o‘ziga xos xususiyatlari
ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin:
=== Taqdimot 27 ===
Shaxs rivojlanishining yosh va o‘ziga xos xususiyatlari
Bolaning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
=== Taqdimot 28 ===
=== Taqdimot 29 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.