Shaxsni evolyusion rivojlanishi
4000 so'm

Slayd 1
Shaxsni evolyusion jihatdan rivojlanishi
Slayd 2
Reja:
Shaxsni evolyusion jihatdan rivojlanishi
Shaxs nazariyalariga zamonaviy qarashlar
Evolyusion nazariyalar va shaxs
Shaxs filogenezi va ontogenezi
Individ, subyekt, shaxs, individuallik tushunchasi.
Slayd 3
19 Asrning birinchi oʻn yilliklarida shaxs psixologiyasi muammolari bilan faylasuflar bilan bir qatorda shifokor-psixiatrlar ham shugʻullana boshladi. Ular birinchilar qatorida klinika sharoitlarida bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda kuzatuvlar olib bordilar, uning hulq-atvorini yaxshiroq tushunish maqsadida bemor hayoti tarixini oʻrgandilar. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda odatda aniqlanadigan shaxs xususiyatlari boʻldi. Keyinchalik ular tomonidan aniqlangan oʻziga xos xususiyatlar sogʻlom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin ularda kuchsiz holatda, bemorlarda esa oʻta kuchli tarzda ifodalanishi aniqlandi. Bu, masalan, xavotirlik va rigidlik, zatormojennosti(Letargiya) va qoʻzgʻaluvchanlik holatlariga tegishlidir.
Slayd 4
Shaxsni aniqlash qirralari shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday atamalar bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal, ham patologik, ham yoʻnalganlik shaxsga tarif berish mumkin edi. Shunga qaramasdan, ushbu yondoshuv psixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb hisoblanmaydi.
Bunday yondoshuvlar normal shaxsni yaxlit holda tariflash uchun juda qisqa va yetarli emas. Bunday aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq ifodalanuvchi, doimo ijobiy, «mutanosib» boʻlgan shaxs xususiyatlari kiritilmagan edi.
Bularga misol qilib, layoqatlar, ahloqiy sifatlar va boshqa shaxs xususiyatlarini keltirish mumkin. XX asrning dastlabki oʻn yilliklariga kelibgina, shaxs, ungacha inson holatlari va bilish jarayonlarini tadqiq etish bilan shugʻullanayotgan psixologlar tomonidan oʻrganila boshladi.
Slayd 5
XX asrda psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal olib borilgani uchun, ularga farazlarni aniq tekshirish va asoslangan faktlarga ega boʻlish maqsadida malumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash qoʻllanildi.
Shu asosda, psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib shaxsni tadqiq etishning ishonchli va valid test metodlarini ishlab chiqish birinchi navbatdagi vazifa boʻlib qoldi.
Shaxsga tegishli boʻlgan nazariyalar va konsepsiyalarni tasniflashga nisbatan yondoshuvlarning turli xillari mavjud.
Masalan,Robert Semyonovich Nemov shaxsga doir nazariyalarning 48 tasini keltiradi, ularning har biri tasniflashga asos boʻladigan besh koʻrsatkich boʻyicha baholanishi mumkin.
Slayd 6
Bularga hulq-atvorni tushuntirib berish usuli;
Shaxs haqida malumotlarga ega boʻlish usuli;
Shaxsga burchak ostidan qarash;
Yosh darajalari;
Shaxsni tasvirlab beruvchi tushunchalar kabi koʻrsatkichlar kiradi.
Mavjud boʻlgan shaxs nazariyalarining barchasini hulq-atvorni tushuntirib berish usuli boʻyicha psixodinamik, ijtimoiydinamik va interaksion nazariyalarga boʻlish mumkin.
Psixodinamik nazariyalarga shaxsning ruhiy yoki ichki xususiyatlaridan kelib chiqib, uni tariflovchi va hulq-atvorini tushuntirib beruvchi nazariyalar kiradi. Ijtimoiydinamik nazariyalarning nuqtai nazariga koʻra, hulq-atvor determinasiyasida asosiy oʻrinni tashqi vaziyatlar egallaydi.
Slayd 7
Interaksion nazariyalar insonning dolzarb faoliyatini boshqarishdagi ichki va tashqi omillarning oʻzaro harakati tamoyiliga asoslangan.
Shaxs haqida malumotlarga ega boʻlish usuliga koʻra barcha nazariyalarni eksperimental va noyeksperimentallarga boʻlish mumkin.
Eksperimental shaxs nazariyalariga va umumlash tajriba oʻtkazish yoʻli bilan toʻplangan malumotlarni tahlil qilishiga asoslangan nazariyalar, noyeksperimentallarga esa – mualliflari tajribaga murojaat qilmasdan turib, hayotiy taassurotlarga, kuzatishlar va tajribaga tayangan holda nazariy bilimlarni umumlashtiradigan nazariyalar kiradi. Navbatdagi nazariyalarni tasniflashga asos boʻlib xizmat qiladigan nuqtai nazar mualliflarning shaxsni tuzilishga ega boʻlgan yoki dinamik hosila sifatida tasvirlovchi qarashdir.
Slayd 8
Tuzilishga ega boʻlgan nazariyalar qatoriga tushunchalar tizimi yordamida tasvirlanuvchi shaxs tuzilishini aniqlash asosiy muammo boʻlib hisoblanadigan nazariyalar kiritiladi.
Dinamik nazariyalar deb, asosiy mavzusi shaxs taraqqiyotida qayta tuzish, oʻzgartirish, yani, uning dinamikasiga taalluqli boʻlgan nazariyalarga aytiladi.
Shuningdek, yosh va pedagogik psixologiyada yuzaga kelgan bir qator shaxs nazariyalari mavjud.
Bunday nazariyalar shaxs taraqqiyotining inson tugʻilganidan boshlab maktabni bitirishigacha boʻlgan, chegaralangan yosh davrini koʻrib chiqishga asoslangan. Bundan tashqari, mualliflari oʻz oldilariga shaxs taraqqiyotini insonning butun umri davomida kuzatish vazifasini quygan nazariyalar ham mavjud.
Slayd 9
Shaxs nazariyalarini tasniflash uchun asos boʻladigan yana bir holat, bu nazariyalardagi shaxsning ichki xossalari, qirralari va sifatlari yoki uning tashqi ifodalanishi, masalan, hulq-atvori va harakatlariga qaratilgan etibordir.
Shu asosda qirralar nazariyalarini ajratish mumkin.
Nazariyalar ushbu guruhining holatlarga koʻra, barcha odamlar bir-biridan alohida, mustaqil qirralarning rivojlanganligining toʻplami va darajasi bilan farqlanadi, shaxs haqidagi malumotlarni esa, test yoki shaxs qirralarini aniqlash va tasvirlashning boshqa usuli yordamida, masalan, malum insonni kuzatgan turli odamlarning hayotiy kuzatishlarini umumlashtirish asosida olish mumkin.
Slayd 10
Shaxs qirralariga baho berishning ikkinchi usuli barcha odamlarni tipologik guruhlarga birlashtirishdan iborat. Bunda bir xil tipologik guruhga tegishli boʻlgan odamlar yaqin psixologik xususiyatlarga ega boʻladilar, va ular oʻzlarining hulq-atvori bilan bir-birlariga juda oʻxshash boʻladilar.
Robert Semyonovich Nemov tomonidan koʻrib chiqilgan shaxs nazariyalarining tasniflaridan tashqari, boshqa tasniflar ham mavjud.
Shulardan biri Blyuma Vulfovna Zeygarnik tomonidan koʻrib chiqilgan mavjud boʻlgan shaxs nazariyalarini mazmun-mohiyat va tarixiy tamoyillarda, ularning yuzaga kelishi va taraqqiyoti sharoitlariga bogʻliq holda oʻrganishdir.
Slayd 11
Bunda nazariyalarning quyidagi guruhlari ajratiladi:
Freydizm va neofreydizmning shaxs nazariyalari, shaxsning umuminsoniy nazariyalari, ekzistensial psixologiyaning shaxs nazariyalari, fransuz ijtimoiy maktabining shaxs nazariyalari va boshqalar. Qisqacha asosiy psixologik shaxs nazariyalarini koʻrib chiqamiz
Amerikalik ruhshunos Gordon Ollport va ingliz ruhshunosi Reymond Bernard Kettell tomonidan ishlab chiqilgan shaxs qirralari nazariyasi shular jumlasidandir.
Shaxs qirrasi deganda inson tomonidan hayoti davomida uning tajribasi, irsiyati va organizmining fiziologik xususiyatlari asosida egallanadigan barqaror xossa tushuniladi. Shaxs qirralariga xarakter qirralari kiradi.
Slayd 12
Gordon Ollport tan olgan shaxs qirralarini aniqlash va baholashning usullaridan biri chet tilini oʻrganishga, shaxsni har tomonlama tariflash mumkin boʻlgan soʻz-tushunchani tanlab olishga asoslangan. Tanlab olingan soʻzlarning yetarli tarzda qisqartirish yoʻli bilan boʻlishi mumkin boʻlgan shaxsiy qirralarning malum odamda ularni keyinchalik baholash maqsadida toʻla roʻyxati tuziladi.
Gordon Ollport shaxsiy qirralarni oʻrganish metodikasini tuzishga xuddi mana shu yoʻl bilan erishdi.
Shaxs qirralarini baholashning Reymond Bernard Kéttell tomonidan qoʻllanilgan boshqa usulida hozirgi zamon statistikasining murakkab metodi – omil tahlili ishlatiladi, bu metod oʻzini tahlil qilish, soʻrov oʻtkazish, odamlarning hayotiy kuzatishlari natijasida olingan koʻplab turli koʻrsatkichlar va shaxsga baho berishni yetarlicha kamaytirish imkonini yaratadi.
Slayd 13
Natijada statistik jihatdan mustaqil holatdagi inson shaxsining alohida qirralari boʻlib hisoblanadigan omillar toʻplami hosil boʻladi. Ushbu metod yordamida Reymond Bernard Kettel 16 xil turdagi shaxs qirralarini namoyon qilishga muvaffaq boʻldi. Ularning har biri kuchli va kuchsiz rivojlanganlik darajasini anglatuvchi ikkita nomga ega boʻldi. Tajribada aniqlangan qirralar toʻplami asosida Reymond Bernard Kettell 16-omilli shaxs soʻrovnomasini tuzib chiqdi.
Slayd 14
Shaxsning psixoanalitik nazariyasi (Zigmund Freyd, A. Alfred Adler, Karl Gustav Yung 13, Erix Zeligmann Fromm, Karl Xorni). Bu nazariyaga koʻra, shaxs uch qism: Id, ego va Superegodan iborat insonning ichki, psixologik hosilasidir. Id – bu anglanmaganlik, bunga biologik ichki sezgilar va insonning hayvonlar bilan umumiy boʻlgan organik ehtiyojlari kiradi.
Z. Freyd jinsiy ehtiyojlar va tahdidlilikni, Alfred Adler – hokimiyatga intilishni, K. Xorni – turli-tuman komplekslarni, Erix Zeligman Fromm – odamning ozodlikka yoki uni cheklashga intilishini ajratib koʻrsatadilar. Bu – shaxsning oʻzini anglashi.
Superegoga inson qadriyatlari, uning hayotiy maqsadlari, ideallari kiradi.
Shaxsning bu uch tarkibiy qismlari, odatda, uygʻunlik holatida boʻlmaydi, ular oʻrtasida nevrozlarga, inson ruhiyati va hulq-atvoridagi nuqsonlarga sabab boʻluvchi nizolar yuzaga keladi.
Slayd 15
Karl Gustav Yung Freydning undan ajralib chiqqan birinchi oʻquvchilaridan biri boʻlib hisoblanadi. Ular oʻrtasidagi turli fikrlilikning paydo boʻlishiga Z. Freydning panseksualizm gʻoyasi sabab boʻldi. Psixologiya nazariyasi bo’lib, unda «barcha qiziqish va istak jinsiy instinktdan kelib chiqadi» yoki boshqacha qilib aytganda. Karl Gustav Yung boʻyicha, inson psixikasi uch daraja: ong, shaxsiy anglanmaganlik va jamoaviy anglanmaganlikdan iborat.
Inson shaxsi tuzilishida qadimgi oʻtgan insoniyatdan qolgan xotiralardan hosil boʻlgan jamoaviy anglanmaganlik asosiy oʻrinni egallaydi.
Jamoaviy anglanmaganlik umumiylik xususiyatiga ega. U ham oʻz navbatida turli darajalardan iborat. Bu milliy, irqiy va umuminsoniy meros bilan belgilanadi.
Slayd 16
Eng chuqur daraja odamgacha boʻlgan davrdan, yani, odamning avlodi boʻlgan hayvonlarning tajribasidan boshlanadi.
Shunday qilib, Gustav Yung tarifiga koʻra, jamoaviy anglanmaganlik – bu qadimgi ajdodlarimizning ongi boʻlib, ular oʻylagan va his etgan, hayot va dunyo, xudolar va inson mavjudotlarini oʻrganish vositalaridan iborat.
Jamoaviy anglanmaganlik bazi odamlarda faqat tushlarida emas, balki, real ijodkorlikda arxetiplar koʻrinishida namoyon boʻladi.
Masalan, ona arxetipi – bu hissiyot va obraz mazmuniga ega boʻlgan oʻz onasidan kelib chiqqan umumiy ona gʻoyasi. Bola bu arxetipni tayyor koʻrinishda irsiyat orqali oladi va shu asosda oʻz onasining aniq obrazini yaratadi.
Slayd 17
Yung fikriga koʻra, jamoaviy anglanmaganlikdan tashqari shaxsiy anglanmaganlik ham mavjuddir, lekin u ongdan ajralmagan holatdadir. Shaxsiy anglanmaganlik qachondir anglangan boʻlib, keyinchalik yoddan chiqarilgan yoki ongdan siqib chiqarilgan kechinmalardan iborat.
Shaxsiy anglanmaganlikning tuzilish birligini mulohazalar va xotiralar, tuygʻular qorishmasi, yigʻindisi tashkil etadi. Shuningdek, Yung «Men» tushunchasini kiritdi.
Bu tushuncha orqasiga insonning yaxlitlikka va bir butunlikka intilishi yashiringan. Bu orqali onglilik va anglanmaganlik oʻrtasidagi mutanosiblikka erishiladi.
«Men» turlicha ifodalanishi mumkin. Uning ifodalanishiga bogʻliq ravishda odamlarni malum tiplarga ajratish mumkin. Yung insonning oʻziga yoki obyektga yonalganligi asosida shaxs tiplarining tasniflanishini keltiradi.
Slayd 18
Bunga muvofiq ravishda u barcha odamlarni ekstravertlar va introvertlarga boʻladi. Freydning yana bir ustozidan uzoqlashgan mashhur oʻquvchilaridan biri, individual psixologiyaning asoschisi – Alfred Adler 14 hisoblanadi.
U Freydning biologiyalashtirish nazariyasini keskin qoraladi. Adler, insonda asosiysi – uning tabiiy ichki sezgilari emas, balki, oʻzi «umumiylik tuygʻusi» deb nomlagan ijtimoiy tuygʻulari ekanligini takidladi.
Bu tuygʻu tugʻma boʻlsada, ijtimoiy jihatdan rivojlantirilgan boʻlishi zarur. Bundan tashqari,
Adler Freydning shaxsni uch boʻlakka boʻlinishi haqidagi fikriga qarshi chiqdi. Uning fikricha, shaxs tuzilishi bir butun boʻlib, shaxs taraqqiyotidagi boʻlinadigan qism boʻlib, insonning ustunlikka intilishi hisobla-nadi. Lekin bu intilish har doim ham amalga oshavermaydi.
Slayd 19
Masalan, inson tanasidagi organlarning nuqsonlari tufayli oʻzining mukammal emasligi tuygʻusini boshidan kechiradi, shuningdek, bu tuygʻu bolalikdagi noqulay ijtimoiy sharoitlar tufayli paydo boʻlishi mumkin. Inson mukammal emaslik tuygʻusini yengish uchun turli koʻrinishdagi toʻldiruvchilarni izlay boshlaydi.
Masalan, Alfred Adler yuqori toʻldiruvchini ishlab chiqish imkoniyati haqida fikr yuritadi. Bu oʻzining mukammal emasligiga qarshi reaksiyaning oʻziga xos koʻrinishidir.
Yuqori toʻldiruvchanlikni ishlab chiqish malakasi, jismonan zaif va irodasiz odamlarning matonat bilan faoliyat yuritishlariga sabab boʻladi. Bundan tashqari, yuqori toʻldiruvchanlikda Alfred Adler ijodkorlik mexanizmi, faollikni koʻradi.
Slayd 20
Misol tariqasida, u Napaleon shaxsiga izoh berishni yoqtirardi, va Napaleonning sarkarda sifatidagi alohida layoqatlarini, xususan, undagi kichik boʻy oʻlchami tufayli yuzaga kelgan mukammal emaslik tuygʻusi bilan tushuntirib berar edi.
Shunday qilib, koʻrganimizdek, mukammal emaslik tuygʻusi oʻz tabiatiga koʻra tugʻma boʻlgani uchun, Alfred Adler Freydning nazariy qarashlarini ijtimoiylashtirishga harakat qilib koʻrgan boʻlsada, biologiyalashtirishdan toʻliq voz kecha olmadi.
Zigmund Freydning izdoshlaridan biri Karen Xornining fikriga koʻra, inson mohiyatining asosini, bolada tugʻma boʻlgan, xavotirlanish tuygʻusida koʻrish mumkin ekan.
Bu tuygʻu, Xorni fikricha, inson muntazam ravishda boshidan kechiradigan dunyodagi qarama-qarshiliklar tuygʻusi, va uni bartaraf etish istagi inson harakatlari motivasiyasining asosi boʻlgan xavotirlanishni yuzaga keltirishidan hosil boʻladi.
Slayd 21
Xornining takidlashi boʻyicha, inson ikki tendensiya: xavfsizlikka intilish va oʻz xohishlarini qondirishga intilish orqali boshqariladi. Bu ikkala intilish koʻp hollarda bir-birini inkor etadi, shunda inson hulq-atvorning malum usullarini ishlab chiqqan holda, oʻzi soʻndirishga harakat qiladigan asabiylashish holati yuzaga keladi.
Xorni hulq-atvorni toʻrt turga ajratdi:
Birinchi turida «muhabbatga asabiy holatda intilish» hayotda xavfsizlikni taminlash vositasi sifatida ifodala-nadi;
Ikkinchisi qandaydir obyektiv sabablar bilan emas, balki, odamlarga nisbatan qoʻrqinch va dushmanlik bilan tushuntiriladigan «hokimiyatga asabiy holatda intilish» da ifodalanadi;
Uchinchi turida hulq-atvor odamlardan yakkalanishga intilishda ifodalanadi;
Toʻrtinchi turi oʻzning yordamga muhtojligini («asabiy tobelik») tan olishda ifodalanadi.
Slayd 22
Xorni yonalishlar sonini koʻpaytirishga harakat qildi, lekin, umumiy hisobda uch turida toʻxtaldi:
A) odamlarga intilish;
B) odamlardan uzoqlashishga intilish, mustaqillikka intilish;
V) odamlarga qarshi harakat qilishga (tahdid) intilish
Munosabatlarning bunday uch xil turiga mos ravishda Xorni shaxs asab tizimining uch turini ajratadi: barqaror, bartaraf etilgan va tahdid soluvchi.
Hulq-atvorning bunday turlari sogʻlom insonlarga xosdir. Sogʻlom va nevrozga chalingan odamlar oʻrtasidagi farq shundan iboratki, nizoli tendensiyalari oʻrtasidagi qarama-qarshilik sogʻlom odamda kasallikka chalingan odamga nisbatan ancha kam darajada boʻladi.
Shunday qilib, Xorni15 Freyd talimotining biologiyalashtirish mohiyatini keskin tanqid ostiga olgan boʻlsada, oʻzining asosiy holatidagi «dastlabki xavotirlik» va «negizli xavotirlanish» haqidagi fikrlari bilan Freydni takrorlaydi.
Slayd 23
Shaxs ijtimoiy rollari nazariyasi (amerikalik ruhshunos e. Bern va nemis ruhshunosi Kurt Levin). Ushbu psixologik nazariya insonning hayotda malum, oʻziga xos boʻlgan ijtimoiy rollarni ijro etishidan kelib chiqadi. Aynan, mana shu rollar ushbu odam shaxsining asosiy xususiyati boʻlib hisoblanadi. Bunday nazariyaning malum boʻlgan turlaridan biri amerikalik ruhshunos erik Bern tomonidan taklif etilgan.
Uning nuqtai nazariga koʻra, odam boshqa rollardan koʻproq quyidagi ijtimoiy rollarni ijro etadi: bola roli, ota-ona roli va katta odam roli. Bola roli katta odamning oʻzini boladek his etishda davom etishida va bola sifatida tutishida namoyon boʻladi (masuliyasiz, xarxasha qiladi, arazlaydi, etibor va gʻamhoʻrlik talab etadi va h. k. ).
Ota-ona roli odamning boshqalar uchun masuliyatni, ularga gʻamhoʻrlikni oʻz yelkasiga olishida, boshqalarga oʻrgatishi, jazolashi, talab qilishida va h. k. larda namoyon boʻladi.
Slayd 24
Ota-ona roli odam oʻzini, haqiqatdan ham, katta odamlar oʻzlarini bir-birlariga nisbatan qanday tutishlari lozim boʻlsa, shunday tutishlaridan iborat.
Har kimning shaxsiy erkinligi va mustaqilligini hurmat qiladilar, huquqini tan oladilar, ishonadilar, qoʻllaydilar.
Fizikaviy «maydon» tushunchasi va topologiyada qabul qilingan tasvirlash tamoyillarini qoʻllagan holda, Kurt Levin16 individ va muhit oʻrtasidagi mutanosiblik buzilgan holatdagi hulq-atvorning dinamik tizimi konsepsiyasini ishlab chiqdi.
Kurt Levin konsepsiyasida boshlangʻich holat sifatida individning «hayotiy boʻshligʻi» ichida malum yonalish, kattalik va tayanch nuqtasiga ega boʻlgan, uning psixologik kuchlari (intilishlar, istaklar va sh.) Hosil boʻladigan va oʻzgaradigan yaxlit maydon sifatida qabul qilinadi.
Slayd 25
«Maydon»ning bir xil hududlari individni tortadi, boshqalari itaradi. Obyektlarning bu sifati hulq-atvor «maydon» kuchlari bilan harakatlanadigan hulq-atvorning motivasiyali tuzilishini xarakterlovchi valentlik (musbat yoki manfiy) deb ataladi.
Valentlik shaxs va uning maqsadlari, yoldagi toʻsiqlar va h. k. lar jamlangan psixologik «boʻshligʻini» oʻz ichiga oluvchi yaxlit vaziyatning vazifasi boʻlib hisoblanadi. Yuqorida sanab oʻtilgan nazariyalardan tashqari, turli ilmiy-psixologik yonalishlar ham mavjud.
Bunday yonalishlardan biri boʻlib, umuminsoniy psixologiya hisoblanadi. Umuminsoniy yonalish psixologlari uchun shaxs faqat atrofdagi voqelikka emas, balki, shaxsan oʻziga tegishli boʻlgan psixologik hosiladir.
Slayd 26
Umuminsoniy psixologiyaning vakillari Karl Rodjers, Karl Rensom va Abraxam Garold Masloudirlar. Terapiyadagi oʻzining metodini Karl Rodjers nodirektiv, yani, bemorda jamlangan metod deb nomladi. Bu metodga asosan, shifokor bemorga bosim oʻtkazishi kerak emas.
Shifokor va bemor oʻrtasidagi aloqa bir-biriga nisbatan hurmatga asoslangan boʻlishi kerak, bunda ularning ikkisi ham suhbat yoki aloqaning teng huquqli ishtirokchisi boʻlib hisoblanadilar. Terapevtning vazifasi shifokorning bemor uchun ikkinchi «Men»i sifatida namoyon boʻlishi va uning ichki olamiga etiborli boʻlgan vaziyatni yaratishdan iborat.
Bunday vaziyatda mijoz barcha kechinmalari, hissiyotlari qiziqish va mamnuniyat bilan idrok etilishini his etadi, bu tajribasida yangi qirralarni ochishga, bazida esa u yoki bu kechinmalar manosini birinchi marta anglab yetishga yordam beradi.
Slayd 27
Keyinchalik Rodjersning nodirektiv terapiya gʻoyasi nodirektiv hulq-atvor psixologiya nazariyasigacha rivojlandi. Bu nazariyaga asosan, sogʻlom odamlarning oʻzaro muloqoti ham xuddi shunday nodirektiv boʻlishi kerak.
Rodjers 17 shaxs nazariyasining markaziy halqasi boʻlib, oʻzini baholash darajasi hisoblanadi. Bolaning kattalar va boshqa odamlar, bolalar bilan oʻzaro munosabatlarga kirishishi natijasida unda oʻzi haqida tasavvur paydo boʻladi.
Lekin oʻzini baholashning shakllanishi nizolilarsiz oʻtmaydi. Koʻp hollarda atrofdagilarning baho berishi oʻzini baholash bilan mos kelmaydi. Inson koʻpda atrofdagilar bahosini qabul qilish yoki oʻz fikrida qolishdan birini tanlay olmay, qiyin ahvolda qoladi.
Slayd 28
Murakkab «solishtirish» jarayoni sodir boʻladi, buni Rodjers «jonli baholash jarayoni» deb ataydi, chunki dastlab baholash manbai bola organizmida boʻlib oʻtadi, yani, bu yerda biz yana bir bora tugʻma sifatlar tushunchasi bilan toʻqnashamiz.
Psixologiyadagi umuminsoniy yonalishning boshqa vakili amerikalik ruhshunos Abraxam Xarald Maslou 18 boʻladi. Uning nuqtai nazariga koʻra, insonning asosiy ehtiyoji – bu oʻzini dolzarblashtirish, oʻzini mukammallashtirish va oʻzini namoyon etish.
Abram Maslouning yozishicha: «Oʻzini dolzarblashtiruvchi odamlarning barchasi qandaydir faoliyat bilan mashgʻul boʻladi. Ular bunga berilgan boʻlib, ular uchun bu ish juda qadrli – bu oʻziga xos layoqat».
Bunday turga mansub odamlar yuksak qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar (ular ichida – yaxshilik, haqiqat, insoflilik, goʻzallik, haqqoniylik, yetuklik va boshqalar), bunday odamlar uchun bular hayotiy muhim ehtiyoj boʻlib xizmat qiladi.
Slayd 29
Shaxs tuzilishi Maslou boʻyicha tartibli tizimdan yoki ehtiyojlar darajasidan iborat. Bu ehtiyojlarni tubandan yuqoriga sanab oʻtamiz: fiziologik (organik) ehtiyojlar, xavfsizlikka boʻlgan ehtiyojlar, mansublilik va muhabbatga boʻlgan ehtiyojlar, hurmat qilish ehtiyojlari, bilish ehtiyoji, estetik ehtiyoj va oʻzini dolzarblashtirish ehtiyojlari.
Yuksak taraqqiy etgan shaxs insonda mavjud boʻlgan oʻzining barcha qobiliyatlarini toʻla rivojlantirish, manan oʻsish va ahloqiy yuksalishga intilish kabi dolzarblashtirish ehtiyojlari bildiradigan xususiyatga ega boʻladi.
Slayd 30
Inson ehtiyojlar darajasi va u yoki bu ehtiyojning shaxs tuzilishida egallagan oʻrnining oʻzgarishini belgilovchi quyidagi qonunlar mavjud: yuqoriroq darajadagi ehtiyojlar insonning quyiroq darajadagi ehtiyojlari oz darajada boʻlsa, ham qondirilgan holatdagina yuzaga kelib, muhim va dolzarb ehtiyojga aylanadi; agar insonda yangi ehtiyoj yuzaga kelib, dolzarblashganida, uning yaxlit ehtiyojlar darajasi ham qaytadan tuziladi.
Maslou fikricha, oʻzini dolzarblashtirish — bu doimiy taraqqiyot va oʻz imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish jarayoni.
Maslou oʻzini dolzarblashtirish – tugʻma hodisa boʻlib, inson tabiatiga kiradi deb hisoblaydi. Inson yaxshilik, ahloqiylik, samimiylikka boʻlgan ehtiyojlar bilan tugʻiladi. Ular insonning asosini tashkil etadi, va odam bu ehtiyojlarni joriy qilishni bilishi kerak boʻladi.
Slayd 31
Rossiya psixologiyasida shaxs sohasida malum boʻlgan tadqiqotlar Lev Semyonovich Vigoskiy maktabi vakillarining nazariy ishlari bilan bogʻliq. Shaxs muammosini hal etishga Leontyev, Aleksey Nikolayevich va Bojovich lidiya Ilinichna
Katta hissa qoʻshganlar. L. S. Vigoskiy, Bojovich lidiya Ilinichna
Tomonidan kiritilgan yetakchi faoliyat va taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati tushunchalariga tayanib ish koʻrish bola hayotining turli davrlarida faoliyatning oʻzaro tasiri va shaxslararo muloqotning murakkab dinamikasida ichki nuqtai nazar deb ataladigan dunyoga malum nigoh bilan qarash shakllanishini koʻrsatdi. Bu nuqtai nazar shaxsning muhim xususiyatlaridan biri, faoliyat yetakchi motivlari yigʻindisi sifatida tushuniladigan taraqqiyotning sharti boʻlib hisoblanadi.
Slayd 32
A. N. Leontev oʻzining markaziy oʻrinni faoliyat tushunchasi egallagan shaxs tuzilishi va taraqqiyoti konsepsiyasini taklif etdi. L. I. Bojovichning konsepsiyasiga oʻxshash, bu konsepsiyada ham, shaxsning asosiy ichki xususiyati shaxsning motivasiya sohasi boʻlib hisoblanadi.
Uning nazariyasidagi muhim tushuncha inson faoliyati maqsadlarining uning motivlariga, yani, ayni damda bevosita qoʻzgʻatuvchiga yonalganlikka boʻlgan munosabatini ifodalovchi shaxsiy mohiyatdir.
Shaxsga tegishli boʻlgan faoliyat turlari qanchalik keng, turli-tuman boʻlsa, ular shunchalik taraqqiy etgan va tartibli, shaxsning oʻzi esa shunchalik manan boy boʻladi.
Slayd 33
Xulosa oʻrnida, shaxs boʻyicha tadqiqotlar hozirda ham faollik bilan olib borilayotganini takidlab oʻtish joiz. Hozirgi zamon tadqiqotlarining muhim xususiyati nazariy qarashlar eksperimental tadqiqotlar asosida shakllanishidan iborat. Shaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» soʻzlaridan kelib chiqadi.
Qadimgi rus tilida «soxta qiyofa» soʻzi «rol», yani, odam boshqalar bilan muloqotda boʻlganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob manosini anglatuvchi «rol»ni bildirar edi. Lotincha persone soʻzi ham shu manoni anglatadi.
Per sonare – niqob ortidan soʻzlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim teatrlarida akter sahnaga u yoki bu – yovuz, laganbardor, paygʻambar, qahramon xarakterlari chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning boʻyoqlari ijtimoiy vazifani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning ahloqiy belgilariga ishorat edi.
Slayd 34
Qadimgi Yunonistonda «shaxs» tushunchasiga mos keluvchi atama ishlab chiqilmagan edi. Oʻzining betakror taqdiriga ega boʻlgan shaxs haqida Aflotun bilmas edi, bilishni ham xohlamasdi. Uning oʻrnini ruh egallagan edi. Arastuning «Jon haqida» asari hozirgi zamon psixologiyasiga yol ochib berdi. Qadimgi Rim oldinga qadam tashladi. Rim huquq ilmida yunoncha boshning yuz qismini, tashqi koʻrinish, bundan tashqari, tragediyada ishtirok etuvchi ijrochini belgilovchi prosopon oʻrniga, lotincha persona soʻzi qoʻllanildi, bu soʻz avvaliga, yunoncha soʻzga oʻxshab, tragediyadagi akterning roli va niqobini anglatar edi. Lekin keyinchalik alohida individning nomi sifatida saqlanib qoldi. Rim fuqarosi huquqiy va diniy zot, avlodlar ismi-sharifi va mulk egasi sifatida tariflanadi. Sharqda umuman boshqacha holat edi. Induizm va buddizmda shaxs inkor etilib, faqatgina «oʻzlik» etirozsiz tan olinadi.
Slayd 35
K. Yungning psixoanaliz nazariyasiga asosan «shaxs» tushunchasi odamning jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bogʻliq. Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga mos ravishda oʻzini tutishni oʻrganadi. Har bir kasb uchun, masalan, jamiyat azosi taqib yuradigan malum niqob xosdir. Shaxs xarakterni tashkil etuvchi boʻlib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bogʻliq boʻlib, ichki «Men»ning himoyasi sifatida faoliyat yuritadi. Koʻpgina tillarda mavjud boʻlgan «oʻzlikni yoqotish» iborasi oʻzining egallab turgan oʻrnini va darajasini yoqotishni bildiradi. Sharq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan bogʻlanadi.
Slayd 36
Mashhur ruhshunos Vladimir Petrovich Zinchenko fikriga koʻra: «Inson» tushunchasi bilan faqat «shaxs» tushunchasi raqobatlashishi mumkin». Olim Elkonin Daniil Borisovich adabiyotlarda shaxsning yigirmaga yaqin tarifini koʻrib chiqqandan soʻng uning oʻzi shaxs emasligini xulosa qildi.
Narx tushunchasini tilla tanga yoki qimmatli qogʻozning fizik-kimyoviy tarkibini tadqiq qilish bilan tushuntirish qiyinchilik tugʻdirgani kabi, faylasuf Evald Vasilyevich.
Ilyenkovning yozishi boʻyicha, shaxs sir-cinoatini inson miyasi xususiyatlariga tenglashtirib boʻlmaydi.
Shaxs miya tuzilishi bilan emas, balki, insonning insonga boʻlgan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan belgilanadi. Voqeiy shaxs oʻzini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan natijalarni yaratishda anglaydi.
Aflotun va Spinoza, Betxoven va Napoleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, odatiy holatlarni sindiradigan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam boʻlgan shaxslarni boshqalar bilan adashtirib yuborish mumkin emas.
Slayd 37
Shaxslar koʻlami, Evald Vasilyevich
Ilenkovning odilona fikriga koʻra, faqat ularnigina emas, boshqalarni ham qiziqtiradigan oʻzlarining faoliyatlari koʻlami bilan oʻlchanadi. Yana bir mashhur faylasuf Merab Konstantinovich Mamardashvili tasdiqlashicha: «Shaxs – bu turmush tarzi, uning shakli, hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob topilmasi.
Shaxs – bu «tabiatning yirik mushohadasi». Shunday tarif bergan boʻlardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni bilishga yoki boshqa yuksak belgilarga bogʻliq emas.
Tushunsangizchi, axir insonning eng muhim ehtirosi – bu roʻyobga chiqmoq, amalga oshmoq, sodir boʻlmoq» Ruhshunoslar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning asosiy belgilari, deb hisoblaydilar.
Slayd 38
Ananyev Boris Gerasimovich «shaxs»ga «jamiyatning insonga uning malum tarixiy rivojlanishi davrida koʻrsatadigan koʻplab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy va boshqa tasirlari obyekti» sifatida tarif beradi.
Ananyev Boris Gerasimovich fikriga koʻra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi taraqqiyotining nisbatan kechki mahsulotidir. Shaxs oʻzlashtirib olingan rollar tizimidir («rol» – bu biror-bir ijtimoiy guruh tuzilishida malum oʻrinni egallagan insonning kutilgan hulq-atvoriga javob beradigan dastur;
Bu insonning jamiyat hayotidagi ishtirokining tuzilishga ega boʻlgan usulidir)». Shaxs taraqqiyoti individning ijtimoiylashuvi va tarbiya topishi sharoitlarida amalga oshiriladi.
Slayd 39
Umumiy psix-ologiyada koʻpchilik hollarda shaxs sifatida qandaydir yadro, magʻiz, individning turli ruhiy jarayonlarini birlashtiruvchi va uning faoliyatiga zaruriy ketma-ketlik va barqarorlik bagʻishlovchi yigʻindi va amodal boshlangʻich modda tushuniladi.
Lev Semyonovich Vigoskiy ijtimoiy tajribasiz, uning ichki ishlanmasiz, soʻngra uni yana qayta ishlangan shaklda ichkaridan ishlab chiqarmasdan turib, shaxsning taraqqiy etishi mumkin emasligi (interiorizasiya va eksteriorizasiya qonunlari) haqida yozgan edi. Bu xususda psixologlarga tarix fanining bazi bir namoyondalari ham qoʻshiladilar.
Slayd 40
Robert Semyonovich Nemov tomonidan berilgan shaxsning, fikrimizcha, yanada aniq va toʻliq psixologik tarifidan foydalanamiz. Shaxs asosini uning tuzilishi tashkil etadi, bu esa shaxsning yaxlit hosila sifatida har taraflama nisbiy barqaror aloqa va oʻzaro tasirga ega boʻlishidan iborat. Psixologlar shaxs tuzilishida turli tarkibiy qismlarni ajratadilar.
Sergey Leonodivich Rubinshteyn temperament, xarakter, layoqatlarda; bilimlar, malakalar va koʻnikmalarda; yonalganlikda namoyon boʻladigan individual-tipologik xususiyatlarni koʻrsatib oʻtadi.
Aleksandr Grigoryevich Kovalyov yonalganlik, xarakter, imkoniyatlar va mashqlar tizimini ajratadi. Yenikeyev Marat Isxakovich temperament, yonalganlik, layoqatlar va xarakterni sanab oʻtadi.
Mashhur psixolog Platunov, Konstantin Nikolayevich
Yoʻnalganlik tarkibini, ijtimoiy tajriba tarkibini, psixologik tarkibni va biologik asoslangan tarkibni ajratib koʻrsatadi.
Slayd 41
Shaxs filogenezi va ontogenezi «Shaxs shakllanishi» tushunchasi ikki manoda qoʻllaniladi:
Shaxs shakllanishi uning rivojlanishi, jarayoni va natijasi sifatida. Shaxs shakllanishi tushunchasining xuddi shu manoda qoʻllanilishi psixologik oʻrganish predmeti boʻlib hisoblanadi, uning vazifasiga esa mavjud boʻlganlarni (mavjud, tajribada malum boʻladigan) va rivojlanayotgan shaxsda maqsadga yonaltirilgan tarbiyaviy tasirlar sharoitida mavjud boʻlishi mumkinlarni aniqlash kiradi. Bu shaxs shakllanishini oʻrganishga psixologik yondoshuvdir;
Shaxs shakllanishi maqsadga yonaltirilgan tarbiya sifatida. Bu shaxs shakllanishiga doir masalalarni va usullarni hal etishga boʻlgan pedagogik yondoshuv
Pedagogik yondoshuv jamiyatning ijtimoiy talablariga mos kelishi uchun shaxsdashakllanishi kerak boʻlganlarni aniqlashtirish zarurligini belgilaydi.
Slayd 42
B. G. Ananev konsepsiyasiga koʻra, ijtimoiylashuv jarayoni insonning shaxs sifatida va faoliyat subyekti sifatida bunyodga kelishini ikki yonalishli jarayon sifatida koʻrib chiqiladi. Bunday ijtimoiylashuvning yakuniy maqsadi individuallikning shakllanishidan iborat boʻladi.
Individuallashtirish deganda aniq shaxsning rivojlanish jarayoni tushuniladi. Ijtimoiylashuv bilan birgalikda yana bir jarayon – madaniylashtirish xam amalga oshiriladi.
Agar ijtimoiylashuv – bu ijtimoiy tajribani oʻzlashtirish boʻlsa, madaniylashtirish – bu individning umuminsoniy madaniyat va turli davrlardagi inson faoliyatining moddiy va manaviy qadriyatlari jamlangan tarixiy tarkib topgan faoliyat usullarini oʻzlashtirishdan iborat.
Slayd 43
Shaxs taraqqiyoti muammosining u yoki bu nazariya nuqtai nazaridan koʻrib chiqishdan tashqari, shaxsni turli yondoshuvlar nuqtai nazaridan integrasiyalashtirilgan holda, yaxlitligicha koʻrib chiqish gʻoyasi ham mavjud.
Shu asosda, shaxs barcha qirralarining kelishilgan holda, tizimli shakllanishi va oʻzaro bogʻliq boʻlgan oʻzgarishlarini etiboriga qabul qiluvchi bir qancha konsepsiyalar shakllandi. Ushbu taraqqiyot konsepsiyalari integrasiya konsepsiyalariga kiradi. Shunday konsepsiyalardan biri amerikalik ruhshunos olim E. Erikson tomonidan ishlab chiqilgan nazariya hisoblanadi, u taraqqiyotga nisbatan oʻz qarashlarida epigenetik tamoyil: inson oʻz shaxsiy taraqqiyotida tugʻilishidan boshlab, to soʻnggi kunlarigacha majburiy ravishda bosib oʻtadigan bosqichlarning irsiy belgilanganligiga rioya qiladi.
Slayd 44
Erik Yerikson har bir odamda muqarrar ravishda roʻy beradigan sakkiz xildagi hayotiy ruhiy inqirozlarni ajratib, tariflab berdi:1. Ishonch inqirozi – ishonchsizlik (hayotining birinchi yili davomida).2. Gumonsirash va uyatchanlikka qarshi oʻlaroq, oʻzini idora qilish (2-3 yoshlar atrofida).3. Aybdorlik hissiga qarshi oʻlaroq, tashabbuskorlikning paydo boʻlishi (taxminan uchdan olti yoshgacha).
Mukammal emaslik kompleksiga qarshi oʻlaroq, mehnasevarlik (7 dan 12 yoshgacha)5. Individual gʻoʻrlik va konformizmga qarshi oʻlaroq, shaxsiy yonalishga ega boʻlish (12 dan 18 yoshgacha).
Shaxsiy ruhiy yakkalanishga qarshi oʻlaroq, samimiylik va muloqotchanlik (20 yoshlar atrofida)
«Oʻziga gʻarq boʻlish»ga qarshi oʻlaroq, yangi avlod tarbiyasi haqida qaygʻurish (30-60 yoshlar orasida).8. Umidsizlanishga qarshi oʻlaroq, bosib oʻtilgan hayot yolidan mamnunlik (60 yoshdan katta)
Slayd 45
Bunda yangi shaxsiy qirralar, erikson fikricha, faqat avvalgi rivojlanish asosida yuzaga keladi. Inson shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishida ijobiy sifatlar bilan birga kamchiliklarga ham ega boʻladi.
Turli xildagi ijobiy va salbiy yangi hosilalarni birgalikda yagona nazariyada izchil tarzda umuman tasavvur qilib boʻlmaydi. Shuning uchun erikson oʻz konsepsiyasida shaxs rivojlanishining faqat ikki keskin:
Normal va anormal yonalishlarni aks ettirdi. Hayotda ular sof koʻrinishda deyarli uchramaydi, lekin aniq chegaralangan qutblar yordamida inson shaxsiyati taraqqiyotining barcha oraliq turlarini tasavvur qilish mumkin. Shaxs taraqqiyoti muammosini oʻrganishda mualliflar inson rivojlanishini belgilab beruvchi sabablarni aniqlashga harakat qiladilar.
Slayd 46
Tadqiqotchilarning koʻpchiligi shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida turli koʻrinishdagi ehtiyojlar majmuasini tan oladilar.
Bunday ehtiyojlar orasida oʻz-oʻzini oʻstirishga boʻlgan ehtiyoj asosiy oʻrinni egallaydi. Oʻz-oʻzini oʻstirishga boʻlgan intilish qandaydir erishib boʻlmaydigan yetuklikka intilishni bildirmaydi. Shaxsning aniq maqsad yoki ijtimoiy darajaga erishishga boʻlgan intilishi oʻta muhimdir.
Slayd 47
Shuning uchun qonuniy ravishda inson shaxsi va hulq-atvorining barqarorligi haqiqatdan ham nimada va qanchalik ifodalanishi haqidagi savol tugʻiladi. Tadqiqotlarning natijalariga koʻra, tugʻma anatomik va fiziologik xususiyatlar, asab tizimi xossalari bilan bogʻliq boʻlgan shaxsning dinamik xususiyatlari yuqori darajadagi barqarorlikka ega boʻladi. Ularga temperament, emosional reaktivlik, ekstraversiya – introversiya va boshqa bazi bir sifatlar kiradi.
Shuningdek, aniqlanishicha, shaxsning ham barqaror, ham oʻzgaruvchan real hulq-atvori doimiy ijtimoiy vaziyatlarga bogʻliqdir. «Umumiy psixologiya» (2002 y. ) Darsligining muallifi A. G. Maklakovning fikriga koʻra, inson barcha odamlarga xos boʻlganligidan oʻta barqaror hosilani tashkil etuvchi shaxsning qator xususiyatlariga egadir.
Bular integrativ xususiyatlardir, ularga shaxsning moslashuvchanlik potensiali kiradi. Maklakovning nuqtai nazari bilan qaraganda, har bir odam shaxsiy moslashuvchanlik potensialiga, yani, ijtimoiy muhit sharoitlariga samarali moslashish imkonini beruvchi malum psixologik xususiyatlar toʻplamiga ega. Shaxsiy moslashuvchanlik potensialining rivojlanish darajasiga koʻra inson turli vaziyatlarda oʻz hulq-atvorini u yoki bu darajada samarali shakllantiradi.
Slayd 48
Shaxs – psixologiya fanining asosiy ilmiy tushunchalaridan biri boʻlib hisoblanadi. Shaxsning nimaligini tushunish va uning ruhiy tuzilishini tariflash imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani «inson individ shaxs individuallik» qatorida koʻrib chiqamiz. Inson oʻta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda, aniqrogʻi, koʻplab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur faylasuflaridan biri Yurgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni: tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim», individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni taklif etdi.
Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni oʻz maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qoʻllashda egallaydigan tabiat olami. Bu fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga muvofiq faoliyat olamidir.
Individ, subyekt, shaxs, individuallik tushunchasi
Slayd 49
Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy vositasi jismli faoliyat boʻlgan olam. Insonni atrofdagi olamga va oʻziga nisbatan munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va yonalishini anglash uchun insonning olamda tutgan oʻrnini aniqlab olish zarur.
Insonga shaxs sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan oʻrni bilan aniqlanuvchi jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bogʻliqdir.
Insonni biologik organizm, tur birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, shaxsni oʻrganishda dastlabki holat boʻlib uning jamiyatdagi oʻrni, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi.
Slayd 50
Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi va bu bilan bogʻliq kechinmalar manosida soʻz yuritadigan boʻlsak, u holda inson mavjud boʻla oladigan keyingi – bu «mening» ichki olamim dunyosiga murojaat qilamiz.
Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish, u yoki bunga shaxsiy tegishlilik, boshqa odamlar bilan mavjudlikning «hodisaviyligi» bilan toʻla.
Bu dunyoga jismli faoliyat oʻz shaklini oʻzgartirgan holda oddiy holatdagi foydali faoliyat, shaklini yoqotgan jismli harakat boʻlib emas, balki, «shaxsiy» faoliyat, ijodiyot sifatida kiradi, ijtimoiy hulq-atvor esa «mening» dunyosiga shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki dunyosiga yaqinlashish, boshqalarga oʻzini ochishning vositasi, oʻzini namoyon etish sifatida kirib keladi.
«Mening» dunyosida unga xos boʻlgan maxsus faoliyat turlari: oʻyin, sanat, din, ichki dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo boʻladi.
Slayd 51
Shaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil tariflar mavjud. A. N. Leontev tarifiga koʻra: «Shaxs – faoliyat subyekti», Aleksandr Grigoryevich Kovalevning – «shaxs ijtimoiy munosabatlar subyekti va obyekti sifatida», K.. Plotunovning – «shaxs – oʻz oʻrnini anglovchi layoqatli jamiyat azosi», Sergey Leonidovich S Rubinshteynning – «shaxs – tashqi tasirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar yigʻindisi»,
Artur Vladimirovich Petrovskiyning – «shaxs – individ tomonidan jismli faoliyat va muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan tarif beruvchi tizimli sifat»,
G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib boruvchi oʻziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos boʻlgan tafakkur va hulq-atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yigʻindisi» va boshqalarning tariflari shulardan iborat.
Slayd 52
Individuallik – bu malum insonning, uning noyobligi, betakrorligi nuqtai nazaridan oʻziga xos boʻlgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yigʻindisi. Individuallik – bu koʻrib chiqilgan tushunchalar ichida mazmuniga koʻra eng tor tushuncha hisoblanadi. U oʻzida insonning boshqa odamlardan farq qiluvchi oʻziga xos va shaxsiy xossalarini jamlaydi.
Individuallik turli xildagi tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar, xarakter va temperamentlardagi farqlar, oʻzimiz isbotlaydigan, tasdiqlaydigan oʻziga xos xususiyatlarimizda namoyon boʻladi. Mo-tivlar, temperament, xarakter, layoqatlar – individuallikning asosiy koʻrsatkichlari.
«Individuallik» tushunchasi individning faqat oʻziga xos ruhiy xususiyatlarini emas, balki morfofiziologik (boʻy oʻlchami, tana tuzilishi, yuz tuzilishi va h. k.) Xususiyatlarini ham aks ettiradi. Individuallik – oʻz mohiyatiga koʻra, boshqalar tomonidan kuzatilishi mumkin boʻlgan, tashqarida joylashgan narsa.
Slayd 53
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 54
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.