SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARINING YOSH AVLODNI TARBIYALASHGA OID QARASHLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARINING YOSH AVLODNI TARBIYALASHGA OID QARASHLARI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Sharq mutafakkirlarining nutq odobiga oid qarashlari.
G‘arb olimlarining nutq madaniyati haqidagi fikrlari.
Yan Amos Komenskiyning maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishiga oid qarashlari.
K.D.Ushinskiy –  bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish asoschisi.
=== Taqdimot 3 ===
Tayanch tushunchalar:
Xalqona tarbiya
Sensor va aqliy tarbiya
Ritorik harakatlar
Onalar maktabi
Nutqni rivojlantirish
Fikrlashni rivojlantirish
Ideal jamiyat.
=== Taqdimot 4 ===
Ta’lim va tarbiya muammosi juda qadimdan mavjud. U o‘rta asrlardagi Sharq va G‘arb mutafakkirlarining asarlarida ko‘rib chiqilgan. O‘sha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos hissa qo‘shdilar.
=== Taqdimot 5 ===
Sharq mutafakkirlarining nutq odobiga oid qarashlari
Abu Nasr Forobiy – To‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning ahamiyatiga e’tibor qaratadi.
Beruniy – Inson nutqi o‘z tuzilishi, materialiga ko‘ra rostni ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin.
Kaykovus – Notiqlarni “bilag‘onlik” qilib tildagi so‘zlarni buzib so‘zlamaslikka, hamma vaqt mavjud til me’yorlariga amal qilishga chaqiradi.
=== Taqdimot 6 ===
Ibn Sino – Kishi nutqining kuchi shundaki, u boshqa kishilarga ham ta’sir qila oladi.
Alisher Navoiy – Navoiyning fikricha, beo‘rin takror so‘z nutqning yoqimli, dilkash, dilga yaqin, samimiy bo‘lishiga zarar yetkazadi. Tilga e’tiborsiz-elga e’tiborsiz.
Ahmad Yugnakiy – Rost, sog‘lom va mazmunli so‘zlashni, kerak bo‘lganda, sir saqlay olishni maqtab, laqmalik, yolg‘on so‘zlash va sergaplikni qoralagan . U tilni tiyish odobning boshi deydi.
=== Taqdimot 7 ===
Abu Nasr Forobiyning didaktik qarashlari
Sharqning qomusiy mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873-950) insonni har tomonlama takomillashtirish, ularni umumiy baxt-saodatga yetaklash yo‘llari va usullarini o‘zining ijtimoiy-siyosiy ta’limoti markaziga qo‘yadi, bu esa uning dunyoqarashlarning umuminsoniy asosga egaligidan dalolat beradi. Aynan shunday maqsadlar Forobiyning shaxsni tarbiyalash va ta’lim berish, uni takomillashtirish hamda uning ijtimoiy muammolarni hal etishdagi faol roliga nisbatan dunyoqarashlarining bosh mazmunini tashkil etadi.
=== Taqdimot 8 ===
Forobiy ta’lim-tarbiyaga oid asarlarida ta’lim- tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. Uning quyidagi asrlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
“Fozil odamlar shahri”
“Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida”
“lxso-al-ulum”
“Ilmlarning kelib chiqishi”
“Aql ma’nolari to‘g‘risida”
=== Taqdimot 9 ===
Forobiy to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati zo‘rligi haqida shunday deydi: qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, nutqiy qoidani qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘zlash va qanday javob berish (masalasi) ga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi-jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir deb tasdiqlayman.
Ikkinchi ilm grammatikadir: u jismlarga berilgan nomlarni qanday tartibga solishni hamda narsalar (substansiya) va hodisalarning (aksidensiya) joylashishini va bundan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir: ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun mantiqiy shakllariga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi.
=== Taqdimot 10 ===
Abu Ali ibn Sino
Ibn Sino taklif qilgan tarbiya va ta’lim mazmuni aqliy tarbiya, jismoniy sog‘lomlashtirish, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya va hunar o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Ibn Sino bola tarbiyasining butun mashaqqati va murakkabliklarini juda chuqur tushungan. “Tib qonunlari”ning “Tarbiya haqida” nomli bo‘limida qo‘yilgan masalalar aniq hal etiladi, bola xarakterini tarbiyalash haqida qimmatli fikrlar bildiriladi.
=== Taqdimot 11 ===
Ibn Sinoning til ta’limoti haqidagi fikrlari
Ibn Sino bola shaxsini hurmat qilish, bolaning tabiiy yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda uning qiziqishlarini o‘rganishga chaqiradi. U yoshga qarab davrlarga bo‘lib chiqishga harakat qilgan. O‘smirlikkacha bo‘lgan davrni u beshta davrga bo‘lgan: chaqaloqlik (bola tug‘ilganidan boshlab yo‘lga yurib ketgunicha bo‘lgan davr); bolalik davri (yo‘lga yurgandan so‘ng); organizm chiniqqani va qoziq tishlari chiqqanidan keyingi davr; o‘smirlik va jinsiy yetilish davri; o‘smirlik davri (o‘sish to‘xtatguncha bo‘lgan davr).
=== Taqdimot 12 ===
Ibn Sinoning til ta’limoti haqidagi fikrlari
Ibn Sino nutq madaniyati, nutqning sifatiga xos belgilaridan tashqari nutq texnikasi, notiq amal qilishi lozim bo‘lgan ba’zi talablar haqida ham fikr yuritgan. Masalan, ovozdan o‘rinli foydalanish yuzasidan shunday maslahat bergan: “Ovozni yo‘qotmaslik, nafas olish organini ishdan chiqarmaslik uchun, avvalo, o‘qishni past ovoz bilan boshlab, keyinchalik asta-sekin kuchaytirish, lekin kuchli ovoz bilan o‘qish ham uzoq davom etmasligi kerak”.
=== Taqdimot 13 ===
Alisher Navoiyning til va nutq birliklari haqidagi qarashlari
Til va nutqning mazmun va mohiyati, kommunikativ xususiyatlari yuzasidan Alisher Navoyiy bildirgan ilmiy mulohazalar sof lingvistik ta’limot, sotsiolingvistika, psixolingvistika, pragmalingvistika, lingvostilistika, lingvopoetika, til falsafasi, nutqiy etika va estetika, umumiy tilshunoslik, til tarixi va qiyosiy tilshunoslik, tarixiy matnshunoslik fanlari nuqtayi nazaridan tadqiq qilishni talab qiladi.
=== Taqdimot 14 ===
Shoir “til” so‘zini maʼnosi haqida
Insonlar o‘zaro fikr almashadigan, muloqot qiladigan qurol, vosita ma’nosida;
Og‘zaki aytilgan yoki yozilgan nutq, matn ma’nosida. Yozilgan asar, asosan badiiy asar, ko‘proq nazm, she’riyat ma’nosida. Hayvonlar tili (masalan, qush tili) ma’nosida;
Nutqiy jarayon, konkret jonli til ma’nosida;
Biror elat, qabila, xalqning aloqa quroli ma’nosida (turkiy til, forsiy til, arab lisoni, ulus tili kabi).
Navoiy til so‘zi bilan baravar arabcha-lison, kalom, kalima, lafz, alfoz, forscha -suxan, zabon, so‘zlarini ham ko‘plab ishlatgan. Ammo bular orasida eng ko‘p qo‘llangani so‘z va til leksemalaridir.
=== Taqdimot 15 ===
Аlisher navoiyning nutq madaniyati va odobiga oid fikrlarini ikki katta guruhga bo‘lib tadqiq qilish mumkin:
1. Navoiy nutq madaniyati va odobining ijobiy omillari haqida.
2. Navoiy nutq madaniyati va odobini buzadigan salbiy omillar haqida.
=== Taqdimot 16 ===
Alisher navoiyning namunali nutqning fazilatlariga oid fikrlarini ikki katta guruhga bo‘lish mumkin:
1. Nutq madaniyatining lisoniy talablariga oid fikrlari;
2. Nutq madaniyati va odobining nolisoniy talablariga oid fikrlari.
Nutq madaniyati va odobiga oid talablarga zid keluvchi lisoniy omillar:
1. Puxta o‘ylamay so‘zlash sayoz fikrlilik, sovuq nafaslilikdir.
2. Nutq madaniyatini buzadigan xususiyatlardan biri nutqning keraksiz ravishda cho‘ziq bo‘lishidir.
3. O‘rinsiz takror.
=== Taqdimot 17 ===
Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga, axloqiy sifatlariga, o‘quv dasturini o‘zlashtirishda me’yorlar bajarilishini ta’minlashishiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘liqdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z yechimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur.
=== Taqdimot 18 ===
G‘arb olimlarining nutq madaniyati haqidagi fikrlari
Aristotel – Materialni kashf etish (har tomonlama tayyorlash). Materialni joylashtirish shakli (rejasi). Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish). Materialni so‘z yordamida to‘g‘ri aks ettirish. Materialni to‘g‘ri talaffuz etish.
Sitseron – u sud notiqligida yuksak muvaffaqiyatlarga erishdi, notiqlik san’ati nazariyasiga ulkan hissa qo‘shdi. Sitseronning “Notiq haqida”, “Notiq”, “Brut” asarlarni hozir ham ma’lum qimmatga egadir.
=== Taqdimot 19 ===
Kvintilian – Kvintilian notiqlikka doir bilimni juda yoshlikdan o‘rgana borish kerak, deydi. Nutqning tinglovchi uchun tushunarli bo‘lishiga katta ahamiyat beradi. U “sen shunday so‘zlaginki, seni har bir kishi tushuna olsin”,— degan edi.
Demosfen – Demosfen notiqlik san’atini o‘rganish uchun o‘z davrining meros ishlari bo‘yicha mashhur advokati Isey maktabida ta’lim olishga majbur bo‘ladi. U to‘rt yil davomida qunt bilan o‘rganadi va bu davrda ko‘pgina yozuvchilarning asarlari bilan tanishib chiqadi.
=== Taqdimot 20 ===
Yan Amos Komenskiy
Buyuk slavyan pedagogi Yan Аmos Komenskiy (1592-1670) G‘arbning buyuk olimlaridan biri hisoblanadi. Uning pedagogik tizimi o‘sib kelayotgan avlodni insoniylik, tinchliksevarlik, tenglik va birodarlik ruhida tarbiyalash g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan.
=== Taqdimot 21 ===
Bolalarga bilish (bilimga ehtiyojmandlikni tarbiyalash, bilimga chanqoqlik)ni, harakat qilish (mehnatkash bo‘lish, o‘zini boshqara olish va yaxshi amallar qilish)ni va gapirish (nutq va fikrlashni rivojlantirish)ni o‘rgatish vazifalarini qo‘yadi.
Shu munosabat bilan u aqliy, jismoniy va ma’naviy tarbiyalash, nutq va fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha aniq maslahatlar beradi.
“Onalar maktabi”dagi alohida bir bob “qanday qilib bolalarga nutqni mashq qildirish” lozimligiga bag‘ishlangan.
Komenskiy “aql va nutq”ni rivojlan tirish uchun bir xil harakat qilish zarur deb hisoblagan.
U “aql” va “nutq”ga organik birikma sifatida qaragan.
=== Taqdimot 22 ===
Bola nutq tufayli o‘z fikrlarini ifodalaydi va atrofdagi odamlar bilan muloqotga kirishadi, nutqni egallash orqali u atrofni o‘rab turgan olamni anglaydi. Bolada nutq va fikrlash rivojlanadi. U sensor rivojlantirish va tarbiyalashga alohida e’tibor bergan, chunki usiz aql va nutqni muvaffaqiyatli rivojlantirib bo‘lmaydi. Va buyuk pedagogning mazkur qoidaga rioya qilishni “didaktikaning oltin qoidasi” deb atagani ham bejiz emas.
=== Taqdimot 23 ===
Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy
Rus pedagogi K.D.Ushinskiy (1824-1870) rus  pedagogi, xususan, maktabgacha pedagogikaning asoschisi hisoblanadi. U bolalarni maktabga tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti masalalarini boshlang‘ich ta’lim muammosi bilan bog‘lagan.
=== Taqdimot 24 ===
K.D.Ushinskiy ona tilini birlamchi o‘qitishning uchta asosiy maqsadlarini shakllantirgan
So‘z imkoniyatlarini rivojlantirish.
Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni o‘rgatish, bolalarni ona tilining boyliklarini egallashga jalb qilish.
Til qonunlarini, uning grammatikasini o‘rganish.
=== Taqdimot 25 ===
1861-yilda Ushinskiyning “Ona tili” nomli asari chop etildi. Mazkur asar Konstantin Dmitriyevichning bolalarga birlamchi savod o‘rgatish va ulami tarbiyalash bilan bog‘liq pedagogik g‘oyalar hamda estetik tamoyillarining o‘ziga xos yakunlari va amaliy ifodasi bo ‘ldi. O‘qish kitobining butun mazmuni muayyan tizim bo‘yicha berilgan. “Ona tili” kitobi nafaqat bilimlar qomusi, balki badiiy ensiklopediya ham hisoblanadi. Uning 1-qismidan 19 ta ertak, 30 ta topishmoq, 123 ta maqol va matal, 13 ta tez aytish, 14 ta qo‘shiq, 14 ta turli shoirlar she’rlari hamda Ushinskiyning o‘zi yozgan 43 ta hikoya joy olgan.
=== Taqdimot 26 ===
Ushinskiy kitoblarida quyidagilarga e‘tibor berdi:
Ushinskiy birinchi bor kitoblarida bolalarni o‘z zamondoshlari – Tyutchev, Nekrasov, Ogarev, Turgenev asarlari, shuningdek, Karamzin, Lermontov, Krilov asarlari bilan tanishtirdi.
Kitobni tuzish tartibi quyidagicha: u bolaning tabiat, kishilar va jamiyat haqidagi bilimlarini kengaytirgani va chuqurlashtirgani holda uni tanish narsadan notanish narsalar tomon boshlab boradi.
=== Taqdimot 27 ===
Ushinskiy bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishning turli shakllarini taklif qilgan
Hikoya qilishga o‘rgatadi:
Bolalar hayotidan hikoyalar predmetlar va suratlar asosida hikoya qilish bolaga narsalarning xususiyatlarini ko‘rish, taqqoslash, umumiylik va farqlarni topishda yordam beruvchi mashqlar.
Analiz, sintez qilish, faol nutq:
Bolalarga savollarga javob berish, so‘ngra esa ravon, tushunarli va erkin hikoya qilib berishni o‘rgatadi; bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy mashqlar.
=== Taqdimot 28 ===
K.D.Ushinskiyning til va uning bolaning ruhan shakllanishida tutgan o‘rni haqidagi ta’limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mustaqil fan sifatida ajratish uchun muhim ahamiyatga egadir:
Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta’limot – metodikaning nazariy asoslari ishlab chiqildi.
Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta’limiga qadar boshlanadigan ish sifatida alohida bolimga ajratilgan.
Bola nutqini uning fikrlashi, ma’naviy va estetik his-tuyg‘ulari bilan birgalikda rivojlantirishni ta’minlovchi ish usullari ko‘rsatib berilgan.
=== Taqdimot 29 ===
Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan ona tili, uning mazmuni va shakllarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida qaralgan. Ushbu murakkab jarayon ustoz tomonidan to‘g‘ri va faol rahbarlik qilishni talab qiladi.
Ona tilini o‘qitish jarayoniga rahbarlik qilishning asosiy qoidalari: ona tilini birlamchi o‘qitishning maqsadlari; ularni amalga oshirish mazmuni va shakli; nutqni rivojlantirishda ko‘rgazmalilikning ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab berilgan.
=== Taqdimot 30 ===
Bolalar kattalar nutqini tushunishlari uchun ular so‘zlovchining yuzini va uning qo‘l harakatlarini ko‘rishlari, uning savollarini tushunishlari va to‘g‘ri javob berishlari darkor.
Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni o‘rgatish, bolalarni ona tilining boyliklarini egallashga jalb qilish kerak.
Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketma-ket emas, balki bir vaqtning o‘zida erishiladi.
=== Taqdimot 31 ===
Maktabgacha yoshda ona tilini o‘rgatish bu – eng avvalo bola hayotining birinchi yilidan boshlab nutqni rivojlantirish, bo‘g‘inlar va so‘zlarni aniq talaffuz qilish, gaplarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzish, narsalarning nomini to‘g‘ri aytish va mos fikr bildirishdan iborat.
Ota-onalar bolalar bilan muloqot qilishda narsalar nomlarini va so‘zlarni buzmasdan, to‘g‘ri aytish, bolalarga talaffuzi qiyin bo‘lgan va nisbatan uzun so‘zlarni aytishni mashq qildirish va buning uchun o‘yin uslubidan foydalanishlari zarur.
Xulosa:
=== Taqdimot 32 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARINING YOSH AVLODNI TARBIYALASHGA OID QARASHLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar