Sergey Yesenin hayoti va ijodi (4)
8000 so'm

Slayd 1
SERGEY
Yesenin
(1895 – 1925)
Slayd 2
TUG’MA ISTE’DOD
1895-yilning 3-oktabrida Rossiyaning qadim tarixga ega Ryazan guberniyasiga qarashli Konstantinovo qishlog’ida oddiy dehqon oilasida tug’ildi. Besh yoshligida o’qishni o’rgandi, to’qqiz yoshidan xalq qo’shiqlariga o’xshatib she’rlar bita boshladi.
Slayd 3
Ijod va o’zgarish
Qishloq muallimlari tayyorlaydigan maktabni tugallab:
• 17 yoshida Moskvaga bordi. Savdogarning idorasida ishladi, bosmaxonada musahhihlik qildi, adabiy-musiqiy to’garakka qatnashdi, she’rlar yozishni davom ettirdi.
• 19 yoshidan she’rlari Moskva jurnallarida bosilib, mashhur bo’ldi.
• 20 ypshida Petrogradga kelib, yana bir mashhur rus shoiri Aleksandr Blok bilan tanishdi.
Slayd 4
Qaysar shoir
1916-yildan Armiya xizmatiga kirdi. Oq podshoh sharafiga she’r yozishdan bosh tortgani uchun intizomiy batalonga jo’na-tildi, keyin xizmatdan tamoman voz kechdi.
Oq podsho – Nikolay II
Slayd 5
Ilk to’plam
Ilk she’riy to‘plami «Radunitsa» (1916).
Unda qalb holatlarini noziq tuyg‘ularda berishni, tabiat bilan bog‘liq ruhiy kechinmalarni ifodalashning ustasi, qish-loq hayoti, xalq tili va qalbining bilimdoni ekanligini namoyish etgan.
Slayd 6
Sayohat, sayohat
1918—1921-yillarda Murmansk, Arxangelsk, Qrim, Kavkaz, Bessarabiya, shuningdek, Turkiston bo’ylab safar qildi. 1922-1923-yillari esa taniqli amerikalik raqqosa Aysedora Dunkan bilan Yevropaning Germaniya, Fransiya, Belgiya, Italiya mamlakatlarini aylandi, to’rt oy AQSH da yashadi.
Aysedora Dunkan va Yesenin
Slayd 7
She’riy to’plami:
She’riy to’plami:
• «Moskva mayxonalari» (1924);
• «Sho‘ro Rusi», «Zamin darg‘asi» (1925)
• Dostonlari:
• «Qora odam» (1925)
• «Anna Snegina» (1925)
Slayd 8
Shoirning dafn qilish marosimi
Sergey Yesenin 1925-yil 28-dekabrda fojiali tarzda vafot etdi.
Slayd 9
Nasrdagi yutuqlar
«Jar» (1916) qissasi,
«Bobil va Drujok» (1917) hikoyasi, «Temir Mirgorod» ocherkida Yeseninning nasriy imkoniyatlari namoyish bo’ldi.
Slayd 10
Ijodkor 1921-yilda Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lgan.
Slayd 11
Sharqqa hurmat!
Shoir forsiy tildagi mumtoz she’riyat namunalari bilan yaqindan tanishganidan keyin Eronga borishga qattiq intiladi. Biroq o’sha paytdagi Rossiya va Eron munosabatlari rus shoirini u yoqqa yuborish maqsadga muvofiq emasligini taqozo etadi. Shunga qaramasdan, Sergey Yesenin qattiq turib Eronga borishni talab qilgani uchun uni Ozarbayjonning Bokuga yaqin qishloqlaridan biriga yuborishadi. Bir necha muddat bu yerda yashab, sharqona ruhni his etadi, Sharq odamlarining hayot tarzidan zavqlanadi va tez fursatda uning «Fors taronalari» she’rlar turkumi yoziladi.
«Fors taronalari» she’rlar turkumi (1924—25) Hofiz, Sa’diy, Xayyom kabi Sharq ijodkorlariga cheksiz hurmat-ehtirom mahsuli sifatida dunyoga keldi.
Slayd 12
E’tirof
«Tanlangan she’rlar», «Zamin darg‘asi», «Lirika: she’rlar, dostonlar» she’riy to‘plamlari E. Vohidov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan (1965, 1970, 1981).
Toshkentda shoirning uy-muzeyi ochilgan (1985).
Slayd 13
Rus shoirning o’zbek shogirdlari
Sergey Yeseninning aksar she’rlarini Erkin Vohidov maromiga yetkazib tarjima qilgan. Bu she’riyatning o’zbek shoirlari ijodiga juda katta ta’siri bo’ldi. Erkin Vohidov, Tilak Jo’ra, Ma’ruf Jalil, Xurshid Davron va boshqalar ijodida buni yaqqol sezamiz. Xususan, O’zbekiston xalq shoiri marhum Muhammad Yusuf ijodini Sergey Yesenin asarlari ta’sirisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Xurshid Davron
Slayd 14
Sergey Yesenin lirikasidan namunalar
“XUROSONDA BIR DARBOZA BOR..”
Xurosonda bir darboza bor,
Ostonasi gulga ko’milgan,
Unda yashar bir pari ruxsor.
Hayhot, uni ocholmadim man.
Qo’llarimda kuch ham yetarli,
Sochlarimdan oltin rang olgan.
Asir etdi meni ul pari.
Qo’lda garchi kuchim yetarli,
Ul eshikni ocholmadim man…
Slayd 15
Choyxonachi – barvasta, o’ktam,
Qoyil qolsin rus, deb, choyimga,
O’tkir aroq, may o’rniga ham
Achchiq-achchiq choy tutar menga.
Slayd 16
Dog’lar ketmish majruh ko’ngildan,
Dog’lar ketmish majruh ko’ngildan,
Mast vasvasa qo’zg’amas tug’yon.
Men dardimga Tehron gulidan
Choyxonada topoldim darmon.
Choyxonachi – barvasta, o’ktam,
Qoyil qolsin rus, deb, choyimga,
O’tkir aroq, may o’rniga ham
Achchiq-achchiq choy tutar menga.
Quy, mezbonim, ammo had bilan,
Bog’ing aro turfa gullar bor.
Oqshom menga niqob ostidan
Ohu ko’zin suzdi gulruxsor…
Slayd 17
Bu dunyoda men bir yo’lovchi,
Shodon menga qo’l silki, erkam.
Xuddi shunday tinch, erkalovchi
Ziyo to’kar kuz fasli Oy ham.
Isinurman Oyning taftiga,
Ilk bor undan orom olar jon.
Allaqachon so’ngan sevgiga
Umid bog’lab yashayman hamon…
Slayd 18
Sinov
1. Sergey Yeseninga nisbatan adabiyot ahli orasida yuradigan qaysi iborani qo’llash mumkin?
2. Sergey Yesenin qachon va qayerda tug’ilgan?
3. S. Eseninning necha yoshda savodi chiqdi?
4. S. Esenin necha yoshdan she’r yoza boshladi?
5. She’rlari Moskva jurnallarida bosila boshlaganda S. Esenin necha yoshda edi?
6. S. Esenin 1918-1921-yillarda qayerlarda safarlarda bo’ldi?
7. 1922-1923-yillarda qayerlarda bo’ldi?
8. S. Yesenin forsiy tildagi mumtoz she’riyat namunalari bilan tanishgandan keyin qaysi asarini yaratdi?
9. S. Yesenin she’rlarini o’zbek tiliga kimlar o’girgan?
Slayd 19
Sinov
10. Qaysi o’zbek xalq shoiri ijodini S. Yesenin asarlari ta’sirisiz tasavvur qilish qiyin?
11. “Xurosonda bir darvoza bor” she’rining hajmi qancha?
12. Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan?
Choyxonachi – barvasta, o’ktam,
Qoyil qolsin rus, deb, choyimga,
O’tkir aroq, may o’rniga ham
Achchiq-achchiq choy tutar menga.
Slayd 20
Ilovalar. Yesenin sharafiga ehtirom
Slayd 21
Yesenin tahsil olgan maktab
Slayd 22
Yesenin imzosi:
Slayd 23
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 24
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.