Sakkokiy G‘azallarini ifodali o‘qish va sharhlash
4000 so'm

=== Taqdimot: Sakkokiy G‘azallarini ifodali o‘qish va sharhlash.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Sakkokiy G‘azallarini ifodali o‘qish va sharhlash
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Sakkokiy hayoti.
2. Ijodiy merosi.
3. O‘rganilganlik darajasi.
=== Slayd 3 ===
Sakkokiy XIV asrning oxirgi choragi va XV asrning birinchi yarmida Movarounnahrda yashab ijod etgan. Tahallusiga ko‘ra Sakkokiy pichoqchi oilasida tug‘ilib voyaga yetgan. Shoirning yashagan davri asosan Movarounnahrda Xalil Sulton (1405-1409) va Ulug‘bekning (1409-1449) hukmronlik qilgan davrlariga to‘g‘ri keladi.
=== Slayd 4 ===
Navoiy “Majolis un – nafois” asarida uning Movarounnahrdan ekanligini aytadi. Fikrini davom ettirib, “Samarqand ahli onga ko‘p mutaqiddurlar (e’tiqod qo‘yganlar) va bag‘oyat ta’rifun qilurlar”, – deb yozadi. Demak, shoir ko‘proq Samarqandda yashagan va Samarqandliklarning sevimli shoiri bo‘lgan.
=== Slayd 5 ===
Sakkokiy lirikasini tasnifi
Hamd va na’t qasidalar
Oshiqona g‘azallar
Axloqiy-ma’rifiy ruhdagi g‘azallar
Orifona g‘azallar
=== Slayd 6 ===
Hamd – islomiy tushuncha bo‘lib, Allohga madh, maqtov degan ma’nolarni anglatadi. Uning lug‘aviy ma’nosi haqida “G‘iyosul-lug‘ot”da shunday qayd mavjud: “Hamd deb xoslar istilohida Xaq subhonahu taoloning buyukligi, azimu azamatligini ulug‘lash-maqtashga aytadilar.
=== Slayd 7 ===
Anbiyo–yu mursalin xalqa tutub o‘ltursalar,
Barcha bir angushtari–yu sen ular aro nigin.
Shu o‘rinda “anbiyo” bilan “mursalin” so‘zlarining farqlarini tushunib olsak. Anbiyo – payg‘ambarlar demakdir. Mursalin – o‘zagi “rasala” – yuborilgan degani. O‘zi bilan shariat olib kelgan anbiyolar “mursalin” deyiladi. Demak, baytda barcha payg‘ambarlar, anbiyo–yu mursalinlar uzukka o‘xshab xalqa hosil qilib o‘tirsa, sen o‘sha uzukning ko‘zisan.
=== Slayd 8 ===
Sakkokiy hali turkiy tillar huquqlari tiklanmagan, hali Husayn Boyqarodek shohlarning turkiy tilda ijod qilishga da’vat qiluvchi farmonlar berilmagan, barcha fors-tojik tilida ijod etayotgan davrda Sakkokiydek shoirlarning turkiy tilda ijod qilishi, uning go‘zal va jozibador xususiyatlarini ijod namunalari orqali namoyon qilgan turkiygo‘y shoirlardan biri ham Sakkokiydir.
=== Slayd 9 ===
G‘azallardagi tariflayotgan yor, nafaqat go‘zal va latofatli, balki dadil va jur’atlidir. U o‘z oshig‘ining murojaatiga, munosib javob qaytara oladigan qiz:
La’lingga “qonimni to‘kting”, desam, aytur kula,
O‘z ko‘zing to‘kti qoning, qilma menga bo‘xtoning.
=== Slayd 10 ===
Baytda tasvirlanayotgan yor, o‘z javobini nozik mutoyida bilan kulib aytadi, ammo, mashuq, yor ta’rifida haddidan oshsa, unga hatto tahdid ham qiladi:
Ko‘zung karashma bila, “Xoy, yozuqli, Sakkokiy,
Seni men o‘ltirurman”, – deb etti turkona.
Sakkokiy ijodida yorning bunday jur’ati, uning turkiy xalqlar tarbiyasini olganligi bilan izohlash mumkin.
=== Slayd 11 ===
Sakkokiy g‘azallarida Masiho (Iso) haqidagi diniy afsonalardan foydalanib, oshiq va yor munosabati bayonida juda go‘zal manzaralar yaratgan. Sakkokiy o‘z g‘azallarida yorni – masihodam, deydi. Uning zulfi, nortek yangoqi oshiqni bemor qiladi. Biroq dami (nafasi) unga shifo beradi:
Iso damining bor asari har nafasingda,
Jon dardina, ey xulqi davo, bizni unutma.
=== Slayd 12 ===
Qasida o‘tmish adabiyotning siyosiy lirikasiga mansub ekanligi, chunki ko‘pchilik qasidalar davlat arboblariga va siyosiy yoki harbiy voqealarga bag‘ishlab yozilgani tarixiy shaxslarga yoki voqealarga tendensioz munosabatda bo‘lish o‘tmish qasidanavislarning asosiy xususiyati ekanligi, hamda Sakkokiy qasidalari
=== Slayd 13 ===
Sakkokiy Ulug‘bekdek ma’rifatparvar kishini shunday madh etishga haqli edi. Shoirlar hamma hukmronlarni ham madh etavermaydi. Chunki sultonlar dunyoda ko‘p. Lekin Ulug‘bek kabilari yagonadir. Ulug‘bekka bag‘ishlangan qasidalarida tarixiy haqiqat ham, mubolag‘a ham bor. Masalan, Sakkokiy Mirzo Ulug‘bekni madh etar ekan, Sulaymon, No‘shiravon, Muso, Qorun, Axriman, Shohruhbek kabi nomlarni qo‘llab, uning olimlik, podshohlik faoliyatini yuqori baholashga erishgan.
=== Slayd 14 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.