Saida Zunnunova hayoti va ijodi (4)
4000 so'm

Slayd 1
Saida Zunnunova hayoti va ijodi
Slayd 2
Saida Zunnunova
Slayd 3
Saida Zunnunova 1926-yil 15-fevralda Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Andijon shahridagi 30-maktabni tugatgach, 1941-yilda Andijon o’qituvchilar institutiga o’qishga kirib , uni 1943-yilda tamomladi.
Adabiyotga muhabbat uni O’rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetiga yetakladi
Slayd 4
Oliy yurtini tamomlagach, qizg`in jurnalistik faoliyatga sho`ng`idi va badiiy ijodga butun borlig`I bilan berildi.
“Gulxan” jurnali , “O’zbekiston madaniyati” gazetasida adabiy xodim , badiiy adabiyot nashriyotida muharrir hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo’lib ishladi.
Slayd 5
Ilk she’ri
Saida Zunnunovaning ilk she’ri- “Salom senga” 1945-yili Andijon viloyatining “Paxta fronti” gazetasida bosilgan. Shundan bir qator she’rlari gazeta va jurnallar sahifalarida chop etila boshladi.
Slayd 6
Ilk she’riy to’plami
Uning birinchi she’riy to’plami talabalik yillari nashr etilgan.
“Saidaning birinchi kitobini o’qib, “Qizingiz yozdi” deb nom qo’yib berganman-deb yozgan edi akademik shoir G’afur G’ulom
Slayd 7
She’riy to’plamlari
“Yangi she’rlar”
“Gullar vodiysi”
“Qizlarjon”
“She’rlar”
“Bir yil o’ylari”
“Nilufar”
Slayd 8
Dostonlar
“Sodiq va Anor”
“Xayrixon”
“Surat bilan suhbat”
“Qo’shnilarim”
Pyesalari
“Ona”
“Ko’zlar”
Slayd 9
Hijronli kunlar
Saida Zunnunova sevimli adibimiz Said Ahmadning turmush o’rtog’idir. Said Ahmadning boshiga og’ir kunlar tushib- tuhmat bilan “xalq dushmani” sifatida qamalganda , Saida opa uning hayotga, ijodga qaytishiga madad bo’ldi. O’zining boshiga tushgan og’ir sinovlarga ham bardosh berdi.
Slayd 10
Said Ahmad sadoqatli yori haqida
Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulguni
O’g’irlik mol deyman qilaman hazar.
Qalbimning parchasi singmasa agar,
Rozimasman birov hadya etsa zar
“Bu satrlar Saidaxonning she’rda chizilgan suratiga o’zshaydi”
Slayd 11
Shoir va shoirga ehtirom
Saida Zunnonova uzoq umr ko’rmadi. U ayni ijodiy kamolot pallasida -1977-yilning 20-martida 51 yoshida vafot etdi. Shoira shaxsiga ehtirom sifatida Toshkent va Andijon shaharlaridagi bittadan ko’cha hamda Andijon viloyatining Bo’z tumanidagi akademik litseyga uning nomi berilgan. Shuningdek, Toshkent shahrida Said Ahmad va Saida Zunnunovalarga muhtasham haykal ham qo’yilgan
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.