Said Ahmad hayoti va ijodi (3)
8000 so'm

Slayd 1
Said Ahmad
(1920-2008)
Slayd 2
Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darboza» mahallasida tug‘ilgan.
Slayd 3
Tinib-tinchimas bola
Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas
Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi:
• agitplakatlar yozdi;
• artist boʻlishga urinib koʻrdi;
• doktorlik maktabida oʻqidi;
• qurilish texnikumida tahsil oldi;
• rassomlik maktabiga qatnadi;
• mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi;
• gazetalarga xabarlar yozdi.
• VA NIHOYAT YOZUVCHI BO’LDI!
Slayd 4
BOBOLARI, OTA-ONASI, AKALARI HAQIDA
Toshkentliklar Said Ahmadning bobosini «Dadaxo’ja duma» deb ulug’lashar, chunki u kishi sho’rolar to’ntarishidan ham oldin shahar dumasining deputati bo’lgan.
Onasining otasi G’ulomxon toshbosma matbaa egasi bo’lgan.
Otasi Husanxo’ja Dadaxo’ja o’g’li rus-tuzem maktabini tugatgan, rus tilini mukammal biladigan, Turkiy dunyoning mashhur ma’rifatchisi Ismoilbek G’aspirali bilan yaqinligi bor edi.
Katta akasi Imomxon o’zbek stenografiyasining asoschisi hisoblanadi.
Keyingi akasi Zuhurxon esa, irrigatsiya bo’yicha O’zbekistonning ilk professori edi.
Slayd 5
Ilk asar
Bo‘lajak yozuvchining ilk mashqi – «Ishqiboz» nomli hajviy hikoyasi o‘n olti yoshlarida «Mushtum» jurnalida chop etilgan.(1936-yil)
Slayd 6
MEHNAT FAOLIYATI
«Mushtum» jurnalida (1938-1939, 1955-1957);
«Yosh leninchi» gazetasida (1940-1941);
O‘zbekiston Davlat radio qo‘mitasida (1941-1943);
«Qizil O‘zbekiston» gazetasida (1943-1947);
«Sharq yulduzi» (1948-1950);
Qator yillar O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiymaslahatchilik qildi.
So’ng uyushmaning nasr bo’limiga boshchilik ham qildi.
Slayd 7
Qatag’on
O‘tgan asrning 50-yillari boshlarida yozuvchi ko‘plab ziyolilar qatorida qatag‘onga uchrab, «xalq dushmani» degan tuhmatlar bilan qamaladi.
U «aksilshoʻraviy millatchilar guruhi aʻzosi, zararli gʻoyalar targʻibotchisi» sifatida ayblanib, Qozogʻistonning Qaragʻanda viloyati Jezqazgʻan lagerida boʻladi.
Uning «Qorakoʻz majnun» (2002) hikoyalar toʻplami bu haqdagi achchiq haqiqatni roʻy-rost ifodalaydi.
Slayd 8
Ilk kitob
Said Ahmadning birinchi kitobi «Tortiq» nomli hikoyalar to‘plami bo‘lib, 1940-yilda nashr etilgan.
Slayd 9
ASARLARI
Dramalari:
• Said Ahmad 70-80-yillarda o‘z hikoyalari asosida «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kuyov» nomli pyesalar yozadi.
• Hikoyalar to‘plami:
• «Er yurak» (1942);
• «Farg‘ona hikoyalari» (1948);
• «Muhabbat» (1949);
• «Cho‘l oqshomlari»
• «Odam va bo‘ron».
• Qissalari:
• «Qadrdon dalalar» (1949);
• «Hukm» (1958).
• Romanlari:
Slayd 10
ASARLARI
1964-1974-yillar oralig’ida “Ufq” trilogiyasini yozdi.
1988-yili adibning «Jimjitlik» romani nashrdan chiqadi.
Slayd 11
Istiqlol yillarida
«Xandon pista» (1994);
«Bir o‘pichning bahosi» (1995) hajviy to‘plamlari.
«Yo‘qotganlarim va topganlarim» (1998); «Qorako‘z majnun» (2001);
«Kiprikda qolgan tong» (2003) kitoblari;
3 jildli «Tanlangan asarlari» (2000) chop etildi.
Slayd 12
ADIB HIKOYALARIDA:
Oybekning psixologik tasvir mahorati,
Gʻafur Gʻulom yumori,
Abdulla Qahhor bayonidagi ixchamlik mujassamdir.
Slayd 13
“Kelinlar qo’zg’oloni” kinofilmi haqida
Suratga olinga vaqti: 1985-yilda “O’zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.
Rejissor: Melis Abzalov.
Bosh rol – qaynona rolida Tursunoy Jafarova.
Slayd 14
E’TIROF
Said Ahmad O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980).
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968).
Hamza nomidagi Davlat mukofoti sovrindori
«Buyuk xizmatlari uchun» (1997).
«Do‘stlik» (1996) ordenlari bilan taqdirlangan.
«O‘zbekiston Qahramoni» (1999).
Slayd 15
XOTIRA MANGU
2013-yil 10-iyun kuni Said Ahmad va taniqli shoira Saida Zunnunova xotirasiga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida haykal o‘rnatildi.
Slayd 16
“Yangi hovli Tillayevga yoqdi. Yuklarni mashinadan tushirayotganda Qurbonboy bir gap aytib qoldi:
– Sizga endi it lozim, o‘rtoq Tillayev. It uyning savlati bo‘ladi. Albatta it boqing. O‘zim g‘alatisini topib beraman”.
“QOPLON” hikoyasi
Slayd 17
– Oti Qoplon, Tillayev aka”.
“Ertasi Tillayev ishdan qaytib yuvinayotganda Qurbonboy kattakon it yetaklab keldi. U itni ayvonning ustuniga boylab, iljaydi:
Slayd 18
“- Nechta shifer yetmayapti? – dedi Tillayev beparvo.
– Yo‘q, xo‘jayin so‘ramang. Siz bilan shu maqsadda oshno bo‘lmaganman. Bunaqa gapni aytsangiz uyingizga ikkinchi qadam bosmay ketaman”.
30 ta
180 ta
Slayd 19
Bu orada Tillayevning eski bod kasali tutib, yotib qoldi.
Tillayev ministrlikka ariza yozib, ishdan bo‘shatishlarini so‘radi.
Slayd 20
BOD QANDAY KASALLIK?
Bu xastalik organizmdagi turli yallig‘lanishlar asorati (bodomcha bezlarining surunkali kasalligi) va bo‘g‘imlarda tuzlarning to‘planishi sababli kelib chiqadi. Chunki inson o‘z hayoti mobaynida iste’mol qilgan barcha oziq-ovqatlar tarkibidagi tuzlar asta-sekin organizmda to‘planib boradi. Yosh o‘tgan sari bu tuzlarning yig‘ilishi kuchayadi. Oqibatda suyaklarning ustki qismlari, ko‘proq bo‘g‘imlarda to‘plangan tuz ta’sirida harakat qilish, bo‘g‘imlarni bukish va turli harakatlarni bajarish qiyinlasha boshlaydi. Buning ustiga organizmning immuniteti pasayishi natijasida bo‘g‘imlardagi og‘riqlar yanada kuchayadi.
Slayd 21
Bir mahal qarasa, ko‘chaning narigi betida Qurbonboy Qoplonni yetaklab yuribdi. Chaqirsa it qaradi-yu, Qurbonboy qaramadi…
Slayd 22
Bizning it qalay? – dedi yangi direktor.
– Bu itni taniyman, – dedi Tillayev va nariroqda yangi direktorning charm to‘nini tuflab artayotgan Qurbonboyga bir qarab, uyga kirib ketdi.
Slayd 23
O’ylab ko’ring
Hikoya qahramoni Qurbonboy yashash va tirikchilik o‘tkazishning qanday yo‘lini o‘zi uchun kasb qilib olgan?
Hayotingizda Qurbonboyga o‘xshagan kishilarga duch kelganmisiz?
Nima deb o‘ylaysiz: hikoya qahramoni Qurbonboyga aynan shunday ism tanlangani tasodifmi yoki yozuvchining bundan ko‘zlagan boshqa maqsadi bormi?
Slayd 24
“SOBIQ” hikoyasi
Slayd 25
9 tonna!
“Xoh ishoning, xoh ishonmang, birinchi kuniyoq to‘qqiz tonna paxta teribman. Avvaliga o‘zim ham hayron bo‘lib qoldim. Tavba, shuncha paxtani o‘zim terdimmi yo birov qo‘shib qo‘ydimi?”
Slayd 26
O‘sha kuni oblastdan, Toshkentdan muxbirlar bosib ketdi. Ovozimni lentaga yozib, radiodan eshittirishdi. Televizorda ikki marta ko‘rsatishdi. Hamma yoqni xat bosib ketdi. Bunaqa obro‘ kimning tushiga kiribdi, deysiz.
Slayd 27
Bechorani biram chang bosibdiki, kimdir bo‘r bilan yoniga «Kolxozimizning sobiq mexanizatori falonchi mavsumda bir hafta dalaga chiqib, shu mashinada paxta tergan» deb yozib ketibdi.
Juda alam qildi.
Slayd 28
“QOPLON” HIKOYASIDAN XULOSA
Adibning «Qoplon» hikoyasi satirik asarning yaxshi namunasi bo‘lib, kishilardagi xushomadgo‘ylik, laganbardorlik, o‘z manfaati yo‘lida andisha-mulohazaga bormay surbetlarcha ish tutishi, odamlarni amal kursisiga qarab munosabat ko‘rsatishi kabi yaramas illatlar tanqidiga bag‘ishlangan. Hikoyadagi Qurbonboy obrazi misolida yozuvchi o‘zini hali tanimagan rahbarlar pinjiga kirishning nozik yo‘llarini topib olgan, hech bir istiholasiz laganbardorligini oshkora ko‘rsatib, xo‘jayinining polini yuvib, gilamini ham qoqib berishdan orlanmaydigan, vaqti kelganda shartta yangi boshliqqa xizmat qilib ketaveradigan oriyatsiz, ablah bir shaxs qiyofasini ko‘rsatib beradi.
Slayd 29
“SOBIQ” HIKOYASIDAN XULOSA
Yozuvchi voqeani asar qahramonining tilidan hikoya qilarkan, jamiyatimizda, halol kishilarning xatti-harakatlarida pay do bo‘layotgan dabdababozlik, nozarur yumushlarga chalg‘ib, kulgili vaziyatlarga tushib qolishi kabi nuqsonlar ustidan yengil kuladi. Katta maqsadlar yo‘lida intilayotgan yaxshi bir mehnatkash insonni asrab-avaylash, uning kuchidan oqilona foydalanish, har bir odam o‘z o‘rnida bo‘lib, o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi lozimligi kabi masalalar hajviy yo‘sinda tasvirlangan vaziyatlar orqali anglashiladi.
Slayd 30
SATIRA VA YUMOR NIMA?
Satira so‘zi yunoncha “turli”, “aralash” degan ma’nolarni anglatib, badiiy asarda keng ma’noda kishilardagi yoki ma’lum bir jamiyatdagi nuqson va kamchiliklarni keskin tanqid qilish, masxaralab bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladi.
Yumor ingliz tilidagi “namlik”, “suyuqlik” so‘zidan olingan bo‘lib, u keng ma’noda badiiy adabiyotda yengil kulgi qo‘zg‘ash, hazil-mutoyiba sifatida qo‘llaniladi. Bunda ijodkor ayrim nuqsonlar ustidan kinoya-kesatiqsiz do‘stona, xayrixohlik bilan kuladi. Voqea-hodisalarning, jamiyatdagi insonlarning hech bir nuqsonsiz bo‘lishini istab, ularni inkor etmagan holda zukkolik, topqirlik, hozirjavoblik, hazil-askiya bilan munosabat bildiriladi.
Slayd 31
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 32
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.