Sa’diy Sheroziy hayoti va ijodi
8000 so'm

Slayd 1
SA’DIY SHEROZIY
(1189— 1292)
Slayd 2
TO’LIQ ISMI
Shayx
Muslihiddin
Sa’diy Sheroziy
Slayd 3
1292-yilda vafot etgan.
U Eronning Sheroz shahrida o‘ziga to‘q va ma’rifatli bir xonadonda o‘sib ulg‘aygan. Uzoq umr ko‘rgan. Tug‘ilgan yilini har xil (1184, 1189, 1203, 1210) ko‘rsatadilar.
Slayd 4
SA’DIYNING MAQBARASI
Slayd 5
U goh olim va voiz, goh so‘fiy va darvesh suratida Eron, Arabiston, Kichik Osiyo, Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston kabi mamlakatlarni ba’zida ot-u eshak, ba’zan esa poyi piyoda kezib chiqadi. Bu sayohatlar 20 yildan ortiq davom etgan.
Slayd 6
Shoirning «Guliston» va «Bo‘ston» nomli ikki asari uning nomini butun dunyoga tanitdi.
Slayd 7
«Guliston» haqida
1258-yilda yozilgan.«Guliston» debocha hamda 8 bobdan iborat:
• 1-bob — podshohlar siyrati zikrida;
• 2- bob — darveshlar axloqi zikrida;
• 3- bob — qanoat fazilati zikrida;
• 4- bob — sukut saqlashning foydalari zikrida;
• 5-bob — ishq va yoshlik zikrida;
• 6-bob — qarilik va zaiflik zikrida;
• 7- bob — tarbiyat ta’siri zikrida;
• 8-bob — suhbat odobi zikrida.
Slayd 8
Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston»
i;
Majiddin Xofiyning «Xoriston»i;
Habib Qooniyning «Parishon»i.
«Guliston»ga ergashib ko‘plab asarlar yozilgan, lekin ulardan faqat 3 tasi mashhur:
Slayd 9
«Guliston» XVII asrning birinchi yarmidayoq Yevropa tillariga tarjima qilinib, tarqala boshlagan. U ilk bor fransuz diplomati Andre Ris tomonidan fransuz tiliga o‘girilib, 1634-yili Parijda nashr etilgan.
Rus tilida «Guliston» (1957, 1959) va «Bo‘ston» (1963) asarlarining mukammal tarjimalari bosilib chiqqan.
Slayd 10
Rus shoiri A. S. Pushkin:
• «Sa’diy va Hofiz asarlarining pinhoniy asroriga yetgunimcha she’rlarimda quvonchbaxsh jihatlar va hayotdo‘stlik kam uchrardi», — degan edi.
Slayd 11
Sa’diy asarlari qadimdan o‘zbek xalqi orasida ham mashhur. «Bo‘ston» va «Guliston» asarlari madrasalarda asosiy darsliklar sifatida o‘qitilib kelgan.
Slayd 12
Esda saqlang !
«Devoni Foniy»da Sa’diy g‘azaliga 22 ga tatabbu’, uning tavrida 4 ta g‘azal mavjud.
Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub»;
Xojaning «Gulzor»;
Abdulla Avloniyning «Turkiy «Guliston» yoxud axloq» asarlari bevosita Sa’diy «Guliston»i ta’sirida yaratilgan.
Slayd 13
DIQQAT!
Bu asarni 1-marta 1390-1391-yillarda XIV asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Sayfi Saroyi «Guliston bit-turkiy» nomi bilan Misrda tarjima qilgan.
Slayd 14
XIX asrda «Guliston» Muhammadrizo Ogahiy tomonidan 2- marta o‘zbek tiliga tarjima qilinadi.
«Guliston»ning 3-tarjimasi toshkentlik mudarris va shoir Mullo Murodxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li qalamiga mansub bo‘lib, u «Shavqi Guliston» deb atalgan. (1909).
Slayd 15
1968-yili «Guliston»ning 4- tarjimasi bosilib chiqdi.
Asardagi she’rlarni G’afur G’ulom va Shoislom Shomuhamedov, nasr qismini Rustam Komilovlar o‘zbekchalashtirishgan.
Slayd 16
«GULISTON»dan HIKOYALAR
HUNAR O‘RGANMOQ HAQIDA“…hunar chashmayi ravon va davlati bepoyondur…”
Slayd 17
DARYO KO‘RMAGAN QUL HIKOYATI
Slayd 18
DARVESH HIKOYATI
Bo‘g‘oz xotun, ayo, donoyi hushyor,
Tug‘ar vaqtida garchi mor tug‘g‘oy.
Base yaxshidur ul farzanddinkim,
Ani nodon va nohamvor tug‘g‘oy.
Slayd 19
Hikmatlar
Chumoli yoz bo‘yi yig‘ar yemak — don,
Toki qishda uyi bo‘lsin farovon.
Ustiga kitob ortilgan eshak,
Na olim va na donodir beshak.
Slayd 20
Erta kun arpaga zor bo‘lmay desang,
Bukun ek, shoyadki, bug‘doy non yesang.
Boshqalar moliga ko‘ngil qo‘ymagil,
So‘ngra ko‘ngil uzmoq juda ham mushkul.
Slayd 21
BILIMINGIZNI SINANG!
«Guliston» va «Bo‘ston» asarlari haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?
Sa’diy hayotidagi voqealar aks etgan qaysi hikoyalarni bilasiz?
«Ayb qidirmaslik haqida»gi she’riy hikoyatda shoir o‘quvchining qanday inson bo‘lishini xohlaydi?
«Tab’i aybjo‘ylik bo‘lsa agar bas, Tovus oyog‘idan boshqasin ko‘rmas» satrlari ma’nosini tushuntirib bering.
«Hunar o‘rganmoq haqida» hikoyatida hunarli va hunarsiz qanday taqqoslab ko‘rsatiladi?
Slayd 22
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 23
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.