- Savatga boshqa "ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY" qo'sha olmaysiz. Ko'rish

RAVON NUTQNI SHAKLLANTIRISH
Ravon nutqni shakllantirish
Ravon nutq — bu kishilar o‘rtasidagi muloqotni, o‘zaro tushunishni ta’minlaydigan, mazmunan izchil va ifodali fikrlar tizimidir. Ravon nutq — fikrlashning ifodasi bo‘lib, u bolaning mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va o‘z fikrini to‘g‘ri bayon eta olish qobiliyatini namoyon etadi.
Ravon nutqni rivojlantirishning ahamiyati
Bola hayotining dastlabki yillarida nutqni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Nutq bolaning atrofdagilar bilan muloqotini ta’minlaydi, ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam beradi va tafakkur jarayonini shakllantiradi. Maktabgacha davrda ravon nutqni shakllantirish — bola shaxsining intellektual va ruhiy rivojlanishining muhim bosqichidir.
Ravon nutqning uch asosiy vazifasi
- Individuallararo vazifa — kishilar o‘rtasidagi muloqot vositasi sifatida nutq og‘zaki shaklda, ya’ni dialog va monolog ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
- Ichkiindividual vazifa — insonning tafakkur, diqqat, xotira, tasavvur kabi ruhiy jarayonlarini tartibga soladi.
- Umuminsoniy vazifa — yozma nutq orqali jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasini o‘zlashtirishni ta’minlaydi.
Nutqni shakllantirish bosqichlari
Bolalarda muloqot ehtiyoji va nutqning rivojlanishi bir necha bosqichda kechadi:
- Vaziyatli-shaxsli muloqot (0–6 oy) — bola kattalarning e’tiboriga ehtiyoj sezadi.
- Vaziyatli-amaliy muloqot (6 oy – 2,5 yil) — kattalar bilan hamkorlik qilish istagi paydo bo‘ladi.
- Vaziyatsiz-bilish muloqoti (2,5 – 4 yosh) — atrofdagi voqelikni tushunish va birgalikda muhokama qilish istagi kuchayadi.
- Vaziyatsiz-shaxsli muloqot (4–7 yosh) — bola insoniy munosabatlar mohiyatini o‘rganadi va kattalar bilan o‘zaro tushunishga intiladi.
Ravon nutqni shakllantirishning vazifalari
Maktabgacha ta’lim muassasalari oldidagi asosiy vazifalardan biri — bolalarda so‘zlashuv (dialogik) va monologik nutqni rivojlantirishdir. Kichik yoshdagi bolalar uchun quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirish muhimdir:
- tinglash va tushunish qobiliyati;
- savol-javob ko‘nikmasi;
- fikrni izchil bayon eta olish;
- suhbatdoshni bo‘lmaslik, e’tibor bilan tinglash.
4–6 yoshda nutq rivoji
To‘rt yoshdan boshlab bolalarga izchil fikr yuritish, savol berish va suhbatda faol ishtirok etish o‘rgatiladi. 5–6 yoshda esa ular mustaqil mavzuda uzoq suhbatlar olib borishga, mantiqan to‘liq fikrni ifodalashga o‘rganadilar.
Nutq madaniyati va shaxsiy fazilatlar
Ravon nutqni rivojlantirish jarayonida bolalarda quyidagi fazilatlar ham shakllanadi:
- kirishimlilik, xushmuomalalik;
- tinglash madaniyati;
- jamoa oldida nutq so‘zlash qobiliyati;
- telefon va boshqa vositalar orqali muloqot madaniyati.
Xulosa
Ravon nutq — bu bolaning tafakkuri, muloqot madaniyati va ijtimoiy faolligining ko‘zgusidir. U nafaqat fikrlash, balki shaxsiy ifoda, ijodiy tafakkur va muloqot madaniyatini rivojlantiruvchi asosiy omildir.
=== Taqdimot 1 ===
RAVON NUTQNI SHAKLLANTIRISH
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
Ravon nutqni rivojlantirish vazifalari.
Ravon nutqning turlari.
Ravon nutq mohiyati.
=== Taqdimot 3 ===
Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ulami to‘g‘ri ifodalash qobiliyati aks etadi.
=== Taqdimot 4 ===
Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasi-nutqi o‘zgarib, murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog‘liq bo‘ladi.
=== Taqdimot 5 ===
Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur.
Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallar, ichkiindividual va umuminsoniy. Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:
=== Taqdimot 6 ===
=== Taqdimot 7 ===
Vazifasi – individuallararo – kishilar o‘rtasidagi muloqot vositasidir. Ushbu holatda nutq og‘zaki nutq – monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati sifatida chiqadi.
Vazifasi – ichkiindividual – bu yerda nutq ko‘plab ruhiy jarayonlarni (fikrlash, diqqat-e’tibor, xotira, tasavvur va boshqa.) Aniq-tiniq anglash darajasiga ko‘targani hamda shaxsga ruhiy jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Vazifasi – umuminsoniy – bu o‘rinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy-tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi. Ushbu holatda – bu grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir.
=== Taqdimot 8 ===
Nutqning shakllanishida va bolaning undan foydalanishida maktabgacha bosqichdagi turli davrlarda bolalarda o‘zgarib turadigan kommunikativ tusdagi omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Kommunikativ tusdagi omillar deganda muloqotni yo‘lga qo‘yishga, muloqotga ehtiyoj tug‘ilishiga ta’sir qiladigan omillar tushuniladi.
=== Taqdimot 9 ===
Dastlabki yetti yilda bolada kattalar bilan muloqotga ehtiyoj rivojlanishining 4 ta bosqichi ro‘y beradi:
I – bosqich – vaziyatli-shaxsli muloqot (bola hayotining birinchi yarim yilida) – kattalarning diqqat-e’tiboriga va yaxshi muomalasiga bo‘lgan ehtiyoj;
II – bosqich – vaziyatli-amaliy muloqot (6 oydan boshlab 2 yil-u 6 oygacha) – kattalar bilan hamkorlikka va ularning ishtirokiga muhtojlik;
=== Taqdimot 10 ===
III – bosqich – vaziyatsiz – bilish muloqoti (2 yil-u 6 oydan boshlab 4 yoshgacha) – kattalarning hurmat bilan munosabatda bo‘lishlariga muhtojlik. U bolaning jismoniy olamdagi his qilinmaydigan o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashga yo‘naltirilgan bilish faoliyati doirasida vujudga keladi. Ushbu davrda bola kattalar bilan o‘ziga xos “nazariy” hamkorlikka intiladi, u predmetli olamning hodisa va voqealarini birgalikda muhokama qilishda ifodalanadi.
=== Taqdimot 11 ===
IV – bosqich – vaziyatsiz-shaxsli muloqot (4 yoshdan 7 yoshgacha) – kattalar bilan o‘zaro bir-birini tushunishga va kattalarning g‘amxo‘rlik ko‘rsatishiga ehtiyojmandlik. Bu ehtiyoj bolaning insoniy munosabatlar olamiga qiziqishi tufayli vujudga kelib, u bolaning munosabatlar qoidalari va me’yorini o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir. Bola kattalar bilan qarashlar umumiyligiga erishishga intiladi va bu unga ulardan o‘z xatti-harakatlarida qo‘llanma sifatida foydalanish imkonini beradi.
=== Taqdimot 12 ===
Shunday qilib, nutqni rivojlantirish jarayoniga muloqot vositasi, ya’ni kommunikativ faoliyat sifatida qarash kerak. Uning vujudga kelishi va rivojlanishi bolaning muloqot va umumiy hayot faoliyati ehtiyojlariga bog‘liqdir.
=== Taqdimot 13 ===
Nutqqa u bajaradigan tahlil vazifasidan kelib chiqib yondashish nutqning eng avvalo bolaning atrofdagi odamlar bilan muloqot vositasi sifatida paydo bo‘lishini tushunib yetishga olib keladi. O‘z-o‘zidan, agarda bolaning muloqoti nutqqa jon bag‘ishlasa, uning rivojlanish sur’ati va muddati bolalarda muloqot faoliyati turli yosh bosqichlarida qanday yo‘lga qo‘yilganligi bilan bog‘liqdir, ushbu vazifalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bolaning ong va erkinlikning yuqori darajasiga qanchalik tez erishishi, bolaning unga turli sohalardagi bilimlarini rivojlantirish va takomillashtirish imkonini beradigan yozma nutqni qancha muddatda o‘zlashtira olishiga bog‘liqdir.
=== Taqdimot 14 ===
—Someone Famous
Matndan kelib chiqadigan ravon nutqni shakllantirish, uning vazifalarini o‘zgartirish bola faoliyatining murakkablashayotgani oqibati bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqoti mazmuni, sharti va shakllariga bog‘liqdir. Nutq vazifasi fikrlashning rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanadi, ular bola til vositasida ifodalaydigan mazmun bilan uzluksiz ravishda bog‘liq bo‘ladi.
=== Taqdimot 15 ===
Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish – bolalar bog‘chasining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktab yoshining nihoyasiga kelib bola kattalarga xos bo‘lgan og‘zaki nutqning asosiy shakllarini egallashi, ya’ni ravon nutqning ikki shakli – dialogik va monologik nutqni egallab olishi shart.
=== Taqdimot 16 ===
Bolalar bog‘chasining vazifasi – bolalarda ravon so‘zlashuv nutqi (dialogik nutq) va monologik nutqni rivojlantirishdan iborat. So‘zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi ko‘p qirrali. Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob berish va o‘zi ham savollar berish, suhbat mavzusi bo‘yicha izchil javob berish qobiliyati shakllanadi.
=== Taqdimot 17 ===
4 yoshdan boshlab bolalarga suhbatda ishtirok etishni, uzuq-yuluq fikrlardan nisbatan keng, izchil fikrlarga o‘tish, savollar borishni o‘rgatish zarur; 5-6 yoshli bolalar uzoq davom etadigan maqsadli suhbatlarga qodir bo‘ladilar.
=== Taqdimot 18 ===
Bolalarga qo‘yilgan savollarga ularning mazmunidan kelib chiqqan holda qisqa yoki keng qilib aniq javob berish, suhbatdoshi so‘zini bo‘lmasdan diqqat bilan tinglash, ularning javoblarini to‘ldirish, tuzatishlar kiritish, o‘zlari ham savollar borishni o‘rgatish zarur va h.k.
=== Taqdimot 19 ===
Ayni paytda shaxsning nutqiy sifatlarini tarbiyalash – bolalarda kirishimlilik, xushmuomalalik, hushyorlik, bosiqlik kabi sifatlarni shakllantirish; suhbat jarayonida nutqiy muloqot madaniyati ko‘nikmalarini, tengdoshlar jamoasi oldida chiqish qila olish qobiliyati va telefon orqali suhbatlashish madaniyatini tarbiyalash lozim.
=== Taqdimot 20 ===
Ravon nutq – bu fikrlar tuguni bo‘lib, unda bolaning mantiqiy fikrlashi, uning qabul qilayotgan narsasini mulohaza qilib ko‘rish va uni to‘g‘ri ifodalash qobiliyati aks etadi.
Nutq har bir kishi hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichkiindividual va umuminsoniy.
Nutqning shakllanishida va bolaning undan foydalanishida bolalikning turli davrlarida o‘zgarib turadigan kommunikativ tusdagi omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
=== Taqdimot 21 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boting!
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
🗣️ “Ravon nutqni shakllantirish” mavzusidagi to‘liq taqdimotni Slaydchi.uz saytida ko‘ring
Slaydchi.uz — maktabgacha ta’lim, pedagogika va psixologiya yo‘nalishlaridagi tayyor taqdimotlar, dars ishlanmalari va metodik materiallar manbasi.
Boshqa pedagogik mavzular uchun: slaydchi.uz saytiga tashrif buyuring.
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |

















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.