Rauf Parfi hayoti va ijodi (3)
4000 so'm
Rauf Parfi hayoti va ijodi (3) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 12 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti

Slayd 1
Men sevgan adib.
Rauf Parfi
(1943-2005)
Slayd 2
Ijodkor hayotidan
Rauf Parfi, taxallusi -O‘zturk 1943-yilning 27-sentabrida Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga qarashli Sho‘ralisoy qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. Otasi-Parfi Muhammadamin o‘g‘li savodli, anchagina o‘qimishli kishi bo‘lib, sho‘rolar quvg‘ini davrida Farg‘onaning Vodil qishlog‘idan Sho‘ralisoyga kelib qolgan. Onasi -Sakinaxonim Isabek qizi ham zavqi baland, kitob ko‘rgan, mumtoz adabiyotni biladigan ayol bo‘lib, u kishi ham asli farg‘onalik edi.
Slayd 3
Rauf Parfi 1950-yilda Sho‘ralisoydagi yetti yillik maktabga o‘qishga boradi va u yerda 1956-yilgacha saboq oladi. So‘ng qo‘shni qishloqdagi maktabga o‘tib, bu yerda 1958-yilgacha tahsilni davom ettirdi. Sakkizinchi sinfni tugatgach, o‘qishni Yangiyo‘l shahridagi kechki maktabga o‘tqazib, mehnat faoliyatini boshlaydi. U dastlab Yangiyo‘l tuman gazetasida musahhih bo‘lib ishlaydi. O‘rta ma’lumot olgach, 1960-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga o‘qishga kiradi. U yerdagi saboqlar 1965-yilda bitgan bo‘lsa-da, shoir «Markscha-lenincha falsafa» deb atalmish fandan o‘tolmagani va qayta imtihon topshirishni istamagani uchun universitet diplomini ololmaydi.
Slayd 4
Rauf Parfi 1966-1967-yillarda Yangiyo‘lda chiqadigan «Kolxoz haqiqati» gazetasi muxbiri bo‘lib ishladi. 1967-yilda Toshkentga kelib, Kinematografiya davlat qo‘mitasida muharrir bo‘lib ishladi. 1971-1977-yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. So‘ng «Oydin» gazetasida, 1987-yilgacha yana G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida mehnat qildi. 1987-1989-yillarda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1989-yildan 1997-yilgacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Targ‘ibot markazida katta muharrir, 1997-1999-yillarda «Jahon adabiyoti» jurnali bo‘lim mudiri vazifalarida ishladi. O’zbek milliy modern she’riyatining asoschilaridan biri va eng yirik vakili mart 2005, Toshkent viloyati Yangiyo’l tumani Sho’ralisoy qishlog‘ida vafot etgan
Slayd 5
Olamga o‘ziga xos ko‘z bilan qaraydigan, uning boshqalardan yashirin go‘zalliklari va qabohatlarini payqay biladigan Rauf Parfi bolaligidan kitobga o‘ch edi. O‘z davrining siyosatchi dehqonlaridan bin, uch marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni Hamroqul Tursunqulovning qarindoshi bo‘lgani uchun uning uyidagi juda boy kutubxonadan bemalol foydalanar, kecha-yu kunduz u yerdan chiqmay, kitob o‘qirdi. Uning kitobsevarligi shunchalik ediki, deyarli tushunmasa-da, rus tilidagi kitoblarni ham qatorlashtirib o‘qib tashlayverardi. Rauf Parfining dunyoqarashi va badiiy didi shakllanishida otasining yaqin o‘rtog‘i, o‘zbek mumtoz adabiyotining katta bilimdoni, taniqli g‘azalnavis shoir Abdurahmon Vodiliyning ta’siri katta bo‘ldi. Vodiliy hassos qalbli, ta’sirchan o‘smirga chinakam she’riyat, uning badiiy joziba qudrati to‘g‘risida gapirib berar, sanoqsiz misralarni misol tariqasida yoddan keltirib, Raufni hayratga solardi.
Slayd 6
Rauf Parfining birinchi she’ri 1953-yilning 5-martida o‘n yoshida Stalin vafotiga bag‘ishlab yozilgan marsiya bo‘ldi. U maktabning devoriy gazetasida bosilgan. Taqdirni qarangki, ijodini insoniyat tarixidagi eng yovuz jallodga bag‘ishlab she’r yozishdan boshlagan bolakay ulg‘aygach, inson erki va huquqlari uchun dadil kurashuvchi ijodkor bo‘lib yetishdi. Sal o‘tib, iste’dodli o‘smirning she’rlari tuman gazetasida chop etila boshladi. Universitetning birinchi bosqich talabasi ekanida uning qalamiga mansub «Laylo» she’ri millat yoshlarining eng sevimli qo‘shig‘i sifatida kuylanardi.
Slayd 7
Shoirning birinchi she’rlar kitobi-»Karvon yo‘li» 1968-yilda bosildi. Shundan keyin turli yillarda uning «Aks sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1975), «Ko‘zlar» (1977), «Qaytish» (1978), «Sabr daraxti» (1986), «Sukunat» (1989), «Tavba» (2000) kabi bir qator she’riy kitoblari chop etildi. Milliy adabiyot taraqqiyoti va ma’naviyat shakllanishidagi ulkan xizmatlari uchun 1999-yilda Rauf Parfiga ,,O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi. Rauf Parfi o‘zbek o‘quvchilarini jahon she’riyatining eng sara namunalaridan bahramand etish maqsadida dunyo adabiyotidagi bir qator mashhur asarlarni ona tilimizga tarjima qilgan. Chunonchi, Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatning «lnson manzaralari», Mahmud Hodiyning «Ozodlik lavhalari» («Alvohi intiboh»), Karlo Kaladzening «Dengiz xayoli», A. Dyumaning «Uch sarboz» va boshqa ko‘plab nodir asarlar Rauf Parfi qalami tufayli o‘zbek kitobxonlariga yetib borgan.
Slayd 8
Slayd 9
Men o‘tkinchi, men faqat mehmon,
Dargohingda, ey ona tilim.
Menga bir she’r kerak, ey mezbon, Yozilmagan she’r erur dilim.
Aytgil, nechun bunchalar qiziq
Eski jahon, bu eski jahon?
Bir she’r kerak non kabi issiq,
Menga bir she’r kerak, ey mezbon.
Ma’lul etma meni, onajon,
Sen – abadiy men – lahza,
biroqItoat et menga shul zamon
Yo aylagil telbani tuproq.
Men o‘tkinchi, men axir mehmon..
Rauf Parfi
Slayd 10
Slayd 11
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 12
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
LISON UT TAYR – FALSAFIY MAJOZIY DOSTON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
MATN HAQIDA MA’LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
TILNING IJTIMOIY TABIATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
TILSHUNOSLIK FANINING PAYDO BOʻLISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 49 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O‘ZGA GAPLI QURILMA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
USLUBIYAT VA USLUBSHUNOSLIK mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ABDULLA AVLONIY (1878 1934) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ARAB VA FORS IZOFASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 16 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ОБЗОРНАЯ ЛЕКЦИЯ ПО СИНТАКСИСУ ВИДЕОЗАНЯТИЕ mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. LEKSIK SINONIMIYA. LEKSIK OMONIMIYA. LEKSIK ANTONIMIYA. GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
MUMTOZ ADABIYOTNI SHARHLAB O‘RGANISH. BOBUR ASARLARI MISOLIDA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
XX ASR BOSHLARIDAGI O‘ZBEK ADABIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.