Rauf Parfi hayoti va ijodi (2)

4000 so'm


Rauf Parfi hayoti va ijodi (2)

 

 

Slayd 1

RAUF PARFI hayoti va ijodi
Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Filologiya fakulteti 4-”B” guruh talabasi Qurbaniyozova Malohatning O’zbek adabiyoti tarixi fanidan mustaqil ishi

Slayd 2

Lirik she’riyatning dunyo yuzini ko‘rishi nihoyat darajada murakkab jarayon bo‘lib, adabiyotshunoslik fani bu ilohiy jarayon siru sinoati – qonuniyatlarini kashf etib berolganicha yo‘q.
She’r mavjud voqelik, tuyg‘ularga ijobiy yoki salbiy ta’sir natijasida maydonga keladi. Keyingi jarayonda shoir ruhiy olamida jiddiy o‘zgarishlar, tebranishlar sodir bo‘ladi.

Slayd 3

– R.Parfi she’riyatining g‘oyaviy badiiy xususiyatlari;
– ijodiy individuallilik belgilari;
– shoir ijodida badiiy mahorat;
– R.Parfi ijodi va G‘arb she’riyati;
– yangicha ifoda va yangicha talqin.
Adabiyotshunosligimizda she’riyat haqida, xususan, Rauf Parfi ijodi xususida bir qator tadqiqot va adabiy-tanqidiy maqolalar mavjud.

Slayd 4

Rauf Parfi ijodida izchil poetik g‘oya va yaxlit kontseptsiya darajasiga ko‘tarilgan mavzulardan biri – inson. Shoir she’riyatining turli bosqichlari kuzatilsa, bu mavzu muttasil chuqurlashib va murakkablashib borganini ko‘rish mumkin. «Xotirot», «Shoir», «Abdullajon marsiyasi», «Turkiston» kabi she’rlarda inson mavzusining muayyan qirralari ochilsa, «Xato qildim…» deya boshlanadigan to‘rtligida inson tabiatidagi manfiy tomonlar ham «qonuniy» ekanligi tan olinmas ekan.

Slayd 5

Mazkur uyushiq bo‘laklar yaxlit holda kitobxonni yangi ma’naviy sarhadlarga etaklaydi:
• Yoshlik. Zangor fasl. Kechdi. Sarg‘ardi.To‘kildi u. Shafqat bilmas bargrezon.Qora sovuqlarga otib yubordi.Shamollar poyida sinmoqda xazon.

Slayd 6

Obrazlilik Rauf Parfini adabiyotning birinchi unsuri – til xususida o‘ylashga majbur qiladi. U so‘zlarga jilo bera oladi, uning asarlarida bizga noma’lum konstruksiyalar yangicha ma’no kasb etgandek tuyuladi. Ba’zi fikrlarni betakror shakllar bilan ifodalay oladi. Bu holat ham qadim turkiy tilning, ham o‘zbek adabiyotining ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishini e’tiborga olsak, masalaning mohiyati bir qadar oydinlashadi.

Slayd 7

Rauf Parfining «Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar», «Yaproqlarda shamol o‘ynar» kabi she’rlaridagi yomg‘ir shamol kabi so‘zlar shoirni ijod qilishga mudom da’vat etuvchi, ilhomni she’r yozishga undovchi, voqelik ta’sirini ifodalovchi obrazlardir. Buni she’r ta’sirini ifodalovchi bandda shoir majoziy tarzda e’tirof etadi.

Slayd 8

Shoirning «Turkiston» nomli mo‘‘jaz she’ri bor. U bor-yo‘g‘i to‘rt band – o‘n oltita misradan iborat. Lekin u ulkan bir badiiy asar taassurotini beradi. Shu ma’noda, u mitti shoh asar. Yuksak badiiyligi tufayli muayyan ilmiy qiymatga ega. Voqeaband she’rlarda fojeilik – tragizm belgilarini o‘rganishda u noyob topilma.

Slayd 9

Shoirning «Karvon yo‘li» nomli dastlabki she’riy to‘plami 1968- yili chop etilgan. Shundan keyin o‘n yillik ijodiy izlanishlar mevasi bo‘lgan «Aks sado» (1970), «Tasvir» (1973) «Xotirot» (1975) to‘plamlari she’riyat muxlislari qo‘liga tegib, ularni o‘ziga xos go‘zal she’riy uslubga ega shoir bilan bir umrga oshno etdi. Shundan beri kechgan davr ichida Rauf Parfi kitobxonda o‘zi xususida paydo bo‘lgan tasavvurni aslo aldamadi. Ayniqsa, «Sabr daraxti» (1986) to‘plami she’riyatimizda katta voqea bo‘ldi.

Slayd 10

Rauf Parfining o‘zbek she’riyatida paydo bo‘lishi ajoyib hodisadir. Har qanday yangilikdek, uning o‘ziga xos she’rlarining Hamza va G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon va Uyg‘un asarlarini o‘qib tarbiyalangan kitobxon, hatto tanqidchilar ommasi tomonidan idrok etilishi qiyin kechadi. Matbuotda ham, turli adabiy davralarda ham Rauf Parfi she’rlari bir-biriga qarama-qarshi fikr va munohazalarni uyg‘otdi.

Slayd 11

Rauf Parfi 1943- yili Toshkent viloyati Yangi yo‘l tumani Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ildi. Uning ota-onasi, aslida Farg‘onalik bo‘lib, XX asrning 30-yillari o‘rtalarida sho‘ro zamonining zayli bilan shu yerga kelib qolganlar. Shoirning otasi Parfi Muhammad Hamroqul Tursunqulov, Abdurahmon Vodiliy singari Farg‘onalik do‘st-yoronlari bilan davrdosh bo‘lgani sababli Rauf Parfi bolalik kezlaridayoq birining boy kutubxonasidan, ikkinchisining esa she’riy ijodidan bahramand bo‘lib o‘sdi».

Slayd 12

Rauf Parfi mahoratining omillari, ildizlari, uning asarlari teranligini belgilaydigan asosiy sabablardan biri Sharq va G‘arb adabiyotidagi ilg‘or tajribalarning sintezlashishida ko‘rinadi. Rauf Parfining o‘ziga xos ijodiy uslubi, tasvir ifodasi Sh.Rahmon, U.Azim, X.Davron, B.Ro‘zimuhammad, Fahriyor singar yosh shoirlarimizning ijodlariga ham ta’sir etib so‘ngi yillar o‘zbek she’riyatining yetakchi tamoyillaridan birini tashkil etadi.

Slayd 13

Shoirning «Karvon yo‘li» nomli dastlabki she’riy to‘plami 1968- yili chop etilgan. Shundan keyin o‘n yillik ijodiy izlanishlar mevasi bo‘lgan «Aks sado» (1970), «Tasvir» (1973) «Xotirot» (1975) to‘plamlari she’riyat muxlislari qo‘liga tegib, ularni o‘ziga xos go‘zal she’riy uslubga ega shoir bilan bir umrga oshno etdi.

Slayd 14

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 15

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Rauf Parfi hayoti va ijodi (2)” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar