Raqamli texnologiyada kasbiy qiziqishlarni rivojlantirish
4000 so'm

Slayd 1
Raqamli texnologiyani qo’llashda kasbga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish
Slayd 2
Ma’ruzada bilishga bo’lgan qiziqish va rag’batlarning yig’indisi shunday asos hisoblanadiki, uning asosida talabalarda bilimlar rivojlanadi va kasbiy qobiliyat va mahoratlar shakllanishi o’rganiladi.
Reja:
1. Kasbiy qiziqish tushunchasi.
2. Adabiyotlarda kasbiy-pedagogik qiziqishlarni o’rganish.
3. Kasbiy qiziqishning mohiyati.
Annotatsiya:
Slayd 3
Kishining qiziqishlari hayotning jamoatchilik-tarixiy va alohida sharoitlar asosida aniqlanadi. Mehnat faoliyatida qiziqish kishining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan sharoitlarga nisbatan faol yo’naltirilgan munosabatdir. Shaxsning umumiy yo’naltirilganining ifodasi sifatida qiziqish sub’ektning faoliyatida va uning rag’batlantiruvchi sohasida sodir bo’luvchi barcha psixik jarayonlarni qamrab oladi va yo’naltiradi.
Odam qiziqishlari tizimida kishining muayyan kasbga bo’lgan munosabatini ifodalovchi va kasbiy faoliyatning yagona “ichki” sozlovchisi sifatida kasbiy qiziqish alohida o’rin egallaydi. Agar tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, u holda Qadimgi Yunoniston va Rim faylasuflari uni shaxsning xususiyati va odamning kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini belgilovchi ruhiy hodisa deb tushunishgan.
Slayd 4
Amaliy pedagogik va psixologik tadqiqotlarda “kasbiy qiziqish” atamasining qo’llanila boshlaganiga ko’p bo’lmadi, ya’ni atigi 15-20 yil oldin. Shu bilan birga bu ushbu muammoni hal qilish uchun qisqa muddat emas, lekin bugungi kunda u psixologiyaning eng muhim muammolaridan biridir.
Zamonaviy tadqiqotchilar tomonidan kasbiy qiziqish tushunchasiga aynan qanday mazmunlar kiritilmoqda? Bir qaraganda kasbiy qiziqish shaxsning biror bir muayyan kasbga bo’lgan yo’nalishidan iboratdek ko’rinadi. Lekin, yo’naltirilganlik tushunchasi o’z tarkibiga ko’ra etarli darajada katta xajmga ega va murakkab bo’lib, uni qiziqish bilan aralashtirish to’g’ri bo’lmasligi aniq. Tadqiqotchilar tomonidan kasbiy qiziqishga shaxsiy shakllanish sifatida etarlicha e’tibor berilmasligi ba’zan uning mohiyatini to’liq aks ettirmaydigan turli fenomenlarning yaratilishiga olib keladi. Misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin.
Slayd 5
Kasbiy qiziqish: afzal ko’riladigan faoliyat turiga bo’lgan qiziqish sifatida; qobiliyatlar va mahoratlarning birikmasida faoliyatga bo’lgan ijodiy munosabatning ta’sis qiluvchi boshlanishi sifatidagi individual psixologik hodisa sifatida; shaxsning kasbni muvaffaqiyatli egallashiga bo’lgan yo’naltirilganlik sifatida; ong, iroda va tuyg’ularning kasbni egallashga yo’naltirilganligi va hokazolar sifatida tushuniladi. Bunday ta’riflar o’rganilayotgan hodisaning xususiyatini to’liq aks ettirmaydi, bu esa ularning tadqiqotlarni o’tkazish uchun yo’naltiruvchi uslubiy uskuna sifatida va amaliy maqsadlarda boshqaruvchi ob’ekt sifatida ishlatilishini qiyinlashtiradi. Ba’zi tadqiqotlarda kasbiy qiziqish shaxsning tug’ma xususiyati sifatida tushuniladi.
Slayd 6
Adabiyotlarda kasbiy-pedagogik qiziqishlarni o’rganish bilan bog’liq masalalar o’z aksini topdi. Masalan, pedagogik oliy o’quv yurtlar talabalarida kasbiy qiziqishni o’rganib chiqishda, uning asosiy ko’rsatkichlari aniqlangan:
1) o’quvchilar, o’qituvchilar, ota-onalar bilan uning bo’lajak o’qituvchi sifatidagi ijtimoiy va kasbiy holati bilan tavsiflanuvchi jamoatchilik aloqalarining majmuasi;
2) talabaning o’quvchilar, o’qituvchilarga va ular bilan ishlashga bo’lgan ijobiy his-tuyg’u-anglash munosabati;
3) talabaning aqliy-anglash darajasi;
4) talabaning birinchi navbatda uning turli darajalardagi qiyinchiliklarni engib o’tishidagi qobiliyati bilan aniqlanuvchi kasbiy-tibbiy faoliyatidagi irodaviy faolligi.
Slayd 7
Ko’rib chiqilayotgan tushunchaning eng to’g’ri ta’rifi kishida muayyan kasb bilan aloqaga kirishish jarayonida rivojlanadigan tizimli shakllanish sifatidagi kasbiy qiziqish to’g’risidagi tasavvur asosida ishlab chiqilishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan kasbiy qiziqish tanlangan kasbiy faoliyatga yo’naltirilgan tanlov-anglash, his-tuyg’u va irodaviy faollikni o’z ichiga oluvchi psixik jarayonlar, xususiyatlar va holatlarning murakkab ko’p-bosqichli ierarxik simptomli majmuasi deb tushuniladi . Lekin bu ta’rif ham kasbiy qiziqishning mohiyatini etarlicha ochib bera olmaydi. Bu nimadan iborat? Faoliyatning psixologik nazariyasidan kelib chiqqan holda, shaxsning har qanday faolligi sababli asosga ega. Shu munosabat bilan shaxsning tanlangan kasbiy faoliyatga yo’naltirilgan faolligi sabablar tizimi bilan aniqlanadi. “Kasbiy qiziqish” tushunchasini ko’rib chiqishda S.P.Kregjde uni kasbga yo’naltirilganlik tushunchasiga tenglashtiradi.
Slayd 8
Lekin kasbiy yo’naltirish ayniqsa, kasbiy-pedagogik kasbiy qiziqishni tarkibiy qism sifatida o’z ichiga oladigan kattaroq xajmdagi shaxsiy shakllanishdan iborat. O’rganilayotgan ishning afzalligi o’quvchilar va pedagogik oliy o’quv yurtlar talabalarida kasbiy qiziqishlarni tashxis qilish uchun qo’llanmani ishlab chiqish shuningdek, muallif tomonidan o’quvchilar va talabalarda kasbiy qiziqishlarni shakllantirishning uslubi deb hisoblash lozim.
Shuni qayd qilish mumkinki, biz tahlil qilib chiqqan ishlarning ko’pchiligida, mualliflar, kasbiy qiziqishning mohiyatini ochib berisharkan, qiziqishning tarkibiy qismlaridan biri sabablar bo’lganidan tashqari hollarda [A.I.Sherbakov] uning sababli qismni kiritishmaydi. Faoliyatning A.N.Leont’evning va boshqalarning asarlarida taqdim etilgan tushunishlardan kelib chiqqan holda, sabablar shaxsni faoliyatga undovchi kuchga aylanadi.
Slayd 9
Shu munosabat bilan muayyan kasbiy faoliyatga bo’lgan ijobiy his-tuyg’u munosabat asosida paydo bo’lgan sabablar kasbiy qiziqishning qismlaridan biri sanaladi. Shunday qilib, kasbiy qiziqishni tushunishga nisbatan adabiyotlarning tahlili quyidagicha xulosaga kelishga imkon beradi. Kasbiy qiziqish ba’zan shaxsning xususiyati, ba’zan ruhiy jarayonlar, xususiyatlar va holatlarning majmuasi, ba’zida shaxsning munosabati, ba’zan esa yo’nalish va hokazolar sifatida tushuniladi. Kasbiy qiziqish mohiyatini yagona tushunilishining yo’qligi uni o’rganishga bo’lgan turli uslubiy yondashuvlarga olib keladi.
Kasbiy qiziqishning adabiyotlardagi o’rganilishini tugatar ekanmiz, uning psixologiyaning ilmiy nazariyalari asosida tushunilishiga qisqacha to’xtalib o’tish zarur. “Aks etish” nazariyasi asosida kasbiy qiziqish ma’lum kasbiy faoliyat va uning “aks ettiruvchisi” bo’lgan bajaruvlari odam psixikasiga nisbatan “esk ettiriluvchi” hisoblanadi.
Slayd 10
“Aks ettiriluvchining” xarakteri (kasbiy qiziqish) «aks ettiruvchi” (kasbiy faoliyat va uning bajaruvchisi) ongida aks etish sodir bo’ladigan muayyan shaxsga bog’liqdir. Tashqi ta’sir unda yuzaga kelgan o’ylar va his-tuyg’ular qatoridan o’tgan holdagina u yoki bu ta’sir ko’rsatishi mumkin. Kasbiy qiziqishning paydo bo’lishi kishi ongidagi kasbiy faoliyatning hissiy namoyon bo’lishi sifatida qaraladi. Aks etish nazariyasining asosiy holatlari kishida muayyan faoliyatga bo’lgan kasbiy qiziqishning paydo bo’lish mexanizm sifatida qaralishiga imkon beradi, bu esa kasbiy qiziqishni shakllantirishni boshqarish jarayonini yanada samaraliroq amalga oshirilishiga imkon yaratadi.
Psixologlar P.Ya. Gal’perin, N.F. Talizina va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan aqliy tushuncha va harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasiga muvofiq, faoliyat ikkita ya’ni ichki (yo’naltiruvchi) va tashqi (bajaruvchi) qismlarni o’z ichiga oladi. Agar sub’ekt uchun tashqi faoliyat masalan o’qish yoki faoliyat bo’lsa, uning uchun ichki faoliyatning ma’lum qismi shu faoliyatga bo’lgan qiziqish hisoblanadi.
Slayd 11
O’qish yoki kasbiy faoliyatga bo’lgan qiziqishning tarkibida maqsad, rag’batlar, bajarilayotgan faoliyat to’g’risidagi tasavvur, uni bajarishga istak sodir bo’ladi, natija tashxis qilinadi va xokazo. Bu unsurlarning barchasi esa faoliyatning yo’naltirilish asosini tashkil etadi. Lekin buni yo’naltiruvchi emas, balki o’qish yoki kasbiy faoliyatning qadr-qiymat va yo’naltiruvchi asosi deb atash kerak. Muayyan kasbiy faoliyat (shifokor, uchuvchi, pedagog, tibbiy xodim va boshqalar) kasbiy qiziqishning paydo bo’lishi uchun asos bo’lib xizmat qiladigan muayyan shaxs uchun aniq qadr-qiymatga ega. O’qish yoki kasbiy faoliyatning samaradorligi va sub’ektning undan qoniqishi qadr-qiymat va yo’naltiruvchi asosning to’liq va to’g’riligi bilan aniqlanib, murakkab shaxsiy shakllanish sifatidagi kasbiy qiziqish bo’ladi.
Sh.A.Nadirashvilli va boshqa psixologlar va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan ko’rsatma nazariyasi kasbiy qiziqishni shaxsning muayyan kasbiy faoliyatga qaratilgan butun bir ko’rsatmasi sifatida qarashga imkon beradi.
Slayd 12
O’qish yoki kasbiy faoliyatga bo’lgan qiziqishning tarkibida maqsad, rag’batlar, bajarilayotgan faoliyat to’g’risidagi tasavvur, uni bajarishga istak sodir bo’ladi, natija tashxis qilinadi va xokazo. Bu unsurlarning barchasi esa faoliyatning yo’naltirilish asosini tashkil etadi. Lekin buni yo’naltiruvchi emas, balki o’qish yoki kasbiy faoliyatning qadr-qiymat va yo’naltiruvchi asosi deb atash kerak. Muayyan kasbiy faoliyat (shifokor, uchuvchi, pedagog, tibbiy xodim va boshqalar) kasbiy qiziqishning paydo bo’lishi uchun asos bo’lib xizmat qiladigan muayyan shaxs uchun aniq qadr-qiymatga ega. O’qish yoki kasbiy faoliyatning samaradorligi va sub’ektning undan qoniqishi qadr-qiymat va yo’naltiruvchi asosning to’liq va to’g’riligi bilan aniqlanib, murakkab shaxsiy shakllanish sifatidagi kasbiy qiziqish bo’ladi.
Sh.A.Nadirashvilli va boshqa psixologlar va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan ko’rsatma nazariyasi kasbiy qiziqishni shaxsning muayyan kasbiy faoliyatga qaratilgan butun bir ko’rsatmasi sifatida qarashga imkon beradi.
Slayd 13
Raqamli texnologiyani qo’llash orqali o’quvchilarni kasbga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish yo’llari?
Kasbiy qiziqish tushunchasi nimadan iborat?
Adabiyotlarda kasbiy-pedagogik qiziqishlarni o’rganish avzalligi nimada?
Kasbiy qiziqishning mohiyati nimadan iborat?
Nazorat uchun savollar:
Slayd 14
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 15
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.