QUL UBAYDIY G‘AZALLARINI IFODALI O‘QISH VA SHARHLASH

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
QUL UBAYDIY G‘AZALLARINI IFODALI O‘QISH VA SHARHLASH
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. Qul Ubaydiyning o‘zbek mumtoz adabiyotida tutgan o‘rni.
2. Qul Ubaydiyning hayoti va ijodining о‘rganilishi.
3. Adabiy merosi.
4. G‘azallarini ifodali o‘qish va sharhlash.
=== Taqdimot 3 ===
Darsning texnologik xaritasi
=== Taqdimot 4 ===
Darsning texnologik xaritasi
=== Taqdimot 5 ===
Darsning texnologik xaritasi
=== Taqdimot 6 ===
Darsning texnologik xaritasi
=== Taqdimot 7 ===
Ubaydullaxon, Ubaydulla Sulton, Ubaydiy (to‘liq ismi: Abulg‘oziy Ubaydulloh Bahodirxon ibn Mahmud Sulton ibn Shoh Budog‘ Sulton ibn Abulxayrxon) (1486, Xorazmning Vazir shahri yaqinidagi Tirsak mavzesi — 1540.17.3, Buxoro) — Buxoro xoni (1533—40), shoir. Shayboniylar sulolasidan.
Muhammad Shayboniyxonning jiyani, Mahmud Sultonning o‘g‘li. Otasining iltimosiga ko‘ra, unga Xoja Ubaydulloh Ahror o‘z ismini bergan. Tasavvuf bo‘yicha dastlabki saboqni otasining piri Mavlono Muhammad Qozidan olgan.
=== Taqdimot 8 ===
Ubaydullaxonga o‘z davrining mashhur ulamolari Fazlulloh ibn Ro‘zbehon, Maxdumi A’zam, Mavlono Muhammad Azizon, Mavlono Xoja Muhammad Sadr va boshqalar ustozlik qilgan. Xususan, unga davlat arbobi va sarkarda amir Abdulla Yamaniy (Buxoroda Mir Arab nomi bilan mashhur bo‘lgan) harbiy san’atdan saboq bergan va o‘ziga murid qilib olgan.
Xorazm va Buxoro hokimi bo‘lgan otasi Mahmud Sulton Qunduzda vafot etgach (1504), unga O‘rusbek Do‘rmon (1512-yil Ko‘li Malikda bo‘lgan jangda o‘ldirilgan) otaliq qilib tayinlangan. Ubaydullaxon amakisi Shayboniyxonning Xorazm (1505), Balx (1506), Hirot va Mashhad (1507)ga qilgan harbiy yurishlarida qatnashgan.
=== Taqdimot 9 ===
Dastlab, safaviylar qo‘shinining Movarounnahr ichkarisiga bostirib kirishidan cho‘chigan Ubaydullaxon va Muhammad Temur Sulton (Shayboniyxonning o‘g‘li) shoh Ismoil I bilan elchilar almashib, sulh tuzishga uringanlar. Shayboniylar sulolasining xoni Ko‘chkunchixonning asosiy noibi (1510-yildan) va Buxoro hokimi (1504-yildan) sifatida Ubaydullaxon dushmanga qarshi kurashga otlangan. 1511-yilda bo‘lgan jangda yengilgan Ubaydullaxon va Ko‘chkunchixon, Samarqand hokimi Suyunchxo‘jaxon, shuningdek, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton o‘z yaqinlari bilan Turkiston shahriga chekinadilar. 1512-yil 28-aprelda Ko‘li Malik jangida Ubaydullaxon g‘alaba qozonib, Buxoro va Samarqandni egallaydi. 1512-yili bahorida Ubaydullaxonning shijoati natijasida Movarounnahr yana shayboniylar qo‘liga o‘tdi.
=== Taqdimot 10 ===
Biroq Ismoil I yuborgan Najmi Soniy boshchiligidagi 60 ming kishilik safaviylar qo‘shiniga suyangan Bobur 1512-yil kuzida G‘uzor va Qarshini egallaydi. Najmi Soniy qo‘shini G‘ijduvonni qamal qilishga kirishdi. Ubaydullaxon va Jonibek Sulton Karmanaga; Ko‘chkunchixon va Temur Sulton Miyonkolga chekinib, hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko‘rishadi. 1512-yil 24-noyabrdagi G‘ijduvon jangida Ubaydullaxon boshchiligidagi qo‘shin g‘alaba qozongan.
=== Taqdimot 11 ===
1513-yil yanvarda Ubaydullaxon boshchiligidagi qo‘shin Xurosonga harbiy yurishlar qilib, safaviylarga kuchli zarbalar berdi. 1513-yil 11-martda Ubaydullaxon Marvni egallaydi. Bu orada Ubaydullaxon Xorazmni ham egallab, o‘g‘li Abdulazizxonni hokim qilib tayinlaydi. Uzoq davom etgan harbiy to‘qnashuvlardan so‘ng Mashhad, Hirot (1529) va boshqa shaharlar egallandi. Ubaydullaxon Hirotdagi murakkab vaziyatni tartibga solish (bu yerda shialarning ta’siri kuchayib ketgan edi) va uning Buxoro bilan aloqalarini mustahkamlashga katta e’tibor qaratgan.
=== Taqdimot 12 ===
Ko‘chkunchixon vafot etgach, uning o‘g‘li Abu Saidxon davrida ham Ubaydullaxon noiblik vazifasida qolgan. 1533-yilda Abu Saidxon vafotidan so‘ng, turkiy an’anaga binoan sultonlar ichida eng yoshi ulug‘i Ubaydullaxon Buxoroda shayboniylar sulolasining xoni qilib ko‘tarilgan. Poytaxt ham Samarqanddan Buxoroga ko‘chirilib, davlatning nomi rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb atalgan. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi mavqei kuchaydi. Buxoroda Mir Arab madrasasi, Mirak Sayd G‘iyos bog‘i, Ko‘hak (Zarafshon) daryosi ustida Mehtar Qosim ko‘prigi va boshqalar inshootlar qurildi. Ubaydullaxon yassaviya va naqshbandiya tariqatlariga e’tiqod qilib, shayx sifatida muridlar ham tarbiyalagan.
=== Taqdimot 13 ===
Ubaydullaxon “Ubaydiy”, “Qul Ubaydiy”, “Ubaydulloh” taxalluslari bilan uzbek, fors va arab tillarida ijod qilgan. Uning uchala tildagi devonlarini o‘z ichiga olgan kulliyoti keyinchalik Mir Husayn al Husayniy tomonidan ko‘chirilgan (1583).
Ubaydullaxonning turkiy devonida 310 g‘azal, 430 ruboiy, 11 tuyuq, 18 masnaviy, 7 muammo, 2 yor-yor mavjud. Shuningdek, devondan diniy-tasavvufiy va axloqiy-didaktik ruhdagi “Omonatnoma”, “Shavqnoma”, “G‘ayratnoma”, “Sabrnoma” manzumalari o‘rin olgan.
=== Taqdimot 14 ===
Forsiy devonida esa 163 g‘azal, 418 ruboiy, 7 qit’a, 1 fard, 1 masnaviy, 1 tarje’band va 3 muammo bor. Arab tilidagi merosi 35 ga yaqin g‘azal, qit’a va fardlardan iborat.
Ubaydullaxon Ahmad Yassaviy asos solgan hikmatnavislik an’anasini rivojlantirgan. Undan 1786 baytdan iborat 220 dan ortiq hikmat yetib kelgan. Ubaydullaxon ijodida diniy-tasavvufiy g‘oyalar yetakchilik qiladi.
Ubaydullaxon o‘zbek va fors adabiyotidagi yirik ruboiynavislardan hisoblanadi. Uning bu 2 tildagi ruboiylari 850 ga yaqin. Xususan, o‘zbek adabiyotida ruboiyning Boburdan keyingi taraqqiyoti Ubaydullaxon nomi bilan bog‘liq. Shoir she’rlarida o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan, uziga xos xususiyatlaridan mahorat bilan foydalangan.
=== Taqdimot 15 ===
Ubaydullaxon Buxoro yaqinida joylashgan Bahouddin majmuasidagi Daxmai shohon (Shoxlar daxmasi)dagi shayboniylar xilxonasida dafn etilgan.
Ubaydullaxon kulliyoti yagona nusxada O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida (inv. e8931), “Devoni Ubaydulloxon” qo‘lyozmasi Turkiyaning Nuri Usmoniya kutubxonasida (inv. e4904), “Masoil us-salot” nomli terma bayozi Ko‘niyodagi Izzatquyun xususiy kutubxonasida saqlanadi.
=== Taqdimot 16 ===
Oshiq ermastur kishi devona bo‘lmasa, G‘am dashti ichra sokini vayrona bo‘lmasa.
Ne oshiq o‘lg‘ay ul kishikim jonu ko‘nglini, O‘z dilbarig‘a sarf etib, afsona bo‘lmasa.
Kelmas o‘ziga oshiqi madhush soqiyo, Ohu fig‘onu na’rai mastona bo‘lmasa.
Bo‘ston aro ochilmag‘usi g‘unchadin ko‘ngul, Gul mavsumida bodayu paymona bo‘lmasa.
G‘am kulbasida naylag‘ay erding, Ubaydiy, Soqiyu jomu mutribu paymona bo‘lmasa.
=== Taqdimot 17 ===
Yor istamakim, olam aro yor topilmas, Topilsa dag‘i mushfiqu g‘amxor topilmas.
Axtarsang agar bir yaratib ikki jahonni, Mendek senga bir zoru giriftor topilmas.
Hushyor netarsen tilabon, ey ko‘zi usruk, Mastona ko‘zung davrida hushyor topilmas.
Ko‘p yor agarchi topilur senga valekin, Jon berguchi men kabi vafodor topilmas.
Diydor g‘animat turur, ey telba Ubaydiy, Diydoridin ayrilmaki, diydor topilmas.
=== Taqdimot 18 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“QUL UBAYDIY G‘AZALLARINI IFODALI O‘QISH VA SHARHLASH” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar