Qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot. bog‘langan qo‘shma gap
4000 so'm

Slayd 1
Qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot.
Bog‘langan qo‘shma gap
Slayd 2
Qo‘shma gap haqida tushuncha. Qo‘shma gap tahlili va tasnifi.
Bog‘langan qo‘shma gap haqida tushuncha.
Bog‘langan qo‘shma gap komponentlarini biriktiruvchi vositalar.
Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro mazmuniy munosabatlari
Reja:
Slayd 3
Tilda qo‘shma gap modelining mavjudligi ham sodda gap kabi nutqning tabiiy talabidir. Fikr ifodalash, nutq tuzish uchun gapning sodda shakli qanday zarur bo‘lsa, qo‘shma gap shakli ham shunday zarurdir. Biroq bu nutqiy birliklarning har ikkalasi kommunikativ funktsiya ifodalashdan qat’iy nazar, mazmun va tuzilishi jihatidan farqli hodisalardir. Qo‘shma gap tuzish uchun, birinchidan, kamida ikkita sodda gap bo‘lishi, ikkinchidan, bu sodda gaplar mazmunan munosabatga kirishgan bo‘lishi kerak.
Hamal kirdi – amal kirdi (maqol)
Sen kelmasang bo‘lmaydi bahor (H.O).
Demak, qo‘shma gaplar mazmunan mos kelmaydigan har qanday gaplarning yonma-yon qo‘yilishidan yuzaga kelmaydi. Havo qirq daraja issiq, qo‘ylar sovuqdan qirilmoqda. Bu yil yomqir mo‘l yoqqanligi uchun, ekinlar qurib ketdi, deb bo‘lmaydi, albatta.
Slayd 4
Bog‘langan qo‘shma gaplar, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan farqli holda, yopiq konstruksiyani tashkil etadi, ya’ni uni boshqa sodda gaplar yordamida kengaytirib, davom ettirib bo‘lmaydi: Tantiboyvachchaning nafasi ichiga tushib ketdi, biroq u uyalgan kabi o‘zini bilmaslikka soldi.
Slayd 5
Bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bo‘glash uchun asosan teng bog‘lovchilar qo‘llaniladi. Teng bog‘lovchilar o‘z navbatida qo‘shma gap qismlari orasida qanday munosabat ifodalashiga ko‘ra:
1. Biriktiruvchi bog‘lovchilar: Va, hamda, (Ular o‘rnida qo‘llaniluvchi –u, – yu, -da, ham ) yuklamalari
2. Zidlovchi bog‘lovchilar: Ammo, lekin, biroq, balki, holbuki, faqat (Ular o‘rnida qo‘llaniluvchi –u, -yu,) yuklamalari
3. Ayiruvchi bog‘lovchilar: yo, (yo…, yo) yoki (yoki…yoki), yoxud, yoyinki, goh…, goh, bir …, bir, dam …, dam, ham …, ham, xoh … xoh, ba’zan … ba’zan
4. Bo‘lsa, esa so‘zlari. Shunga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplarning mazmun turlarga bo‘linadi:
1. Biriktiruvchi munosabatli bog‘langan qo‘shma gap.
2. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap.
3. Ayirish munosabatli bog‘langan qo‘shma gap.
4. Qiyoslash munosabatli bog‘langan qo‘shma gap.
5. Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gap.
Slayd 6
Bog‘langan qo‘shma gap qismlari biriktiruvchi bog‘lovchilar yoki ularning funksiyasini bajaruvchi yuklamalar yordamida aloqaga kirganda, ma’lum bir paytda yoki ketma-ket yuzaga chiqadigan harakat-holatlar birlashtiriladi va bu bilan uyushgan qisimlar hosil qilinadi.
1. Qo‘shma gap komponentlarida harakat-holat bir paytda yuzaga chiqadi: Masalan: Chorpoyaning berigi yonida qarigan Abdurahmonboy va ikki katta o‘g‘li o‘tirar va bularning ro‘paralarida tuman boylaridan bir necha kishi o‘tirar edi. (S.Ayniy.).Haftalar o‘tdi ham tugaldi savdo (Oybek).
2. Harakat-holat ketma-ket yuzaga chiqadi: Chiroq o‘ngga qayrilib g‘oyib bo‘ladiyu , hayal o‘tmay yaqinroqdan ko‘zni hamashtiradigan yog‘du sochib chiqdi va bosinqi motor tovushi eshitildi (A.Qahhor).
Slayd 7
Ayiruv munosabatini ifodalagan bog‘langan qo‘shma gaplarning komponentlari o‘zaro ayiruvchi bog‘lovchilar yordamida birikadi.
Masalan: Ilgari ham kunlar shunday qizirmidi yo bu yil yoz issiqroqmi. (Oybek). Bo‘yingizga bo‘ldim xumor Yo siz keling, yo men boray (Folklor).
Yoki yer yomonmi urug‘ yomonmi
Yo bo‘lmasa ayb havodami (G‘.G‘ulom).
Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi (Oybek).
Slayd 8
Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining biridan anglashilgan mazmun ikkinchisining ro‘y berishiga sabab bo‘ladi:
Masalan: Anor so‘zlar va Zaynab qalbi, Tol bargiday dir-dir qaltirar. (H.Olimjon.)
Bu qo‘shma gapning ikkinchi qismi (Zaynab qalbining titrashi, qaltirashi) birinchi qismdan anglashilgan harakatning (anorning so‘zlashishining) natijasidir.
Qiz yalt etib Jamolga qaradi-yu, yuragi hovlib ketdi (H.Olimjon).
Hamxonada qashshoqlik kuldi, Va oila tutday to‘kildi (H.Olimjon)
Slayd 9
Qo‘shma gap qismlaridan anglashilgan harakat-holat bir-biriga zid qo‘yilishi, qiyoslanishi mumkin. Bundan maqsad shuki, qismlardan anglashilgan belgi-xususiyatlarini bir-biriga zid qo‘yish, ular orasidagi farqni ko‘rsatish, birbiriga nomuvofiq ekanini ko‘rsatishdir. Qo‘shma gap komponentlari o‘zaro zidlovchi bog‘lovchilar yordamida bog‘lanadi:
Masalan: Tovoqlar bo‘shadi, lekin so‘fi «savob» bo‘ladi deb, dasturxonga to‘kilgan guruchlarni og‘ziga solmoqda edi (S.Ayniy).
Xolmurod bilan ko‘p gaplashgusi kelar, lekin iloji bo‘lmas edi. (P.Tursun).
Qiyoslash munosabati «bo‘lsa», «esa» bog‘lovchilari yordamida ham yuzaga chiqishi mumkin:
Masalan: Kozimbek qilmishidan xijolat, Saida esa undan bir og‘iz so‘z kutar edi (A.Qahhor)
Sen shu ishni qilsang, boydan qutulasan, men bo‘lsam, o‘z maqsadimga yetaman. (Hamza).
Slayd 10
Bog‘langan qo‘shma gaplarning ba’zilarida komponentlarning biri ikkinchisining mazmuniga izoh bo‘ladi, uni to‘ldiradi. Komponentlar biri ikkinchisiga umumiy izoh bo‘lishi, yoki biror bo‘lakning ma’nosini aniqlashi, to‘ldirishi mumkin:
Masalan: Mulla Hakim, bir nozik ish bor. Lekin xayrli ish. (Oybek.)
Ertasiga ham ovchilar qaytmadilar va bu hol qishloq aholisini tashvishga soldi. Boyni zulmi borgan sari ortdi va bu hol esa xalqning g‘azabini yanada kuchaytirdi.
Bog‘langan qo‘shma gap komponentlari ba’zan teng bog‘lovchilarning yonma-yon kelishi natijasida ham bog‘lanishi mumkin:
Masalan: Hamon chopib borar Va lekin ko‘kragi qon. (H.Olimjon.)
Og‘zaki nutqda «ammo», «lekin» bog‘lovchisi ham faol qo‘llanadi.
Slayd 11
Bog‘langan qo‘shma gaplarning mazmun turlari haqida gapirib bering.
Biriktiruvchi munosabatli bog‘langan qo‘shma gapga ta’rif bering.
Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapga ta’rif bering.
Ayirish munosabatli bog‘langan qo‘shma gapga ta’rif bering.
Qiyoslash munosabatli bog‘langan qo‘shma gapga ta’rif bering.
Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gapga ta’rif bering.
Nazorat savollari:
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.