- Savatga boshqa "HUJAYRA ORGANOIDLARI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Qadimgi Yunon tili tilshunosligi
4000 so'm

=== Taqdimot: Qadimgi Yunon tili tilshunosligi.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Qadimgi Yunon tili tilshunosligi
=== Slayd 2 ===
Reja:
Qadimgi Rim tili tilshunosligi.
Yunon tili tilshunosligining falsafiy davri.
Yunon tili tilshunosligining grammatik davri.
01
03
02
=== Slayd 3 ===
Yunon tili tilshunosligining taraqqiyoti ikki davr bosqichiga bo‘linib, ana shu asosda o‘rganiladi. Birinchisi, falsafiy davr, ikkinchisi esa grammatik davr. So‘z ma’nosi so‘zning tabiiy hodisami yoki shartli hodisami ekanligi haqidagi bahs va munozara mana shu jarayonlarda ko‘p tilshunos olimlar o‘rtasida aks etadi. Predmet bilan uning nomi o‘rtasida qanday munosabat mavjud ekanligi, so‘zdagi tovush bilan ma’noning bog‘lanishi qanday yuzaga kelishi, bu bog‘lanishning tabiat tomonidan berilganmi yoki so‘zlovchilar tomonidan keltirilganmi, bunday holatlar yuz beradimi yoki ma’lum darajada qonuniy ko‘rsatmalar, qoidalar asosida tayinlanadimi, muayyan urf-odat bilan bog‘lanadimi yoki odamlar tomonidan belgilanadimi, ya’ni bu jarayon ongli ravishda, ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladimi, degan savollar o‘rtaga tashlanadi.
=== Slayd 4 ===
Kerakli va uning tarafdorlari har bir nom o‘zi anglatayotgan narsa, predmet bilan ajralmas aloqada bo‘lganligini, bog‘lanishda bo‘lganligini, nomlarda predmetlarning mohiyati namoyon bo‘layotganligini aytadi. So‘zlar tabiat tomonidan yaratilgan, tabiat har bir predmet uchun alohida nom berganligini ko‘rsatadi. Bu jarayonlarda tilshunos olim Platonning “Kratil” nomli asari dunyoga yuz tutadi. Demokrit va uning tarafdorlari esa predmetlarning nomlari, so‘zlar ularning tabiatiga qarab, mohiyatiga muvofiq holda qo‘llanadigan ekanligini aytib o‘tadi. Biroq ular nomlash jarayoni odatga ko‘ra odamlarning o‘zaro kelishuvi asosida, ular tomonidan belgilanib amalga oshirilganligini aytadi. Demak, predmetlarga nomlar tabiat tomonidan emas, balki jamiyat tomonidan beriladi.
=== Slayd 5 ===
Shu nuqtai nazardan birinchidan, ko‘p so‘zlar bir necha ma’noga ega bo‘ladi. Shunga muvofiq ular turli xil predmetlarni ifoda etadi. Ikkinchidan, ko‘pgina tushunchalar bir qancha nomlarga ega bo‘lishi mumkin. Uchinchidan, tilning tabiiyligi qonundan kelib chiqishi mumkin emas, chunki ko‘pgina predmetlarning har bir nomiga ega bo‘lishi mumkin emas. To‘rtinchidan, vaqt o‘tishi bilan bir so‘z o‘rniga boshqasi yuzaga kelishi mumkin, ya’ni muayyan predmet nomi o‘zgarib, boshqa nomga ega bo‘lishi mumkin. Beshinchidan, ko‘pgina tilshunoslar tushunchalar so‘z ifodasiga, ya’ni nomga ega emas, deb bildiradi.
=== Slayd 6 ===
Stoikizm guruhi tilshunoslarning fikrini davom ettiradi. Stoikizm guruhida Xrisipp, Kritis kabi olimlar til kishilarning ruhiga, tabiatiga ko‘ra paydo bo‘lgan deb muhokama-mulohaza bildiradilar. So‘z predmetning tabiiy xususiyatini ifoda etadi, deb fikr bildiradilar. So‘zlovchi gaplashganda, so‘z orqali u predmetning tabiati haqida qanday taassurotlarga ega bo‘lishini yoki eshituvchi ham qanday xususiyatlar va shu til haqidagi fikrlar, taassurotlar tug‘ilishini ko‘rsatib o‘tadilar. Shu borada tilshunos olimlardan Epikur va uning tarafdorlari Demokritning fikriga quloq solib, uni quvvatlagan holda so‘zlar va predmetlar orasidagi aloqa, bog‘lanish tabiiy bo‘lishi mumkin emas, dedi. Chunki narsalarning mohiyati bilan ularning nomi orasida qarama-qarshiliklar juda ham ko‘p ekanini aytib o‘tadi. Predmet bilan uning nomi orasidagi aloqa tasodifiy, bu aloqani dastlab tilni o‘zaro kelishuv asosida ijod qilgan kishilar yaratgan, ana shunday tasodifiylik bo‘lmaganda edi, barcha xalqlar bir-birlari bilan tilidagi tushungan narsalarni bilgan bo‘lardilar.
=== Slayd 7 ===
Tilshunoslikning falsafiy davri shunday xulosalarga olib keladi. Tilshunoslikning grammatik davrida esa Anaksimen bizning eramizdan ancha ilgari, miloddan avvalgi V asrda ijod qilgan olimlardan bo‘lib, “Ritorika” asari bilan stilistika faniga asos soladi. Prodikos esa miloddan avvalgi V asrda tilshunoslik sohasida ishlagan olimlardan bo‘lib, sinonimika masalalarini ishlab chiqadi. U ma’no jihatidan har bir so‘zning o‘ziga xos xususiyatlarini farqlashni o‘rgatadi. Protagor esa miloddan avvalgi V asrda tilshunoslik sohasida ijod qilgan olimlardan bo‘lib, otlarning jinslarini, fe’l zamonlarini, gaplarning turlarini farqlaydi.
=== Slayd 8 ===
Bu borada analogistlar va anomalistlar qarama-qarshi fikrlarini faylasuflar guruhi tomonidan ilgari suradi. Tilshunos olim Aristarx boshchiligidagi analogistlar oqimi tilning grammatik qurilishi va lug‘at tarkibi bilan bog‘liq, ular orasida muvofiqlik va o‘xshashlik mavjudligini aytadi. Anomalistlar oqimi vakillari Krates va boshqa tilshunoslar esa tilning tarkibi va grammatik qurilishi bilan bog‘liq holda, unda to‘la muvofiqlik yoki o‘xshashlik yo‘qligini bevosita aytib o‘tadi.
=== Slayd 9 ===
Platon esa miloddan avvalgi IV asrda yashab, tilshunoslik sohasida ijod qilgan olimlardan biridir. U ot va fe’lni farqlab, gapda ega vazifasida kelgan so‘zni “ot”, kesim vazifasida kelgan so‘zni esa “fe’l” deb atash mumkinligini ko‘rsatadi. Aristotel esa miloddan avvalgi IV asrda ijod qilgan tilshunos olimlardan bo‘lib, birinchidan, grammatikani mantiqdan ajratgan. Ikkinchidan, ot va fe’lni tan olgan. Bu guruhlarga qo‘shimcha ravishda yordamchi so‘zlarni, bog‘lovchilarni ham kiritadi. So‘zlarni ot, fe’l, bog‘lovchi hamda yuklama kabi to‘rt guruhga ajratadi.
Stoiklarning qarashlarida esa so‘zlar besh guruhga ajratiladi: fe’l, bog‘lovchi, artikl, atoqli ot va turdosh otlar. Ular beshta kelishikni farqlaydi: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, yo‘nalish kelishigi, tushum kelishigi va chiqish kelishigi. Shuningdek, bu olimlar nutqni tashqi nutq va ichki nutqqa ajratib o‘rganadi.
=== Slayd 10 ===
Yigirma to‘rtta tovush borligini aytib, ularni unli va undash tovushlarga ajratib o‘tadi. Tilshunos, tilshunoslikning grammatik davri, ya’ni Iskandariya davrida ham tilshunoslik sohasiga turli xil, o‘ziga xos fikr va mulohazalar bildirib o‘tilgan. Ulardan Sharq mutafakkirlarida yunon tili, madaniyati, falsafasining ta’siri natijasida yunon madaniyatining Sharq madaniyati bilan qo‘shib o‘rgatish mumkin yoki aralash madaniyat shaklida, ellinizm shaklida o‘rgatish mumkin degan g‘oyani ilgari suradi. Yunon tilshunosligi ayniqsa ellinizm davrida — Yunon-Sharq davrida, bizning eramizgacha bo‘lgan 334-331-yillarda taraqqiy etadi va mana shu tilshunoslik sohasidagi ishlarini rivojlantiradi. Iskandariya grammatika maktabining eng yirik vakillaridan Zenodot, Aristarx, Dionisiy, Apolloniy, Diskor va shu kabi boshqa tilshunos olimlarning ham fikrlarini ko‘rib o‘tishimiz mumkin.
=== Slayd 11 ===
Bulardan Zenodot taxminan bizning eramizgacha bo‘lgan 250-yillarda ijod qiladi. Homer, Esxil, Sofokl asarlari ustida tadqiqot ishlarini olib boradi. Ushbu asarlarning lug‘at tarkibi va grammatikaga oid sharhlari ustida mehnat qiladi. Zenodot artikulli olmoshlarni biri-biridan farqlaydi. Aristarx eramizdan oldingi 215-140-yillarda ijod qilgan. Bu olim so‘z turkumlari haqidagi ta’limotni mukammal ishlab chiqib, sakkizta so‘z turkumini ajratadi. Bular: ot, fe’l, sifatdosh, artikl yoki ko‘makchi, olmosh, ko‘makchilar, ravish va bog‘lovchidir.
=== Slayd 12 ===
Dionisiy bizning eramizdan 127-90-yillar oralig‘ida ijod qilgan va “Grammatika san’ati” nomli sistemalashtirilgan dastlabki yunon grammatikasini yaratadi. Bu olim bu grammatikada so‘z va so‘zlashuv, nutqning bog‘lanishini, nutqning eng kichik va lug‘aviy qismlarini ajratib o‘rganadi. Gap yoki nutq esa so‘zlarning o‘zaro munosabatlarini bog‘lanishdan bog‘lanishga o‘tib, lug‘at tarkibini o‘rganishga harakat qiladi. Ot kelishi va unga soniga ko‘ra ajralishi, bu sifatlarning ham otga qo‘shilishi ma’nosini bildiradi. Bu olim mana shunday fikrlarni olga suradi. Artiklli turlanuvchi so‘z turkumlari bu turdagi otdan oldin ham, keyin ham kelishini ta’kidlaydi.
=== Slayd 13 ===
Apolloniy va Diskor olimlar eramizdan oldingi II asrning birinchi yarmida ijod qilib, o‘z asarlarini yaratadi. Ulardan “Sintaksis haqida” asarida yunon tili sintaksisiga oid ma’lumotlar juda ko‘p beriladi. Iskandariya maktabi vakillari tovushlarni akustik prinsip asosida tasvirlaydilar. Tovush va harflarni ayni narsa deb hisoblaydilar. Bo‘g‘in, urg‘u hamda yunon tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bo‘yicha qadimdagi Iskandariya davri grammatikasini mustaqil fan sifatida yaratishga harakat qiladilar.
Qadimgi Rim tilshunosligining vakillari Yuliy Sezar, Mark Terensiy Varron, Mark Fabiy Kvintilian, Eliy Donat, Varvar Flak, Pristsian kabi olimlar turli jihatlarda o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, tilshunoslik sohasidagi asarlarini yaratgan olimlardan hisoblanadi. Yuliy Sezar eramizdan oldingi 100-44-yillarda yashab ijod etgan “Analogia haqida” asarini yozadi. Unda lotin tiliga, yunon tilida mavjud bo‘lmagan ayrim affiks va so‘zlar, kelishikliklar haqida fikrlarini bayon qiladi.
=== Slayd 14 ===
Mark Terensiy Varron eramizdan oldingi 116-127-yillarda ijod qilib, yigirma beshta kitobdan iborat “Lotin tili haqida”gi asarni yaratadi. Eliy Donat eramizdan keyingi IV asr o‘rtalarida ijod qilib, grammatikaga oid “Grammatika san’ati” degan katta asarni yaratadi. Varvar Flak eramiz boshlarida ijod qilib, “Fe’lning ma’nosi” degan grammatikaga oid asar yozadi. Pristsian esa VI asr boshlarida ijod qilib, “Grammatika san’ati” haqidagi kitobini yaratadi.
=== Slayd 15 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.