Populyatsiya tushunchasi va Ekotizimlar

4000 so'm


Populyatsiya tushunchasi va Ekotizimlar

 

 

Slayd 1

Populyatsiya tushunchasi va ekotizimlar

Slayd 2

Reja:
Ekosistemaning iyerarxik qatorlari. Populyatsiya
Oziq zanjiri va ekologik
piramida to‘g’risida tushuncha
Tabiiy va sun’iy ekosistemalar
Markaziy Osiyo regionning ekosistemalari
Inson ekologiyasi

Slayd 3

Ma’lumki, tabiatda uchraydigan o’simlik va hayvonlar keragidan ortiq zaxiralar (tanada yig’igan moddalar) ni o’sish va ko’payishga sarflaydi. O’simliklar tomonidan yaratiladigan birlamchi mahsulotning fasllar bo’yicha o’zgarishi ular bilan ovqatlanadigan o’simlikxo’r hayvonlar va yirqichlarning ham fasllar bo’yicha o’zgarishiga sabab bo’ladi.Tur vakillari populyatsiyada energiya va ozuqa moddalarning turli katta – kichik guruhlar orqali o’tishi ularning tabiatda doimiyligi ta’minlaydi va ekosistemada tabiiy zaxiralarning to’planishi effiktiv energiya hosil bo’lishiga olib keladi.

Slayd 4

Populyatsiya tushunchasi
Populyatsiya – bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhi bo’lib, ular ma’lum joyda uchraydi va ko’p hayotiy belgilarga ega bo’ladi. Shu belgilar butun guruhning doimiy funsiyalari hisobini aks ettiradi. Populyatsiya a’zolarning hayotiy belgilari : Tur vakillari qalinligi, tug’ulishi, o’lishi, yosh bo’yicha taqsimlanishi, organizmning biotic potensiali, ma’lum hududda tarqalishi va o’sish xillaridir. Populyatsiya genitik xususiyatlarga ham ega bo’lib, bu holati organizmning to’rg’ridan – to’g’ri ekologik moslashishi, qayta ko’payishi va turg’unligiga bog’liq, ya’ni, uzoq vaqt nasl qoldirish qobilyatini saqlab qolishdir.
Populyatsiya «biologik» va «guruhlik» xususiyatiga ega bo’ladi. Biologik xususiyatlarga: populyatsiya a’zolarning hayot sikli, o’sishga qobilyati, farqlanishi va o’zining son – sifatini ushlab turish xususiyatlari kirib, ular populyatsiyani hosil qiluvchi organizmlarga taaluqlidir.

Slayd 5

Populyatsiyaning guruhlik xislati
Tur vakilining ma’lum hududdagi umumiy soni;
Ma’lum maydon uchun tur vakillarining o’rtacha soni, populyatsiya qalinligi va makonda populyatsiya a’zolarining massasi;
Tug’ulish – ma’lum vaqt ichida tur vakillaridan hosil bo’lgan yangi vakillari soni
O’lish – ma’lum vaqt ichida populyatsiya ichidagi o’lgan a’zolar darajasi
Populyatsiyaning o’sishi-tug’ilishi va o’lish o’rtasidagi farq bo’lib, bu farq salbiy va ijobiy bo’lishi mumkin
O’sish tezligi-ma’lum vaqt ichida populyatsiya a’zolari sonining o’rtacha o’sish tezligidir

Slayd 6

Geografik populyatsiya- ekologik populyatsiyalarni o’z ichiga oladi, bir xil geografik sharoit va muhitda uchraydi. Lekin geografik populyatsiyalar yetarli darajada chegaralangan bo’lib, o’lchamlari ko’payish qobiliyatlari, ekologik moslashishlari, fiziologik va xulqiy xususiystlari bilan farqlanadi
Populyatsiya sonining mutloq va aniq hisobga olish mumkin emas. Buning sabablari quyidagilardan iborat, ya’ni:
Populyatsiya ichidagi ayrim organizmlarni hayoti davomida kuzatib borishi qiyin, biroq ularning hayot sikllarining ayrim davrlarda kuzatish, sonini hisobga olish, qalinligini aniqlash mumkin. Jumladan, qushlar uya qurayotgan vaqtda hisobga olish mumkin. Bahorda kichik ko’lmaklarda qo’shilayotgan baqalarning sonini hisobga olsa bo’ladi. Biroq boshqa fasllarda ularning soni qalinligini hisobga olish og’ir bo’ladi. Ular tarqalib ketadi

Slayd 7

Populyatsiya a’zolarining sonini aniqlashda ular tarqalgan joy (makon) va vaqt bir xil, bir – biriga to’g’ri kelishi kerak, makon bir, sonini hisoblash vaqtida (ertalab, kunning o’rtasi, tun yoki bahor, yoz ,kuz, qish) har xil bo’lsa, populyatsiya a’zolarining soni aniq bo’lmaydi
Populyatsiya sonini aniqlashga oid ma’lumotlar o’sishi, ko’payishi va doim o’zgarib turushi mumkin. Hisoblash uslubi o’zgaradi, yangi yondoshlar, hisoblash asboblari ishga solinadi va natijada populyatsiya soniga ham o’zgarishlar kiradi

Slayd 8

Tabiiy populyatsiyalarda hayvonlarning soni uch sababga ko’ra chegaralangan:
Tabiiy zaxiralar (ozuqa, joy va boshqalar) ning tetishmasligi;
Hayvonlarning shu zaxiralarini (tarqalib, qidirib) topa olmasligi;
Populyatsiyaning o’sish tezligida vaqtning chegaralanganligi va uning darajasining ijobiy ahamiyatligi
Populyatsiyaning tuzulishiPopulyatsiya a’zolarning jins, yosh bo’yicha, morfologik ko’rinishi, fiziologik jarayoni, xulqiy holatlari, genitek xususiyatlari va hududlar bo’yicha taqsimlanishi populyatsiyaning tuzulishini aks ettiradi. Turning umumiy biologik xususiyatlari, muhitning abiotik va biotik omillari hamda boshqa ta’sirlar asosida populyatsiya tuzulishi kelib chiqadi va unga tur vakillarining harakatchanligi, ma’lum joyga bog’langanligi va og’ir to’siqlani oshib o’ta bilishi kabi belgilar kiradi. Masalan, shimoliy bug’ular doim fasllar bo’yicha keng hududlarda minglab kilometrlar migratsiya qiladi. Shu migratsiya davrida jo’g’rofik to’siq (daryo, ko’l, botqoq) lar, tog’ tizimlaridan o’tadi. Ularning populyatsiyalari katta, soni ko’p bo’ladi.

Slayd 9

Oziq zanjiri va ekologik piramida to’ѓrisida tushuncha Avvalgisi keyingisi uchun oziq hisoblangan, o’zaro boѓlangan bir nechta turlar yoki organizmlar oziq zanjirini hosil qiladi: Misol, Organik qoldiqlar Oziq zanjiri – o’simliklar to’plagan energiyani bir turning ikkinchisini eyishi orqali bir necha organizmlar qatoridan o’tkazishdir. Shunday qilib, oziq zanjiri turlar orasidagi trofik boѓlanishdir (yunoncha «trofe» – oziqlanish). Ekologik sistemada har xil oziq darajalari trofik darajalar deb ataladi. Oziq zanjirining birinchi zvenosi avtotrof o’simliklar (produtsentlar) hisoblanadi. Fotosintez jarayonida ular quyosh energiyasini kimyoviy boѓlar energiyasiga aylantiradi. Ikkinchi zvenosi o’txo’r (birlamchi iste’mol qiluvchilar) va go’shtxo’r (ikkilamchi iste’mol qiluvchilar) hayvonlar yoki konsumentlar tashkil etadi. Oziq zanjirining uchinchi zvenosini organik moddalarni mineral moddalarga parchalovchi mikroorganizmlar (redutsentlar) hosil etadi.

Slayd 10

Tabiatda oziq zanjiri uch – to’rt darajadan tashkil topadi. Bir darajadan ikkinchi darajaga o’tishda energiyaning va moddaning miqdori taxminan uch martaga yaqin kamaya boradi, chunki qabul qilingan energiyaning 90 % ga yaqini organizmlarning hayot faoliyatini ta’minlashga sarf etiladi. Qolgan 10 foizigina organizmlar tanasining tuzilishi uchun sarf bo’ladi. Shu tufayli har bir keyingi oziq darajasida individlar soni ham progressiv kamaya boradi. Masalan, o’rtacha olganda 1000 kg o’simlikni eganda hayvon 100 kg gacha semiradi. Bunday massali o’txo’r hayvonni egan yirtqichlarning biomassasi 10 kg gacha ortishi mumkin, ikkilamchi yirtqichniki esa faqat 1 kg gacha ortadi. Shunday qilib, oziq darajalarida moddalar va energiyaning progressiv kamaya borishi kuzatiladi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deb ataladi, ekologik piramida produtsentlar, konsumentlar va redutsentlardagi biomassa va energiya nisbatining ko’rsatgichi hisoblanadi. Piramidaning asosini avtotrof organizmlar – hosil qiluvchilar tashkil qiladi, ulardan yuqorida o’txo’r hayvonlar, undan ham yuqorida yirtqich hayvonlar, piramidaning eng cho’qqisida yirik yirtqichlar joylashadi.

Slayd 11

Suv havzalaridagi oziq zanjirining tipik misoli fitoplankton – zooplankton – mayda baliqlar – yirik yirtqich baliqlar hisoblanadi. Bu oziq zanjirida ham biomassa va energiya miqdori ekologik piramida qoidasiga muvofiq tabora kamaya boradi. Sun’iy qishloq xo’jalik ekosistemalarida ham har bir keyingi oziq zanjiri darajasida energiya mikdori 10 martagacha kamaya boradi. Shuning uchun ovqat ratsionida o’simlik oziqlarini kamaytirish hisobiga go’shtning miqdorini ko’paytirsak o’sha muayyan ekologik tizimda oziq bilan ta’minlanishi mumkin bo’lgan odamlar soni kamayishi kerak. Biogeotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri – o’z-o’zini idora etishdir. O’z-o’zini idora qilish – tabiiy sistemaning qandaydir tabiiy ta’siri yoki antropogen ta’siridan keyin o’z ichki xususiyatlarini qayta tiklash qobiliyatidir. O’z – o’zini idora qilishning yorqin misoli keng bargli o’rmonlardagi biogeotsenozdir. Bu erda o’simliklar joy, yoruѓlik va suv uchun raqobatlashadi yoki Markaziy Osiyo qumli cho’llaridagi biogeotsenozlar ham bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bu xildagi biogeotsenozlarda yaruslik, ya’ni o’simliklar jamoasining vertikal bo’ylab bir nechta qatorda joylashishi kuzatiladi.

Slayd 12

Keng bargli o’rmonlarning birinchi yarusini yoruѓsevar daraxtlar (eman, shumtol), ikkinchi yarusini esa birmuncha kam yoruѓsevar daraxtlar (zarang, chetan), uchinchi yarusini har xil butalar (kalina) va to’rtinchi yarusini o’tsimon o’simliklar (paporotniklar, gulxayri, qirqbo’ѓim) tashkil qiladi. Yarus qancha past bo’lsa, undagi o’simliklar shunchalik soyaga chidamli bo’ladi. Yuqori yarusdagi o’simliklarning ildizlari juda chuqur joylashadi. Keng bargli o’rmonlarda yoruѓlik sharoiti yil davomida keskin o’zgarib turadi. Shu tufayli quyi yarusdagi o’simliklar bahorda daraxtlar barglar chiqarguncha tez rivojlanadi va gullaydi. Markaziy Osiyoning qumli cho’llaridagi ekosistemaning yuqori yarusini quyon-suyak, oqsaksovullar, ikkinchi yarusini, qandim, qizilcha, uchinchi yarusini singrenlar, shuvoqlar, to’rtinchi yarusini qo’nѓirbosh, yaltirboshlar va ostki, oxirgi yarusini moxlar tashkil etadi. Har qanday biogeotsenozlarda o’zgarishlar iqlim ritmiga boѓliq holda kuzatiladi. Masalan, kuzda haroratning pasayishi, kun uzunligining qisqarishi, namlikning o’zgarishi natijasida ko’p o’simliklar bargini to’kadi. Ularning jamѓarish a’zolarida oziq moddalari to’planadi, daraxtlarda po’kak hosil bo’ladi. O’simliklar tsitoplazmasida suv kamaya boshlaydi. Hayvonlar ham qishga faol tayyorgarlik ko’rishadi.

Slayd 13

Qushlar Janubga uchib ketadi. Sut emzuvchilar tulaydi, qishga oziq jamѓaradi. Muhit sharoiti o’zgarishi natijasida bir biogeotsenoz ikkinchisiga aylanishi mumkin. Masalan, yonѓindan keyin o’rmon biogeotsenozi o’rniga o’tloq biogeotsenozi paydo bo’ladi. Biogeotsenozlar almashinishi ko’pincha inson faoliyatiga boѓliq bo’lishi mumkin. Botqoqliklarning quritilishi natijasida botqoqlik biogeotsenozi o’tloq biogeotsenozi yoki agrotsenozlar bilan almashinishi mumkin. O’ziga xos o’simliklar dunyosi va landshaftga ega bo’lgan biogeotsenozlar geografik zonallik bilan ham chambarchas boѓliq bo’ladi. Geografik zonallik natijasida biomlar deb ataluvchi yirik regional ekosistemalar yoki biosistemalar hosil bo’ladi. Bunday biomlarga tundra, tayga, o’rmon, cho’l, dasht va tropik o’rmonlar misol bo’la oladi. Chuchuk suv havzasi ekosistemalariga ko’llar, daryo va botqoqliklar kiradi. Juda katta maydonlarni egallovchi bunday ekosistemalar chuchuk suv organizmlarining yashash joyi, ichimlik suv manbai, suѓoriladigan erlar uchun suv rezervi hisoblanadi.

Slayd 14

Dengiz ekosistemalariga Er sathining 70 % ni egallovchi ochiq dengizlardan tashqari qirѓoqlar bo’yidagi kontinental shelf ham kiradi. Bunday ekosistemalar hayvon va o’simliklarning xilma-xilligi, plankton va bentosning (suvda muallaq holda bo’ladigan, suv tubida yashaydigan mikroorganizmlar), sodda hayvonlar va tuban suvo’tlarning juda ko’p miqdorda bo’lishligi bilan ta’riflanadi. Kontinental shelflarda asosan sanoat baliqchiligi rivojlangan bo’ladi. Dengiz limonlari, qirѓoq ko’rfazlari va daryolarning qo’yilish joylari baliqqa va boshqa dengiz organizmlariga juda boy bo’ladi. 5. Tabiiy va sun’iy ekosistemalar Ekosistemalar tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiiy ekosistemalarga o’rmonlar, o’tloqlar (10-rasm), tundra mintaqasi, dasht, cho’l, toѓ mintaqalari (11-rasm), ko’l (12-rasm), dengiz va okean suvlari, daryo (13-rasm), adir (14-rasm), to’qay (15-rasm) ekosistemalari misol bo’la oladi. Ularning tizimi va komponentlari, xususiyatlari, undagi organizmlarning o’zaro munosabatlari to’ѓrisida yuqorida batafsil bayon etildi. Sun’iy ekosistemalar inson faoliyati natijasida paydo bo’ladi. Ularga agrosistemalar (16-rasm), shahar ekosistemalari (17-rasm) va kosmik ekosistemalar kiradi. Sun’iy ekosistemalardan eng muhimi agrosistema hisoblanadi.

Slayd 15

Ular inson tomonidan yaratiladigan biogeotsenozlardir. Agrosistemalarga dalalar, yaylovlar, o’riladigan o’tloqlar, sun’iy o’rmonzorlar, xiyobonlar, boѓlar kiradi, agroekosistemalar tabiiy ekosistemalardan farq qilib u: a) turlarning soni kam bo’lganligi uchun o’z-o’zini idora qila olmaydi; b) ularning turѓunligi mustahkam emas, balki sun’iy tanlanishning ta’sirida bo’ladi; v) agrotsenozlar uchun energiya manbai bo’lib faqat quyosh energiyasi emas, balki inson tomonidan sarflanadigan energiya (suѓorish, o’ѓitlash, mashinalardan foydalanish) ham hisoblanadi. Agroekosistemada elementlar davriy aylanishiga inson aralashadi, chunki bu elementlar hosil bilan birga yiѓib olinadi, ularning o’rnini to’ldirish uchun tuproqqa mineral o’ѓitlar solinadi. Hozirgi kunda quruqlikning 10 % ga yaqinini shudgorlanadigan erlar, 20 % ni yaylovlar tashkil etadi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikadagi agroekosistemalarning ko’pchiligi juda kam hosilli bo’lib, sanoat regionalari uchun etarli miqdorda mahsulot etishtira olmaydi. Hosildorlikni oshirish uchun yoqilѓi, kimyoviy moddalar, mashinalarni ishlatish yo’LI bilan juda ko’p energiya sarflanadi. Ko’pincha sarflanadigan energiya miqdori oziq mahsulotlaridagi energiya miqdoridan ortiq bo’ladi.

Slayd 16

Bitta umumiy arealda yashaydigan har xil turlarning populyatsiyalari ekologik jamoani tashkil etadi. Tirik organizmlar boshqa organizmlar va o‘lik tabiatning ta’sirida bo‘lishi bilan birga o‘z navbatida o‘zlari ham ularga ta’sir ko‘rsatadi.
Bir-biri bilan va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan organizmlarning populyatsiyalari ekologik sistemalar (ekosistemalar) yoki biogeotsenozlar deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, biogeotsenoz – bir-biriga bog’liq biotik va abiotik tarkibiy qismlardan iborat kompleks joylashgan yer yuzasining bir qismidir. Biogeotsenoz tabiatdagi eng murakkab sistemalardan biri. Avtotrof organizmlar (fotosintezlovchi yashil o‘simliklar va ximosintezlovchi mikroorganizmlar) hamda geterotrof organizmlar (hayvonlar, zamburug’lar, ko‘pgina bakteriyalar, viruslar) biogeotsenozning tirik komponentlariga, atmosferaning yerga yaqin qatlami, undagi gaz va issiqlik resurslari, quyosh energiyasi, tuproq va uning suv mineral resurslari esa jonsiz komponentlarga kiradi.

Slayd 17

Har bir biotsenozda yerning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, suv rejimi, o‘sha joyda o‘sib unadigan o‘simlik va hayvonlar bir-biriga monand va o‘zaro bog’langan bo‘ladi. «Ekosistema» atamasi birinchi marta 1935 yilda ingliz ekologi A.Tensli tomonidan kiritilgan. Keyinchalik 1940 yilda akademik V.N.Sukachev ekosistema tushunchasini biogeotsenoz deb atashni taklif etdi. Biogeotsenoz tarkibiga odamdan tashqari hamma narsa kiradi. Biogeotsenoz taraqqiy etib va o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar kishilar, muhit va hattoki uzoq kosmosning ham ta’siri ostida ro‘y beradi. Beogeotsenozni o‘rganish qishloq xo‘jaligi va ayniqsa, o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Ekosistemaning mahsuldorligi u yoki bu ekosistema orqali o‘tadigan energiya oqimiga bog’liqdir. Quyosh energiyasi ekosistemadagi dastlabki mahsulotlarni hosil qiluvchi biotik komponentlar tomonidan o‘zlashtiriladi. Dastlabki hosil qiluvchilar tomonidan organik modda sifatida to‘playdigan energiya tezligi birlamchi mahsulot deb ataladi. Bu eng muhim parametr bo‘lib ekosistemadagi biomassa miqdori shunga bog’liq bo‘ladi.

Slayd 18

Ma’lumki, o‘simliklarga tushadigan quyosh energiyasi har xil miqdorda bo‘ladi. U ko‘pincha geografik kenglikka, o‘simliklar qopla­mining taraqqiyot darajasiga bog’liq. O‘simliklarga tushadigan quyosh energiyasining taxminan 95 – 99% shu zamoniyoq qaytariladi, u yoki issiqlikka aylanadi yoki suvni bug’latishga sarf bo‘ladi va faqatgina 1 – 5% xlorofill tomonidan qabul qilinib organik molekulalarni hosil qilishga sarf bo‘ladi. O‘simliklar qabul qilgan energiyaning taxminan 20% nafas olish yoki fotonafas olishga sarf bo‘ladi. Undan qolgan energiyaning organik moddalarni hosil qilishga ketgan qismi sof birlamchi mahsulot (Sbm) deyiladi.
Birlamchi mahsulotning mahsuldorligi yozda qishga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Bir organizmlarni ikkinchi organizmlar yeganda (iste’mol qilganda) ovqat (modda va energiya) bir trofik darajadan ikkinchi trofik darajaga o‘tadi. Hazm qilinmagan ovqat keyinchalik chiqarilib tashlanadi. Ovqat hazm qilish organlari bo‘lgan hayvonlar qoldiqlarni ekskrementlar (chiqindilar) sifatida tashqariga chiqarib tashlaydi. Bu chiqindilar tarkibida ham ma’lum miqdorda energiya saqlanadi.
Hayvonlar ham, o‘simliklar ham nafas olgan vaqtlarida energiyaning ma’lum bir qismini yo‘qotadilar. Nafas olish jarayonidan, ovqat hazm qilishdan hamda chiqindilardan qolgan energiya o‘simlik va hayvonlarning o‘sishi, ko‘payishi va hayot faoliyatini ta’minlashga sarf bo‘ladi. Geterotrof organizmlar tomonidan tayyorlangan (to‘plangan) organik moddalar miqdori ikkilamchi mahsulot deb ataladi.

Slayd 19

Nafas olish jarayonida yo‘qotilgan energiya boshqa organizmlarga o‘tmaydi. Ekskrementlarda metabolizm qoldiqlaridagi energiya esa detritofag va redutsetlarga o‘tadi hamda ulardagi energiyalar ekosistemada qoladi. Detrit zanjirlari o‘lik organizmlar va o‘simliklar qoldiqlaridan boshlanadi (to‘kilgan barg va poyalar). To‘g’ridan-to‘g’ri detritlarga va redutsentlar oziqa zanjiriga o‘tuvchi dastlabki toza mahsulotlar hamma ekosistemalarda ham bir xilday emas. O‘rmon ekosistemalarida dastlabki mahsulotlarning ko‘p qismi detrit zanjiriga o‘tadi. Shu sababli o‘rmon ostidagi qoldiqlar konsumentlar aktiv faoliyati uchun qulay sharoitdir. Biroq dengiz ekosistemalarida ham intensiv foydalanadigan yaylovlarda dastlabki mahsulotning yarmidan ko‘pi yaylov oziqa zanjiriga qo‘shilishi mumkin. Detrit zanjirlari yaylov zanjirlariga qaraganda kamroq o‘rganilgan. Biroq energiya oqimi nuqtai nazaridan qaralganda ularning ahamiyati yaylov zanjiriga nisbatan ko‘p bo‘lsa ko‘p, oz emas.
Agar ekosistema stabil (o‘zgarmaydigan) bo‘lsa, unda umumiy biomassaning hajmi ko‘paymaydi. Ya’ni, yilning boshida qancha bo‘lsa, oxirida ham shunchaligicha qoladi. Bu holatda birlamchi mahsulotda bo‘lgan hamma energiya har xil trofik darajadagi organizmlardan o‘tadi va natijada uning toza mahsuldorligi nolga teng bo‘ladi.
Ko‘pincha ekosistemalar o‘zgarib turadi. Masalan, yosh o‘rmonlarda o‘simliklar vegetatsiya davrining oxiriga borib to‘plangan energiyaning bir qismi o‘simliklar biomassasining ortishiga olib keladi. O‘simliklarda ommaviy vegetatsiya boshlangan davrlar (bahor, yoz)da dastlabki mahsulot ko‘p bo‘ladi, ikkilamchi mahsulotning ortishi esa keyinroq kuzatiladi.

Slayd 20

Ekosistemaga tushuvchi energiya oqimlaridan foydalanib, inson uchun kerak bo‘lgan energiya va ovqat manbaini ko‘paytirishda foydalanish mumkin.
Ilmiy analizlar yordamida o‘simliklarni o‘stirish, agrotexnik qoida­larni takomillashtirib ularni mahsuldorligini oshirish mum­kin. Har bir trofik darajada energiya yo‘qolar ekan, demak hamma nar­sani is­te’mol qiluvchi (odamlarda ham) organizmlar uchun ekosistema­dan sama­rador energiyani ajratib olish usuli – bu o‘simliklar hisoblanadi. Bi­roq, bu yerda boshqa omillarni ham e’tiborga olmaslik mumkin emas. Ma­salan, hayvonlar oqsilida ko‘pincha almashtirib bo‘lmaydigan aminokis­lotalar bo‘ladi.
Bundan tashqari, o‘simlik oqsillari hayvon oqsiliga qaraganda qiy­inroq hazm bo‘ladi va pirovardida shuni aytish kerakki, bir qancha eko­si­stemalarda madaniy ekinlarni parvarish qilish va mo‘l hosil olish qiyin bo‘lganligi sababli, bu ekosistemalardagi hayvonlar o‘zlari uchun kerakli oziqani katta maydonlardan oladilar. Ana shunday eko­sistema­larga dasht, O‘rta Osiyoning cho‘l zonasi, bug’ilar yashaydigan tun­dra zona­larini misol qilib olish mumkin.

Slayd 21

Ekosistemaning iyerarxik qatorlari
Hozirgi zamon ekologiyasining mazmunini jamoa, popylyatsiya, orga­nizm, organ, hujayra va genlar tashkil etib, bular hayotning asosiy shakl­larini belgilaydi. Bu biologik shakllar iyerarxik tartibda yoki qatorda joylashib kichik va katta sistemalarni hosil qiladi. Iyerarxiya – Uebater lug’ati bo‘yicha birin – ketin qator bo‘lib joylashish ma’no­sini bildi­radi. Ana shunday har bir pog’ona yoki daraja tashqi muhit ta’siri nati­jasida o‘ziga xos funksional sistemani hosil qiladi. Ekologiya fani asosan ana shunday sistemalardan: jamoa va ekosistemalarni o‘rgatadi.
VII.3. Ekosistemaning asosiy komponentlari. Tirik
organizmlar ekosistemaning asosiy qismi: avtotroflar,
geterotroflar, produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar.
Fizik muhit

Slayd 22

Populyatsiya atamasi bu ma’lum bir tur individlarining guruhini bildirsa, jamoa atamasi deb esa (biotik jamoa) ma’lum bir hududni egallagan populyatsiyalar yig’indisiga aytiladi. Tirik jamoa va noti­rik tabiat bir-biri bilan uzviy bog’langan bo‘lib, ular birgalikda eko­logik sistema (ekosistema)ni hosil qiladilar. Biotsenoz esa ekosistema (biogeotsenoz) ning tirik qismi bo‘lib hisoblanadi. Biom – bu katta re­gional subkontinental biosistema bo‘lib, u qandaydir bitta o‘simliklar tipi bilan yoki landshaftning boshqa o‘ziga xos xususiyati bilan xarak­terlanadi. Masalan, mo‘tadil iqlim sharoitidagi keng bargli o‘rmonlar biomi yoki cho‘l zonasidagi qumli o‘simliklar biomi va hokazo. Ekolo­giyada qo‘llanadigan eng katta biologik sistemalarga bio­sfera yoki eko­sfera kiradi. Biosfera – bu yer yuzining barcha tirik orga­nizmlar yashay­digan qismi hisoblanadi. Dunyoda quyidagi biomlar uch­raydi:
Namli tropik biomlari. Bu zonaning iqlimi yil bo‘yi issiq va nam ko‘p bo‘lganligi sababli turli xil o‘simliklar jamoasi va turlar­ning o‘sishi uchun qulaydir. O‘simliklari orasida ko‘pchilikni lianalar (chirmashib, o‘rmalab o‘suvchi o‘simliklar) tashkil etadi. Ko‘pchilik mam­la­katlarning tropik o‘rmonlarida (Panama, Indoneziya, Braziliya) epi­fet­lar juda ko‘p uchraydi. Bu zonada o‘suvchi daraxt o‘simliklarning il­diz­lari ko‘pincha tuproq yuzasiga yaqin joylashgan bo‘lib, doskasimon shaklda bo‘ladi

Slayd 23

Tropik mintaqa turlarga juda boy bo‘lib, Braziliyada 40 ming, Indoneziyada 43 ming o‘simlik turi o‘sadi. Bu mintaqalarda yer yuzasidan balandlikka ko‘tarilgan sari har 1000 metrda harorat 6 °S pa­sayib bo­radi. Shuning uchun tog’LI tropik mintaqalarda iqlimi sovuq, doimo sha­mol esib turadi. Demak, o‘simlik turlari ham borgan sari ka­mayib bo­radi. Masalan, Kolumbiyaning eng baland tog’lik mintaqasi Andada tax­minan 4000 m balandlikda joylashgan bo‘lib, yil bo‘yi harorat o‘rtacha 5 °S orasida bo‘ladi. Shu sababli bu yerlarda o‘simlik turlari va ularning hayotiy shakllari juda kam miqdorda uchraydi. Bor o‘simliklar ham kar­lik shakldadir.
Subtropik cho‘llar. Bu mintaqaning yozi issiq va quruq bo‘lib yer sharining ekvatordan shimolga va janubga tomon joylashgan 30 °S keng­likni ishg’ol etadi
Bu mintaqada shu iqlim sharoitiga moslashgan kamdan – kam o‘simlik va hayvon turlari o‘sadi va yashaydi. Agar namli tropik iqlim sharoi­tida organizmlarning yashashi uchun chegaralovchi omil yorug’lik va oziq modda­lar bo‘lgan bo‘lsa, subtropik cho‘l mintaqalarda esa namlikdir. Bu yerlarda o‘suvchi kaktuslarda qurg’oqchilikka moslashuvchi belgilaridan biri bu barglari tikanlarga aylanganligidir. Bu esa suvni kam bug’lantiradi va o‘simliklarni hayvonlardan asraydi. Bu mintaqaning xarakterli o‘sim­liklaridan biri gigant kaktuslardan (Meksikada) Sa­guara va daraxtsi­mon yukkalardir (Kaliforniya va Moxave cho‘llarida ko‘p o‘sadi).

Slayd 24

Mo‘tadil iqlim mintaqasining o‘rmonlari. Bu mintaqaning qishi sovuq, yozi iliq bo‘lib, yog’ingarchilik ko‘p yog’adi. Masalan, Rossiya­ning o‘rmon mintaqasida yillik yog’inning miqdori 600 – 700 MM gacha boradi. Tuprog’i bo‘z tuproq. Bu mintaqada asosan qarag’ay, yel, pixta, dub, tilog’och, oq qayin, osina kabi o‘simliklar o‘sadi. Bu o‘simliklardan tashkil topgan o‘rmonlarni ikki qismga bo‘lish mumkin:
Nina bargli va bargli o‘rmonlar. Bargli o‘rmonlar o‘z navbatida keng va kichik bargli o‘rmon o‘simliklariga bo‘linadi. Keng barglilarga dub, zirk, qayrag’och, lipa, yasin kiradi. Kichik barglilar esa oq qayin, osina­dan iborat
Nina bargli o‘rmonlar Rossiya o‘rmonlarning 80 % ni tashkil etib, ularning asosiy qismini qarag’ay, yel, tilog’och, pixtalar tashkil etadi
AQShning Indiana shtatida oq dub dominant bo‘lib, uning ostida qand zarangi va kichik butachalar o‘sadi. G’arbiy Virgeniyada qizil yel da­raxti keng bargli daraxtlar bilan birga o‘sib aralash o‘rmonlar zona­sini hosil qiladi. Shimoliy Aqsh va Kanadada oq qayin, olxa, yel, pixtadan hosil bo‘lgan o‘rmonlar bo‘lib, ular sovuq iqlim mintaqasiga ham kirib borgan
Mo‘tadil dasht mintaqasi. Dasht deb kserofit xarakterda bo‘lgan o‘tsimon o‘simliklardan tashkil topgan zich o‘tloqlarga aytiladi. Dasht mintaqasining qishi sovuq, yozi quruq bo‘ladi. Iqlim sharoiti turlicha o‘rtacha yillik harorat 3,0-7,5 °S, Janubiy rayonlarda esa 10 °S gacha bo­radi. Havoning o‘rtacha nisbiy namligi 57-67 % ni tashkil etadi. Yog’inning yillik miqdori 250-500 MM bo‘lib, shundan yoz oylarida 160-180 MM yog’adi. Dasht mintaqasining tuprog’i qora tuproq, bu mintaqada o‘simlik turlari boshqa tabiiy mintaqalarga nisbatan ko‘p uchraydi. Chu­nonchi, Shimoliy dasht mintaqasining ba’zi joylarida 1 m2 da 80 ga yaqin o‘simlik turlari o‘sadi. Bu mintaqada buta o‘simliklardan dasht oluvo­lisi, chala buta o‘simliklardan bogorat o‘ti, izen, astragalning ba’zi turlari, ikki va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardan beda, kolokolchik­lar, ne­zabudkalar, no‘xat, burchoq, qoqi, zupturum, mavrak, bo‘tako‘zning ba’zi turlari, qo‘ziqulok, kermek, giatsent, lola, boychechak, shafran va shu kabi boshqa xil o‘simlik turlari o‘sadi

Slayd 25

Cho‘llar mintaqasi. Bu mintaqaning iqlimi keskin kontenental bo‘lib, sutkalik va yillik haroratlar juda o‘zgarib turadi. Yozda harorat +50 °S gacha yetishi mumkin. Qishi esa sovuq bo‘lib, janubda –30 °S, shi­molda esa – 40 °S ga tushadi. Havoning o‘rtacha namligi 52-61 % ni tashkil etadi
Yoz oylarida esa u 15-30 % gacha tushishi mumkin. Yillik yog’inning miqdori 80 – 200 MM dir. Bu mintaqada o‘simlik turlari kam o‘sadi.
Ye.P.Korovinning hisobi bo‘yicha bu mintaqada hammasi bo‘lib, 1600 ga yaqin o‘simlik turlari o‘sadi.
Gil tuproqli cho‘llarda chala buta o‘simliklaridan shuvoq, partek, efemer va efemeroidlardan qo‘ng’ir bosh, yaltirbosh, zizifora (kiyik o‘ti), qashqar yo‘ng’ichqa, lola qizg’aldoqlar, ko‘p yillik monokarplardan kav­raklar o‘sadi.
Gipsli (toshli) cho‘llar – Ustyurt, Karsakboy, Betpakdala, Mangi qish­loq, Qoraqum, va Qizilqum massivlarida joylashgan bo‘lib, bu yer­larda shuvoq, juzg’un, qizilcha, rang, ilak, qo‘ng’irbosh va boshqalar o‘sadi.
Sho‘rhok cho‘llar – Markaziy Osiyoning anchagina qismini egallagan bo‘lib, ular asosan sho‘r, sizot suvlari yuza joylashgan pastqam yerlarda tarqalgan. Bu yerlarda galofitlar, jumladan saksovul, yulg’un (tama­riks), erman-shuvoq, xaridondon, baliq ko‘z, seta, danasho‘r kabi sho‘raklar o‘sadi.
Qumli cho‘llar – Markaziy Osiyoning Qizilqum va Qoraqum massivla­rini, Surxondaryo viloyatidagi Kattaqumni, Markaziy Farg’onadagi ki­chikroq qum cho‘l maydonlarini o‘z ichiga oladi. Bu yer­larda psammofitlar o‘sib, ularga oq va qora saksovul, quyon suyak, juzg’un, cherkez, qizilcha, sin­grenlar, shuvoqlar, qo‘ng’irboshlar, silen­lar, ilaklar kiradi.
Chuchuk suv o‘simliklari. Chuchuk suv havzalari yer yuzining nisbatan kichik qismini egallasada, lekin ularda o‘simlik turlari turli-tuman bo‘ladi. Bu turli-tumanlik suvning oqish tezligiga (daryolarda), mine­ral moddalarning tarkibiga, kislorod miqdoriga hamda daryolar va ko‘llarning katta kichikligiga ham bog’liqdir
Chuqur ko‘llar, suv tez oquvchi daryolarda ko‘pincha fitoplanktonlar va diatom suvo‘tlari ko‘p bo‘lib, ular ko‘pincha qirg’oqlarni yupqa qavat bilan qoplab turadi. Suv havzalari sayoz va harakatsiz bo‘lgan taqdirdagina o‘simliklar suv yuzasiga chiqib o‘sishi mumkin. Bunday o‘simliklar jum­lasiga giatsentlar, liliyalar kiradi. Ular o‘zlari uchun kerak bo‘lgan oziq moddalarni to‘g’ridan–to‘g’ri suvdan oladilar, ildiz­lari bilan emas.

Slayd 26

Artik tundra mintaqasi. Bu mintaqaning iqlimi nihoyatda sovuq, qishi uzun, yozi esa o‘ta qisqa bo‘ladi. Doimo kuchli shamollar esib tur­gan­ligi uchun o‘rtacha yillik harorat 0°Sdan past, hatto yoz oylarida is­siqlik 15-20°S dan oshmaydi. Yog’inning o‘rtacha bir yillik miqdori 200-300 MM ni tashkil etadi. Biroq quyoshli kunlarning kam bo‘lishi hamda yozning qisqaligi natijasida ortiqcha namlik hosil bo‘ladi. Havoning nisbiy namligi 80 % orasida. Tundra mintaqasining tuprog’i doimiy muzlikni hosil qiladi. Hatto yoz oylarida ham tuproqning 0,25-2 m chuqurligigacha muz eriydi, xolos. Yilning 280 kuni davomida yer qor bi­lan qoplanishiga qaramay, bu iqlim mintaqasida 500 ga yaqin yuk­sak o‘simlik turlari o‘sadi
Ularning ko‘pchiligi ko‘p yillik o‘t, chim hosil qiluvchi hamda katta boshli o‘simliklardir. Ko‘pincha bu yerlarda mox, lishaynik, pakana va doimiy yashil buta va chala butalar o‘sadi.
Ular jumlasiga bagulnik, pakana oq qayin (Betula nana), pakana tol­lar, vodyanka, brusnika, moroshka, o‘t o‘simliklardan qiyoqlar, astra­gal­lar, qirqbo‘g’im, qo‘ng’irbosh, belaus, lishayniklardan island lishay­nigi, bug’i lishayniklari ko‘p uchraydi. Tundra mintaqasining janu­bida Sibr yeli, Osina, oq qayin, olxa va shu kabi daraxtlar ham o‘sadi.

Slayd 27

Ekologik sistemada hamma organizmlar oziqlanishiga va energiya qabul qilishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: Avtotroflar va getero­troflar. Avtotroflar asosan o‘simliklardan tashkil topgan bo‘lib, ular fotosintez tufayli quyosh energiyasini o‘zlashtirib oddiy anorga­nik birikmalardan murakkab organik birikmalarni sintezlaydi. Gete­ro­troflarga hayvonlar, odamlar, zamburug’lar, bakteriyalar kiradi. Ular tayyor organik modda bilan oziqlanadi va o‘z hayot faoliyati jarayo­nida ularni oddiy birikmalargacha parchalaydi. Bu moddalar o‘z navbatida tabi­atga qaytariladi va avtortoflar tomonidan yangi moddalar davriy ayla­nishiga jalb qilinadi. Biotsenoz quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
produtsentlar (hosil qiluvchilar);
konsumentlar (iste’mol qiluvchilar);
redutsentlar yoki destruktorlar (parchalovchilar)

Slayd 28

Produtsentlar avtotrof organizm bo‘lib, quruqlikdagi va suvdagi yashil o‘simliklardan tashkil topgan. Tayyorlangan organik moddalar­ning bir qismi konsumentlar (o‘txo‘r hayvonlar) tomonidan iste’mol qili­nadi, keyingilari esa o‘z navbatida go‘shtxo‘r hayvonlar va odamlar uchun oziq hisoblanadi.Redutsentlar ham geterotroflar hisoblanib, ular asosan mikroorga­nizmlardan tashkil topgan. Ular ishtirokida hayvon va o‘simliklarning qoldiqlari (o‘lik tanasi) parchalanib organik modda­larga aylanadi, or­ganik moddalarni oddiy anorganik moddalargacha par­chalaydi. Organik moddalarning ko‘p qismi darhol parchalanmaydi, yog’och, tuproqning orga­nik qismi, suvdagi cho‘kmalar sifatida saqlanadi. Bu organik moddalar ko‘p ming yillar davomida saqlanib, qazilma yoqilg’iga (torf, ko‘mir va neftga) aylanadi. Har yili yerda fotosintez­lovchi organizmlar 140 mlrd tonnaga yaqin organik moddalarni sintez­laydi. (T.A.Akimova, V.M.Xaskin, 1998) Geologik davr (1 mlrd yil) davomida organik moddalar parchalanishiga ko‘ra sintezlanishi qo‘proq bo‘lishi natijasida atmosferada So2 miqdori kamayib O2 miqdorining tobora ortib bori­shiga sabab bo‘lgan. Keyingi yillarda texnika va sanoatning jadal ri­vojlanishi natijasida bu jarayonning aksi ro‘y berish xavfi paydo bo‘lmoqda. Bu hodisa sayyora iqlimining o‘zgarishiga olib kelishi mum­kin

Slayd 29

Oziq zanjiri va ekologik piramida to‘g’risida tushuncha
Organik qoldiqlar
Oziq zanjiri – o‘simliklar to‘plagan energiyani bir turning ikkin­chi­sini yeyishi orqali bir necha organizmlar qatoridan o‘tkazishdir.
Shunday qilib, oziq zanjiri turlar orasidagi trofik bog’lanishdir (yunoncha «trofe» – oziqlanish). Ekologik sistemada har xil oziq daraja­lari trofik darajalar deb ataladi. Oziq zanjirining birinchi zvenosi avtotrof o‘simliklar (produtsentlar) hisoblanadi. Fotosintez jarayo­nida ular quyosh energiyasini kimyoviy bog’lar energiya­siga aylantiradi. Ikkinchi zvenosi o‘txo‘r (birlamchi iste’mol qiluvchilar) va go‘shtxo‘r (ik­kilamchi iste’mol qiluvchilar) hayvonlar yoki konsumentlar tashkil etadi. Oziq zanjirining uchinchi zvenosini organik moddalarni mineral moddalarga parchalovchi mikroorganizm­lar (redutsentlar) hosil etadi. Tabiatda oziq zanjiri uch – to‘rt dara­jadan tashkil topadi. Bir daraja­dan ikkinchi darajaga o‘tishda ener­giyaning va moddaning miqdori taxmi­nan uch martaga yaqin kamaya boradi, chunki qabul qilingan energiyaning 90 % ga yaqini organizmlarning hayot faoliyatini ta’minlashga sarf eti­ladi. Qolgan 10 foizigina orga­nizmlar tanasining tuzilishi uchun sarf bo‘ladi. Shu tufayli har bir keyingi oziq darajasida individlar soni ham progressiv kamaya bo­radi.

Slayd 30

Masalan, o‘rtacha olganda 1000 kg o‘simlikni yeganda hayvon 100 kg gacha semiradi. Bunday massali o‘txo‘r hayvonni yegan yirtqichlarning biomas­sasi 10 kg gacha ortishi mumkin, ikkilamchi yirtqichniki esa faqat 1 kg gacha ortadi.Shunday qilib, oziq darajalarida moddalar va energiyaning progres­siv kamaya borishi kuzatiladi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deb ataladi, ekologik piramida produtsentlar, konsumentlar va redu­sentlardagi biomassa va energiya nisbatining ko‘rsatgichi hisoblanadi.Piramidaning asosini avtotrof organizmlar – hosil qiluvchilar tash­kil qiladi, ulardan yuqorida o‘txo‘r hayvonlar, undan ham yuqorida yirtqich hayvonlar, piramidaning eng cho‘qqisida yirik yirtqichlar joy­lashadi.Suv havzalaridagi oziq zanjirining tipik misoli fitoplankton – zooplankton – mayda baliqlar – yirik yirtqich baliqlar hisoblanadi. Bu oziq zanjirida ham biomassa va energiya miqdori ekologik pira­mida qoidasiga muvofiq tabora kamaya boradi.Sun’iy qishloq xo‘jalik ekosistemalarida ham har bir keyingi oziq zanjiri darajasida energiya mikdori 10 martagacha kamaya boradi. Shu­ning uchun ovqat ratsionida o‘simlik oziqlarini kamaytirish hisobiga go‘shtning miqdorini ko‘paytirsak o‘sha muayyan ekologik ti­zimda oziq bi­lan ta’minlanishi mumkin bo‘lgan odamlar soni kamay­ishi kerak

Slayd 31

Biogeotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri – o‘z-o‘zini idora etishdir. O‘z-o‘zini idora qilish – tabiiy sistemaning qandaydir ta­biiy ta’siri yoki antropogen ta’siridan keyin o‘z ichki xususiyatlarini qayta tiklash qobiliyatidir. O‘z – o‘zini idora qilishning yorqin misoli keng bargli o‘rmonlardagi biogeotsenozdir. Bu yerda o‘simliklar joy, yorug’lik va suv uchun raqobatlashadi yoki Markaziy Osiyo qumli cho‘llaridagi bio­geotsenozlar ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu xil­dagi biogeotsenoz­larda yaruslik, ya’ni o‘simliklar jamoasining verti­kal bo‘ylab bir nechta qatorda joylashishi kuzatiladi.
Keng bargli o‘rmonlarning birinchi yarusini yorug’sevar daraxtlar (eman, shumtol), ikkinchi yarusini esa birmuncha kam yorug’sevar daraxtlar (zarang, chetan), uchinchi yarusini har xil butalar (kalina) va to‘rtinchi yarusini o‘tsimon o‘simliklar (paporotniklar, gulxayri, qirqbo‘g’im) tashkil qiladi. Yarus qancha past bo‘lsa, undagi o‘simliklar shunchalik so­yaga chidamli bo‘ladi. Yuqori yarusdagi o‘simliklarning ildizlari juda chuqur joylashadi.
Keng bargli o‘rmonlarda yorug’lik sharoiti yil davomida keskin o‘zgarib turadi. Shu tufayli quyi yarusdagi o‘simliklar bahorda daraxt­lar barglar chiqarguncha tez rivojlanadi va gullaydi. Markaziy Osiyo­ning qumli cho‘llaridagi ekosistemaning yuqori yarusini quyon-suyak, oqsaksovullar, ikkinchi yarusini, qandim, qizilcha, uchinchi yarusini sin­grenlar, shuvoqlar, to‘rtinchi yarusini qo‘ng’irbosh, yaltirboshlar va ostki, oxirgi yarusini moxlar tashkil etadi. Har qanday biogeotsenoz­larda o‘zga­rishlar iqlim ritmiga bog’liq holda kuzatiladi. Masalan, kuzda haro­ratning pasayishi, kun uzunligining qisqarishi, namlik­ning o‘zgarishi natijasida ko‘p o‘simliklar bargini to‘kadi. Ularning jamg’arish a’zola­rida oziq moddalari to‘planadi, daraxtlarda po‘kak hosil bo‘ladi. O‘sim­liklar sitoplazmasida suv kamaya boshlaydi. Hayvonlar ham qishga faol tayyorgarlik ko‘rishadi. Qushlar Janubga uchib ketadi. Sut emzuvchilar tulaydi, qishga oziq jamg’aradi.

Slayd 32

Muhit sharoiti o‘zgarishi natijasida bir biogeotsenoz ikkinchisiga aylanishi mumkin. Masalan, yong’indan keyin o‘rmon biogeotsenozi o‘rniga o‘tloq biogeotsenozi paydo bo‘ladi. Biogeotsenozlar almashinishi ko‘pincha inson faoliyatiga bog’liq bo‘lishi mumkin. Botqoqliklarning quriti­lishi natijasida botqoqlik biogeotsenozi o‘tloq biogeotsenozi yoki agro­senozlar bilan almashinishi mumkin.
O‘ziga xos o‘simliklar dunyosi va landshaftga ega bo‘lgan biogeotsenozlar geografik zonallik bilan ham chambarchas bog’liq bo‘ladi.
Geografik zonallik natijasida biomlar deb ataluvchi yirik regio­nal ekosistemalar yoki biosistemalar hosil bo‘ladi. Bunday biomlarga tundra, tayga, o‘rmon, cho‘l, dasht va tropik o‘rmonlar misol bo‘la oladi. Chuchuk suv havzasi ekosistemalariga ko‘llar, daryo va botqoqliklar ki­radi. Juda katta maydonlarni egallovchi bunday ekosistemalar chuchuk suv organizmlarining yashash joyi, ichimlik suv manbai, sug’oriladigan yerlar uchun suv rezervi hisoblanadi.
Dengiz ekosistemalariga Yer sathining 70 % ni egallovchi ochiq den­gizlardan tashqari qirg’oqlar bo‘yidagi kontinental shelf ham kiradi. Bunday ekosistemalar hayvon va o‘simliklarning xilma-xilligi, plank­ton va bentosning (suvda muallaq holda bo‘ladigan, suv tubida yashaydigan mikroorganizmlar), sodda hayvonlar va tuban suvo‘tlarning juda ko‘p miqdorda bo‘lishligi bilan ta’riflanadi. Kontinental shelflarda aso­san sanoat baliqchiligi rivojlangan bo‘ladi. Dengiz limonlari, qirg’oq ko‘rfazlari va daryolarning qo‘yilish joylari ba­liqqa va boshqa dengiz organizmlariga juda boy bo‘ladi.

Slayd 33

Tabiiy va sun’iy ekosistemalar
Ekosistemalar tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy ekosistemalarga o‘rmonlar, o‘tloqlar (10-rasm), tundra mintaqasi, dasht, cho‘l, tog’ mintaqalari (11-rasm), ko‘l (12-rasm), dengiz va okean suvlari, daryo (13-rasm), adir (14-rasm), to‘qay (15-rasm) ekosistemalari misol bo‘la oladi.
Ularning tizimi va komponentlari, xususiyatlari, undagi organizm­larning o‘zaro munosabatlari to‘g’risida yuqorida batafsil bayon etildi.
Sun’iy ekosistemalar inson faoliyati natijasida paydo bo‘ladi. Ularga agrosistemalar (16-rasm), shahar ekosistemalari (17-rasm) va kosmik ekosistemalar kiradi. Sun’iy ekosistemalardan eng muhimi agrosistema hisoblanadi. Ular inson tomonidan yaratiladigan biogeotsenozlardir.
Agrosistemalarga dalalar, yaylovlar, o‘riladigan o‘tloqlar, sun’iy o‘rmonzorlar, xiyobonlar, bog’lar kiradi, agroekosistemalar tabiiy eko­sistemalardan farq qilib u:
a) turlarning soni kam bo‘lganligi uchun o‘z-o‘zini idora qila ol­maydi;
b) ularning turg’unligi mustahkam emas, balki sun’iy tanlanish­ning ta’sirida bo‘ladi;
v) agrotsenozlar uchun energiya manbai bo‘lib faqat quyosh energiyasi emas, balki inson tomonidan sarflanadigan energiya (sug’orish, o‘g’itlash, mashinalardan foydalanish) ham hisoblanadi.
Agroekosistemada elementlar davriy aylanishiga inson aralashadi, chunki bu elementlar hosil bilan birga yig’ib olinadi, ularning o‘rnini to‘ldirish uchun tuproqqa mineral o‘g’itlar solinadi. Hozirgi kunda qu­ruqlikning 10 % ga yaqinini shudgorlanadigan yerlar, 20 % ni yaylovlar tashkil etadi.

Slayd 34

Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikadagi agroekosistemalarning ko‘pchiligi juda kam hosilli bo‘lib, sanoat regionalari uchun yetarli miqdorda mahsulot yetishtira olmaydi. Hosildorlikni oshirish uchun yoqilg’i, kimyoviy moddalar, mashinalarni ishlatish yo‘LI bilan juda ko‘p energiya sarflanadi. Ko‘pincha sarflanadigan energiya miqdori oziq mahsulotlaridagi energiya miqdoridan ortiq bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy tanglik holatida agroekosistemalarning rentabelligini kamaytirib yubormoqda.
Sun’iy yaratiladigan agroekosistemalar inson tomonidan doimiy nazoratni talab etadi. Faqat ayrim turdan tashkil topgan (masalan, pax­tadan) maxsus agroekosistemalar vaqtincha iqtisodiy foyda kelti­rishi mumkin. Ammo juda katta maydonlardagi paxtaning monokultu­rasi tu­proqning buzilishiga va sterilizatsiyalanishiga, zararkunanda­larning ko‘payib ketishiga va natijada ekosistemaning buzilishiga olib keladi. Almashlab ekishni qo‘llash, ekologik jamoaga qo‘shimcha tarkibiy qismlarni masalan, entomofag (hasharotxo‘rlarni), changlatuvchi asalarilarni ko‘paytirish ekologik sistemani barqarorlashtirishga yordam beradi. Cho‘llar, o‘tloqlar, dashtlar kabi yaylov sifatida foydalanadigan tabiiy ekosistemalarning mahsuldorligini oshirish uchun serhosil o‘tlar ekish, o‘g’itlash, tu­proqni sun’iy sug’orish usullaridan foydalanish mumkin. Agrotsenoz­larning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish uchun ekinlarga ishlov berishning industrial texnologiyasidan foydalanish, yangi na­vlar va duragay o‘simliklarni yaratishda genetik injeneriya va biotex­nologiya usullaridan keng foydalanish lozim.

Slayd 35

Topshiriq
Savollarga javob bering
Ekosistemaning iyerarxik qatorlari. Populyatsiya nima
Oziq zanjiri va ekologik holat nima
Piramida to‘g’risida tushuncha deganda nimani tushunasiz
Tabiiy va sun’iy ekosistemalar haqida ma’lumotga ega bo’ling
Markaziy Osiyo regionning ekosistemalari qanday
Inson ekologiyasi haqida nimalarni bilasiz

Slayd 36

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 37

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Populyatsiya tushunchasi va Ekotizimlar” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar