Pirimqul Qodirovning badiiy tasvirlash mahorati
4000 so'm

=== Taqdimot: Pirimqul Qodirovning badiiy tasvirlash mahorati.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Pirimqul Qodirovning badiiy tasvirlash mahorati
=== Slayd 2 ===
“Yaratuvchilik qudrati nuqtayi nazaridan qaraganda, tarix tabiatdan keyingi eng ulug‘ o‘rinlardan birida turadi. Tabiat o‘z o‘rmonlari, tog‘larini, vodiylarini, daryo-ko‘llarini qanday betakror yaratgan bo‘lsa, tarix ham turli qitʼalar, xalqlar, davlatlar taqdirini va ularga mansub bo‘lgan yirik shaxslarning tarjimai holini ham shunday betakror va yorqin qilib yaratib qo‘ygan. Asrlar kitobini o‘qiganingiz sari tarix tomonidan hayotiy dramalar, fojialar, syujetlarning alohida yozuvchining fantaziyasi bilan yaratib bo‘lmasligiga ishonch hosil qilasiz. Shu sababli men o‘z fantaziyamdan ko‘ra “tarix fantaziyasi”ga, yaʼni chindan sodir bo‘lgan voqealarga va yashab o‘tgan tarixiy shaxslar taqdiriga asoslandim”.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov
=== Slayd 3 ===
“Yulduzli tunlar” va “Boburnoma”: qiyos va talqin
Memuar – esdalik tipidagi asarlarda tasvirlanayotgan tarixiy voqealarning faol qatnashchisi mualliflarning o‘zlari bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday asarlar tarixiy-memuar – esdalik doirasida qolmay, badiiylik xususiyatlarini ham kasb etadilar.
Bunday asarlardagi badiiylik tarixiylikka asoslanganligi uchun ham ularda realistik tasvir uslubi yetakchilik qiladi.
=== Slayd 4 ===
“Boburnoma” – badiiy memuar-esdalik asar. “Yulduzli tunlar” – sof badiiy asar, tarixiy roman. “Zamonaviy asar yozganimda butun ko‘z oldimda turgan hayot menga qanchalik ko‘p narsa bergan bo‘lsa, tarixiy asar yozganimda “Boburnoma”, qisman “Humoyunnoma” ham menga shunchalik ko‘p narsa berdi”, – deydi yozuvchi.
=== Slayd 5 ===
A.Rasulov. Badiiylik – bezavol yangilik. – Toshkent: Sharq, 2007. – B. 53.
Adabiyotshunos olim Abdug‘afur Rasulov “Janr, sarlavha, konsepsiya (tasvir predmeti salmog‘i) asarning ilk semiotik markazida yarqirab ko‘zga tashlanadi. Ilk semiotik markaz deganda aksariyat hollarda birinchi misra (satr, jumla) tushuniladi.
Ilk jumla (satr, misra) birinchi taassurot asar haqidagi g‘ayrishuuriy anglash manbayi”, – deydi.
=== Slayd 6 ===
Ilk jumlalar qiyosi: “Boburnoma” va “Yulduzli tunlar”
“Tengri taoloning inoyati bilan va hazrati on Sarvari koinotning shafoati bilan va chahoryori bosafolarning himmati bilan seshanba kuni ramazon oyining beshida tarix sakkiz yuz to‘qson to‘qquzda Farg‘ona viloyatida o‘n ikki yoshta podshoh bo‘ldum”.
Bobur, Zahiriddin Muhammad. Boburnoma. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2014. – B. 437.
=== Slayd 7 ===
Qodirov, Pirimqul. Yulduzli tunlar. Bobur. – Toshkent: Sharq, 2010. – B. 20
“Milodiy 1494-yilning yozi. Saraton issig‘ida Farg‘ona vodiysining osmoniga chiqqan quyuq bulutlar kun bo‘yi havoni dim qilib turdi-yu, kechki payt birdan jala quyib berdi. Qizil tuproqli tepaliklar orasidan o‘tib kelayotgan Quvasoy qon qo‘shib oqizilgandek qip-qizil bo‘lib ketdi”.
=== Slayd 8 ===
“1264-inchi hijriya, dalv oyining 17-chisi, qishki kunlarning biri quyosh botqon, tevarakdan shom azoni eshitiladir…”.
Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar”
“…hayot – bu nihoyatda qisqa: azon va namoz oralig‘idir. Oraliq masofa cheksizlikka nisbatan bir soniya, bir soniyaga nisbatan cheksizdir. Bu oraliqda inson umri, Otabek, Zaynab, Yusufbek hoji, O‘zbek oyim va boshqa qahramonlar umrining mohiyati mujassam”.
Bahodir Karim
=== Slayd 9 ===
“Yulduzli tunlar” romanining ilk jumlasi haqida
“Yulduzli tunlar”dagi yoz bo‘lishiga qaramay Farg‘ona osmoniga chiqqan quyuq bulutlar tasviri, kutilmagandagi sharros jala qondek qip-qizil bo‘lib oqayotgan sersuv Quvasoy roman bosh qahramoni Mirzo Bobur umri mazmun-mohiyatidan xabar bergandek, ayni paytda bu tasvirda osmonini qora bulut qoplagan temuriylar saltanatining qiyofasi ham namoyon.
=== Slayd 10 ===
Bizga maʼlumki, Mirzo Bobur o‘z memuarini “Vaqoe’” deb atagan, bir-ikki o‘rinlarda “tarix” deb ham tilga olgan.
Bu olam aro ajab alamlar ko‘rdum,
Olam elidin turfa sitamlar ko‘rdim,
Har kim bu “Vaqoe’”ni o‘qir, bilgaykim,
Ne ranj-u, ne mehnat-u, ne g‘amlar ko‘rdim
ruboiysi ham fikrimizni tasdiqlab turibdi.
Ammo keyinchalik “…turli adabiyotlarda bu asar “Voqeoti Boburiy”, “Tuzuki Boburiy”, “Tavorixi Boburiy”, “Boburiya” nomlari bilan tilga olinib keldi. Keyinchalik unga “Boburnoma” deb murojaat etish va shu noma bilan atash rasm bo‘lib qoldi”.
O‘zbek nasri tarixidan. – Toshkent: Fan, 1982. – B. 64.
=== Slayd 11 ===
Roman sarlavhasining pishiqligi, ohorliligi shunda ko‘rinadiki, yulduz (yorug‘lik) tun (qorong‘ilik) so‘zlarini ustalik bilan bir-biriga payvandlashdan hosil bo‘lgan latif bir kontrastlik, tasviriylik Bobur Mirzo umrining mazmuni, mohiyatini o‘zida ifodalagandek tuyuladi, bu ham yozuvchining badiiy mahoratidan darak beradi. Qolaversa, bu nom asarning xotima qismidagi tasvir — Bobur Mirzoning so‘nggi nafasida uning ko‘nglidan kechgan o‘y-xayollarga ham mos.
=== Slayd 12 ===
Mahoratli yozuvchi yaratgan mukammal badiiy tasvir kitobxon tafakkurida yuksak darajadagi assotsiativlik paydo qiladi. Osmon to‘la yulduzlarga so‘nggi nigohini tikib jon bergan Boburga nisbatan yozuvchi o‘ldi yoki vafot etdi, degan so‘zni ishlatmaydi. (Mirzo Boburning vafotini biz Tohirning o‘kirib yig‘lagan holatdagi tasvirdan bilamiz). Chunki Mirzo Bobur kabi bashariyatning shonli farzandlari hech qachon o‘lmaydi. O‘zi yashagan feodal qorong‘i o‘tmishni maʼrifati va maʼnaviyati bilan yoritgan Mirzo Bobur vafotidan so‘ng ham o‘zining insoniy, ham ijodiy dahosi bilan eng yorug‘ yo‘lchi yulduz kabi bashariyatga doimo eng to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib turaveradi.
=== Slayd 13 ===
Yozuvchining tarix voqeligini teran badiiy idrok etishi diqqatga sazovor
“Men biror joy to‘g‘risida asar yozmoqchi bo‘lsam, o‘sha joyni avval necha marotaba ko‘rganim esimda, yana borib tekshirib, yaxshiroq o‘rganib kelaman”, – deb yozgan edi Abdulla Qodiriy.
Yozuvchining zakovati, tafakkuri, xayoloti va Qodiriy taʼkidlaganidek, o‘z mehnati, o‘quvchi oldidagi masʼulligi hatto real tarixda ham mavhum qolgan vaziyatga aniqlik kiritdi. Bir necha satrlik “Boburnoma”dagi qisqa maʼlumot yozuvchining g‘oyasi, fikri, fantaziyasi bilan “Axsi. Ajalga davo yo‘q” sarlavhasi ostida kattagina bobga aylandi.
=== Slayd 14 ===
Andijon va Marg‘ilondan xabar kutayotgan Umarshayx Mirzo otliq choparlar kelavermagach, otlanib arkdan chiqadi. “Umarshayx Mirzo qalʼaning bir chetida, daryoning baland qirg‘og‘i ustida, jar labida turgan kabutarxonaga qarab yo‘l oldi. Otliq choparlar dom-daraksiz ketganliklari uchun Mirzo endi qanotlik “chopar”larini ishga solmoqchi edi… Biroq bu bahaybat o‘ngirlar oyoq ostidagi zaminni ichdan hilviratib qo‘yganini, kabutarxona ortidagi jarning tagini suv o‘yib ketganini, yer o‘pirilgudek bo‘lib turganini Mirzo ham, uning atrofidagi mulozimlar ham mutlaqo sezmas edilar”.
=== Slayd 15 ===
Yozuvchi daryo, uning baland qirg‘og‘ida joylashgan kabutarxona, naycha qilingan qisqa xatni chiniy kabutarning qanoti tagiga joylab, uni uchirib yuborish uchun zinadan kabutarxona tomiga chiqayotgan Umarshayx Mirzo harakatlarini shunchalik aniqlik bilan tasvirlaydiki, go‘yo kitobxon o‘sha holatni jonli guvohiga aylanadi.
Ayniqsa, zilzila, to‘fon, o‘pirilish kabi turli tabiiy ofatlarni oldindan jonivorlarning sezishi haqidagi maʼlumotdan ustalik bilan foydalangan yozuvchi tasvirda yana ham hayotiylikka, taʼsirchanlikka, eng muhimi, kitobxonning ishonchiga erishgan.
Axsi qal’asining bugungi qoldiqlari
=== Slayd 16 ===
“Tarixiy badiiy asar yaratish uchun faqat g‘ayrat-shijoatning o‘zi, ona tarixga mehr-muhabbatning o‘zi yetmaydi. Buning uchun o‘tmish ko‘zgusidagi ming yillar changini artib, unutilib, yo‘qolib, zarralarigina qolgan birinchi manbalarni topib, sabr-toqat bilan o‘rganish kerak. Ana shu topilmalarning zamiridagi sirlar zulmatini badiiy zakovat nuri bilan yorita olish kerak”.
Darhaqiqat, manbalar bag‘ridagi zarralarni ilg‘ash, ular bag‘riga yashiringan sirni topish, badiiy zakovat, aql, his-tuyg‘u uyg‘unligida kitobxon ishonch va hayajon bilan o‘qiydigan tasvirlarni yarata olish, ular o‘rtasida dialektik yaxlitlikni o‘rnata olish tarixnavis yozuvchidan juda katta iqtidor, mehnat talab qiladi.
=== Slayd 17 ===
Pirimqul Qodirov ham “Boburnoma” qatidagi zarralar sirini badiiy zakovati, idroki bilan kashf etdi. Mana shu zarralar, kichik topilmalarning zamiridagi axloqiy-maʼnaviy, falsafiy-estetik qarashlarni o‘quvchi qalbiga, ongiga haqqoniylik, samimiylik bilan singdirdi.
Bobur Mirzo umrining eng so‘nggi kunlarini toj-u taxt tashvishlaridan xoli, bir go‘shada Tohir oftobachisi bilan o‘tkazmoqchi ekanligini aytadi.
Bu bir og‘iz gap. “Boburnoma”dek ulkan monumental asar ichida bir zarradek, go‘yo.
=== Slayd 18 ===
“Yulduzli tunlar” – yirik epik polotno. Unda salkam qirq yillik voqealar qamrab olingan, yuzga yaqin tarixiy, hayotiy, to‘qima personajlar gavdalantirilgan. Asarda tasvirlangan geografik hudud ham bepoyon. O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston tarixidagi muhim voqealar qalamga olingan. Shu o‘rinda adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshevning Pirimqul Qodirovning tarixnavislik mahoratini eʼtirof etgan so‘zlarini keltirsak: “Yozuvchi g‘oyat chigal zamondagi sanoqsiz tarixiy hodisalar o‘rtasidagi mavjud sababiy bog‘liqliklarni yaxshi his qiladi. Turli manbalardagi tarixiy dalillarning o‘zaro aloqadorlik jihatlarini sezgirlik bilan ko‘ra oladi”.
p.f.d., prof. Qozoqboy Yo‘ldoshev
=== Slayd 19 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.