Pedagogik veb-dizaynning nazariy asoslari
4000 so'm

Slayd 1
Pedagogik veb-dizaynning nazariy asoslari
Slayd 2
Reja:
01
02
03
04
Pedagogik veb-dizayn kuarsiga kirish, veb-dizayn tushunchasi
2
Internet tarmog‘i tarixi, uning xizmatlari
Domen, xosting, provayderlar, brauzerlar
Veb-sahifaning tuzilishi, internet protokollari
Slayd 3
Pedagogik veb-dizayn kursiga kirish, veb-dizayn tushunchasi
01
Slayd 4
4
Pedagogik veb-dizayn — bu ta‘lim jarayonini samarali tashkil etish uchun veb-texnologiyalar yordamida yaratilgan o‘quv resurslarini didaktik asosda loyihalash va ishlab chiqish sohasidir. Bu nafaqat chiroyli va interaktiv sahifalar yaratishni, balki pedagogik maqsadlar, yosh xususiyatlari, o‘quv maqsadlari va o‘rganish psixologiyasini ham inobatga oladi.
Pedagogik veb-dizayn
Slayd 5
5
Pedagogik veb-dizaynning maqsadi:
Ta‘limiy veb-resurslarni o‘quv maqsadlariga muvofiq holda loyihalash va yaratish orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini samarali shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Pedagogik veb-dizaynning vazifasi:
Pedagogik veb-dizaynning tushunchalari, o‘quv maqsadlarini aniqlash, didaktik materiallarni rejalashtirish, interfeys, interaktivlik, vizual dizayn haqidagi bilimlarni berishdan iborat.
Slayd 6
Dizayn
6
Dizayn (ing. design) — bu maxsus g‘oya, reja yoki loyihalash asosida estetik va funksional jihatdan mukammal mahsulot yoki tizim yaratish jarayonidir.
Grafik dizayn
Ma‘lumotlarni grafik taqdim etish, matn, rang, shakl, rasmlardan foydalanib vizual materiallar yaratish (ko‘rinishlari: reklama, banner, kitob, jurnal grafikasi va boshqalar).
Dizayn turlari
Grafik dizayn, Sanoat dizayni, Veb-dizayn
Slayd 7
Sanoat dizayni
7
maishiy buyumlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqishda, mashinasozlikda va boshqalarda ishlatiladi. Bundan tashqari dizaynning bir qancha ko‘rinishlari mavjud: arxitektura dizayn, interyer dizayn, kiyim va aksessuarlar dizayn, art-dizayn
Veb-dizayn
(ingliz tilida web-design – veb-sahifani loyihalash ma’nosida) – bu veb-sahifaning jihozlanishidir. Veb-dizayn veb-saytlarni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatishda ko‘plab turli ko‘nikmalar va fanlarni o‘z ichiga oladi.
Slayd 8
Veb-dizayn –
veb-sahifalar va saytlar yaratish, foydalanuvchi interfeysini estetik va funksional qilish.
Pedagogik veb-dizayn –
ta’limiy resurslar, dars materiallarini didaktik maqsadlarda ishlab
chiqish.
Slayd 9
9
Veb-dizayndagi uchta asosiy tushuncha:
Veb-sahifa – o‘zining noyob manziliga ega bo‘lgan va maxsus dasturlar yordamida (brauzer) ko‘riluvchi hujjatdir.
Veb-sayt – bir qancha veb-sahifalarning mantiqiy birlashmasi bo‘lib, Internet tarmogʻiga joylashgan elektron manzil.
Veb-server – tarmoqqa ulangan kompyuter va undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni mijozga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi.
Slayd 10
Internet tarmog‘i tarixi, uning xizmatlari
02
Slayd 11
11
Internet tarixi
Internetning paydo bo‘lishi tarixi 1960-yilning oxirida amerika hukumati tomonidan asos solingan ARPANet (Advanced Research Projects Agency Network) hisoblash tarmog‘iga borib taqaladi. Dastlab kompyuter o‘rtasida axborot almashinish maqsadida tuzilgan tarmoq 1970-yillarda ancha o‘sdi.
1983-yilda ARPANET tarmog‘i INTERNET deb atala boshlandi va juda kuchli, bir-biri bilan bog‘langan kompyuterlar va tarmoqlar to‘plamidan iborat tizimga
aylandi.
Slayd 12
1964
1974
1983
1989
2010
2005
2000
1995
2025
2020
ARPANET tarmog‘i yaratildi
TCP/IP protokoli tuzildi
INTERNET deb atala boshlandi
100000 Internetga ulangan
UZ domeni
100 mln Internetga ulangan
1 mlrd Internetga ulangan
2 mlrd Internetga ulangan
4,5 mlrd Internetga ulangan
5,56 mlrd Internetga ulangan
Internet rivojlanish tarixi
Slayd 13
13
Internet xizmatlari
Internet va WWW bir xil emas. Internet butun dunyo kompyuterlar tarmoqlarining to‘plamini belgilaydi va turli xil kompyuter xizmatlarini ko‘rsatadi: E-mail elektron pochta, Usenet telekonferentsiyalari, WWW – butun dunyo tarmog‘i, FTP ma’lumot fayllarini uzatish tizimi, TeleNet uzoqdan terminalga kirish tizimi, Gopher tizimi.
Demak, WWW Internetning faqatgina bir qismidir, lekin u juda tez rivojlanib bormoqda.
WWW (World Wide Web) – Butunjahon
o‘rgimchak to‘ri, Internet doirasidagi xizmat.
Slayd 14
14
71%
68%
64%
Internet foydalanuvchilari
BMTning “Jahon demografiyasi istiqbollari” hisobotiga ko‘ra, Yer yuzida 8,2 milliard (O‘zbekistan 37.596 mln) odam istiqomat qiladi.
2025 yil boshiga mobil telefon foydalanuvchilari soni
5,78 milliard (O‘zbekistan 34.2 mln) 71% ni tashkil etgan.
Sayyoramiz aholisining 5,56 milliard (O‘zbekistan 31.5 mln) 68% dan ortig‘i Internetdan foydalanadi.
Kepios ma‘lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 5,24 milliard (O‘zbekistan 5.3 mln) 64% dan oshib ketdi.
8.2
Slayd 15
Domen, xosting, provayderlar, brauzerlar
03
Slayd 16
16
Domen va xosting
Domen – veb-saytning internetdagi onlayn manzili, ya’ni nomi.
Xosting – veb-sayt uchun kerakli bo‘lgan fayllarni internet tarmog‘ida saqlanadigan joy (server), ya’ni ma’lumotlar (rasmlar, matnlar, video va h.k.) uchun ajratilgan joy.
Domenlar uchta darajadan iborat.
Birinchi darajali domen (eng yuqori domen, oxirgi qismi).Ikkinchi darajali domen (asosiy domen, markaziy qismi).Uchinchi darajali domen (quyi domen, subdomen).
Slayd 17
17
Birinchi darajali domen (eng yuqori domen) – asosan ikki harfdan iborat bo‘ladi va mamlakatni, uning kodini ifodalaydi. www.uz O‘zbekiston Milliy qidiruv tizimi hisoblanadi.
.uz – O‘zbekiston
.ru – Rossiya
.kz – Qozog‘iston
.kg – Qirg‘iziston
.tj – Tojikiston
.tm – Turkmaniston
.kr – Janubiy Koreya.jp – Yaponiya
.us – AQSh
.uk – Buyuk Britaniya
.au – Avstraliya
.cn – Xitoy
.br – Braziliya
.de – Germaniya
.it – Italiya
.fr – Fransiya
Slayd 18
18
Shuningdek, birinchi darajali domen uchta harfdan iborat bo‘lib, yuqori tashkilotlarni bildirishi mumkin:
.com – kompaniya yoki firma, tijoriy saytlar;
.net – tarmoq tizimlari, telekommunikatsiya va aloqa tarmoqlari saytlari;
.edu – ta’lim muassasasi, ta’lim sohasiga tegishli saytlar;
.gov – hukumat, davlat hokimiyati saytlari;
.org – nodavlat korxona va tashkilotlar saytlari;
.int – xalqaro korxona va tashkilotlar.
Bundan tashqari 4 ta va undan yuqori harfli
birinchi darajali domenlar ham mavjud.
.asia, .news, .info, .study, .style, .forex
.online, .studio, …
Slayd 19
19
Ikkinchi darajali domenlar – asosiy domen, saytning markaziy qismi hisoblanib, davlatlar yoki tashkilotlardagi sayt nomlari, soha yoki shaxsiy saytlar nomlari hisoblanadi. Masalan, www.jdpu.uz, www.ziyonet.uz, www.edu.uz,
www.president.uz, www.uzedu.uz, www.sport.uz, www.uza.uz, www.gov.uz, www.edars.uz, www.jizzax.uz
Uchinchi darajali domenlar esa biron saytlarning ichki saytlari, subdomen yoki tijoriy saytlar tomonidan bepul sayt ochish imkonini beruvchi saytlar hisoblanadi.
Masalan, www.main.jdpu.uz, www.hemis.jdpu.uz, www.algebra7.edarslik.uz, www.mathinfo.jdpu.uz
Slayd 20
20
Provayder – turli xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot.
Internet-provayder – bu internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi, Internetga ulanishingizni ta‘minlaydigan tashkilot yoki kompaniya.
Provayder
Internet-provayder
Hosting-provayder
Mobil aloqa provayderi
Bulutli xizmat provayderi
Slayd 21
21
O‘zbekistonning milliy yuqori darajali domeni (.UZ) 1995-yil 29-aprel ro‘yxatga olingan va dastlabki Internet-provayderlar o‘z faoliyatini boshlagan.Dunyo bo‘yicha 368,4 million domen, .UZ hududi bo‘yicha 137 843 domen nomi ro‘yxatdan o‘tgan.
https://cctld.uz sayti orqali domenlar va internet-provayderlar haqida ma’lumot olish mumkin.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 50 dan ziyod yirik internet provayderlari xizmat ko‘rsatmoqda, barcha turdagi kichik provayderlar esa 900 dan ziyodni tashkil etadi.
Yirik internet-provayderlar: Uzbektelecom (UzOnline), Sarkor Telecom, IST Telekom (East Telecom), Sharq Telekom (TPS), COSCOM (Ucell)
Slayd 22
22
Brauzer – bu foydalanuvchiga Internet resurslari va ma’lumotlaridan foydalanishni ta’minlovchi dastur.
Eng birinchi brauzer CERN (Yevropa fizika tadqiqotlari markazi) xodimi Tim Berners-Li tomonidan 1990 yil kashf qilingan WorldWideWeb (keyinchalik Nexus deb nomlangan) brauzeridir.
Ilk keng tarqalgan grafik brauzer – Mosaic 1993 yilda yaratilgan.
Brauzerning quyidagi turlari mavjud: Internet Explorer, Netscape Communication, Netscape Navigator, Firefox Mozilla, Opera, Google Chrome, Safari, Amigo, Yaxdex, Microsoft Edge va boshqalar.
Slayd 23
Veb-sahifaning tuzilishi, internet protokollari
04
Slayd 24
24
Maxsus HTML (Hyper Text Markup Language) – gipermatnlarni belgilash tili yordamida gipermatndan iborat veb-sahifa yaratiladi. Veb-sahifaning boshqa qismiga yoki boshqa veb-sahifaga giperhavola yordamida o‘tish mumkin. Veb-sahifa matn, tasvir, animatsiya, ovoz, musiqa, videolarni jamlovchi gipermuhit ma’lumotni ham o‘z ichiga oladi.
Web-sahifalar yaratishda fayllarni joylashtirishning quyidagi usullari mavjud:
Hamma fayllar bitta katalogda. Bir nechta HTML sahifali va bir nechta tasvirlarga ega kichik saytlarni yaratishda hamma fayllarni bitta katalogda joylashtirish mumkin.
Veb-sahifaning tuzilishi
Slayd 25
25
Funksional kataloglar. Murakkab saytlarni yaratishning bir usulidir. Har bir katalogda tizimning bitta funksiyali qismi joylashtiriladi. Eng yuqorida boshlang‘ich fayl – index.htm, va unga tegishli tasvirlar bo‘ladi. Kataloglar nomlari taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin: “Rektorat”, “Dekanat”, “Kafedra”, ….
Fayl turlari bo‘yicha kataloglar. Bu usulda har bir katalogda bir xil turdagi fayllar saqlanadi. Yuqori katalogda faqat index.htm fayli joylashadi. Kataloglar nomlari taxminan quyidagicha boʻlishi mumkin: “Images”, “Inform”, “Music”, “Video”, “DataBase”, ….
Slayd 26
26
URL (Uniform resource locator) – so‘ralayotgan sahifaning aniq adresini ko‘rsatish imkoniyatini beradi. URL yozilishida quyidagilar ishtirok etadi: Protokol, internet manzil, yo‘l, fayl nomi, kengaytma.
Protokol://internet-manzil/yo‘l/fayl-nomi.kengaytma
Masalan,
http://www.microsoft.com/windows/index.html
http:// – protokol;
www.microsoft.com – internet manzili, sayt nomi
/windows/ – yo‘l
index – fayl nomi
.html – kengaytma
Internet protokollari
Slayd 27
27
HTTP (HyperText Transfer Protocole) – Gipetmatnlarni jo‘natish, yuborish protokoli.
IP (Internet Protocol) – Internet protokoli, har bir kompyuterga beriluvchi, raqamlardan iborat manzil;
TCP (Transmission Control Protocol) – Ma’lumotlarni uzatishni boshqarish protokoli;
FTP (File Transfer Protocol) – Fayllar uzatish protokoli;
SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta uzatish protokoli;
POP (Post Office Protocol) – pochta bo‘limi protokoli;
IMAP (Internet Message Access Protocol) – Internet xabarlari, ma’lumotlaridan foydalanish protokoli;
HTTPS (HyperText Transfer Protocol Secure) – shifrlangan gipermatnlarni yuborish, uzatish protokoli.
HTML (HyperText Markup Language) – gipermatnli belgilash tili
Slayd 28
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 29
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.