Pedagogik qobiliyatlar psixologiyasi

4000 so'm


Pedagogik qobiliyatlar psixologiyasi

 

 

Slayd 1

Pedagogik qobiliyatlar

Slayd 2

Reja:
Pedagogikqobiliyatlar psixologiyasi.
Pedagogning individual faoliyat uslubi.
Pedagogning oʻzini-oʻzi boshqarish muammosi.

Slayd 3

Pedagogik qobiliyatlar psixologiyasi
Pedagogik faoliyatdagi muhim jihatlardan biri bu pedagogik qobiliyatdir.
Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri boʻlib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shugʻullana olishini aniqlab beradi.

Slayd 4

Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlr pedagogik qobiliyatlar murakkab va koʻpqirrali psixologik bilimlardan iboratligini koʻrsatib berdi. Ana shu tadqiqot malumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim oʻrin egallaydigan qator komponentlarni ajratib koʻrsatish mumkin:
Didaktikqobiliyatlar. Bu bolaga oʻquv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib etkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uygʻotib, ularda mustaqil faol fikrlashni uygʻota oladigan qobiliyatdir.
Didaktikqobiliyatga ega boʻlgan oʻqituvchi zarurat tugʻilganda qiyin oʻquv materialini osonroq, murakkabrogʻini soddaroq, tushunish qiyin boʻlganini tushunarliroq qilib, oʻquvchilarga moslashtirib bera oladi.

Slayd 5

Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N. Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga koʻra bilish xarakteridagi matnda oʻqituvchining fikri boʻyicha ayrim sinf oʻquvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida koʻrsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shundan soʻng esa matnni oʻquvchilarga engil va ularning oʻzlashtirishlari uchun qulay qilib qayta tuzish tavsiya etiladi.
Akademikqobiliyatlar – matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir.
Qobiliyatli oʻqituvchi oʻz fanini faqat fan doirasidagina emas, balki atroflicha keng, chuqur bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, oʻquv materialini mutlaqo egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina boʻlsa-da tadqiqot ishlarini olib boradi. Koʻpchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, oʻqituvchi oʻz fani boʻyicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirish, oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻota olish uchun u yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli keng dunyoqarashli odam boʻlmogʻi lozim.

Slayd 6

Perseptiv qobiliyatlar – bu psixologik kuzatuvchanlik, oʻquvchi shaxsining individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yondoshish, oʻquvchining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bogʻliq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.
Nutq qobiliyati – kishining oʻz tuygʻu-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu oʻqituvchilik kasbidagi muhim hislatlardan biri hisoblanadi. Chunki oʻqituvchidan oʻquvchilarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. Oʻqituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq-ravshan, oddiy va oʻquvchilar uchun tushunarli boʻlishi kerak.

Slayd 7

Tashkilotchilik qobiliyati -bu birinchidan, oʻquvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, oʻzining shaxsiy ishini toʻgʻri tashkil qila olish qobiliyatidir.
Oʻqituvchining oʻz ishini tashkil qila bilishi deganda, uning oʻz ishini toʻgʻri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali oʻqituvchilarda vaqtta nisbatan oʻziga xos sezuvchanlik – ishni vaqt boʻyicha toʻgʻri taqsimlab, moʻljallangan vaqtdan toʻgʻri foydalana olish koʻnikmasi paydo boʻladi.
Avtoritar qobiliyati – bu oʻquvchilarga bevosita emosional – irodaviy tasir etib, ularda obroʻ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir.
Avtoritar qobiliyat oʻqituvchining rostgoʻyligi, irodaviy uddaburonligi, oʻzini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy hislatlari hamda qator shaxsiy hislatlarga, shu bilan birga oʻquvchilarni talim-tarbiyasida javobgarlikni his etish, uning etiqodi, oʻquvchilarga manaviy va marifiy etiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi hislatlarga ham bogʻliqdir.
Kommunikativ qobiliyati – bu bolalar bilan muloqotda boʻlishga, oʻquvchilarga yondashish uchun toʻgʻri yoʻl topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq oʻzaro aloqa bogʻlashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.

Slayd 8

Pedagogik xayol — bu kishining oʻquvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyihalashtirishda oʻz ish-harakatlarining natijasini oldindan koʻra bilishda namoyon boʻladigan qobiliyatdir. Bu qobiliyat oʻqituvchi malum oʻquvchidan kelgusida kim chiqishini koʻz oldiga keltirishda, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi hislatlarni rivojlanishini oldindan koʻra bilishida namoyon boʻladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, oʻquvchilarga boʻlgan ishonch bilan bogʻliqdir.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — bu qobiliyat bir vaqtning oʻzida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon boʻlib, oʻqituvchi ishida gʻoyat muhim ahamiyatga egadir.

Slayd 9

Qobiliyatli, tajribali oʻqituvchi oʻzining diqqat-yetiborini oʻquv materialini qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, oʻz fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishga yoki oʻquvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning oʻzida barcha oʻquvchilarni kuzatib, ularni toliqqan-toliqmaganligiga, etiborli yoki etiborsizligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, oʻquvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada oʻzining shaxsiy xulq-atvoriga (yurish-turishiga, oʻzini tutishiga, mimika va pantomimikasiga) etibor beradi. Tajribasiz oʻqituvchi, koʻpincha oʻquv materialini bayon etishga berilib ketib, oʻquvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan chiqarib qoʻyadi, agar, bordiyu, oʻquvchilarni diqqat-yetibor bilan kuzatishga harakat kilsa, bunday hollarda oʻz bayonotining izchilligini yoʻqotib qoʻyadi.

Slayd 10

Muloqat jarayonidagi holatni toʻgʻri baholay bilish – bu holatni kuzata bilish qobiliyati, undan foydali axborot belgilarini ajratib olish va ularga etiborni qaratish, vujudga kelgan holatning ijtimoiy va psixologik mazmunini toʻgʻri baholash va qabul qilishdan iboratdir.
Pedagogik muloqot maxsus jihatining namoyon boʻlishi pedagog tomonidan ragʻbatlantirish va jazolash usulining qoʻllanilishidir. Agar ragʻbatlantirish yoki jazolash xizmatga yarasha odilona boʻlsa, ular oʻquvchilarning yutuqlarini mustahkamlaydilar, qoʻllaydilar. Ragʻbatlantirish va jazolash usullarining mutahkamlash roli pedagogik adolatga bogʻliq boʻladi. Pedagogik nuqtai nazardan olgan holda samarali va samara boʻlmagan ragʻbatlantirish tavsifini keltiramiz.

Slayd 11

Nasiriddin Tusiy oʻzining «Oʻqituvchilarni tarbiyalash toʻgʻrisida» degan asarida shunday deydi: «…Oʻqituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib boʻlmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, oʻz fikrlarining toʻgʻriligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan boʻlishi lozim… Oʻqituvchi nutki hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qoʻpol yoki qattiq boʻlishi mumkin emas. Dars paytida oʻqituvchining oʻzini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin…»

Slayd 12

D. B. Elkonin boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻquv faoliyatini boshqarishga oid oʻz nazariyasini ishlab chiqqan boʻlib, uning fikricha, oʻquv faoliyatini boshqarish uchun quyidagi tarkibiy qismlarni oʻquvchilar egallab olishlari zarur:
Berilgan oʻquv topshirigʻini echish uchun vositalar tanlash;
Topshiriqlarni echish jarayonida oʻz-oʻzini nazorat qilish;
Oʻzlashtirilgan bilimlar, koʻnikmalar sifatini baholash;
Oʻz-oʻzini va topshiriq echimini tekshirish;
Oʻz oldiga maqsad qoʻya olish;
Simvollar (alomatlar, belgilar) bilan predmetning ichki munosabatlari mavjudligini tushunish kabilar

Slayd 13

N. D. Levitov mazkur muammo bilan bevosita shugʻullanmagan boʻlsa-da, lekin oʻqituvchi tomonidan oʻquv faoliyatini boshqarish imkoniyati va uning mezonlari toʻgʻrisida muhim fikrlarni ilgari suradi. Oʻquv faoliyatini idora qilish uchun quyidagi jabhalar ishtirok etishi shart:
Tafakkurning mustaqilligi;
Oʻquv materialining tez va puxta oʻzlashtirilishi;
Oʻquvchilardagi aqliy topqirlik;
Talim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyat mohiyatiga chuqur kirib borish, yani muhim alomatni nomuhimdan ajrata bilish;
Fikrlashda tanqidiylik, ijodiylik va boshqalar
Bularning muayyan tizim shakliga kelganligi talimni optimallashtirishning puxta negizini va shart-sharoitini yaratadi.

Slayd 14

Pedagogning oʻzini-oʻzi boshqarish muammosi
Boʻlajak pedagoglarning oliy oʻquv yurtida olgan psixologik bilimlari ikki unchalik yoqimli boʻlmagan xossaga ega. Ular, birinchidan, pedagogga amaliyotda zarur boʻlgan barcha bilimlarni oʻz ichiga qamrab olmagan, bunga sabab pedagogik oliy oʻquv yurtlarida psixologik fanlarni oʻqitish uchun ajratilgan dars soatlari hajmining chegaralanganligidir. Ikkinchidan, bu olingan bilimlar tezda eskirib qoladi va hech boʻlmaganda besh yilda bir marta yangilab turishni talab etadi, buni oʻz-oʻziga talim berish yoki malaka oshirishda amalga oshirsa boʻladi.

Slayd 15

Kanadalik psixolog olim Djeyms Marsha yigit-qizlarning kasbiy tayyorgarlik davrini toʻrt bosqichga ajratadi:
Yoshlarda kasb haqidagi tasavvur va bilimlarning kamligi, hali noaniqligi bosqichi. Bu bosqich hali shaxsning etiqodlari aniq emasligi, kasbni tanlamaganligi, kim boʻlishi noaniqligi bilan tavsiflanadi.
Muddatidan oldin aynan oʻxshashligini topish bosqichi. Shaxs oʻz kuchi, xohishi bilan emas, boshqaning fikri bilan, boshqa kishiga ergashib, tegishli munosabatlar tizimiga qoʻshilishi bilan xarakterlanadi.
Moratoriyabosqichi – shaxs oʻzligini aniqlashning krizisi jarayonidaligi bilan, rivojlanishning koʻp variantlari orasidan oʻzi uchun eng maqbulini tanlashi bilan tavsiflanadi.

Slayd 16

Erishilgan yutuqning aynanligi bosqichi. Tanlash mojarosi hal etilganligi, shaxs oʻzligini namoyon etishga amalda kirishganligi bilan belgilanadi. Oʻqituvchi eng avvalo oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar faolligini oshirishni esdan chiqarmasligi, yuzaga kelgan muammolarni mustaqil echishga oʻrgatishi, oʻquvchi tashabbuskorligi va ijodkorligi asosida oʻzining kimligini namoyish etishiga yordamlashishi zarur. Buning uchun oʻqituvchi shaxsiy hamda kasbiy sifat va fazilatlarni toʻliq egallagan boʻlishi lozim, bunday oʻqituvchilar oʻquvchilar bilan koʻproq doʻstona muloqotda boʻladilar, oʻzaro fikr almashadilar, mavzuga doir muammoni tahlil qiladilar va bir qarorga keladilar. Oʻqituvchi bu oʻrinda butun etiborini mavzu mohiyatini oʻquvchilarga singdirishga qaratib, oʻquvchilar etiborini kechinmalarini va oʻzlashtirish imkoniyatlarini alohida etiborga oladi.

Slayd 17

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 18

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Pedagogik qobiliyatlar psixologiyasi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar