Pedagogik fanining shakllanishi va rivojlanishi

4000 so'm


Pedagogik fanining shakllanishi va rivojlanishi

 

 

Slayd 1

Pedagogik fanining shakllanishi va rivojlanishi.

Slayd 2

«Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni — bilim, ta’lim va tarbiya bo‘ladi».
Sh. M. Mirziyoyev.

Slayd 3

Markaziy Osiyoning Xorazm zaminida shakllangan eng qadimiy zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da bolalar ta’lim-tarbiyasiga oid qiziqarli ma’lumotlar berilgan. «Avesto»da ta’kidlanadiki, bilim va tarbiya hayotning eng muhim tirgagi bo‘lib hisoblanadi. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yozishni o‘rganish asosida bilim olishi kerak, so‘ngra esa odob-axloqi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin. Kohin muallimlari oqsoqollar Kengashi tomonidan tanlanib, qat’iy belgilangan qoidalar asosida yoshlarga ta’lim va tarbiya berishgan.
Diniy va axloqiy tarbiya;
Jismoniy tarbiya;
O‘qish va yozishga o‘rgatish

Slayd 4

Zardushtiylik dinida iymon uchta tayanchga asoslanadi: fikrning sofligi, so‘zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Muallimlar ta’lim va tarbiyada yoshlar ongiga «bergan so‘zning uddasidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo–sotiq va shartnomalarga qat’iy amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to‘lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo‘lish, halol mehnat, yaratuvchilik, yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash, iymon–e’tiqodli bo‘lish, miskinlarga yordam berish, yaxshi niyat, yaxshi so‘z va yaxshi amallarga qo‘l urish» kabi insoniy tuyg‘ularni singdirish uchun qizg‘in mehnat qilganlar.

Slayd 5

Abu nasr forobiy (873 – 950)
Forobiy ta’limotiga ko‘ra, ta’lim-tarbiya jarayoni tajribali va bilimli o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim, chunki «har bir bola o‘zicha narsa va hodisalarni bila olmaydi hamda baxtga erisholmaydi. Unga buning uchun o‘qituvchi lozim».

Slayd 6

Ta’lim va tarbiya berishda «…ustoz shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchanlik ham qilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zulm, shogird dilida ustozga nisbatan nafrat uyg‘otadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq ko‘ngilli bo‘lsa, shogird uni mensimay qo‘yadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi. Shuning uchun o‘qituvchi bolalarning fe’l-atvoriga qarab ta’lim-tarbiyaning «qattiq» yoki «yumshoq» usullaridan foydalanishi mumkin».
Birinchi yo‘l: tarbiyalanuvchilar o‘qish va o‘rganishga ishtiyoqmand bo‘lsalar ta’lim-tarbiya jarayonida mudarris tomonidan yumshoq usullar qo‘llaniladi.
Ikkinchi yo‘l: tarbiyalanuvchilar o‘zboshimcha, itoatsiz bo‘lsalar, mudarris tomonidan qattiq, ya’ni majburlovchi usullar qo‘llaniladi.

Slayd 7

Abu Rayhon al-Beruniy (973 – 1048)
Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan, odamni ko‘r qilib qo‘yadigan nafs va turli buzg‘unchi holatlardan, qotib qolgan turli eski urf–odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko‘zlikni quli bo‘lishdan ozod bo‘lmog‘i darkor.

Slayd 8

Abu Rayhon al-Beruniy (973 – 1048)
Bolalarni maktabda o‘qitish va tarbiyalash jarayonida dunyoviy fanlarni bir-biri bilan bog‘lab turli mavzularda mulohazalar yuritish lozim. Bizning maqsadimiz o‘quvchilarni toliqtirib qo‘ymaslikdir, bir mavzuni qayta-qayta takrorlab o‘qib berish o‘quvchini zeriktiradi, xotirasini susaytiradi. Agar o‘quvchi bir mavzudan boshqa bir yangi mavzuga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi, bir bog‘dan o‘tar-o‘tmas, boshqa bir bog‘ boshlanadi. Bola ularning hammasini ko‘rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa bolaga rohat bag‘ishlaydi.

Slayd 9

«Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir».
«Kishi tabiati bilolmagan narsasini bilishga muhabbatlidir, faqat haqiqiy bilimga ega bo’lganda, bilolmagan narsani bilishga ehtiyojli bo’lib axtarganini topadi, bilimini chuqurlashtiradi».
Abu Rayhon Beruniy

Slayd 10

«Ilmlar ko’pdir. Ular zamoni iqbolli bo’lib, turli fikr va xotiralar ularga qo’shilib borsa, ko’payadi. Olimlarning ilmlarga rag’bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o’sha iqbolning belgisidir. Ayniqsa hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko’payishiga sabab bo’ladi».
Abu Rayhon Beruniy

Slayd 11

Abu ali ibn sino (980 — 1037)
Mudarrislarga quyidagi tavsiyalarni beradi:
Bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo‘lish.
Berilayotgan bilimning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga e’tiborni qaratish.
Ta’limda turli shakl va metodlardan foydalanish.
O‘quvchining xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini nazorat qilish.
Bolalarnifanga qiziqtira olish.
Berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish.
Bilimlarni o‘quvchilarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda tushunarli olib borish.
Har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish.

Slayd 12

Muslixiddin Sa’diy Sheroziy
Qobiliyat o’z – o’zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo’lmasa, boladagi qobiliyat so’nadi, tarbiyani 3 asosiy – aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo’ladi.
Qattiqqo‘l o‘qituvchilarni «..basharasi tirishgan, tili zahar, yomon xulqli, odamlarni ranjitadigan, gadoy tabiatlik, ochko‘z, uni ko‘rishi bilan shogirdlarining kayfiyati uchar», shogirdlar undan bilim va tarbiya ololmaydilar. Yana bir toifadagi o‘qituvchilar «…sodda, yaxshi va yumshoq ko‘ngilli odam. Bolalarni ranjitadigan so‘zlar og‘zidan chiqmas edi. Uning farishtadek axloqliligi va mehribonligini ko‘rgan bolalar murabbiyni mensimay qo‘ydilar. Uning yumshoq tabiatlik ekanligini bilishib, ilmni ham o‘rganmadilar. Alqissa bolalar o‘yin va to‘polonga berilib vaqtni bekorga o‘tkazdilar».

Slayd 13

Alisher navoiy (1441 — 1501)
Buyuk alloma o‘zining «Mahbub-ul qulub» didaktik asarida o‘qituvchi xalq oldida obro‘ga, hurmat va izzatga sazovor bo‘lishi kerakligini, u xalq g‘ami bilan yashashini, xalqqa yordam beruvchi, xalq bilan birga bo‘lishi lozimligini aytadi. Nodon, mutaasib, johil mudarrislarni tanqid qilib, mudarris olimlar orasidagi eng sara «malak qiyofali» kishi bo‘lishi, ya’ni sof ko‘ngilli, pok qalbli, insofli, karam-muruvvatli, odobli, vafoli, kishilikning eng yaxshi va oliyjanob xislatlarini o‘zida aks ettiruvchi bo‘lishi kerak deydi.

Slayd 14

«Mudarris kerakki, g’arazi mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko’rgazmasa va olg’irlik uchun gap-so’z va g’avg’o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o’rin bo’lmasa… Yaramasliklardan qo’rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o’zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa; qilmas ishlarni qilmoq undan sodir bo’lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo’lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir».
Alisher Navoiy

Slayd 15

Yevropa olimlari o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi muammolar Yevropa olimlari Ya. A. Komenskiy, A. S. Makarenko, Djon Lokk, G. Pestalotssi, A. Disterverg, K. D. Ushinskiy kabilarning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, chex olimi, mashhur pedagog Ya. A. Komenskiy o‘qituvchining eng muhim xususiyatlari qatoriga bolalarni sevishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarni kiritadi va ularning mohiyatini mukammal tavsiflab beradi.

Slayd 16

Ya. A. Komenskiy o‘qituvchi shaxsida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi, o‘quvchilarga mehr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘otuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortidan ergashtiruvchi va diniy e’tiqodni shakllantiruvchi.
A. Disterverg o‘qituvchi o‘z faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o‘quvchilarni qalbdan yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. O‘qituvchi bolalarning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o‘tgan.

Slayd 17

K. D. Ushinskiy o‘qituvchi kasbiga oid ilmiy mulohazalarida hech bir Qonun yoki Programma, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi metod yoki tamoyillar o‘qituvchi shaxsining pedagogik faoliyatdagi mahorati o‘rnini bosa olmaydi deb hisoblaydi.
«Hali yetilmagan va fikri xayoli tarqoq bo‘lgan o‘ttiz yoki qirqta o‘quvchining ongini butun dars davomida mashg‘ul qilib turish uchun o‘qituvchi o‘z so‘zlari va bergan masalalari to‘g‘risida ko‘p bosh qotirishi, serdiqqat bo‘lishi kerak. Mana shu sababdan bilimi bo‘lgan har bir kishi o‘qituvchi bo‘lishga layoqatli bo‘lavermaydi. Jamiyat tomonidan hamma vaqt ham yetarlicha ta’rif qilinmaydigan bu vazifani insof bilan ado qilmoq uchun zo‘r matonat va mahorat talab qilinadi».

Slayd 18

«Aqlli, fikran boy, bag‘ri keng insonchalik hech narsa yoshlarni qiziqtirmaydi, o‘zining ortidan ergashtira olmaydi ham…, aql – aql bilan tarbiyalanadi, vijdon – vijdon bilan, vatanga sadoqatlilik – bevosita vatan uchun xizmat qilish bilan…, – deb ta’kidlagan edi mashhur rus pedagogi V. A. Suxomlinskiy. – O‘qituvchi o‘zining butun borlig‘i, kundalik hayoti, ma’naviy madaniyati bilan hamkasblari va o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladi va ularni o‘z ortidan ergashtiradi».

Slayd 19

«Agar o‘qituvchi faqat ishiga havas qo‘ygan bo‘lsa, u yaxshi o‘qituvchi bo‘ladi. Agar o‘qituvchi bolaga faqat otasi va onasi kabi havas qo‘ygan bo‘lsa, u oldingi o‘qituvchidan yaxshiroq bo‘ladi. Bordiyu, ikkala hislatni ham o‘zida mujassamlashtirsa, u holda u mukammal va mahoratli o‘qituvchi bo‘la oladi».
L. N. Tolstoy

Slayd 20

Hozirgi zamon Yevropa olimlari ilmiy pedagogik tadqiqotlari tahliliga ko’ra, o’qituvchining kasbiy mahoratini oshirish muammolarini hal etish quyidagicha talqin etiladi:
O’quv – tarbiyaviy jarayonni eng qulay uslublarini topish va joriy etish;
O’z mehnatini muntazam ilmiy asosda tashkil eta olish;
O’qituvchi pedagogik qobiliyatini va pedagogik madaniyatini oshirish;
Pedagogik muammolarni mohirona hal etish yo’llarini takomillashtirish;
Amaliy va nazariy bilimlarni doimiy oshirib borish;
Kasbiy ijodkorlikni uzluksiz rivojlantirish

Slayd 21

-Viktor Gyugo.
«Kelajak maktab
O‘qituvchisining
Qo‘lida»
Zamonaviy maktab:
Ta’lim trayektoriyasi
Va yangi kasblar kompasi

Slayd 22

Ekspertlar fikricha, 2030 yilda ta’lim tizimida faol pedagogik va tashkiliy-texnologik transformatsiya yuz beradi.
2030-yil…

Slayd 23

«2022-2026 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida»

O‘zbekiston Republikasi Prezidenti Farmoni

Slayd 24

Maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o‘quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, maktab ta’limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish.

Slayd 25

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 26

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Pedagogik fanining shakllanishi va rivojlanishi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar