O‘ZLASHTIRMA GAP HAQIDA MA’LUMOT
4000 so'm

Slayd 1
O‘ZLASHTIRMA GAP HAQIDA MA’LUMOT
Slayd 2
Reja:
1.
O‘zlashtirma gap, uning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.
Ko‘chirma gapli qurilmalarni o‘zlashtirma gapga aylantirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Slayd 3
Oʻzlashtirma gap koʻchirma gapdan ohangi va ayrim feʼl shakllarining ishlatilmasligi bilan ham ajralib turadi.
Oʻzlashtirma gap – sintaktik hodisalardan biri. Oʻzgalar gapining mazmuni saqlanib, grammatik shakli yoki gap qurilishi oʻzgartirib berilishi oʻzlashtirma gap hisoblanadi.
Slayd 4
Koʻchirma gapda juda koʻp qoʻllanadigan demoq feʼlining deb, dedi, deydi, degan edi kabi shakllari oʻzlashtirma gapda deyarli qoʻllanmaydi.
Oʻzlashtirma gapda uning oʻrnida koʻproq aytmoq, gapirmoq, taʼkidlamoq feʼllari ishlatiladi:
Oʻqituvchi: “Ona tilini yaxshi bilmasdan, boshqa fanlarni chuqur egallash mumkin emas,” – deb taʼkidladi.
Oʻqituvchi ona tilini yaxshi bilmasdan, boshqa fanlarni chuqur egallash mumkin emasligini taʼkidladi.
Slayd 5
Koʻchirma gap oʻzlashtirma gapga aylantirilganda, baʼzan uning uslubiy xususiyatlari ham oʻzgaradi.
Ayniqsa, soʻzlovchining nutq jarayoniga turli munosabatini ifodalovchi ayrim kirish soʻzlar, undovlar; axir, xoʻsh, ha, yoʻq, xoʻp, mayli kabi gap bilan bogʻlanmagan elementlar, soʻzgaplar koʻpincha tushib qoladi:
Xoʻsh, qanday yangiliklar bor? — soʻradi Oʻktam.
Oʻktam qanday yangiliklar borligini soʻradi.
Slayd 6
Undov gap, atov gap, ritorik soʻroq gap kabilarni oʻzlashtirma gapga aylantirib boʻlmaydi:
Koʻchirma gap qanchalik murakkab tuzilgan boʻlsa, uni oʻzlashtirma gapga aylantirish shunchalik qiyinlashadi.
Ana zamon! Ana hikmat! — dedi Sakson ota yayrab kulib. Eh, attang, attang, qanday begʻamlik! — dedi u jahli chiqib.
Slayd 7
Ko‘chirma gap ikki yoki undan ortiq gaplarning mazmunan birikuvi yoki mustaqillikni saqlagan holda qo‘shilishidan tashkil topsa, o‘zlashtirma gap tarkibida necha gap borligidan qat’iy nazar birgina sodda gapdan tuziladi.
Muallif gapining bosh bo‘laklari (ba’zan ikkinchi darajali bo‘laklari ham) saqlanib, ko‘chirma gap birikmali to‘ldiruvchiga aylanadi.
Har soatni g‘animat bil, — dedi Sakson ota (Oybek).
Bu ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirsak, “Sen har soatni g‘animat bil” ko‘chirma gap hamda “Sakson ota aytdi” muallif gapi birikmali to‘ldiruvchiga aylanadi: Sakson ota har soatni g‘animat bilish kerakligini aytdi.
Slayd 8
Masalan:
Har soatni g‘animat bil, — dedi Sakson ota (Oybek).
Bu ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirsak, “Sen har soatni g‘animat bil” ko‘chirma gap hamda “Sakson ota aytdi” muallif gapi birikmali to‘ldiruvchiga aylanadi: Sakson ota har soatni g‘animat bilish kerakligini aytdi.
Slayd 9
Ba’zan -gan affiksidan keyin -lik yasovchisi ishlatilishi mumkin:
Qodirov bu tadbirlarni yoqladi, — dedi Oyqiz (Sh.Rashidov).
Oyqiz bu tadbirlarni Qodirov yoqlagan (lig) ini aytdi.
Ko‘chirma gaplar darak xarakterida bo‘lsa, o‘zlashtirma gapga aylantirganda u quyidagicha o‘zgaradi:
1) ko‘chirma gapning kesimi o‘tgan zamon fe’llari orqali ifodalangan bo‘lsa, o‘zlashtirma gapda shaxs, son va zamon affikslari o‘tgan zamon sifatdoshi affiksi -gan+egalik affiksi + tushum kelishik qo‘shimchasi ishlatiladi.
Slayd 10
Ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirishda faqat fe’l qismigina o‘zgarmay, egalik affiksini olgan so‘z va kishilik olmoshi orqali ifodalangan bo‘laklar ham o‘zgaradi:
Ukam Toshkentda o‘qidi, — dedi usta.
Usta ukasining Toshkentda o‘qiganligini aytdi.
Boshqa bo‘laklarda bu xildagi o‘zgarish deyarli sezilmaydi: Kecha keldim, — dedi Karim.
Karim kecha kelganligini aytdi.
Slayd 11
2) ko‘chirma gapning qismi kesimi hozirgi zamon fe’llari orqali ifodalangan bo‘lsa, hozirgi zamon shakli -yotgan sifatdosh yasovchisi bilan almashadi va bu so‘z egalik affikslari tushum kelishigi qo‘shimchasi bilan ishlatiladi:
G‘o‘zalarimiz barvaqt gullayotir, — dedi chol.
Chol g‘o‘zalarining barvaqt gullayotganligini aytdi.
Slayd 12
-a, -y affiksini olgan hozirgi-kelasi zamon fe’llari gapning mazmuni ko‘proq hozirgi zamon bilan bog‘liq bo‘lsa, -yotgan (lik) ini shaklida, kelasi zamonga bog‘liq bo‘lsa, -(a) jak (lik) ini yoki -moqchi ekanligini shaklida qo‘llanadi:
Men Moskvada o‘qiyman, — dedi Dilorom.
Dilorom Moskvada o‘qiyotganligini aytdi. Dilorom Moskvada o‘qiyajakligini aytdi. Dilorom Moskvada o‘qimoqchiligini aytdi
Slayd 13
Agar ko‘chirma gapning kesimi ot kesim bo‘lsa, o‘zlashtirma gapga aylantirilganda shu ot kesimdan keyin ekanligini yoki
-ligini shakllari qo‘shiladi. Bu kesim tarkibidagi tuslovchi affikslar esa tushib qoladi: Qo‘lim baland, belim baquvvat, — dedi Umirzoq ota (Sh.Rashidov).
Umirzoq ota qo‘li baland, beli baquvvatligini aytdi.
Ko‘chirma gap so‘roq mazmunini ifodalagan bo‘lsa, muallif gapining kesimi qanday fe’l bilan ifodalanganiga qaramay o‘zlashtirma gapning kesimi faqat so‘ramoq fe’li bilan beriladi:
Majlis boshlandimi? — deb so‘radi. U so‘radi : — Majlis boshlandimi?
Bularning o‘zlashtirilgan shakli: U majlis boshlangan-boshlanmaganini so‘radi.
Slayd 14
So‘roq mazmuni ifodalangan gaplar o‘zlashtirilganda uning intonatsion xususiyati deyarli o‘zgarib turadi. Kesimlari -mi yuklamasi bilan kelgan so‘roq gaplar o‘zlashtirilganda, fe’l kesim bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklda juftlanib, (ekan) ligini shaklini oladi: Paxta chopig‘ini o‘z vaqtida tugatdingizmi? — dedi Karim ota. Karim ota paxta chopig‘ini o‘z vaqtida tugatgan va tugatmaganligini so‘radi.
Slayd 15
So‘roq gap so‘roq so‘zlarning ishtiroki bilan tuzilgan bo‘lsa, uning fe’l kesimi o‘zlashtirilganda xuddi darak gaplaridagidek tusga kiradi. Lekin so‘roq mazmunini bildiruvchi so‘z saqlanadi.
Qachon keldingiz? – so‘radi O‘ktam. O‘ktam qachon kelganligini so‘radi. – Nima uchun Olimjonning brigadasida ish yaxshi? Nima uchun g‘o‘zalari bo‘ronni pisand qilmaydi ? – dedi Bekbo‘ta.Bekbo‘ta nima uchun Olimjonning brigadasida ish yaxshi ekanligini, nima uchun uning g‘o‘zalari bo‘ronni pisand qilmasligini so‘radi.
Slayd 16
So‘roq gaplardagi undalma o‘zlashtirma gapga aylantirilganda chiqish kelishigi affiksini olib, vositali to‘ldiruvchi bo‘lib keladi: Rais, nima uchun boshqalar qoloq? — dedi u. U raisdan nima uchun boshqalar qoloq ekanligini so‘radi.
Kesimi bor, yo‘q so‘zlari bilan ifodalangan ko‘chirma gaplar quyidagicha o‘zlashtiriladi: a) agar ko‘chirma gap darak mazmunini bildirsa, o‘sha so‘zdan keyin ekanligini yoki -ligini elementlari qo‘shilib keladi:
Do‘konda bir qancha kitoblar bor, lekin daftar yo‘q, — dedi opam. Opam do‘konda bir qancha kitoblar bor (ligini), lekin daftar yo‘q ekanligini aytdi;
Slayd 17
b) ko‘chirma gap so‘roq mazmunini bildirsa, har ikkala so‘z juftlanib, -ligini yoki ekanligini elementlarini olib ishlatiladi:
Do‘konda kitob bormi?
Do‘konda kitob yo‘qmi? — dedi opam.
Opam do‘konda kitob bor-yo‘qligini so‘radi.
Slayd 18
Buyruq gaplar o‘zlashtirilganda uning buyruq maylidagi fe’l kesimi harakat nomi shakli + egalik affiksi + kerak (lozim, zarur) + (ekan)ligini shaklini oladi:
Maslahat esdan chiqmasin, — dedi Aliqul. Aliqul maslahat esdan chiqmasligi kerakligini aytdi.Tezroq keting bu yerdan, tog‘a, — dedi Oyqiz.Oyqiz tog‘asiga bu yerdan tezroq ketish kerakligini aytdi.
Slayd 19
Ko‘pincha kesimi buyruq fe’lning III shaxs shakliga ega bo‘lgan ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantiriladi.
Buyruq fe’llarning I shaxs shaklini o‘zlashtirma gapga aylantirib bo‘lmaydi. II shaxsning esa o‘zlashtirilishi juda kam uchraydi.
Buyruq gaplardagi undalma o‘zlashtirilganda u ko‘pincha jo‘nalish kelishigi formasida qo‘llanib, vositali to‘ldiruvchi bo‘lib keladi: Endi ular sevinishsin, Murotali amaki, — dedi yangi rais.Yangi rais Murotali amakiga endi ular sevinishi kerakligini aytdi.
Slayd 20
Slayd 21
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning “Yillar armoni” she’ridagi parchani ko‘chirma gap shaklida olib, o‘zlashtirma gapga aylantiramiz:
Ko‘chirma gap: “Mukammal ko‘rmoqchi bo‘ldik dunyoni,” — degan edi Abdulla Oripov “Yillar armoni” she’rida.
O‘zlashtirma gap: Abdulla Oripov “Yillar armoni” she’rida dunyoni mukammal ko‘rmoqchi bo‘lganligini aytadi.
Slayd 22
Slayd 23
O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning “Kamtarlik haqida” nomli she’ridan bir gapni ko‘chirma gap shaklida ifodalab, o‘zlashtirma gapga aylantiramiz:
Ko‘chirma gap: “Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, piyolaga egilar choynak,” — degan edi bir she’rida Erkin Vohidov.
O‘zlashtirma gap: Erkin Vohidov choynakning shuncha mag‘rur turishiga qaramay piyolaga egilishini aytgan edi.
Slayd 24
Yuqorida aytganimizdek, o‘zlashtirma gap xuddi ko‘chirma gap kabi o‘zganing gapini berishning o‘ziga xos shakllaridan biridir.
Ko‘chirma gapda o‘zganing gapi aynan, o‘zlashtirma gapda esa o‘zlashtirilgan holda beriladi.
Ko‘chirma gapning muallif gapisiz mavjud bo‘lolmasligi haqidagi fikr ham, aslida, to‘g‘ri emas, dialogik ko‘chirma gaplarning (bevosita muallif gapisiz) mavjudligi ham shuni dalillaydi. Ko‘chirma gap o‘zga gapning aynan o‘zidir. O‘zlashtirma gapdagi transformatsiya, ya’ni shakliy o‘zgartirish, eng avvalo, o‘zga gapga (demakki, ko‘chirma gapga) daxldordir.
Slayd 25
Faqat ko‘chirma gap o‘zga gapining aynan o‘zi bo‘lganligi uchun bo‘lsa kerak, tilshunosliklardagi tavsiflarda, ehtimol, qulaylikni ko‘zda tutib, o‘zlashtirma gapni ko‘chirma gapning transformatsiyasi sifatida taqdim qilish urfga kirgan. Ammo bunday urf tilda, xususan, o‘zbek tilida o‘zlashtirma gapning mavjud ekanligini aslo inkor etmaydi.
O‘zganing gapi oldin ko‘chirma gap shaklida shakllantirilib, undan keyin o‘zlashtirma gapga aylantirilmaydi, balki muallif o‘zganing gapini berish uchun ko‘chirma gap shaklini emas, balki o‘zlashtirma gap shaklini birdaniga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlaydi.
Slayd 26
O‘zbek tilida o‘zlashtirma gaplarning sintaktik strukturasi, asosan, sodda gap maqomida bo‘ladi. Prof. M.Asqarova asosli ravishda ta’kidlaganidek,
“Ko‘chirma gap, o‘z sostavida nechta gap borligidan qat’iy nazar, o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, sodda gap holiga keltiriladi. O‘zlashtirma gap avtor gapining bosh bo‘laklari (ba’zan ikkinchi darajali bo‘laklari ham) saqlanib, ko‘chirma gap birikmali to‘ldiruvchiga aylanadi”.
Slayd 27
Masalan, Ertasi kuni maxdum keldi, Muhammad Rajabbek maxdum bilan so‘zlashib, Anvarni o‘rda xizmatiga olish fikrida bo‘lg‘anlig‘ini, buning uchun arabcha, forsiychadan yana ham chuqurroq ma’lumot olishi lozimlig‘ini va hisob o‘rganishi kerakligini aytdi. (Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon”)
Parchadagi o‘zlashtirma gap tarkibida uchta vositasiz to‘ldiruvchi mavjud bo‘lib, ular uchta o‘zga gapning transformatsiyasidir, ko‘rinib turganiday, o‘zlashtirma gapning sintaktik maqomi sodda gapdir.
Slayd 28
Ba’zan o‘zbek tilida ham qo‘shma gap shaklidagi o‘zlashtirma gaplar ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, U juvonmarg aytdiki, Matluba chiqqanida vajohati juda ham yomon ekan (Tohir Malik. “Murdalar gapirmaydilar”) gapini olib ko‘raylik. U, ko‘rinib turganiday, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap bo‘lib, uning Matluba chiqqanida vajohati juda ham yomon ekan shaklidagi ergash qismida o‘zga gap namoyon bo‘lgan, ammo bu o‘zga gap aynan emas, balki muallif tomonidan o‘zlashtirilib, muallif subyekti talqini bilan, uning nuqtayi nazaridan berilgan. Buni gap tarkibidagi ekan to‘liqsiz fe’l shakli ham ta’kidlab turibdi. Demak, mazkur gap yaxlitligicha o‘zlashtirma gapdir.
Slayd 29
Badiiy matnda ko‘chirma gaplarning ketma-ket, sidirg‘a kelaverishi ham ifodalarning sintaktik-struktur jihatdan bir tusligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun mahoratli ijodkor ana shu bir tuslilikka barham berish maqsadi bilan ham o‘zga gapni matnga olib kirishning turli usullariga, xususan, o‘zlashtirma gaplarga, albatta, badiiy tasvir talabini inobatga olgan holda murojaat qiladiki, bu holat ham badiiy matnda o‘ziga xos lingvopoetik qimmatga ega bo‘ladi.
Slayd 30
Masalan, quyidagi parchani olib ko‘raylik:
Qo‘l qovushtirib tikka turgan mulla Fazliddin dorug‘aga yaqinroq keldi:
– Mening boshqa gumonim bor, janob dorug‘a, – dedi. So‘ng Ahmad Tanbalning surat chizdirmoqchi bo‘lganini, rad javobi olganda esa achchiqlanib ketganini aytib berdi (P.Qodirov. “Yulduzli tunlar”).
Keltirilgan misolda uchta o‘zga gap mavjud bo‘lib, ularning biri ko‘chirma gap shaklida (Mening boshqa gumonim bor, janob dorug‘a, – dedi), ikkitasi esa o‘zlashtirma gap shaklida (Ahmad Tanbalning surat chizdirmoqchi bo‘lganini, rad javobi olganda esa achchiqlanib ketganini aytib berdi) matnga olib kirilgan. Agar har uchala o‘zga gap faqat ko‘chirma gap shaklida ifodalanganda edi, matnda sintaktik-struktur bir xillik yuzaga kelar va badiiyatga putur yetgan bo‘lur edi.
Slayd 31
Umuman olganda, o‘zbek tilida o‘zlashtirma gaplar o‘zganing gapini matnga olib kirishning asosiy usullaridan biri sifatida, tabiiyki, muayyan va o‘ziga xos qimmatga ega.
Slayd 32
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
Slayd 33
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.