- Savatga boshqa "ALL ABOUT LISTENING SKILLS" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
O‘ZBEKISTONNING XALQARO ALOQALARI VA JAHON HAMJAMIYATIDAGI O‘RNI
6000 so'm

O‘ZBEKISTONNING XALQARO ALOQALARI VA JAHON HAMJAMIYATIDAGI O‘RNI
O‘zbekistonning xalqaro aloqalari va jahon hamjamiyatidagi o‘rni
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘zining tinchliksevar tashqi siyosati, xalqaro hamkorlikka ochiqligi va barqaror rivojlanish tamoyillari bilan jahon hamjamiyatida mustahkam o‘rin egalladi. O‘zbekiston tashqi siyosatida tinchlik, do‘stlik, o‘zaro hurmat va manfaatdorlik asosiy tamoyil sifatida qaraladi.
Tinchliksevar tashqi siyosat
O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatini mustaqil va ochiq siyosat tamoyillariga asoslab olib boradi. 1996-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi qonun va 2012-yilda e’lon qilingan “Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi” bu yo‘nalishning huquqiy asosini yaratdi.
Konstitutsiyaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faqatgina davlat suvereniteti, hududiy yaxlitlik va tinchlikni himoya qilish maqsadida tuziladi. Shu sababli mamlakat xorijdagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etmaydi.
O‘zbekistonning geosiyosiy o‘rni
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning strategik hududida joylashgan bo‘lib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston bilan chegaradosh. Bu joylashuv mamlakatni mintaqaviy hamkorlik, transport va savdo yo‘llari markaziga aylantirgan. Qadimgi Buyuk Ipak yo‘li aynan O‘zbekiston hududidan o‘tgan.
Shuningdek, O‘zbekiston boy tabiiy resurslarga ega: Mendeleyev jadvalidagi deyarli barcha elementlar mamlakat yer ostida mavjud. Shu bilan birga, mamlakat suv resurslari cheklangan, ekologik muammolar — xususan, Orol dengizi fojiasi — xalqaro hamjamiyat e’tiborida turadi.
O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)
O‘zbekiston 1992-yil 2-martda BMTga a’zo bo‘ldi. Shu kundan boshlab respublika jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda.
1993-yilda mamlakat Birinchi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida ilk marotaba nutq so‘zladi. Keyingi yillarda O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT doirasida bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi:
- 2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etildi;
- Orol dengizi muammosini hal etish uchun xalqaro miqyosda hamkorlik tashabbusi ilgari surildi;
- 2017-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasini taklif qildi.
BMT Bosh kotiblari Kofi Annan (2002), Pan Gi Mun (2010) va Antoniu Guterrish (2017) O‘zbekistonga tashrif buyurib, mamlakatning mintaqaviy barqarorlikdagi rolini yuqori baholaganlar.
O‘zbekistonning MDH va ShHTdagi o‘rni
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) 1991-yil 8-dekabrda tashkil etilgan. O‘zbekiston bu tashkilotda teng huquqli a’zo sifatida faol ishtirok etadi. 2004-yilda Ostona sammitida O‘zbekiston terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha MDH Xavfsizlik Kengashini tuzishda muhim rol o‘ynadi.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) — Yevroosiyo mintaqasining eng yirik xalqaro tashkilotlaridan biri bo‘lib, 2001-yilda O‘zbekiston unga to‘la huquqli a’zo sifatida qo‘shildi. ShHT orqali O‘zbekiston xavfsizlik, transport, energetika va savdo sohalarida Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston va Pokiston bilan faol hamkorlik qiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik
O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi eng muhim yo‘nalishlardan biri — Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlik va sheriklikni mustahkamlashdir.
- Qozog‘iston bilan 1992-yilda Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan, 2017-yilda esa davlat rahbarlari o‘rtasida strategik sheriklik yanada mustahkamlandi.
- Qirg‘iziston bilan 2017-yilda 7 yil yopiq turgan chegara postlari ochilib, savdo va ijtimoiy almashinuv tiklandi.
- Tojikiston bilan 2017-yilda 25 yillik tanaffusdan so‘ng aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yildi.
- Turkmaniston bilan 2017-yilda Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
Bu hamkorliklar Markaziy Osiyoda yangi diplomatik uyg‘onish davrining boshlanishi sifatida e’tirof etilmoqda.
Xulosa
O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar siyosati, xalqaro maydondagi faol tashabbuslari, mintaqaviy hamkorlikdagi muvozanatli yondashuvi bilan jahon hamjamiyatida nufuzli o‘rin egallagan. Mamlakat BMT, MDH, ShHT va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlarda faol ishtirok etib, mintaqaviy barqarorlik, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida ishonchli hamkor sifatida tan olingan.
=== Taqdimot 1 ===
O‘ZBEKISTONNING XALQARO ALOQALARI VAJAHON HAMJAMIYATIDAGI O‘RNI
=== Taqdimot 2 ===
1. O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.
2. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni. O‘zbekistonning MDH hamda SHHTdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi.
3. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari.
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
O‘ZBEKISTONNING TINCHLIKSEVAR TASHQI SIYOSATI VA UNING JAHON HAMJAMIYATI TOMONIDAN TAN OLINISHI
O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos geografik tuzilishi bilan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida alohida ajralib turadi.
=== Taqdimot 4 ===
Mustaqil O‘zbekistonning qulay geosiyosiy imkoniyatlari quyidagicha:
uzoq o‘tmishdan Sharq va G‘arb o‘rtasidagi qadimgi savdo-sotiq, madaniy-ilmiy va diplomatik aloqalar yo‘li bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li O‘zbekistonhududidan o‘tgan.
O‘zbekiston bugungi kunda qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston o‘rtasida bog‘lovchi halqa vazifasini o‘tab kelmoqda.
=== Taqdimot 5 ===
O‘zbekiston Respublikasiningyerostida amaldagi Mendeleyev davriy tizimining barcha elementlari mavjud.
=== Taqdimot 6 ===
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA QIYINCHILIKLAR TUG‘DIRUVCHI QUYIDAGI OMILLAR MAVJUD:
O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazida joylashgan.
=== Taqdimot 7 ===
Cancun night review
O‘zbekiston mintaqadagi etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelinayotgan, ichki mojarolar hali hamtugatilmagan Afg‘oniston kabi davlat bilan chegaradoshdir.
=== Taqdimot 8 ===
O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz portlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat hisoblanadi.
=== Taqdimot 9 ===
Mustaqil O‘zbekistonning, umuman, hamma daryolari hamda respublika hududini kesib o‘tadigan, uzunligi 150 va undan ko‘p kilometrli daryolar 50 tadan oshgan bo‘lishiga qaramasdan, uning suv resurslari cheklangan va ekologik muammolari ham bor.
=== Taqdimot 10 ===
ISTIQLOL YILLARIDA MAMLAKATIMIZ 133 DAVLAT BILAN RASMIY DIPLOMATIK MUNOSABATLAR O‘RNATGAN
Toshkentda 45 ta xorijiy davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsullik, 11 ta xalqarotashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda.
=== Taqdimot 11 ===
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatimiz Konstitutsiyasiga, “Tashqi siyosiy faoliyat Konseptsiyasi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunlarga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev dasturiy nutqlari va ma’ruzalariga, mamlakatimiz tomonidan imzolangan xalqaro konvensiya va shartnomalarga asoslanadi.
=== Taqdimot 12 ===
1996-YIL “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSIY FAOLIYATINING ASOSIY PRINSIPLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN QABUL QILINDI
=== Taqdimot 13 ===
2012-YIL SENTYABRDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “TASHQI SIYOSIY FAOLIYATI KONSEPSIYASI” E’LON QILINDI
=== Taqdimot 14 ===
Konstitutsiyaga, “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunga va Harbiy doktrinaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faqat davlat suvereniteti va mamlakat hududining yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida tuziladi hamda xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi.
=== Taqdimot 15 ===
O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni. O‘zbekistonning MDH hamda SHHTdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi.
=== Taqdimot 16 ===
O‘ZBEKISTON VA BMT
O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda BMTga qabul qilindi va mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘ldi.
=== Taqdimot 17 ===
1993-yil 28-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida MamlakatimizBirinchi Prezidenti Islom Karimov ilk bor ma’ruza qildi.
=== Taqdimot 18 ===
O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus qo‘mitasi ta’sis etildi.
=== Taqdimot 19 ===
2002-yil oktyabr oyida BMT Boshkotibi Kofe Ananning, 2010-yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning O‘zbekistonga tashriflari ham mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni mustahkamlanib, obro‘-e’tibori ortib borayotganining dalilidir.
Pan Gi Mun
=== Taqdimot 20 ===
2017-yil iyunda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Samarqandda u Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.
=== Taqdimot 21 ===
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentyabrdaBirlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi.
Sh.Mirziyoyev BMT minbaridan Orol dengizi xaritasini namoyish qilmoqda.
=== Taqdimot 22 ===
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. Unda bir qator masalalar, jumladan BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol dengizi qurishi muammosi, qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning ma’rifiy yo‘llari masalalariga alohida to‘xtaldi.
=== Taqdimot 23 ===
SHAVKAT MIRZIYOYEVNING BMT BOSH ASSAMBLEYASINING 75-SESSIYASI
=== Taqdimot 24 ===
O‘ZBEKISTONNING MDH HAMDA SHHTDAGI O‘RNI VA MAVQEINING OSHIB BORISHI
=== Taqdimot 25 ===
MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGI
O‘zbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi mamlakatlar bilan o‘zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘ldi.
=== Taqdimot 26 ===
1991-yil 8-dekabrda Belorus, Rossiya va Ukraina rahbarlari Minskda uchrashib Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos soldilar.
=== Taqdimot 27 ===
1993-yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi Kengashida MDHning Nizomi qabul qilindi.
=== Taqdimot 28 ===
1996-YILDA MDHNING BAYROG‘I QABUL QILINDI.
MDHning raisi lavozimi navbat bilan bir davlat rahbaridan keyingi davlat rahbariga o‘tadi.
MDHning bayrog‘i
=== Taqdimot 29 ===
2004-yil sentabr oyida Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tgan MDHning sammitida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha MDHning “Xavfsizlik Kengashi”ni tuzishga qaror qilindi.
=== Taqdimot 30 ===
O‘ZBEKISTONNING SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI BILAN ALOQALARI
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) – submintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, Yevroosiyo hududining 61% ini egallaydi.
=== Taqdimot 31 ===
2001-YILDA XITOYDA NAVBATDAGI SHANXAY SAMMITI BO‘LDI
Unda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida”gi Bayonotni imzoladi.
=== Taqdimot 32 ===
ShHTga a’zo davlat rahbarlari. 2018-yil.
=== Taqdimot 33 ===
Tashkilotning 2016-yilgi Toshkent sammitida Hindiston va PokistonningShHTga aʼzo davlat maqomini olish yoʻlidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagimemorandumlar imzolandi.
ShHT xaritasi
=== Taqdimot 34 ===
2017-yilning iyun oyida tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining Ostonada boʻlgan sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, unda sammit ishtirokchilari eʼtiborini Afgʻonistondagi vaziyatni yaxshilashga qaratdi.
=== Taqdimot 35 ===
MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI BILAN HAMKORLIKNING YO‘LGA QO‘YILISHI
O‘zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo‘nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan do‘stlik, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.
=== Taqdimot 36 ===
1993-yilning yanvarida Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi tashkil etildi.
=== Taqdimot 37 ===
OLIY DARAJADAGI BU UCHRASHUVDA MARKAZIY OSIYO HAMDO‘STLIGIGA ASOS SOLINDI
Besh davlat – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston,Turkmaniston rahbarlari Hamdo‘stlik haqidagi bitimga imzo chekishdi.
=== Taqdimot 38 ===
O‘ZBEKISTON – QOZOG‘ISTON.
1992 yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi bilan
Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
=== Taqdimot 39 ===
2017-yil sentabrda Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi.
=== Taqdimot 40 ===
O‘ZBEKISTON – QIRG‘IZISTON
1992-yil O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan ikki tomonlama hamkorlik do‘stlik, o‘zaro yordam haqida shartnoma imzoladilar.
=== Taqdimot 41 ===
2017-yil O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Shu yil sentyabr oyida Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev taklifiga binoan Prezident Shavkat Mirziyoyev Bishkekda bo‘ldi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari o‘z ichiga 85 foiz masofani qamrab olgan chegara to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Shu munosabat bilan, aholining o‘tib qaytishi uchun ikki davlat o‘rtasidagi 7 yil davomida yopib qo‘yilgan chegara postlar ochildi.
2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Sooranbay Jeenbekov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
=== Taqdimot 42 ===
=== Taqdimot 43 ===
O‘ZBEKISTON-TOJIKISTON
Tojikistonda 1992–1996-yillarda davom etgan birodarkushlik urushi Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning qo‘shni mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan hamkorligiga ham salbiy ta’sir etdi. 1997-yilda Moskvada Tojikistonning rasmiy hokimiyati bilan muxolifat kuchlar o‘rtasida tuzilgan milliy murosa haqidagi shartnomaga erishilgach, Tojikistonning qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalari yana tiklandi.
=== Taqdimot 44 ===
2017-yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh va arabmusulmon davlatlari sammitida ishtiroki doirasida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ilk bor uchrashdi.
O‘ZBEKISTON-TOJIKISTON
=== Taqdimot 45 ===
2017-yil O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlarida ham yangi sahifa ochildi. Shu yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh va arabmusulmon davlatlari sammitida ishtiroki doirasida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ilk bor uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida ko‘plab manfaatli kelishuvlarga erishildi. 2017-yilning aprelida 25 yillik tanaffusdan so‘ng Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnov yana tiklandi.
=== Taqdimot 46 ===
2017-YILNING APRELIDA 25 YILLIK TANAFFUSDAN SO‘NG DUSHANBE VA TOSHKENT O‘RTASIDAGI AVIAQATNOV YANA TIKLANDI.
=== Taqdimot 47 ===
O‘ZBEKISTON – TURKMANISTON
1991-yilda O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan.
=== Taqdimot 48 ===
2017-YIL MART OYIDAGI MUZOKARALAR YAKUNIDA PREZIDENTLAR O‘ZBEKISTON BILAN TURKMANISTON O‘RTASIDA STRATEGIK SHERIKLIK TO‘G‘RISIDAGI SHARTNOMANI IMZOLADILAR.
=== Taqdimot 49 ===
1991-yildan 2016-yilga qadar ikki mamlakat rahbarlarining 11 marta oliy darajadagi tashrifi ari amalga oshirildi. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikka oid dolzarb yo‘nalishlarni qamrab olgan davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajada imzolangan 150 dan ortiq xalqaro shartnomalar ikki mamlakat munosabatlarining mustahkam huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
=== Taqdimot 50 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, siyosat va geografiya fanlari bo‘yicha taqdimotlar uchun o‘quv platformasi.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |

















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.