- Savatga boshqa "CHOLIQUSHI VA IZTIROB ROMANLARI TAHLILI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
O‘ZBEKISTONNING MUSTAQILLIKKA ERISHISHI ARAFASIDAGI IJTIMOIY SIYOSIY
4000 so'm

O‘ZBEKISTONNING MUSTAQILLIKKA ERISHISHI ARAFASIDAGI IJTIMOIY SIYOSIY
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi davr XX asrning 70–90-yillarini o‘z ichiga oladi. Bu yillarda respublika ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotida chuqur inqirozli holatlar yuzaga kelgan edi. SSSRdagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, markaziy boshqaruvning noto‘g‘ri siyosati va iqtisodiy turg‘unlik O‘zbekiston xalqining hayotida og‘ir oqibatlarga olib keldi.
SSSRdagi inqiroz va uning O‘zbekistonga ta’siri
XX asr 80-yillari o‘rtalariga kelib SSSR iqtisodiyoti izdan chiqdi. Ijtimoiy, agrar, oziq-ovqat va energetika sohalaridagi dasturlar samara bermadi. Mavjud resurslarga qaramay, xo‘jalik tizimlari tanazzulga yuz tutdi. O‘zbekiston ham bu jarayondan chetda qolmadi — iqtisodiy islohotlar samarasiz bo‘ldi, xalqning turmush darajasi pasaydi, korxonalar faoliyati turg‘unlashdi.
“Qayta qurish” siyosati va uning oqibatlari
1985-yilda SSSRda e’lon qilingan “qayta qurish” (perestroika) siyosati dastlab katta umid bilan kutib olindi. Biroq bu islohotlar ilmiy asosga ega bo‘lmagani sababli iqtisodiy tizimda beqarorlik kuchaydi. Markazdan yuborilgan rahbarlar respublika boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi, mahalliy kadrlar esa ikkinchi planga surildi. O‘zbek xalqining manfaatlari e’tiborga olinmadi.
“Paxta ishi” va “O‘zbek ishi” qatag‘onlari
Markaz tomonidan O‘zbekistonda sun’iy “jinoyatlar” to‘qib chiqarildi. “Paxta ishi” va “O‘zbek ishi” nomi bilan yuritilgan kompaniyalar orqali minglab begunoh insonlar qamaldi. Moskva tomonidan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilib, qatag‘on siyosatini olib bordi. Bu davr respublika tarixida yangi adolatsizlik davri sifatida esda qoldi.
Farg‘ona voqealari va ijtimoiy tanglik
1989-yilning may–iyun oylarida Farg‘onada etnik to‘qnashuvlar yuz berdi. Bu voqealar respublika rahbariyatining sustligi, xalq orasidagi norozilik va ishonchsizlik natijasi edi. Farg‘ona fojiasi O‘zbekiston jamiyatida ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayganini ko‘rsatdi.
Milliy uyg‘onish va o‘zgarishlar davri
1989-yildan boshlab respublikada milliy ong va siyosiy faollik oshdi. “Birlik” xalq harakati, “O‘zbekiston erkin yoshlar ittifoqi” va “To‘maris” kabi tashkilotlar paydo bo‘ldi. Ular Orol fojiasiga e’tibor qaratish, o‘zbek tiliga davlat maqomini berish, milliy qadriyatlarni tiklashni talab qildilar. Shu yili Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibi etib saylandi. Bu o‘zgarishlar mustaqillik sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi.
Davlat tili haqidagi qonun
1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekistonning davlat tili haqida” qonun qabul qilindi. Unda o‘zbek tili davlat tili sifatida e’tirof etilib, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning barcha sohalarida amal qilishi belgilandi. Bu tarixiy hujjat milliy o‘zlikni anglash va mustaqillik sari harakatning ramziga aylandi.
Prezidentlik lavozimining joriy etilishi
1990-yil 24-martda O‘zbekiston tarixida ilk bor Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Shu yili “Mustaqillik Deklaratsiyasi” ishlab chiqilib, 20-iyun kuni Oliy Sovet sessiyasida muhokama qilindi. Bu hujjat O‘zbekiston davlat mustaqilligiga yo‘l ochgan siyosiy-huquqiy poydevor bo‘ldi.
Mustaqillik e’lon qilinishi
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. Shu tariqa 1-sentyabr 1991-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni milliy bayram sifatida nishonlana boshlandi. Bu voqea xalqimizning asriy orzusi – erkin va suveren davlat qurish yo‘lidagi g‘alabasi bo‘ldi.
Xulosa
O‘zbekiston mustaqillikka osonlikcha erishmadi. 1980–1991-yillar davomida xalqimiz qatag‘onlar, iqtisodiy tanazzul va siyosiy bosimlarga bardosh berdi. Ammo aynan shu sinovlar milliy birlikni mustahkamlab, ozodlik g‘oyasini xalq qalbida yanada kuchaytirdi. Mustaqillik O‘zbekiston tarixidagi eng muhim siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy burilish nuqtasi bo‘ldi.
=== Taqdimot 1 ===
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli
=== Taqdimot 2 ===
1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat.
2. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati: “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar.
3. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Farg‘ona voqealari.
4. 1989-yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi.
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
XX-asrning 70–80-yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sur’ati tobora pasayib, sarf-xarajatlar ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.
Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo‘lsa-da, xo‘jaliklar uning yetishmovchiligiga duch keldi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotda partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagi urinishlarni yo‘qqa chiqarar edi..
=== Taqdimot 4 ===
KLASS Markaziy Qo‘mitasining 1985-yil aprelida bo‘lgan plenumi noxush tendensiyalar yig‘ilib, SSSR tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e’tirof etdi. Mazkur plenum jamiyatni “qayta qurish” orqali iqtisodiyotni ko‘tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985–1986-yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to‘la idrok etilmagan edi
=== Taqdimot 5 ===
“Qayta qurish” siyosati davrida iqtisodiyotda juda kuchli buzilishlar ro‘y berdi. Markaz “qayta qurish”ning ilmiy va nazariy jihatdan puxta va aniq-ravshan dasturini ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat puxta o‘ylab ko‘rilmagan sinov va eksperimentlarga asoslangan edi. Mamlakat imkoniyatlarini hisobga olmasdan xalq xo‘jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishdan iborat noto‘g‘ri yo‘l tutildi.
=== Taqdimot 6 ===
O‘zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, islohotlar yo‘lini katta umid bilan kutib oldilar. Jamiyatni yangilashdan najot kutayotgan edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo‘ldi. O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Respublika partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko‘plab kadrlar yuborildi. “Kadrlar to‘dasi” deb nom olgan 400 ga yaqin kelgindilar O‘zbekistonni o‘z bilganlaricha boshqara boshladilar. O‘zbekiston Kompartiyasi va O‘zbekiston Ministrlar Kengashi amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimga o‘tirgan mahalliy kadrlar ularning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib qoldilar.
=== Taqdimot 7 ===
O‘zbekistonda “o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” deb atalgan jinoiy ishlar to‘qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O‘zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Guruh a’zolari hech kim bilan hisoblashib o‘tirmay odamlarni qamash bilan shug‘ullandilar. Oddiy dehqondan tortib O‘zKP MQ kotiblari va hukumat a’zolarigacha bo‘lgan xodimlarni qamash uchun birovlardan zo‘rlab yozdirib olingan bir parcha qog‘ozning o‘zi kifoya edi. O‘zbekistonda qonunchilik buzildi, o‘zboshimchalik va qatag‘onchilikning yangi davri avj oldi.
=== Taqdimot 8 ===
1989-yilda tashkil topgan “Birlik” xalq harakati respublikadagi dastlabki norasmiy harakat edi. Shuningdek, “O‘zbekiston erkin yoshlar ittifoqi”, xotin-qizlarning “To‘maris” nomli tashkiloti, rusiyzabon ziyolilarning “Intersoyuz” deb atalgan harakati tuzildi. Bu harakatlar dastlabki paytlarda xalqning ma’naviy qadriyatlarini tiklash, Orol fojiasining oldini olish, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usulidan voz kechish kabi dolzarb masalalarni ko‘tardilar, biroq, bu harakatlar g‘oyaviy, siyosiy, tashkiliy jihatdan yetarli darajada uyusha olmadi.
=== Taqdimot 9 ===
1989-yilning may-iyun oylarida Farg‘onada fojiali voqealar sodir bo‘ldi. 45 yil muqaddam Istaling bedodligi natijasida o‘z yeridan badarg‘a qilingan esteti turklarini o‘zbek xalqi o‘z bag‘riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub yerli aholi bilan esteti turklari qardoshlik aloqalarini bog‘lab, o‘n yillar davomida inoqlashib yashadilar. Biroq, 1989-yil 20-mayda Quvasoyda tub yerli aholi bilan esteti turklari guruhlari o‘rtasida mushtlashish sodir bo‘ldi. Respublika siyosiy rahbariyatining voqeani to‘g‘ri baholay olmaganligi hamda tezkorlik bilan zarur choralarni ko‘rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to‘kilishiga olib keldi
=== Taqdimot 10 ===
1989-yil 23-iyunda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining XIV plenumida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘z
KPMQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A.Karimov boshliq O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi kuchayib borayotganligiga e’tibor qaratildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo‘l tutildi.
=== Taqdimot 11 ===
O‘zbekiston SIR Oliy Kengashining 1989-yil 21-oktyabrda bo‘lgan XI-sessiyasida “O‘zbekiston asrning davlat tili haqida” Qonun qabul qilindi. Qonunda O‘zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir, o‘zbek tili respublikaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to‘liq amal qiladi, deb belgilab qo‘yildi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo‘lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo‘ldi.
=== Taqdimot 12 ===
1990-yil 24-martida XII chaqiriq O‘zbekiston SIR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘ldi. Sessiya O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘zbekiston SIR Oliy Soveti Rayosati a’zolari, komissiya raislari va muovinlari “Mustaqillik Deklaratsiyasi xususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish va so‘ng uni sessiyaga olib chiqish lozim, deb topdilar. 19-iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari, huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matnini batafsil ko‘rib chiqdi. Natijada bu masala 20-iyun kuni sessiyada kun tartibiga kiritildi.
=== Taqdimot 13 ===
O‘zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi.
O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlash lozim. Unda “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida’’gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida’’gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.
=== Taqdimot 14 ===
Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to‘g‘risida’’gi qonunni qabul qildilar. So‘ngra Respublika Davlat Mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi. O‘zbekiston SIRning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. Mustaqillik e’lon qilin-gan kun 1-sentyabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi.
=== Taqdimot 15 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, siyosatshunoslik va mustaqillik davri bo‘yicha taqdimotlar uchun vizual platforma.
Boshqa tarixiy darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.