=== Taqdimot 1 ===
O‘ZBEKISTONDA
MAQOM IJROCHILIGI
=== Taqdimot 2 ===
MAQOM XAQIDA
Maqom (arab tilidan olingan bo‘lib – joy makon, o‘rin ma’nolarini anglatadi) – musulmon Sharqi musiqasida asosiy tushunchalardan biri. Dastlab muayyan balandlikdagi tovushni hosil etish uchun torli cholg‘uning dastasida barmoq bilan bosiladigan joy, parda maʼnosida ishlatilgan. Keyinchalik Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida Maqomning mazmun doirasi tobora kengayib, bir-biriga nisbatan bog‘liq boshqa ma’nolarni ham anglata boshladi: Lad tuzilmasi, lad tizimi; muayyan pardalar zaminida vujudga kelgan kuy-ohanglar; shakl, janr; bir qismli yoki turkumli cholg‘u va ashula yo‘llari; musiqiy uslub va boshqa Maqomlarga oid nazariy va musiqiy estetik masalalar.
=== Taqdimot 3 ===
MAQOM XAQIDA
Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy va Forobiy (IX-X asr), Ibn Sino va Ibn Zayla (XI asr), Safiuddin al-Urmaviy (XIII asr), Mahmud ashSheroziy va Abdulqodir Marog‘iy (XIV asr), Jomiy va Zaynulobiddin Husayniy (XV asr), Najmiddin Kavkabiy Buxoriy (XVI asr), Darvishali Changiy (XVII asr) va boshqa olimlarning musiqiy risolalarida tadqiq etilgan. Yaqin va O‘rta Sharq mumtoz musiqa nazariyasida XIII asrga qadar Maqomlar soni aniq belgilanmagan. Safiuddin al-Urmaviy Maqom nomlaridagi parda tuzilmalarini ilmiy tasniflab, O‘n ikki maqom tizimini ishlab chiqqan. Ushbu tizim birmuncha takomillashtirilgan holda qariyb XVII asrga qadar qo‘llanib kelingan. O‘n ikki maqom negizida keyinchalik har xil milliy hamda mintaqaviy Maqom turlari va turkumlari vujudga keldi.
=== Taqdimot 4 ===
MUMTOZ ADABIYOT NAMOYANDALARI
Alisher Navoiy
Nodirabegim
=== Taqdimot 5 ===
MUMTOZ ADABIYOT NAMOYANDALARI
Furqat
Bobur
=== Taqdimot 6 ===
MUMTOZ MUSIQA IJROCHILARI
Munojaat
Yo‘lchiyeva
Dilnura
Qodirjonova
=== Taqdimot 7 ===
PREZIDENT QARORI AMALDA
=== Taqdimot 8 ===
Bular o‘zbek va tojiklarda Maqom deyilsa, turkman va uygʻurlarda muqom, eron xalqlari, ozarbayjon va armanlarda murom yoki dastgoh, turklarda makam, arab xalqlarida maqam shaklida talaffuz qilinadi. Xalqchil, milliy mahalliy anʼanalar taʼsiri ostida Maqomlarning musiqiy va ijroiy xususiyatlari yangi xislatlar bilan boyigan holda umumiy soni, nomlanishi, tartibi hamda tuzilishida muayyan mushtaraklik va tafovutlar mavjud. Hozirgi kunda Maqomlar o‘z salmog‘i va mazmuni bilan ko‘pgina musulmon Sharq xalqlari musiqa merosining asosiy qismini tashkil etadi.
=== Taqdimot 9 ===
Ular shaklan va usluban rang-barang ohangdor kuy va ashula yo‘llaridan iborat. Xususan, o‘zbek mumtoz musiqasida Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg‘ona, Toshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi Maqom, surnay, dutor Maqom yo‘llari yuzaga kelgan. Milliy musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etgan Maqom nomidagi cholg‘u va aytim musiqa asarlari o‘tmish bastakorlik ijodiyotining mumtoz mahsuli bo‘lib, asrlar davomida og‘zaki anʼanada sayqal topib bizgacha yetib kelgan.
=== Taqdimot 10 ===
XX asr boshlaridan shu kunga qadar o‘zbek bastakorlari va kompozitorlari Maqomlardan unumli foydalanib kelmoqdalar. Maqom negizi va uslubida bastalangan Hoji Abdulaziz, Sodirxon hofiz, Yunus Rajabiy, F.Sodiqov, K.Jabborov, S.Kalonov, O.Hotamov, F.Mamadaliyev va boshqalarning kuy va ashulalari, V. Uspenskiyning “Farhod va Shirin” musiqali dramasi, R.Glier va T.Sodiqovlarning “Layli va Majnun”, M. Ashrafiyning “Dilorom” operalari, M.Burhonovning “Alisher Navoiyga qasida”si, M.Mahmudovning “Navo”, M.Tojiyevning 3,9 va simfoniyalari, shuningdek, poema, syuita, oratoriya, kantata, xor kabi janrlarni ijodiy o‘zlashtirishda o‘zbek Maqom qonuniyatlari hamda o‘ziga xos ifoda vositalari muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
=== Taqdimot 11 ===
Ko‘hna Maqom sanʼati o‘zining barkamol badiiy-estetik ahamiyatini tiklab, zamonaviy musiqiy jarayonning ajralmas tarkibiy qismi sifatida o‘zining beqiyos ijodiy, ijroiy va ilmiy salohiyatini namoyon etmoqda. Xususan, Maqom ijrochilarining Respublika tanlovlari 1983-yildan eʼtiboran har 4 yilda muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Maqom masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy-ijodiy konferensiyalar (“Rajabiyxonlik”, 1993, 1996, 1999), seminarlar, xalqaro musiqashunoslik simpoziumlari (Samarqand, 1978, 1983, 1987, 2001; Berlin 1988, Finlandiya 1996, Istanbul 1999) o‘tkazilmoqda.
=== Taqdimot 12 ===
Maqomlarning ilmiy nazariy hamda amaliy asoslari mamlakatning boshlang‘ich, o‘rta maxsus, oliy musiqa va sanʼat taʼlimi muassasalarida o‘qitilib, malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. 1987-yildan YUNESKO huzuridagi Anʼanaviy musiqa bo‘yicha xalqaro uyushma (IFMC) qoshidagi “Maqom” ilmiy guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda.
=== Taqdimot 13 ===
SHASHMAQOM
Shashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan tashkil topgan bo‘lib, jami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan iborat. Shu kunga qadar sozanda, hofiz va bastakorlar maqom yo‘llarining ko‘plab ijroiy talqinlarini kashf etdilar, ovoz, tanbur, surnay, dutor va boshqalar maqom yo‘llarida bir qismli va turkumli asarlar ijod qildilar, ular asosida yangi kuy va ashulalar yaratdilar.
=== Taqdimot 14 ===
Shashmaqomni tashkil etgan maqomlarning har biri ikki cholg‘u (mushkilot) va ashula (nasr) yirik bo‘limlaridan iborat. Cholg‘u bo‘limlarida bir xil nom bilan ataluvchi cholg‘u qismlari mavjud bo‘lib, ohanglari o‘zlari mansub bo‘lgan maqom kuyiga xos, doira usullari esa bir xildir. Ulardan asosiylari Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas va Saqil deb ataladi. Bu qismlar maqom nomlariga qo‘shib (Tasnifi Buzruk, Tarjei Dugoh, Garduni Segoh kabi), ayrimlari esa bastakorlar nomi bilan birga (Muxammasi Nasrulloyi, Saqili Islimxon) ataladi. Baʼzi cholg‘u qismlari alohida nomga ega (Nag‘mai Orazi Navo), Dugoh va Segohda esa maqom nomi bilan qo‘shib aytiladi (mas, Peshravi Dugoh, Samoi Dugoh, Xafifi Segoh). Shashmaqomning cholg‘u qismlari xona va bozgo‘y kuy tuzilmalaridan tashkil topadi.
=== Taqdimot 15 ===
Bunda muntazam ravishda o‘zgaruvchi xonalarning rivojlanishi uchun qo‘llanadigan peshrav uslubi alohida ahamiyat kasb etadi. Tasnif, Tarje, Nag‘mai Oraz, Samoi, Xafif kabi cholg‘u qismlari bir-biriga o‘xshash, kichik hajmli; Gardun va Peshrav birmuncha rivojlangan; Muxammas va Saqil yo‘llari uzun va murakkab doira usullari negizida ijod etilgan. Shashmaqom cholg‘u yo‘llarining ichki tuzilishi murakkab bo‘lsada, o‘zining ravon ohangdorligi va rang-barangligi bilan shu maqom quy mavzulari bilan bevosita bog‘liqdir. Bu asarlar teran falsafiy va turfa lirik kayfiyatlarni ifodalaydi, tinglovchilardan esa eshitish ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etadi.
=== Taqdimot 16 ===
Musiqa va sportchalik yurtni hech narsa dunyoga tez tanita olmaydi.
1-prezidentimiz
I. A. Karimov.
=== Taqdimot 17 ===
E’TIBORINGIZUCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.