- Savatga boshqa "ALL ABOUT LISTENING SKILLS" qo'sha olmaysiz. Ko'rish

O‘ZBEKISTONDA MAQOM IJROCHILIGI
O‘zbekistonda maqom ijrochiligi: tarix, rivojlanish va bugungi ahamiyati
Maqom — arabcha “joy, makon, o‘rin” ma’nolarini anglatadi. U musulmon Sharqi musiqasidagi eng muhim tushunchalardan biri bo‘lib, dastlab torli cholg‘u asboblarida muayyan tovush balandligini belgilovchi parda ma’nosida ishlatilgan. Keyinchalik maqom tushunchasi kengayib, musiqa tizimi, lad tuzilmasi, janr, shakl va ijro uslubini ham ifodalovchi ilmiy-estetik atamaga aylandi.
Maqom tushunchasining shakllanishi
Sharq musiqasi tarixida maqom nazariyasi Forobiy, Abu Yusuf al-Kindiy, Ibn Sino, Abdulqodir Marog‘iy, Jomiy, Najmiddin Kavkabiy Buxoriy, Darvishali Changiy kabi buyuk musiqashunos olimlar tomonidan ilmiy jihatdan o‘rganilgan. XIII asrda Safiuddin al-Urmaviy tomonidan “O‘n ikki maqom” tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, u asrlar davomida Sharq musiqa madaniyatining nazariy asosiga aylandi.
Maqomlarning mintaqaviy shakllari
Maqomlar har bir xalqning madaniy an’analariga ko‘ra turlicha nomlanadi: o‘zbek va tojiklarda – maqom, turkman va uyg‘urlarda – muqom, eronliklarda va ozarbayjonlarda – dastgoh, turklarda – makam, arab xalqlarida esa – maqam deb ataladi. Bu xilma-xillik Sharq xalqlarining umumiy madaniy ildizlari bilan birga, milliy ohanglar va ijro uslublarining boyligini ham ifodalaydi.
O‘zbek maqom san’ati
O‘zbek milliy musiqa merosida maqomlar alohida o‘rin tutadi. Ular shaklan, usluban va ohangdorligi jihatidan rang-barang bo‘lib, quyidagi turlarga ega:
- Buxoro Shashmaqomi – eng yirik va mukammal tizim;
- Xorazm maqomlari – o‘ziga xos kuy uslublari bilan mashhur;
- Farg‘ona–Toshkent maqom yo‘llari – lirika va nafislik bilan ajralib turadi;
- Dutor, surnay va yovvoyi maqom yo‘llari – xalqchil ijro an’analarining namunasi.
O‘zbek bastakorlarining maqomdagi o‘rni
XX asr boshlaridan hozirgacha ko‘plab o‘zbek bastakorlari maqom tizimini ijodiy o‘zlashtirib, yangi asarlar yaratgan. Ularga Hoji Abdulaziz, Sodirxon hofiz, Yunus Rajabiy, F. Sodiqov, K. Jabborov, S. Kalonov, O. Hotamov, F. Mamadaliyev kiradi. Ularning asarlarida maqom ladlari va usullari zamonaviy opera, oratoriya, simfoniya va xalq kuylariga singdirilgan.
V. Uspenskiyning “Farhod va Shirin”, R. Glier va T. Sodiqovning “Layli va Majnun” operalari, M. Ashrafiyning “Dilorom” asari, M. Burhonovning “Alisher Navoiyga qasida”si — bularning barchasi maqom ohanglari asosida yaratilgan.
Shashmaqom – o‘zbek maqom san’atining cho‘qqisi
Shashmaqom (“olti maqom”) Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan iborat bo‘lib, 250 dan ortiq kuy va ashula namunalarini o‘z ichiga oladi. Har bir maqom ikki asosiy qismdan tashkil topgan:
- Cholg‘u bo‘limi (mushkilot) – Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas, Saqil kabi qismlardan iborat;
- Ashula bo‘limi (nasr) – lirik, falsafiy va tasavvufiy mazmundagi ashulalarni o‘z ichiga oladi.
Shashmaqom kuylarining murakkab tuzilishi, rang-barang ohangdorligi va falsafiy mazmuni uni dunyo musiqa merosining durdonasiga aylantirgan. Shashmaqom kuylarida peshrav, nag‘mai oraz, samoi kabi uslublar ishlatiladi.
Maqom ijrochiligi va bugungi rivojlanish
Mustaqillik yillarida maqom san’ati yangi bosqichga ko‘tarildi. 1983-yildan boshlab har 4 yilda “Maqom ijrochilari Respublika tanlovi” o‘tkazib kelinmoqda. 1987-yilda esa YUNESKO huzuridagi An’anaviy musiqa bo‘yicha xalqaro uyushma (IFMC) qoshida “Maqom” ilmiy guruhi tashkil etildi.
Maqom san’ati endilikda nafaqat ijroda, balki ta’lim sohasida ham keng o‘qitilmoqda. Boshlang‘ich, o‘rta maxsus va oliy musiqa muassasalarida maqom nazariyasi va amaliyoti asosida mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Buyuk san’atkorlar va ijrochilar
Maqomni yuksak mahorat bilan ijro etuvchi san’atkorlar orasida Munojaat Yo‘lchiyeva, Dilnura Qodirjonova kabi hofizalar alohida o‘rin egallaydi. Ularning ijrosida Shashmaqom kuylarining milliy ruh va badiiy ohangi zamonaviy talqinda yangramoqda.
Prezident so‘zi
“Musiqa va sportchalik yurtni hech narsa dunyoga tez tanita olmaydi.”
— I.A. Karimov
Xulosa
O‘zbek maqom san’ati — bu xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviy xazinasi, badiiy tafakkurining eng yuksak ifodasidir. Bugungi kunda maqom ijrochiligi nafaqat milliy g‘ururimiz, balki O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasining ajralmas qismiga aylangan.
=== Taqdimot 1 ===
O‘ZBEKISTONDA
MAQOM IJROCHILIGI
=== Taqdimot 2 ===
MAQOM XAQIDA
Maqom (arab tilidan olingan bo‘lib – joy makon, o‘rin ma’nolarini anglatadi) – musulmon Sharqi musiqasida asosiy tushunchalardan biri. Dastlab muayyan balandlikdagi tovushni hosil etish uchun torli cholg‘uning dastasida barmoq bilan bosiladigan joy, parda maʼnosida ishlatilgan. Keyinchalik Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida Maqomning mazmun doirasi tobora kengayib, bir-biriga nisbatan bog‘liq boshqa ma’nolarni ham anglata boshladi: Lad tuzilmasi, lad tizimi; muayyan pardalar zaminida vujudga kelgan kuy-ohanglar; shakl, janr; bir qismli yoki turkumli cholg‘u va ashula yo‘llari; musiqiy uslub va boshqa Maqomlarga oid nazariy va musiqiy estetik masalalar.
=== Taqdimot 3 ===
MAQOM XAQIDA
Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy va Forobiy (IX-X asr), Ibn Sino va Ibn Zayla (XI asr), Safiuddin al-Urmaviy (XIII asr), Mahmud ashSheroziy va Abdulqodir Marog‘iy (XIV asr), Jomiy va Zaynulobiddin Husayniy (XV asr), Najmiddin Kavkabiy Buxoriy (XVI asr), Darvishali Changiy (XVII asr) va boshqa olimlarning musiqiy risolalarida tadqiq etilgan. Yaqin va O‘rta Sharq mumtoz musiqa nazariyasida XIII asrga qadar Maqomlar soni aniq belgilanmagan. Safiuddin al-Urmaviy Maqom nomlaridagi parda tuzilmalarini ilmiy tasniflab, O‘n ikki maqom tizimini ishlab chiqqan. Ushbu tizim birmuncha takomillashtirilgan holda qariyb XVII asrga qadar qo‘llanib kelingan. O‘n ikki maqom negizida keyinchalik har xil milliy hamda mintaqaviy Maqom turlari va turkumlari vujudga keldi.
=== Taqdimot 4 ===
MUMTOZ ADABIYOT NAMOYANDALARI
Alisher Navoiy
Nodirabegim
=== Taqdimot 5 ===
MUMTOZ ADABIYOT NAMOYANDALARI
Furqat
Bobur
=== Taqdimot 6 ===
MUMTOZ MUSIQA IJROCHILARI
Munojaat
Yo‘lchiyeva
Dilnura
Qodirjonova
=== Taqdimot 7 ===
PREZIDENT QARORI AMALDA
=== Taqdimot 8 ===
Bular o‘zbek va tojiklarda Maqom deyilsa, turkman va uygʻurlarda muqom, eron xalqlari, ozarbayjon va armanlarda murom yoki dastgoh, turklarda makam, arab xalqlarida maqam shaklida talaffuz qilinadi. Xalqchil, milliy mahalliy anʼanalar taʼsiri ostida Maqomlarning musiqiy va ijroiy xususiyatlari yangi xislatlar bilan boyigan holda umumiy soni, nomlanishi, tartibi hamda tuzilishida muayyan mushtaraklik va tafovutlar mavjud. Hozirgi kunda Maqomlar o‘z salmog‘i va mazmuni bilan ko‘pgina musulmon Sharq xalqlari musiqa merosining asosiy qismini tashkil etadi.
=== Taqdimot 9 ===
Ular shaklan va usluban rang-barang ohangdor kuy va ashula yo‘llaridan iborat. Xususan, o‘zbek mumtoz musiqasida Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg‘ona, Toshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi Maqom, surnay, dutor Maqom yo‘llari yuzaga kelgan. Milliy musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etgan Maqom nomidagi cholg‘u va aytim musiqa asarlari o‘tmish bastakorlik ijodiyotining mumtoz mahsuli bo‘lib, asrlar davomida og‘zaki anʼanada sayqal topib bizgacha yetib kelgan.
=== Taqdimot 10 ===
XX asr boshlaridan shu kunga qadar o‘zbek bastakorlari va kompozitorlari Maqomlardan unumli foydalanib kelmoqdalar. Maqom negizi va uslubida bastalangan Hoji Abdulaziz, Sodirxon hofiz, Yunus Rajabiy, F.Sodiqov, K.Jabborov, S.Kalonov, O.Hotamov, F.Mamadaliyev va boshqalarning kuy va ashulalari, V. Uspenskiyning “Farhod va Shirin” musiqali dramasi, R.Glier va T.Sodiqovlarning “Layli va Majnun”, M. Ashrafiyning “Dilorom” operalari, M.Burhonovning “Alisher Navoiyga qasida”si, M.Mahmudovning “Navo”, M.Tojiyevning 3,9 va simfoniyalari, shuningdek, poema, syuita, oratoriya, kantata, xor kabi janrlarni ijodiy o‘zlashtirishda o‘zbek Maqom qonuniyatlari hamda o‘ziga xos ifoda vositalari muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
=== Taqdimot 11 ===
Ko‘hna Maqom sanʼati o‘zining barkamol badiiy-estetik ahamiyatini tiklab, zamonaviy musiqiy jarayonning ajralmas tarkibiy qismi sifatida o‘zining beqiyos ijodiy, ijroiy va ilmiy salohiyatini namoyon etmoqda. Xususan, Maqom ijrochilarining Respublika tanlovlari 1983-yildan eʼtiboran har 4 yilda muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Maqom masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy-ijodiy konferensiyalar (“Rajabiyxonlik”, 1993, 1996, 1999), seminarlar, xalqaro musiqashunoslik simpoziumlari (Samarqand, 1978, 1983, 1987, 2001; Berlin 1988, Finlandiya 1996, Istanbul 1999) o‘tkazilmoqda.
=== Taqdimot 12 ===
Maqomlarning ilmiy nazariy hamda amaliy asoslari mamlakatning boshlang‘ich, o‘rta maxsus, oliy musiqa va sanʼat taʼlimi muassasalarida o‘qitilib, malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. 1987-yildan YUNESKO huzuridagi Anʼanaviy musiqa bo‘yicha xalqaro uyushma (IFMC) qoshidagi “Maqom” ilmiy guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda.
=== Taqdimot 13 ===
SHASHMAQOM
Shashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan tashkil topgan bo‘lib, jami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan iborat. Shu kunga qadar sozanda, hofiz va bastakorlar maqom yo‘llarining ko‘plab ijroiy talqinlarini kashf etdilar, ovoz, tanbur, surnay, dutor va boshqalar maqom yo‘llarida bir qismli va turkumli asarlar ijod qildilar, ular asosida yangi kuy va ashulalar yaratdilar.
=== Taqdimot 14 ===
Shashmaqomni tashkil etgan maqomlarning har biri ikki cholg‘u (mushkilot) va ashula (nasr) yirik bo‘limlaridan iborat. Cholg‘u bo‘limlarida bir xil nom bilan ataluvchi cholg‘u qismlari mavjud bo‘lib, ohanglari o‘zlari mansub bo‘lgan maqom kuyiga xos, doira usullari esa bir xildir. Ulardan asosiylari Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas va Saqil deb ataladi. Bu qismlar maqom nomlariga qo‘shib (Tasnifi Buzruk, Tarjei Dugoh, Garduni Segoh kabi), ayrimlari esa bastakorlar nomi bilan birga (Muxammasi Nasrulloyi, Saqili Islimxon) ataladi. Baʼzi cholg‘u qismlari alohida nomga ega (Nag‘mai Orazi Navo), Dugoh va Segohda esa maqom nomi bilan qo‘shib aytiladi (mas, Peshravi Dugoh, Samoi Dugoh, Xafifi Segoh). Shashmaqomning cholg‘u qismlari xona va bozgo‘y kuy tuzilmalaridan tashkil topadi.
=== Taqdimot 15 ===
Bunda muntazam ravishda o‘zgaruvchi xonalarning rivojlanishi uchun qo‘llanadigan peshrav uslubi alohida ahamiyat kasb etadi. Tasnif, Tarje, Nag‘mai Oraz, Samoi, Xafif kabi cholg‘u qismlari bir-biriga o‘xshash, kichik hajmli; Gardun va Peshrav birmuncha rivojlangan; Muxammas va Saqil yo‘llari uzun va murakkab doira usullari negizida ijod etilgan. Shashmaqom cholg‘u yo‘llarining ichki tuzilishi murakkab bo‘lsada, o‘zining ravon ohangdorligi va rang-barangligi bilan shu maqom quy mavzulari bilan bevosita bog‘liqdir. Bu asarlar teran falsafiy va turfa lirik kayfiyatlarni ifodalaydi, tinglovchilardan esa eshitish ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etadi.
=== Taqdimot 16 ===
Musiqa va sportchalik yurtni hech narsa dunyoga tez tanita olmaydi.
1-prezidentimiz
I. A. Karimov.
=== Taqdimot 17 ===
E’TIBORINGIZUCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — san’at, musiqa va madaniyat fanlari uchun taqdimotlar platformasi.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.