O’zbekistonda dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari
5000 so'm

Slayd 1
O’zbekistonda dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari
Slayd 2
REJA:
• Kirish
• Asosiy qism
1. Dastlabki shaharsozlik madanyati
2. Miloddan avvalgi vi-iv asrlarda o’rta osiyo
3. Dastlabki davlatlar
• Xulosa:
• Foydalanilgan adabiyotlar:
Slayd 3
KIRISH
Ma’lumki, O’rta Osiyo, umuman, O’zbekiston hududlarida dastlabki davlatchilikning paydo bo’lishi masalan tadqiqotchilar orasida hamon bahslarga sabab bo’lib kelmoqda. Bu o’rinda ushbu jarayonga asosiy turtki bo’lib yanada jadallashtirilgan omillarni aniqlash Nihoyatda muhimdir. Bronza davridayoq sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik O’rta Osiyo xo’jaligining asosini tashkil etgan. Sug’orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari jamiyatda hal qiluvchi o’zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji natijasida qo’shimcha mahsulot va xususiy mulk ko’rinishlari paydo bo’ldi.
Slayd 4
MILODDAN AVVALGI VI-IV ASRLARDA O’RTA OSIYO
Mil. avv. 555-540-330-yillar O‘rta Osiyoning tarixiy-madaniy viloyatlari ulkan Ahmoniylar davlati tarkibiga kirar edi. O‘rta Osiyo viloyatlari va unga qo‘shni bo‘lgan hududlarning bosib olinishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi haqida ko‘pchilik olimlar turli yillarda tadqiqot ishlari olib bordilar. Bu tadqiqotlarning aksariyati ahmoniylar Eron hududlari tarixi bilan bog‘liqdir. Mavjud ilmiy tadqiqotlar ahmoniylar davri mixxat yozuvlari va ayrim yunon-rim tarixchilarining asarlari hamda arxeologik tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.Mil. avv. IX-VII asrlarda G‘arbiy Eronning ko‘pgina hududlari Ossuriya va Urartu davlatlari tarkibiga kirar edi. Mil. avv. VII asrning ikkinchi choragiga kelib Eron hududidagi eroniy tilli qabilalar asosida markazi Hamadonda bo‘lgan Midiya podsholigi tashkil topadi. Bu davlatning Sharqdagi hududlari O‘rta Osiyo chegaralarigacha cho‘zilgan edi.
Slayd 5
MILODDAN AVVALGI VI-IV ASRLARDA O’RTA OSIYO
Mil. avv. VI asrning o‘rtalarida Midiya podsholigi o‘rnida Ahmoniylar davlati paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik tarixiy adabiyotlarda Kir II ahmoniylar davlatining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi fors podsholari qadimgi Sharqdagi juda ko‘plab mamlakatlar ustidan o‘z hokimiyatini o‘rnatishni rejalashtirganlar va shunday siyosat olib borganlar.
Slayd 6
DASTLABKI DAVLATLAR
Hozirgi O’zbekiston hududida davlatchilik poydevori temir asri, ya’ni 1–mingyillik bilan chambarchas bog’liq. Chunki bu davrda hunarmandchilik yanada rivojlandi, dehqonchilik gurkirab o’sdi. Temirdan yasalgan mehnat qurollarining keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu davr temirchi kasbining paydo bo’lishi va temirchilikning ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Bu hol ishlab chiqarishning yanada ilg’or usullariga o’tish va ikkinchi mehnat taqsimotining paydo bo’lishi uchun sharoit yaratdi. Ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti bu – hunarmandchilikning alohida ajralib chiqishi va ixtisoslashuvi. Urug’ jamoasi hududiy qo’shnichilik jamoasiga aylana bordi. Yangi yerlar va suv manbalari uchun qabilalar o’rtasida doimo kelishmovchiliklar bo’lib turgan. Qabila chegaralarini qo’riqlash, yangi yerlarni o’zlashtirish va boshqa qabilalar ustiga yurish qilish maqsadida qabilaviy harbiy ittifoqlar tashkil topa boshlagan. Bunday ittifoqlar tepasida urug’, qabila boshliqlari turganlar. Ular o’z obro’si va ta’siri bilan mashhur kishilardan saylangan
Slayd 7
davlat
Qabila
Urug’
hududiy qo’shnichilik jamoasi
Mil.av. 1–mingyillik boshlarida Markaziy Osiyo aholisi to’rt guruhga bo’lingan: zodagonlar, harbiylar, ziroatchiliklar va hunarmandlar. Xhjalikning ishlab chiqaruvchi shakllari bo’lgan dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek hunarmandchilik va mol ayirboshlashning rivojlanishi urug’ va qabilalar ichida ayrim to’q oilalarning vujudga kelishiga olib keldi. Muntazam bo’lib turadigan harbiy to’qnashuvlar sharoitida urug’–qabila boshliqlarining ta’siri kuchayadi. Jamiyat endi harbiy demokratiya qonun–qoidalariga asosan yashay boshlaydi. Harbiy demokratiya–davlatga o’tish davrining boshqaruv shaklidir. Uni harbiy va qabila boshliqlari boshqarganlar. Davlatlar paydo bo’lishining formulasini quyidagicha belgilash mumkin:
Slayd 8
DASTLABKI SHAHARSOZLIK MADANYATI
Ilk davlatlarni paydo bo’lishini asosiy omillari. Miloddan avvalgi II ming yillikni oxiri I ming yillikni boshlari Markaziy Osiyo xududidagi hayot haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishda arxeologik topilmalar va ularni yozma manbalar bilan solishtirish katta ahamiyatga egadir. Bu davrda Markaziy Osiyo xududida murakkab etnik madaniy jarayonlar bo’lib o’tdi. Ijtimoiy, iqtisodiy ahvolni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, mil. avv. I ming yillikni boshlarida Markaziy Osiyoni nisbatan rivojlangan viloyatlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshladi. O’tgan asrning oxiri va asrning boshlarida Avestodagi ma’lumotlar (viloyatlarni Aryoshayyoka bo’yicha birlashishi) Gerodat va Gekatey asarlari («Katta Xorazm»), shuningdek Kjesiyning qadimgi Baqtriya podsholigi haqidagi ma’lumotlari Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalari paydo bo’lishi muommolarini o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tadqiqotchilar bu davlatlarni shakllanish jarayonini ahmoniylargacha bo’lgan davrda deydi. Ilmiy adabiyotlar Markaziy Osiyoda ahmoniylargacha bo’lgan davrda mavjud bo’lgan quyidagi davlat uyushmalarini yuritiladi. Aryoshayona – qadimgi viloyatlarni «dahiyosasti» uyushmasi. Aryonam Vaysho – uning markazi «Kata Xorazm» yoki Xorazm davlati. Qadimgi Baqteriya davlati. Markaziy Osiyodagi yana bir ilk davlat uyushmasi Qadimgi Baqtriya davlati. Uning tarkibiga Sug’d va Marg’iyona ham kirgan. Bundan tashqarii Sug’diyona (Qashqadaryo va Zarafshon voxalari), Marg’iyona (Murg’ob daryosi voxasi) kabi davlat uyushmalari ham bor. Bu viloyatlarni aholisi o’troq hayot kechirib dehqonchilik, uy chorvachiligi va xunarmandchilik bilan shug’ullangan. Davlat tuzimi vujudga kelishini yoritib beradigan asosiy yozma manba «Avesto» va qadimgi dunyo mualliflari qoldirgan ma’lumotlardir.
Slayd 9
ILK DAVLATLAR HAQIDAGI YOZMA MANBALAR
“Avesto” qayerda paydo bo’lgan? Bu savol azal- azaldan olimlarni juda qiziqtirib kelgan. Lekin olimlar buning ham uddasidan chiqdilar, ya’ni uni qayerda paydo bo’lganligini aniqladilar. Eng qadimiy, mo’tabar qo’lyozma Xorazmda vujudga kelgan. Avestoshunos olimlarning aniqlashicha, Eron, Ozarbayjon, Afg’oniston va O’rta Osiyo xalqlarining birinchi yodgorliklaridir.’’Avesto’’ da nimalar haqida ma’lumot berilgan degan savol tug’ilishi mumkin? Avvalambor bu kitobda hozir aytgan xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, tabiati va ko’plab fikrlarini bayon etilgan. Bu kitob eski pahlaviy ya’ni sanskrit tiliga yaqin bo’lgan tilda bitilgan . Kitob boshqa tillarga juda ko’plab tarjima qilingan va “AVESTO” kitobini o’rganishga ya’ni qiziqishga olib keldi. “Avesto”dagi ko’plab va muhim ma’lumotlar asosan o’g’zaki tarzda avloddan – avlodga o’tib kelgan .Ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob ahomoniylar sulolasi poytaxti Sheroz yaqinidagi Taxti Jamshidda saqlangan . “Avesto” dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi eramizdan avvalgi 3000 – 2000 yillarga tegishli deb taxmin qiladi olimalar”. Podshoh Doro Ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan. Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) esa bu yurtga bostirib kelgan va otashxonalarni vayron qilib, Zardusht diniga e’tiqod etuvchi xalqni taziyq ostiga olib , ularni o’ldirib yuboradilar.Shuning uchun ham “Avesto” ning 3/5 qismi yo’qolib ketdi. Lekin, Iskandar( Aleksandr Makedonskiy) falsafa, tibbiyot, astronomiyaga tegishli qismini saqlab qolgan. Bu qo’lyozmalardan keng foydalanilgan va uni yunon tiliga tarjima qildirgan. Iskandarning hukmronligi tugagach , miloddan avvalgi 250-yilda Arshohiylar davrida “Avesto” yana yo’qotilgan qismlari tiklangan va yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Bu voqea eramizdan avvalgi III asrida sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib, to’la kitob holiga keltirilgan. Eron va Turon zaminining bosib olinganligi sababdan zardushtiylik dini ta’qibga olindi va islom dinini joriy etishga kirishildi. Islom dinini qabul qilishga majbur etilgan va qabul qilmaganlari esa Hindistonga qochib ketib shu yerda jon saqlaganlar. Hammamizga ma’lumki , hozirda ham Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida yashaydigan aholi bu dinga e’tiqod qiladi va zardushtiylikka amal qiladilar . Ular “Avesto”ning bir qismini saqlab kelmoqdalar. Bu kitob birinchi bora 30 ta kitobdan , keyin 21 ta kitobdan iborat edi. Bizgacha bu kitobning 4 tasi saqlanib qolgan. Bu kitoblar quyidagilar: 1.“Vadovdot” (Vendidat) deyiladi. Bu kitob 22 bobdan iborat bo’lgan holda, payg’ambar Zardusht va xudo Ahura Mazdalarning savol- javoblari bayon etilgan .Ikkinchi kitob esa , “Yasna” deb ataladi . Bu yerda asosan Zardushtning xatlari va 72 ta ”Ha” degan bashoratlardan iborat.
Slayd 10
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.G’ulomov Ya.G’. Xorazmning sug’orilish tarixi. T.: 19592.Masson. Strana tыsyachi gorodov. Moskva, 1966
3.Zeymalь Ye.V. Amudarinskiy klad. Leningrad, 1979
4.Pugachenkova G.A. Shedevrы Sredney Azii. T.6 1986
5.Pidayev Sh.R. Sirli kushonlar saltanati.T.: 1990
6. Isomiddinov M.I. Sopolga bitilgan tarix. T.: 1993
7. Sagdullayev A.S. Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda T.: 1996
8. O’zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. A.Sagdullayev, B.Eshov tahriri ostida. T.: 19979. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T.: 2000
10. Usmonov va boshqalar. Ozbekiston tarixi. T.: moliya iqtisod, 2006
Slayd 11
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
9. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T.: 2000
10. Usmonov va boshqalar. Ozbekiston tarixi. T.: moliya iqtisod, 2006
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.