O‘ZBEKISTON VA AQSH MUNOSABATLARI
5000 so'm

=== Taqdimot: O‘ZBEKISTON VA AQSH MUNOSABATLARI.pptx ===
=== Slayd 1 ===
2025
O‘ZBEKISTON VA AQSH MUNOSABATLARI
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi.
2. 2000-2016-yillarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar hamda uning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichga ko‘tarilishi.
=== Slayd 3 ===
Earth is the third planet from the Sun and the only one that harbors life in the Solar System
1. O‘zbekiston va aqsh o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi
1992-yil 19-fevral tarixga O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilgan kun sifatida muhrlangan. 1992-yil 16-mart kuni O‘zbekistonda AQSH elchixonasi ochildi. 1993-yil fevral oyida AQSHda mamlakatimiz elchixonasi ochildi.
CURRENT SITUATION
=== Slayd 4 ===
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov 1996-yil iyunida AQShga tashrifi buyurdi va ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga doir hujjatlar majmui imzolandi.
2. Iqtisodiyotda surkov materiallari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona barpo etish.
3. Qishloq xoʻjaligi korxonalariga lizing xizmati koʻrsatuvchi qoʻshma korxona tashkil qilish toʻgʻrisidagi bayonnomalar.
1. Buxoro viloyatidagi gaz konlarini oʻzlashtirish loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash.
=== Slayd 5 ===
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) Milliy banki bilan AQSh Savdo va taraqqiyot agentligi oʻrtasida Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida birgalikda aviatexnika ishlab chiqarish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslamasini tayyorlash uchun Amerika tomonidan grant ajratish toʻgʻrisidagi bitim.
5. Oʻzbekiston TIF Milliy banki bilan “Bank of America“ oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan “Nyumont-Mayning“ kompaniyasi oʻrtasida hamjihatlik toʻgʻrisidagi memorandum.
=== Slayd 6 ===
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan “Nyumont-Mayning “ va “Mitsui“ korporatsiyalari oʻrtasida “Qizilolmasoy“ va “Koʻchbuloq” ruda konlarini birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi bitim shular jumlasidandir.
=== Slayd 7 ===
Iqtisodiy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi
1999-yilda Oʻzbekiston bilan AQSh oʻrtasidagi tovar aylanmasi 282 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston AQShdan bugʻdoy, xalq isteʼmol mollari, asbob-uskunalar sotib oladi.
Eksport asosan paxta tolasidan iborat. AQShdagi turli firma va kompaniyalarning Oʻzbekiston bilan muvaffaqiyatli hamkorligi, delegatsiyalar almashuvi ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga imkon beradi.
=== Slayd 8 ===
Islom Karimov 2002-yilning 11-14-mart kunlari rasmiy tashrif bilan Amerikada bo‘ldi. Bu Islom Karimovning AQShga ikkinchi bor amalga oshirgan davlat tashrifi edi.
12-mart kuni Oq uyda AQSh prezidenti kichik Jorj Bush bilan uchrashdi.
2002-yil 12-martda imzolangan Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari to‘g‘risidagi deklaratsiya muhim o‘rin tutadi.
Islom Karimov Terrorizmga qarshi kurashdagi ulkan hissasi uchun “Xalqaro yetakchi” mukofoti bilan taqdirlanadi.
=== Slayd 9 ===
Oʻzbekistonda bir qancha Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma loyihalarini amalga oshirishga kirishildi. Ular orasida eng yiriklari:
1. “Nyumont-Mayning” kompaniyasi tomonidan Zarafshon shahrida oltin ruda konidan foydalanish;
3. “International Telset, Inc.” kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida kabel televideniyesi tarmogini yaratish va boshqarish loyihalaridir.
2. Amerikaning firma va kompaniyalaridan “Barents grupp” kimyo sanoati sohasida;
=== Slayd 10 ===
4. “Kellog” Koʻqdumaloq koni uchun kompressor stansiyasi qurish, 5. “AIG”, “Emsi-Ay” turli sohalarda oʻzbekistonlik sheriklari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.Amerika firmalarining tadqiqotlarini mablagʻ bilan taʼminlovchi AQShning yirik nohukumat tashkiloti — Savdo va taraqqiyot agentligi oltin qazib chiqaruvchi modulli yangi zavod loyihasining texnik-iqtisodiy asoslamasini mablagʻ bilan taʼminlash uchun Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga grant ajratishga qaror qildi.
=== Slayd 11 ===
2025
Oʻzbekiston — Amerika hamkorligiga xususiy biznes namoyandalari ham salmoqli hissa qoʻshdi.
Jumladan 1997-yilda Amerikaning “Keys interneyshnl” kompaniyasi yordamida Toshkent traktor zavodi qayta qurilib, shu firmaning zamonaviy traktorlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
=== Slayd 12 ===
2025
“Boeing” kompaniyasi esa oʻzaro manfaatli shartlar (lizing) asosida yoʻlovchi tashiydigan samolyotlar yetkazib berdi. “Boeing” qulayligi jihatidan ham, uchish xavfsizligi jihatidan ham Rossiyaning shu toifadagi samolyotlaridan katta farq qiladi.
Oʻtish davrining qiyinchiliklarini bartaraf etishda AQSh hukumati va xayriya jamgʻarmalari insonparvarlik yordami berib, Oʻzbekistonga bolalar va davolash muassasalari uchun dori-darmon, tibbiyot asbob-uskunalari, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari yuborib turdi.
=== Slayd 13 ===
Dunyodagi eng kuchli kompyuter kompaniyasi IBM esa Oʻzbekiston bank tizimini kompyuterlash sohasida katta amaliy yordam berdi.
Amerikaning IREX, ACCELS, Soros jamgʻarmasi kabi muassasalari esa AQSh va Yevropaning ilmiy markazlarida Oʻzbekiston uchun mutaxassislar tayyorlashga oid dasturlarni amalga oshirmoqda.
=== Slayd 14 ===
2022
1997-yil 9-11-iyunda Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma komissiyasining tuzilishi AQSh bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarning yanada mustahkamlanib va rivojlanib borayotganligini koʻrsatdi. Qoʻshma komissiya mintaqaviy siyosiy muammolarni oʻz ichiga olgan oʻzaro manfaatli masalalar, Oʻzbekistonning siyosiy va iqtisodiy islohotlardagi siljishi, harbiy sohada hamkorlik qilish hamda Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalar uchun sharoitlarni muhokama etadi. 1998-yil
26-27-fevral Vashington shahrida qoʻshma komissiyaning birinchi,
1999-yil 24-25-may Toshkent shahrida ikkinchi majlisi boʻlib oʻtdi.
=== Slayd 15 ===
2. 2000-2016-yillarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar hamda uning o‘ziga xos xususiyatlari
AQSh-Oʻzbekiston munosabatlari, bir nechta hukumatlararo shartnoma va bitim asosida tartibga solib turiladi. AQSh va Oʻzbekiston munosabatlari asta-sekin rivojlanib, AQShning 11-sentabr 2001-yilda Afgʻonistonga hujumlaridan soʻng, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanishi eng yuqori choʻqqiga koʻtarildi.
2003-2005-yillarda sobiq Sovet respublikalari hisoblangan Gruziya, Ukraina va Qirgʻizistonda “rangli inqilob” dan beri munosabatlar sezilarli darajada yomonlashdi va Oʻzbekiston hukumati AQSh va fuqarolik jamiyati, siyosiy islohotlar va inson huquqlari sohasidagi boshqa nodavlat tashkilotlar taʼsirini cheklashga harakat qildi
=== Slayd 16 ===
Aqshning O‘zbekistondagi elchilari va ularning faoliyati
1992-yilda Toshkentda Amerika elchixonasi ochilgan. AQShning O‘zbekistondagi birinchi elchisi Genri Klark mamlakat kuponlar va iqtisodiy taqchillik kunlarini qanday o‘tkazgani, qozonini qaynatishga qiynalgan damlarni yodga oladi.
Islom Karimov yosh, zaif, qoloq tizimni boshqarayotgan edi, deydi Klark. SSSR qulagan edi, ammo uning yo‘q bo‘lgani hali sezilmayotgan edi. Chegaralarni mahkamlash, dunyo bilan mustaqil davlat sifatida bog‘lanish kerak edi, iqtisodiyotni oyoqqa turg‘azib, yangi bosh qomusni ishga solish, butun tizimni yangilash lozim edi.
2025
Genri Klark
1992-1995
=== Slayd 17 ===
2022
AQSH elchilarining xotiralari
Stenli Eskudero
Karimov mustaqillikning birinchi besh yilligida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar qilishga uringan. Xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan, deydi diplomat, ammo u bora-bora O‘zbekiston iqtisodiyotini yopdi va bu katta xato bo‘lgan, deydi Eskudero. [1995-1997]
Josef Presel
1990-yillar oxirida inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sari Amerika bilan hamkorlikka ham darz keta boshlagan. “Lekin, umuman olganda, Vashington va Toshkent o‘zaro manfaatlar yo‘lida hamisha til topisha olgan. Ziddiyatlarni tan olib, ularni hal etish uchun harakat bo‘lgan, tomonlar muloqotni to‘xtatmagan», – deya eslaydi Presel. [1997-2000]
=== Slayd 18 ===
Klark, Eskudero va Presel tahlilicha, O‘zbekistonni o‘rganish, uni tushunish, Amerika bu mamlakat bilan munosabatlarni qanday olib borishi borasida harakatlarni to‘xtatmaslik kerak.
Genri Klark uchun uning elchiligi davridagi yirik muvaffaqiyatlardan biri ikki davlat mudofaa tizimlarini bog‘lash bo‘lgan.
Eskudero uchun Karimov bilan shaxsiy aloqa o‘rnatish, muntazam erkin muloqot olib borish ulkan yutuq bo‘lgan. “O‘zaro ishonch bor edi. Bunday rahbarning bizga ochilishi misli ko‘rilmagan holat edi. Diplomatiyada bunga erishish hamisha yuqori baholanadi“, – deydi Eskudero.
Presel uchun madaniy, professional va ilmiy almashinuvlar aloqani tebratishda muhim ahamiyatga ega edi. Elchiligi paytida ularni ko‘paytirganidan, xalqlarni yaqinlashtirishda bu beqiyos omil bo‘lganligidan Presel faxrlanadi.
2025
=== Slayd 19 ===
2022
Elchilar faoliyatidan
Jon Herbst
2000-2003
2000-yilda Toshkentda elchilikni boshlagan Jon Herbst uch ishni qilganini aytadi:
Davlat departamenti, Pentagon va Markaziy Razvedka Boshqarmasini O‘zbekiston bilan birdamlikda hamkorlik qilishini ta’minlash.
“Osama bin Laden katta muammo edi. U qo‘shni Afg‘onistonda edi. Unga qarshi kurash, terrorizmga qarshi chora-tadbirlar O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni real tarzda yo‘lga qo‘yishni talab qilar edi», – deydi Herbst.
=== Slayd 20 ===
Elchilar faoliyati tarixidan
Uning faoliyati davrida O‘zbekiston-AQSh aloqalari eng keskin nuqtalarda bo‘lgan paytda, xususan 2005-yildagi Andijon voqealari;
undan keyin AQSh bazasining chiqarib yuborilishi, I. Karimov ma’muriyatining dunyodagi eng huquqbuzar tizim sifatida tamg‘alanishi;
Vashingtonda Toshkentdan norozilik kuchayishi – Purnell davrida kuzatilgan. Veteran diplomat Toshkentdagi missiyasini tugatgach, iste’foga chiqqan.
Jon Purnell
2004-2007
=== Slayd 21 ===
“O‘zbekiston biz uchun hamisha mintaqaning eng muhim qismi bo‘lgan va bu ahamiyatini yo‘qotmaydi, shuni unutmaslik kerak“, – deydi 2007-2010-yillarda Toshkentda elchilik qilgan Richard Norland. Uning davrida O‘zbekiston Shimoliy Ta’minot tizimida markaziy rol o‘ynagan. Boltiq dengizi bo‘yidan yo‘lga chiqqan yuk, xalqaro koalitsiya uchun mahsulotlar, Rossiya Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kelib, Termizdagi ko‘prikdan Afg‘onistonga kirgan. Bu yo‘nalish hamon ishlaydi. Norland paytida O‘zbekiston-AQSh aloqalari pragmatik tusga kirgan, xavfsizlik va Afg‘onistondagi manfaatlar birinchi o‘ringa qo‘yilgan.
Richard Norland
2007-2010
=== Slayd 22 ===
2022
Elchilar faoliyati tarixidan
Jorj Krol
2011-2014
Elchi huquq yuzasidan tanqid sabab sovuqlashgan rishtalarni yumshatish qiyin kechganini aytadi. Yangi kelishuvlar, cheklovlarga qaramay birga ishlay olish, aloqalardan O‘zbekiston ham manfaatdor ekanini uqtira olish eng muhim vazifa edi.
Pamela Spratlen
2015-2018
Afg‘oniston borasida hamkorlikni yangilash, O‘zbekiston chegara tizimini quvvatlash kerakligi, 2016-yildan qo‘shnilar bilan aloqani yaxshilashga bel bog‘lagani, dunyoga ochilish, BMT maxsus elchilariga eshik ochildi, siyosiy mahbuslar ozod etildi.
=== Slayd 23 ===
Birinchidan, barqarorlik uchun hamkorlik qilish, jumladan Afg‘oniston va O‘zbekistonning xavfsizlikni ta’minlash salohiyatini oshirish;
Ikkinchidan, O‘zbekistonda islohotlarni quvvatlash va ular davomiy va natijali bo‘lishiga hissa qo‘shish;
Uchinchidan, biznes imkoniyatlarni kengaytirish, sarmoya muhiti yaxshilanishi, shaffoflik uchun intilish;
To‘rtinchidan, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga e’tiborni oshirib, fuqaro erkinliklari himoyasini yo‘lga qo‘yish, adliya va sud tizimidagi islohotlarni quvvatlash.
Elchilar faoliyati tarixidan
Daniel Rozenblum 2019-yildan
=== Slayd 24 ===
AQSh davlat kotiblari O‘zbekistonga necha marotaba tashrif buyurgan?
Shu vaqtgacha O‘zbekistonga davlat kotiblaridanda martabaliroq amerikalik amaldor kelmagan. 1992-yildan beri AQSh tashqi siyosatiga mas’ul Davlat departamentiga 11 kishi rahbarlik qilgan. Ularning 4 nafari O‘zbekistonga kelmagan, qolgan 7 nafari davlatimizga o‘z tashrifini amalga oshirgan. Entoni Blinken O‘zbekistonga tashrif buyurgan yettinchi davlat kotibidir.
=== Slayd 25 ===
Jeyms Beyker 1992-yil 15-16-fevral kunlari O‘zbekistonda bo’ldi. 16-fevral kuni muzokaralar bo‘lib o‘tgan, undan avval jurnalistlar bilan uchrashuv bo‘lgan. Kunning ikkinchi yarmida AQSh davlat kotibi I. Karimov bilan birga Samarqandni aylangan. Shundan so‘ng J. Beyker Moskvaga uchib ketgan. Ushbu tashrifdan bir necha kun o‘tib, 1992-yilning 19-fevral kuni O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida rasman diplomatik munosabatlar o‘rnatiladi.
Birinchi tashrif
2025
=== Slayd 26 ===
AQSH davlat kotiblarining tashrifi
Ikkinchi tashrif: Madlen Olbrayt
2000-yilning 16-aprel kuni AQSh arixidagi ilk ayol davlat kotibi Toshkentga kelgan. M. Olbrayt Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza o‘qigan. Samarqand va Buxoroni aylangan, I. Karimov bilan uchrashuvda esa ushbu shaharlarda olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan.
=== Slayd 27 ===
AQSh tarixidagi ilk qora tanli davlat kotibi 2001-yil 7-dekabr kuni O‘zbekistonga keldi. Ushbu uchrashuv AQShdagi 11-sentabr voqealaridan so‘ng, Afg‘onistonda terrorchilarga qarshi boshlangan urush ayni avj pallasiga chiqqan vaqtda bo‘lib o‘tgan edi.
Uchinchi tashrif:
Kolin Pauell
AQSH davlat kotiblarining tashrifi
=== Slayd 28 ===
To‘rtinchi tashrif: Hillari Klinton
Beshinchi tashrif: Hillari Klinton
2011-yil 22-oktabr 2010-yilning 2-dekabr. Uchrashuvlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib, mazmunan boyib borayotganiligi, sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan.
=== Slayd 29 ===
Oltinchi tashrif: Jon Kerri
2015-yil 1-noyabr.
Uchrashuvda mintaqaviy dolzarb muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Afg‘onistondagi vaziyat, xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
=== Slayd 30 ===
Tashrif davomida M. Pompeo Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda davlat kotibi O‘zbekistonning inson huquqlari masalasida o‘sishga erishganini AQSh tan olishini ta’kidlagan. M. Pompeo Markaziy Osiyo vazirlari bilan uchrashuvda qatnashgan.
Yettinchi tashrif: Maykl Pompeo
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo “Markaziy Osiyo — AQSh” (“C5+1”) shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun 2020-yil 2-fevral kuni Toshkentga kelgan.
=== Slayd 31 ===
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 15-17-may kunlari AQShga amalga oshirgan rasmiy tashrifi, Prezident Donald Tramp bilan uchrashuvi, AQSh oliy rahbariyati, ishbilarmon va akademik doira vakillari tomonidan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojiga yangicha sur’at bag‘ishlagan tarixiy voqea sifatida e’tirof etildi.
3. Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichga ko‘tarilishi
=== Slayd 32 ===
2020-yil noyabr oyida O‘zbekiston va AQSH yillik ikki tomonlama maslahatlashuvni Strategik hamkorlik muloqotiga aylantirish qarorini ma’qulladi. Ayni jarayonda siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, ta’lim sohalaridagi yaqin hamkorlik jadal rivojlanmoqda.
O‘zaro munosabatni mustahkamlashda, ayniqsa, 2022-yil imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari deklaratsiyasi muhim ahamiyat kasb etdi.
Aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan siyosat samarasi o‘laroq, 2017-yildan buyon mamlakatimizda qashshoqlik darajasi ikki barobar kamaydi. 2030-yilgacha ayni ko‘rsatkichni 7 foizgacha kamaytirish ko‘zda tutilgan.
2025
=== Slayd 33 ===
2023-yil 19-sentyabr kuni Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohda BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chiqish qilib, ahillik va amaliy hamkorlik ruhini saqlab qolish, mamlakatlarni umumiy manfaatlar mavjud qarama-qarshiliklardan ustun bo‘lishi asosida birlashtirish lozimligini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari global tahdidlarga qaramay, mamlakatimiz barqaror o‘sish sur’atini namoyish etayotganini qayd etdi. So‘nggi olti yil davomida yalpi ichki mahsulot bir yarim barobardan ko‘proq oshdi.
=== Slayd 34 ===
So‘nggi yillarda parlamentlararo aloqa, xavfsizlik, huquq sohalari va mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik ancha faollashdi. Ikki mamlakatning yetakchi ekspertlari almashinuvi, davlat idoralari munosabatiga oid tashkiliy-huquqiy masalalar muhokamasi izchil tus oldi. Davlatlar o‘rtasida yuzaga kelgan siyosiy o‘zaro ishonch boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlik uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
2022
=== Slayd 35 ===
2022
So‘nggi yillardagi ta’limdagi hamkorlik
O‘zbekistonning qator oliy o‘quv yurtlari Xopkins, Vashington, Indiana, Kaliforniya, Ogayo, Arizona universitetlari va boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan aloqa o‘rnatgan. 2019-yil sentyabrda Toshkentda Vebster universiteti filiali ochildi.
“Ochiq eshiklar” xalqaro ta’lim almashinuvi hisobotiga ko‘ra, 2022-yil AQSHda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni ilk bor 1000 nafardan oshib, 2022/23-o‘quv yilida 1089 vatandoshimiz okean ortida ta’lim olgan.
=== Slayd 36 ===
So‘nggi yillardagi hamkorlik
AQSH hukumati mamlakatimizda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quv bazasini takomillashtirish, o‘qituvchilar kasbiy ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan izchil va tizimli islohotni olqishlaydi. Tomonlar ta’lim sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirishdan manfaatdor, ilm-fan sohasidagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish tarafdori. Shuningdek, aloqalarda sog‘liqni saqlash, atrof-muhit muhofazasi, IT, qishloq xo‘jaligi, seysmologiya kabi sohalar istiqbolli yo‘nalishlar sifatida belgilangan.
2025
=== Slayd 37 ===
2022
Hukumatlararo uchrashuvlar
2019-yilning 4-6-fevral kunlari Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Tanzila Norboyeva va mehnat munosabatlari va bandlik vaziri Sherzod Qudbiyev tarkibidagi hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan AQShda boʻldi. Tashrif dasturidan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, AQSh ishlab chiqaruvchilar yirik birlashmalari, kasaba uyushmalari tashkilotlari, Amerika kiyim va oyoq kiyimi assotsiatsiyasi, AQSH moda sanoati assotsiatsiyasi, Amerika mehnat federatsiyasi, Sanoat tashkilotlari kongressi va boshqalar, Nike, Zara, GAP kabi yetakchi chet el brendlari vakillari bilan uchrashuvlar oʻrin olgan. Hukumat delegatsiyasi Oq uy, Davlat departamenti, Mehnat vazirligi, AQSH savdo vakili ofisi va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi.
=== Slayd 38 ===
2022
Hukumatlararo uchrashuvlar
Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 2022-yil 15-16-iyun kunlari AQSHga tashrif buyurdi. Tashrif davomida T. Norboyeva AQSH Davlat kotibining Fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya bilan, AQSH Kongressi Tashqi ishlar qo‘mitasidagi Osiyo, Tinch okeani va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha quyi qo‘mita raisi Ami Bera va boshqa siyosatchilar bilan uchrashdi.
=== Slayd 39 ===
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekistonga 2023-yilning 28-fevral-1-mart kunlari rasmiy tashrifini amalga oshirdi. Uchrashuvda prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilindi.
Sakkizinchi tashrif
2025
=== Slayd 40 ===
Xulosa qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston-AQSh o‘rtasidagi munosabatlar 1992-yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yillar davomida mustahkamlanib bordi. Bugungi kunda O‘zbekiston-AQSh muloqoti xalqaro huquqning umumiy e’tirof etilgan tamoyili va me’yoriga amal qilish, ikki davlat suvereniteti, mustaqilligi, hududiy yaxlitligini hurmatlash, bir-biri manfaatini hisobga olish va demokratik qadriyatlarga sodiq qolish xususiyatiga asoslangan.
2025
=== Slayd 41 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.