O‘zbekiston respublikasida mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya (1991- yildan-hozirgi davrgacha)
4000 so'm

Slayd 1
O‘zbekiston respublikasida mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya (1991- yildan-hozirgi davrgacha)
Slayd 2
1
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikdan keyin jismoniy tarbiya va sport.
2
Jismoniy tarbiya va sportdagi huquqiy ildizlari va ommaviy sportning rivojlanishi.
3
O‘zbekistonda bolalar, xotin qizlar sporti, havaskorlik va professional sportning rivojlanishi va uning ahamiyati.
4
O‘zbekiston yoshlarini xalqaro sport musobaqalaridagi ishtiroki va natijalari.
Reja:
Slayd 3
Turon xalqlari tarixidagi Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar nomi bilan bog‘liq bo‘Igan ikkinchi Uyg‘onish davri jahon fani, madaniyati, umuminsoniy qadriyatlarni yuksak darajada o‘zida mujassam etgan milliy davlatchilik va boshqaruv tizimining shakllanishi, milliy tiklanish davri bo‘lib tarixda qoldi. XX asrning so‘nggi yillari o‘zbek xalqi tarixida butunlay yangi davrni boshlab berdi. O‘zbekiston o‘zining juda katta aqliy va jismoniy imkoniyatlarini namoyon etib, jahon siyosatiga eng zamonaviy fikrlar bilan kirib bormoqda.
Slayd 4
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi suverenitetining birinchi yillaridan jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga, milliy taraqqiyotga yordam beruvchi omil sifatida katta e’tibor qaratildi. Aynan shu maqsadlarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatidagi o‘zgarishlar jamiyatimizning yangi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy sharoitlariga moslashtirildi. Bunda jismoniy madaniyat va sport harakati ham o‘zining haqli ravishdagi milliy maqomiga ega bo‘ldi. Respublikaning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy salohiyatida jismoniy tarbiya va sport ham o‘z o‘rni va mavqeiga xos ravishda rivojlana boshladi.
Slayd 5
O‘zbekistonda mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlaring samarali natijasidir, deb to‘la ishonch bilan aytishimiz mumkin.
Mustaqil O‘zbekistonning jismoniy madaniyat va sportini yanada rivojlantirishga asos bo‘luvchi eng muhim tadbirlar ko‘rilmoqda. Mustaqillik tufayli ma’naviy ruhiy poklanish, milliy qadriyatlarni tiklash, milliy an’analarga sadoqatli avlodni tarbiyalash va amaliyotga joriy etish konsepsiyasi ishlab chiqildi, Vatan ravnaqini ta’minlab beruvchi milliy istiqlol g‘oyasi shakllandi. O‘zbek mentaliteti, milliy fe’l-atvor mazmunida yangi jihatlar tarkib topdi. Bu bevosita siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, ma’rifiy sohada tub yangilanishlarga ma’naviy asos bo‘lib xizmat qildi.
Slayd 6
O‘zbekistonda mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi
Mustaqillik tufayli ma’naviy ruhiy poklanish, milliy qadriyatlarni tiklash, milliy an’analarga sadoqatli avlodni tarbiyalash va amaliyotga joriy etish konsepsiyasi ishlab chiqildi, Vatan ravnaqini ta’minlab beruvchi milliy istiqlol g‘oyasi shakllandi. O‘zbek mentaliteti, milliy fe’l-atvor mazmunida yangi jihatlar tarkib topdi. Bu bevosita siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, ma’rifiy ma’naviy sohalar bilan birga jismoniy tarbiyada ham tub yangilanishlarga asos bo‘lib xizmat qildi.
Slayd 7
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida
Cancun night review
Ilk bor 1992-yil 14-yanvarda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi, 1997-yil 27-avgustda “Ta’lim to‘g‘risi”dagi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy omillar davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishga aylandi. Jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, yuksak intellektual salohiyat, zamonaviy bilimlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, kelajakka ishonch bilan qaraydigan barkamol avlodni tarbiyalash asosiy vazifalar sifatida belgilandi. Bu yo‘nalishdagi ishlar o‘quvchi va talaba-yoshlarda zamonaviy dunyoqarash, ularning ongiga vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, o‘z Vataniga xizmat qilish kabi yuksak tuyg‘ularni kamol toptirishga qaratilgan.
Slayd 8
2000-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Universiada”, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari talabalari o‘rtasida “Barkamol avlod”, umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarining uyushtirilishi muhim ahamiyatga ega voqealardir.
Uch bosqichli sport o‘yinlari
Slayd 9
1992-yilda Oʻzbekistonda kurash federatsiyasi, 2001-yilda belbog‘li kurash federatsiyasi tuzildi. 1992-yildayoq Termiz va Shahrisabz shaharlarida milliy kurash bo‘yicha ilk xalqaro musobaqa o‘tkazildi. 2000-yilda esa Turkiyaning Anqara shahrida kurash bo‘yicha 2-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. 2020-yil 4-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kurash milliy sport turini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi.
O‘zbek kurashining xalqaro nufuzga ko‘tarilishi
Slayd 10
Mustaqillikning ilk yillari (1991 – 2000-yillar)
Yangi tizim asoslarini shakllantirish:
Mustaqillikka erishishi bilan sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirishning milliy modeli ishlab chiqildi. Ilgari Sovet Ittifoqi tizimiga asoslangan soha o‘ziga xos yondashuvlar bilan rivojlantirila boshlandi.
Qonunchilik bazasining yaratilishi:
1992-yilda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” dastlabki qonun qabul qilindi.
Sportni rivojlantirish uchun maxsus davlat dasturlari ishlab chiqildi.
Sport inshootlarining rivojlanishi:
Ushbu yillarda sport maktablari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Slayd 11
2000 – 2010-yillar: Ommaviy sportga e’tibor
Sport infratuzilmasini kengaytirish:
Mamlakatda zamonaviy sport majmualari, stadionlar va suzish havzalari qurila boshlandi. Ayniqsa, qishloq joylarida sport inshootlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Slayd 12
Ommaviy sportni rivojlantirish
2002-yilda “Umid Nihollari”, “Barkamol Avlod” va “Universiada” sport musobaqalari tashkil qilina boshlandi. Bu musobaqalar yoshlar orasida jismoniy tarbiyani ommalashtirdi.
Xotin qizlar sportini ham rivojlantirilishiga ahamiyat qaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 25-maydagi PF-3434-son Farmoniga sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Slayd 13
Xalqaro musobaqalarda ishtirok
Ushbu davrda O‘zbekiston sportchilari Osiyo o‘yinlari, Olimpiya o‘yinlari va boshqa nufuzli musobaqalarda ishtirok etib, muvaffaqiyat qozona boshladi. Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ilk bor mustaqil davlat sifatida 1996-yilda AQShning Atlanta shahrida bo‘lib o‘tgan Yozgi Olimpiyada o‘yinlarida qatnashdi. Ilgari Oʻzbekistonlik sportchilar 1992-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Birlashgan jamoa uchun kurash olib borishgan. 2000-yilgi Sidney Olimpiadasida sportchilar bir nechta medallarni qo‘lga kiritdi.
Slayd 14
Oʻzbekiston 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Jami 71 sportchi, 63 erkak va 8 ayol sportning 12 turi boʻyicha 70 ta musobaqada ishtirok etishdi. Ushbu Olimpiya o‘yinlarida 86 kg vazn toifasida ishtirok etgan mashhur dzyudochi Armen Bagdasarov yozgi Olimpiya oʻyinlari tarixida Oʻzbekistonning ilk medalini taqdim qilgani bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, bokschi Karim Toʻlaganov 75 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Shu tariqa mustaqil O‘zbekiston uchun ilk yozgi Olimpiya o‘yinlari 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan jamoalar ichida 58-o‘rin bilan olimpiada o‘yinlarini yakunlangan.
Slayd 15
Oʻzbekiston 2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Sidneyda 70 nafar sportchi 52 erkak va 18 ayol sportning 12 turi boʻyicha ishtirok etgan. Yana bir ahamiyatli tomoni Muhammadqodir Abdullaevning g‘alabasi sharafiga O‘zbekiston ilk bor yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi oltin medaliga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, 2000-yilgi Olimpiya o‘yinlarida Artur Taymazov (erkin kurash, −130 kg) kumush, bokschi Sergey Mixaylov (-81 kg) va Rustam Saidov (+91 kg) bronza medallariga sazovor bo‘lishgan. Bu bilan Oʻzbekiston umumjamoa hisobida 199 mamlakat orasida 41-oʻrinni egallagan.
Slayd 16
Oʻzbekiston 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
O‘zbekiston 2004-yilda Gretsiyaning Afina shahrida bo‘lib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida jami 70 sportchi sportning 13 turi boʻyicha ishtirok etishdi. Artur Taymazov (erkin kurash) va Aleksandr Dokturashvili (kurash) oltin medal, Magomed Ibragimov (erkin kurash) kumush, Bahodirjon Sultonov (boks) hamda O‘tkirbek Haydarov (boks) bronza medal sohibi bo‘lib umumiy reytingda 34 o‘rin bilan yakunlashdi.
Slayd 17
Oʻzbekiston 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Pekinda oʻtkazilgan XXIX Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 2008-yil 8-avgustdan 24-avgustga qadar sportning 15 ta turi boʻyicha 58 nafar sportchisi bilan ishtirok etdi. Oʻzbekiston jamoasi (Artur Taymazov) 1 ta oltin, (Abdulla Tangriyev, Soslan Tigiyev) 2 ta kumush va (Anton Fokin, Rishod Sobirov, Yekatirina Xilko)lar 3 ta bronza medalni qoʻlga kiritib umumiy medallar boʻyicha 62-oʻrinni egalladi.
Slayd 18
Oʻzbekiston 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
2012-Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilari ham ishtirok etishdi. Jami 13 sport turida 54 nafar sportchi qatnashdi. Oʻzbekiston jamoasi Artur Taymazov (oltin), Rishod Sobirov va Abbos Atoyevlar (bronza) bronza medalni qoʻlga kiritib, jamoa umumiy medallar boʻyicha 75-oʻrinni egalladi. XXX Yozgi Olimpiada o’yinlariga sanoqli kunlar qolganda, Dzyudo bo’yicha to’liq tarkibda qatnashishi kutilayotgan Abdulla Tangriyеv WADA (Butunjahon Anti Doping Assotsiatsiyasi) qaroriga binoan Olimpiadada ishtirok etishdan mahrum bo’ldi.
Slayd 19
Oʻzbekiston 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Oʻzbekiston delegatsiyasi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 5-avgustdan 21-avgustgacha boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida oltinchi bor qatnashadi. Sportning yengil atletika, boks, kanoe,velosport, qilichbozlik, gimnastika, dzyudo, o‘q otish, suzish sporti, taekvondo, tennis, stol tennisi, og‘ir atletika, kurash turlaridan 23 nafar ayol hamda 47 nafar erkak sportchilar Rio-de Janeyro olimpiadasida muvaffaqiyat bilan ishtirok etib, umumjamoa hisobida 21-o‘rinni egallashdi.
Slayd 20
Oʻzbekiston 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistonlik sportchilar 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi: 3 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi. Lekin bu safargi natija ham maqtasa arzigulikdir: jamoa sobiq Ittifoq bo‘yicha 2-o‘rin, Markaziy Osiyo va turkiy tilli davlatlar orasida 1-o‘rinni egallashdi va dunyo reytingida 32-o‘rinni band qilib turibdi.
Slayd 21
Oʻzbekiston 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Parijdagi Olimpiada O‘zbekiston uchun mamlakat mustaqil taraqqiyoti tarixida eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi. Sportchilarimiz 13 ta medal bilan 206 ta davlat orasida umumiy medallar hisobida 13-o‘rinni, Markaziy Osiyoda va MDHda 1-o‘rinni hamda Osiyoda 4-o‘rinni egalladi. Jami 90 nafar sportchini qatnashib, musobaqalarda 13 ta medal — 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzani qo‘lga kiritdi. Medallar hisobida 206 davlat orasida 13-o‘rin, Markaziy Osiyo, MDH, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar orasida 1-o‘rin, Osiyo bo‘yicha esa 4-o‘rinni (Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyadan keyin) egalladi.
Slayd 22
2028-yil Amerikada (Los Anjelos) bo‘lib o‘tadigan yozgi olimpiada o‘yinlari hamda 2030-yil Dohada (Qatar) bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilarining umumiy jamoa hisobida kuchli TOP-5 talik davlatlar qatoriga kirishiga erishish, razryadli va unvonli sportchilar sonini 25 ming nafarga yetkazish, sport sohasida oliy ma’lumotli xodimlar ulushini 85 foizga yetkazish, sohani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot va izlanishlar sonini 140 taga yetkazish, olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida kuchli 15 ta mamlakat qatoridan o‘rin egallashga erishish ustuvor vazifa etib belgilab olindi.
Slayd 23
2010 – 2020-yillar: Professional sportni rivojlantirish
Xalqaro e’tirof:
2016-yil Rio-de-Janeyro Olimpiadasida Hasanboy Do‘stmatov oltin medalni qo‘lga kiritib, boks bo‘yicha dunyo chempioniga aylandi.
O‘zbekiston para-atletlari xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishdi.
Yuqori darajadagi sportchilar tayyorlash:
Ushbu davrda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi faoliyati kuchaytirildi, sport federatsiyalari soni oshdi va ular faoliyatining sifat darajasi yaxshilandi.
Slayd 24
2020-yildan hozirgi kunga qadar sportda raqamlashtirish va jahon sportida o‘z o‘rnini mustahkamlab oldi.
2020-yilda prezident tashabbusi bilan “O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va sportni yanada rivojlantirish” bo‘yicha yangi qarorlar qabul qilindi. “Sportni rivojlantirish jamg‘armasi” tashkil etilib, sportchilar va murabbiylarni moddiy qo‘llab-quvvatlash yo‘lga qo‘yildi. 2021-yil Tokio Olimpiadasida sportchilar boks, dzyudo va boshqa sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi. Paralimpiya o‘yinlarida esa rekord darajadagi medallar qo‘lga kiritildi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy texnologiyalar joriy etildi. Aholini, xususan, ayollar va qishloq yoshlari orasida sportga jalb qilish uchun maxsus dasturlar amalga oshirilmoqda.
Slayd 25
O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng bir qancha qonunlar, qarorlar va xalqaro kelishuvlarga asoslangan muhim hujjatlar qabul qilindi:
1992-yil
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi dastlabki qonun qabul qilindi.
Milliy Olimpiya Qo‘mitasi (MOQ)
1993-yil
Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) tomonidan rasman tan olindi
2000-yil
Slayd 26
2015-yil
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
2017-yil
“Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ 3031-sonli qarori qabul qilindi.
2019-yil
Vazirlar Mahkamasining “2019-2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 118-sonli qarori qarori qabul qilindi.
2020-yil
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF 5924-sonli Farmoni qabul qilindi.
Slayd 27
“Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi” 2004 – 2015-yillarda foydalanishga topshirilgan sport inshootlari va umumta’lim maktablarining sport zallarini qayta jihozlash bo‘yicha manzilli dasturga kiritilgan 212 ta sport inshooti va 6892 ta maktabining sport zallarini 28,3 milliard so‘mlik 93 nomdagi sport anjomlari bilan jihozlaydi. Prezident tashabbusi bilan 2002-yilda tashkil etilgan “Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi” tomonidan 2003 – 2015-yillar mobaynida jami 2205 ta inshoot qurib foydalanishga topshirildi. Ulardan 1922 tasi sport inshootidir. Bugungi kunda O‘zbekistonda 2,6 milliondan ortiq o‘g‘il va qizlar sportning 30 dan ziyod turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Slayd 28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmonida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish orqali yoshlar qamrovini 8 milliondan oshirish, sport bilan shug‘ullanishga jalb qilingan aholi ulushini 36 foizga yetkazish, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan aholini shug‘ullanishi uchun kamida 5 mingta mahallada sport maydonchalarini barpo etish, sport-ta’lim muassasalarida muntazam shug‘ullanuvchi yoshlar sonini 1 million nafarga yetkazish, 130 ming nafarga yaqin yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishiga imkoniyat yaratish kabi vazifalar belgilab olindi.
Slayd 29
So‘nggi davrda olimpiada o‘yinlari hamda Osiyo va jahon chempionatlarida sportchilarimiz erishayotgan yutuqlar soni va salmog‘i sezilarli darajada o‘sdi. Jumladan, joriy yil mobaynida mamlakatimiz vakillari xorijda o‘tkazilgan 120 dan ziyod nufuzli musobaqada vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdi. O‘zbekistonlik sportchilar jami 773 marotaba shohsupaga ko‘tarilishdi: 292 ta oltin, 221 ta kumush, 261 ta bronza medali qo‘lga kiritishga sazovor bo‘lishdi.
O‘zbekiston sportchilari medallar reytingidagi natijalari
Slayd 30
Sport sohasida alohida xizmat ko‘rsatgan sport ustozlari, sportchilarni taqdirlash maqsadida “O‘zbekiston iftixori”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonlari ta’sis etildi. Mamlakatda sport matbuoti shakllandi: “Sport”, “Oʻzbekiston futboli”, “Tennis +”, “Futbol ekspress”, “Asr futboli”, “Inter futbol” kabi gazeta va jurnallar nashr etilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sportda gazetalarning o‘rni
Slayd 31
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport nafaqat xalqaro darajadagi yutuqlarni ta’minlash, balki sog‘lom avlodni tarbiyalash va milliy sport turlarini rivojlantirish vositasi sifatida ham e’tiborga loyiqdir. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. “Sog‘lom avlod uchun”, “O‘zbekiston yoshlari” kabi dasturlar asosida ommaviy sport musobaqalari yo‘lga qo‘yildi. 2019-yilda “Yangi O‘zbekiston-sog‘lom avlod” harakati orqali sportning barcha qatlamlar uchun ommaviylashuvi ta’minlandi. O‘zbekistonda talaba yoshlarni sportga jalb qilish va ularning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari hamda “Talaba yugur” kross musobaqalari tashkil qilinmoqda. Ushbu musobaqalar yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni kashf etishda muhim rol o‘ynaydi.
Xulosa
Slayd 32
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 33
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.