O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING YARATILISHI VA TAKOMILLASHUVI
4000 so'm

Slayd 1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING YARATILISHI VA TAKOMILLASHUVI
Slayd 2
01
Konstitutsiyaning yaratilishiga bo‘lgan zarurat.
02
Konstitutsiyaviy komissiya va uning faoliyati.
03
Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi va uning qabul qilinishi.
04
Konstitutsiyada jahon konstitutsiyaviy tajribalari va milliy qadriyatlarning aks etishi.
05
Konstitutsiyaning takomillashib borishi.
REJA:
Slayd 3
ZARURAT
XX asr 80-yillarining ikkinchi yarmidan boshlab Sovet Ittifoqi hududida katta o‘zgarishlar uchun sharoit yuzaga keldi. Kommunistik partiyaning ko‘p yillik hukmronligiga darz keta boshladi. Partiyaviy boshqaruv ishlab chiqarishni rivojlantirish o‘rniga rivojlanishga to‘sqinlik qila boshladi. Iqtisodiy inqiroz xalqning turmush sharoitiga o‘z salbiy oqibatlarini ko‘rsata boshladi. Markaz zulmi kuchayishi natijasida ittifoqdagi xalqlar aziyat chekdi, “porloq kelajakka” ishonchsizlik, turli millatlarni kamsitish holatlari kuchaydi.
Slayd 4
“Paxta ishi”, “o‘zbek ishi” deb uyushtirilgan kampaniyalarda barcha baravar (gunohsiz ham, aybdor ham) birdek tazyiqqa uchradi. Ayollar, yosh bolalar xo‘rlandi, milliy, diniy, tarixiy qadriyatlar oyoqosti qilindi. Natijada ittifoq tarkibidan chiqish, mustaqil davlat qurish harakati kuchaydi va bu harakat real voqelikka aylandi. Kommunistik partiya, uning shu vaqtdagi rahbarlari ittifoqni, mavjud tuzumni saqlab qolish uchun qattiq harakat qildilar. Yangi ittifoq shartnomalarini tuzish, shu orqali ittifoqni saqlash uchun katta urinishlar bo‘ldi. Lekin, Tbilisi, Vilnyusda bo‘lib o‘tgan voqealar, qon to‘kilishlar bu maqsadning zo‘ravonlik pozitsiyasi, ittifoqni saqlab qolish xomxayol ekanligini ko‘rsatdi.
Slayd 5
Sovet Ittifoqida siyosiy tizimni isloh qilish, vakillik organlarining yangi turlarini yaratish, saylov tizimini yangilash ishlari olib borildi. SSSR hududida Xalq deputatlari syezdi degan eng yuqori vakillik organi tashkil etildi. Shu organga bo‘ladigan saylovlar birinchi marta muqobillik asosida o‘tdi. Uning natijasida esa (1988-yilgi saylov), shu organga xalq dardini ochiq aytadigan, haqiqatni ko‘zbo‘yamachilikdan ustun qo‘yadigan ko‘plab kishilar saylandi. Syezd Ittifoq miqyosidagi masalalarni hal qiladigan organdan ko‘ra ittifoqdagi muammolarni ochiq-oydin ko‘tarib chiqadigan, turli xalq va millatlar o‘z muammolarini yaqqol aytadigan minbarga aylandi.
Slayd 6
YARATILISHI
Cancun night review
Turli fikrlilik vujudga keldi. Natijada kommunistik partiya o‘z mavqeyini yo‘qota bordi. Birinchi bo‘lib ayrim mamlakatlardagi kommunistik partiyalarning Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi tarkibidan chiqqanligi e’lon qilindi, keyinchalik respublikalar mustaqilligi e’lon qilina boshlandi. Ittifoq markazida bo‘lgan voqealar, totalitar tuzumni tiklashga, demokratik yutuqlarni yo‘q qilishga bo‘lgan urinishlar ittifoq respublikalarida bundan keyin qaysi yo‘l bilan borishi kerakligini hal qilish zarurligini kun tartibiga qo‘ydi.
Slayd 7
PARCHALANISH VA MUSTAQILLIK
1991-yil 31-avgustda
bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida O‘zbekistonning
Birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakat mustaqilligini e’lon qildi.
Slayd 8
Bunday xabar ko‘pchilik deputatlarni lol qoldirdi. Chunki, ko‘pchilik mustaqillikni orzu qilsa-da, uni ochiq bayon qila olmas edi, uning oqibati nima bo‘lishini tasavvur qila olmas edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kutilmaganda mustaqillikni e’lon qilishi, uning jasorati natijasi hamda prezidentlik faoliyati davridagi eng
katta xizmati bo‘ldi.
Slayd 9
DEMOKRATIYA
HUQUQIY ASOS
O‘zbekiston rahbariyati atrofda, xalqaro maydonda bo‘layotgan voqealardan kelib chiqib, xalq xohish-irodasiga tayanib, mamlakatni demokratik yo‘ldan rivojlantirish, demokratik mamlakatlarda e’tirof etilgan prinsiplarni qo‘llash maqsadga muvofiqligini, demokratik davlat qurish yo‘lini tanladi.
Bunga erishish uchun, birinchi navbatda, huquqiy asosni yaratish, ularni huquqiy normalarda mustahkamlash zarurati paydo bo‘ldi va shu vazifani bajarish uchun mamlakatimizda birinchi marta mustaqil Konstitutsiya ishlab chiqishga zarurat kuchaydi.
Slayd 10
KONSTITUTSIYA ASOSLARI
Prezidentlik instituti vujudga keldi.
Saylov tizimi o‘zgartirilib,
muqobil saylovlar
o‘tkazila boshlandi.
1990-yil 20-iyunda qabul qilingan mustaqillik deklaratsiyasi yangi konstitutsiya yaratish uchun ham asos bo‘ldi.
Kommunistik partiya hukmronligiga barham berildi.
Slayd 11
KONSTITUTSIYAVIY KOMISSIYA
Konstitutsiya loyihasini tayyorlovchi komissiyaning
birinchi majlisi o‘tkazildi.
Komissiya a’zolari va yetakchi mutaxassislardan tashkil topgan 32 kishidan iborat ishchi guruh tuzildi.
64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash uchun
komissiya tuzildi.
Birinchi Prezident Islom Karimov boshchilik qildi.
1990
1991
Slayd 12
KOMISSIYA FAOLIYATI
Keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli bo‘lgan
siyosiy-huquqiy hujjat yaratish vazifasi qo‘yildi.
Boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida,
demokratiya va qonunchilik borasida qo‘lga kiritgan yutuqlarini hisobga olish belgilandi.
Umume’tirof etilgan xalqaro hujjatlar qoidalarini
Konstitutsiya normalariga singdirish belgilandi.
Konstitutsiya bo‘limlarini
tayyorlash uchun 6 ta kichik guruh tashkil qilindi.
Kichik guruhlar tarkibiga 50 nafar olim, ilmiy xodimlar, mutaxassislar jalb etildi.
Konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasini o‘rganish belgilandi.
05
06
04
02
03
01
Slayd 13
Prezident Sh.Mirziyoyev shundan degan edi: “..Islom Abdug‘aniyevich Karimov rahbarligida 1990-yil iyun oyida tuzilgan komissiyaning ikki yillik mashaqqatli mehnati natijasida Konstitutsiyaning birinchi, ikkinchi, so‘ngra uchinchi loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu komissiya a’zosi sifatida men ham shu tarixiy jarayonda ishtirok etganimni doimo faxr bilan eslayman. Konstitutsiyaning yaratilishi bilan bog‘liq qizg‘in bahs-munozaralar, turli g‘oya va fikrlar hali ham xotiramda”.
Slayd 14
Konstitutsiya loyihasi muhokamasi jarayonida komissiya majlisida, ishchi guruhlarda bo‘lgan muhokama o‘tkazilib, bu muhokamaga mutaxassislar, ekspertlar jalb qilindi. Ularda Konstitutsiya tuzilishi, tartibga solish doiralari aniqlab olindi. Tayyorlangan loyiha Komissiya qaroriga asosan 1992-yil 26-sentyabrda ommaviy axborot vositalarida umumxalq muhokamasiga e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi o‘tgan davr shu vaqtda aholining faolligi kuchaygan davrga to‘g‘ri kelganligi bilan xarakterlanadi. Sobiq ittifoqning tarqalib ketishi, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi xalqning faolligiga ijobiy ta’sir qildi.
Slayd 15
Demokratik o‘zgarishlardan ta’sirlangan fuqarolarning siyosiy hayotda ishtirok etish orqali muhim masalalarga ta’sir qilish ishtiyoqi shu vaqtda, ayniqsa, kuchaydi. Konstitutsiyaning umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif, tavsiya va mulohazalar bildirildi. Loyihani ishlovchi Komissiyaning o‘ziga bevosita mingdan ziyod xatlar kelib tushdi. Loyihadagi 127 ta moddadan deyarli 60 tasi tuzatishlarga uchradi, ularning normalariga aniqliklar kiritildi. E’lon qilingan loyiha variantidan 4 ta modda umuman chiqarib tashlandi.
Slayd 16
Loyiha har tomonlama o‘ylab, takomillashtirilgandan so‘ng, Konstitutsiyaviy komissiya 1992-yil 7-dekabrda bo‘lib o‘tgan majlisida uni ko‘rib chiqishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasiga kiritish haqida qaror qabul qildi. Komissiyaning ushbu oxirgi majlisida ham Rais taklifi bilan loyihaning ko‘plab normalari takomillashtirildi. 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XII chaqiriq XI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu sessiya tarixiy sessiya bo‘lib, tarixiy ahamiyatga ega masalani muhokama qildi.
Slayd 17
Sessiyada Konstitutsiya loyihasini tayyorlovchi komissiya raisi Islom Karimov ma’ruza qildi. Ma’ruzada Konstitutsiya loyihasi batafsil bayon qilib berildi. Shundan so‘ng, Konstitutsiya loyihasi deputatlar muhokamasidan o‘tdi. Sessiyada loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha, aniqliklar kiritildi. Loyihaning har bir moddasi, bobi, bo‘limlari alohida-alohida muhokama qilinib, tegishli asosli takliflar inobatga olinib, o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng qabul qilinish uchun ovozga qo‘yildi. Deputatlar yakdillik bilan muqaddima, 6 ta bo‘lim, 26 ta bob va 128 ta moddadan iborat Konstitutsiyani qabul qildilar.
Slayd 18
Prezident Shavkat Mirziyoyevning fikricha: “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda”.
Slayd 19
Inson va davlat munosabatlarini belgilashda O‘zbekistonda qabul qilingan barcha Konstitutsiyalarda (1927, 1937, 1978-yillar) davlat manfaatlari ustunligi belgilangan edi. Jahondagi demokratik mamlakatlar tajribasida va inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda inson manfaati yuqori turishi, buni amalga oshirish uchun davlatning aniq majburiyatlari belgilandi (constitution.uz , lex.uz).
MAZKUR KONSTITUTSIYAMIZNI YARATISHDA
JAHON TAJRIBASIDAN BEVOSITA FOYDALANILGAN
Slayd 20
Insonning asosiy huquq va erkinliklarini
belgilash jahon tajribasidan kelib chiqib
amalga oshirildi. Insonning asosiy huquqlari, avvalo shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy huquq guruhlariga bo‘lib mustahkamlandi. Shaxsiy huquqlar qatoriga tabiiy huquqlar kiritilib, ularni ta’minlashni davlat o‘z zimmasiga oldi. Konstitutsiya shaxsning asosiy huquqlarini belgilabgina qolmay, ularni ro‘yobga chiqarish, himoya qilish, ta’minlash mas’uliyatini ham mustahkamlab qo‘ydi.
Slayd 21
11-MODDA
Davlat hokimiyatini tashkil qilishda jahon tajribasiga murojaat qilindi. Shu tufayli barcha demokratik mamlakatlarda hokimiyatni tashkil qilishda qo‘llanib kelayotgan prinsip – davlat hokimiyati tizimi, qonunchilik, ijro va sud hokimiyatining bo‘linishi prinsipi Konstitutsiyada mustahkamlandi.
Slayd 22
O‘zbekistonning rivojlanishi, unda olib borilayotgan islohotlar, albatta, ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida olib borilayotgan islohotlar esa hokimiyat tuzilmalari tarkibi, faoliyatini takomillashtirish, hokimiyat tizimi bo‘linishi prinsipini yanada chuqurlashtirish, uning natijasida vakolatlarni yanada aniq belgilash zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Slayd 23
Demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi, erkinlashtirish siyosati davlat boshlig‘i maqomida o‘zgarishlar bo‘lishini, uning davlat boshlig‘i sifatidagi maqomini kuchaytirib, ijro hokimiyati tarkibidan chiqarishni, ayrim vakolatlarni Parlamentga, hukumatga o‘tkazish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Jamiyatda siyosiy hayotning rivojlanishi shu jarayonda ishtirok etuvchilarning faolligiga bog‘liq, bu avvalo, siyosiy partiyalar rolini oshirishni taqozo etadi. Bu ham Konstitutsiyaga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etdi.
Slayd 24
KONSTITUTSIYAGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITILISH
Konstitutsiyaga birinchi o‘zgartirish 1993-yilda kiritilib, bunga asosan Oliy Kengash deputatlarining soni 150 nafar bo‘lishi haqidagi norma chiqarib tashlandi va qonunlarda deputatlar soni 250 nafar bo‘lishi belgilab qo‘yildi.
Ikki palatali parlament tizimi tashkil qilindi.
Konstitutsiyamizga eng katta va salmoqli o‘zgartirish 2003-yil 24-aprelda kiritildi. Buning asosi va sababi 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum natijalari bo‘ldi. Referendum natijasida xalq parlamentning ikki palatali bo‘lishi va Prezident vakolatini 5 yildan 7 yilga o‘zgartirishni ma’qulladi.
Parlament nazorati kuchaytirildi.
Vazirlar Mahkamasi Raisi lavozimi tugatildi.
Slayd 25
2007-yil 11-apreldagi Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlarga asosan, Prezidentning ijro hokimiyatiga boshchilik qilish vakolati bekor qilinib, “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi”, – deb belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, 2008-yil 25-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari soni 120 tadan 150 taga ko‘paytirildi, ularning 15 tasi O‘zbekiston Ekologik harakati tomonidan saylanishi belgilangan edi.
Slayd 26
2022-yilda Sh. Mirziyoyev saylovoldi uchrashuvlarida Konstitutsiyamizga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgan edi. 2022-yil 20-mayda 47 nafar a’zodan iborat Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Tayyorlangan loyiha 2022-yil 25-iyunda muhokama uchun e’lon qilindi. Unga asosan Konstitutsiyaning 128-moddasining 64 tasini o‘zgartirish, 6 ta yangi modda qo‘shishi ko‘zda tutilgan edi.Muhokama muddati bir necha bor uzaytirildi va olib borilgan ishlar natijasida avvalgi 128 moddadan iborat bo‘lgan Konstitutsiyaga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish natijasida 155 moddadan iborat yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi.
Slayd 27
Bu yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 65% matni xalq takliflari asosida yangilandi. Unda:
“Yangi O‘zbekiston ijtimoiy davlat” tamoyillari
“Inson – jamiyat – davlat”,
“Inson manfaatlari – iqtisodiy islohotlarning bosh mezoni”
“Jamiyat islohotlar tashabbuskori” g‘oyalari o‘z ifodasini topdi.
Slayd 28
Referendumda ro‘yxatga kiritilganlarning 84,51% ishtirok etdi.
Shulardan 90,21% “Ha” deb
loyihani ma’qulladi
Tayyorlangan loyiha 2023-yil 30-aprelda referendumga qo‘yildi.
9,35% loyihaga qarshi ovoz berdi.
Slayd 29
O‘zbekistonda boshqaruvning respublika shaklini Konstitutsiyada belgilanishi;
O‘zbekistonni huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy davlat deb belgilanishi;
Atrof-muhitni avaylab-asrashga e’tibor berilganligi;
Ta’lim olish huquqining kengaytirilganligi, o‘qituvchilar
Maqomining Konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi;
Oila maqomining yangicha mustahkamlanishi;
Inson huquqlari doirasi kengayganligi;
YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYADAGI ENG MUHIM YANGILIKLAR:
Slayd 30
SHUNIGDEK,
Inson huquq va erkinliklari kafolatlarining kuchaytirilganligi;
Davlat majburiyatlarini konstitutsiyaviy darajada belgilanishi;
Qonun ustuvorligining kuchaytirilganligi;
Yoshlar huquqini himoyalashning kengayganligi;
Tadbirkorlar, mulk huquqining kuchaytirilganligi;
Parlamentarizmning kuchaytirilganligi;
Hukumat tarkibini ixchamlashtirilganligi;
Advokatura faoliyatiga Konstitutsiyaviy maqom berilganligi;
Mahalliy davlat hokimiyati tarmoqlarining mustaqilligi ta’minlanganligi, hokim maqomining o‘zgartirilganligi;
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat hokimiyatidan mustaqilligining belgilanganligi va h.k.
Slayd 31
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 32
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.