O‘zbek tarixiy nasrida Mirkarim Osim ijodining o‘rni
5000 so'm

=== Taqdimot: O‘zbek tarixiy nasrida Mirkarim Osim ijodining o‘rni.pptx ===
=== Slayd 1 ===
O‘zbek tarixiy nasrida Mirkarim Osim ijodining o‘rni
=== Slayd 2 ===
Reja:
Mirkarim Osimning hayoti va ijodi
M.Osimning tarixiy nasriy hikoyalari
Tarixiy qissalarda tarixiy shaxslar obrazi
=== Slayd 3 ===
Tarixiy asarlari orqali butun xalqqa tanilgan Mirkarim Osim 1907-yil Toshkentda, ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1917-1920-yillar “Shams ul-urfon” boshlang‘ich maktabiga boradi. 1921-1924-yillar Narimonov nomidagi ta’lim-tarbiya o‘quv yurtida tahsil oladi. 1926-yil Moskva Davlat Pedagogika universitetining tarix-iqtisod fakultetiga o‘qishga kirib, 1930-yil yakunlaydi. Keyinchalik Samarqanddagi o‘qituvchilarni tayyorlash kurslarida ishlab, 1932-yildan O‘zbekiston maorif ta’limi xalq komissarligi huzuridagi pedagogika ilmiy-tadqiqot institutida faoliyat yuritadi.
Mirkarim Osim hayoti va ijodi
=== Slayd 4 ===
Mirkarim Osim
40-yillar qatag‘on qurboniga aylanadi va bir necha yillar mobaynida lager mashaqqatlarini boshdan kechiradi. 50-yillar vataniga qaytgach, u tarixiy asarlar ustida ishini davom ettiradi. Nashriyotlarda muharrir bo‘lib faoliyat yuritadi.
=== Slayd 5 ===
Mirkarim Osim faoliyatini she’riyatdan boshlaydi. Keyinchalik, o‘quv qo‘llanmalar, tavsiyanomalar va tarix darsliklarini yozadi. 1940-yildan boshlab Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida so‘zlovchi “Astrobod”, “Alisher Navoiy va Darveshali”, “Badarg‘a”, “Navoiyning xislatlari”, “Ulug‘bek va Navoiy” kabi hikoyalar yozadi.
=== Slayd 6 ===
Mirkarim Osim asarlarini uch qismga ajratish mumkin:
Tarixiy qahramonlik mavzusidagi asarlari.
Tarixiy-maishiy mavzusidagi asarlari.
Tarixiy-biografik mavzusidagi asarlar.
=== Slayd 7 ===
Qahramonlik mavzusidagi asarlari:
“O‘tror”, “To‘maris”, “Temur Malik”, “Aleksandr va Spitamen”
Maishiy mavzusidagi asarlari:
“Mohlar oyim va Xonposhsha”, “Karvon qo‘ng‘irog‘i”, “Elchilar”
Tarixiy-biografik asarlari:
“Zulmat ichra nur” (Navoiy haqida), “Jayhun ustida bulutlar” (Beruniy haqida), “Ibn Sino qissasi”, “Aljabrning tug‘ilishi” (Al-Xorazmiy haqida), “Singan setor” (Mashrab haqida).
Tarixiy asarlarining bo‘linishi:
=== Slayd 8 ===
To‘maris bor qo‘shinini yig‘ib Kir II ustiga yurish qildi. Ikki tomon o‘rtasida dahshatli jang bo‘lib o‘tdi. Jangda Kir II o‘ldirildi.
Malika Kir II ning boshini qon to‘ldirilgan meshga solishni buyurdi va baland ovozda: “O‘g‘limni o‘ldirding, yurtimni qonini ichmoqchi bo‘lding. Tirikligingda inson qoniga to‘ymagan eding. Mana, endi to‘yguningcha ich, deb xitob qildi.
Tarixiy rivoyatlarni jonlantirgan hikoyalari
=== Slayd 9 ===
Mirkarim Osim O‘zbek adabiyotida tarixiy syujetli asarlar yaratishni boshlar ekan, ajdodlarimiz tarixini har tomonlama sinchiklab o‘rganadi. Dengizdan gavhar izlagan g‘avvoslardek, o‘tmish ummoniga sho‘ng‘ib so‘z durlarini teradi. Shu tariqa “To‘maris” va “Shiroq” va yana shu kabi tarixiy asarlar yuzaga keladi. U asarlarda xalqimizning buyuk o‘tmishidagi qahramonlarini tasvirlashga bag‘ishlangan. To‘maris asarida mardlik jasurlikda erkaklardan qolishmaydigan ayol To‘marisning vataniga bo‘lgan muhabbati, yurtiga qayg‘urish hissi farzandining o‘limi jang tasvirlari, yovuz Kayhusrafning ayanchli o‘limi juda ta’sirli yoritib beriladi.
=== Slayd 10 ===
Tariximiz buyuk va juda qadimiy voqealarga boy. Kayhusrav – qadimgi Eron shohi (miloddan avvalgi 558-630) Ahamoniylar davlati asoschisi.Miloddan avvalgi 530-yili o‘z qo‘shni bilan O‘rta Osiyoga hujum qilgan va massagetlar malikasi To‘maris bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ladi.
=== Slayd 11 ===
Biz To‘maris timsolida haqiqiy mard, jasur ayol bo‘lishiga qaramasdan g‘oyat katta qabilaga sardorlik qiladigan, haqiqiy vatanparvar shaxs timsolini ko‘rishimiz mumkin. Yana shuni ta’kidlash kerakki, To‘maris xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadi. Vaholanki shoh Kayhusrav To‘marisga turmush qurish taklifini beradi To‘maris esa albatta uni rad etadi. Xalqini, uning ozodligini o‘ylaydi. U o‘zi uchun yashashi shohona hayot kechirishi, hayotini zebu ziynatlar ichida o‘tkazishi mumkin edi. Lekin u Kayhusravning boyliklariga ega bo‘lish niyatini payqaydi.
=== Slayd 12 ===
To‘marisning ona yurtiga mehribonligi, xalqiga qayg‘urishi kabi tuyg‘ularini ko‘rishimiz mumkin. Asarda jang maydoni va jang tasvirlari juda jonli tasvirlanadi. Sparangiz va uning do‘stlarining Kayhusravga qarshi mardona kurashlari, asirga tushib Sparangizning mardlarcha o‘limi adib tomonidan ajoyib mahorat bilan tasvirlanadi. Farzandini o‘limini eshitgan onaning jigar bag‘ri o‘qdek teshildi.
=== Slayd 13 ===
Qayg‘uning davosi faqatgina o‘ch olish edi. Shunday ham bo‘ldi, To‘maris va Kayhusrav o‘rtasidagi jang ayovsiz va shiddatli bo‘lib o‘tdi. To‘maris g‘alaba qozondi va asar xotimasida Kayhusravning uzilgan boshini qon to‘ldirilgan idishga solib:
Tiriklikda to‘ymovding sira qon yoshga
Mana endi to‘yib ol boshing ko‘mib ich
misralarini ta’kidlaydi. Mirkarim Osim To‘maris asarida barcha personajlarni o‘ziga xos tarzida tasvirlaydi. Bunda shaklarning urf odatlari vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati va hattoki mayda personajlarni ham mahorat bilan ochib berganligi asarni o‘qimishli qilgan.
=== Slayd 14 ===
Mirkarim Osim “Shiroq haqida afsona”
=== Slayd 15 ===
“Shiroq” tarixiy hikoyasi ham Turon xalqlarining Ahamoniylar podshohi Doro I bosqiniga qarshi kurashgan mard, vatanining jasur o‘g‘loni cho‘pon yigit Shiroqning jasorati haqida so‘z yuritiladi. Shiroq xalqining mard o‘g‘loni bo‘lib, umrini xalq ozodligi yo‘lida qurbon qiladi. U har bir yurt farzandi uchun o‘rnak bo‘ladigan timsoldir.
=== Slayd 16 ===
Tarix bilan tillashgan adibning “Jayhun ustida bulutlar”, “Zulmat ichra nur”, “Yulduzlar sayri” qissalari alohida turkumni tashkil etadi. Ularning aksariyati O‘rta asrlardagi buyuk mutafakkirlar, olim va ijodkorlar hayot yo‘liga bag‘ishlangan. Bunday asarlar zamondosh kitobxonni tarixiy shaxslar qismati, boy adabiy-ilmiy merosi, faoliyatlari bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Natijada, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Mashrab singari buyuk siymolar obrazi badiiy inkishof etilganligi tahsinga sazovor.
=== Slayd 17 ===
Mirkarim Osimning “Iskandar va Spitamen” qissasida Spitamen qahramonligi, boy ma’naviy olami ana shu taxlit tarixiy fakt va ma’lumotlar doirasida qiziqarli lavhalarda tasvirlanadi. Spitamen — xalq orasidan chiqqan lashkarboshi. U dushmanning og‘ir zarbalaridan, talato‘plaridan gangib qolgan yurtdoshlarini o‘z atrofiga yig‘ib, bosqinchilarga qarshi qasoskorlik urushini boshlab yuboradi.
“Iskandar va Spitamin”
=== Slayd 18 ===
Yozuvchi Spitamen psixologiyasini chizarkan, uning ongi — shuuridagi qilt etgan tebranishlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaydi; mard, adolatli, qo‘li ochiq va jangovar lashkarboshi sifatida tasvirlaydi. Bu esa qahramonning tashqi qiyofasini jonli faoliyat bilan bog‘liq tasvirlash, tasavvur qilish uchun imkoniyat yaratadi. “Yosh Spitamen o‘zini janglarda ko‘rsatib, yuqori mansablarga erishdi, bora—bora so‘g‘dlardan tuzilgan otliq askarlarga boshliq bo‘lib oldi.
=== Slayd 19 ===
Adolatli, qo‘li ochiq bo‘lgani uchun qo‘l ostidagi askarlar uni yaxshi ko‘rar, mard —jangovar boshliqlarining bir og‘iz so‘zi bilan o‘zlarini o‘tga ham, suvga ham tashlashga tayyor edilar. U boshqa sarkardalar singari jangda qo‘lga tushgan o‘ljaning ko‘p qismini o‘ziga olmas, topganini o‘ziga tobe odamlar bilan baham ko‘rib, ularning chekkan mashaqqatlariga, shodliklariga sherik bo‘lar edi”.
=== Slayd 20 ===
Yurtdoshlari Spitamenni Qoplon deb atashardi. Unga bunday nom berilishiga uning qoplon terisini ustiga yopib yurishigina emas, balki qoplondek dovyurak va chaqqonligi ham sabab bo‘lgan.
=== Slayd 21 ===
Spitamen Iskandarga qarshi dahshatli jangga kirar ekan, Vatani So‘g‘diyonani ozod qilish istagi unga dalda beradi. Kuchiga kuch qo‘shadi, lekin ayrim vatandoshlarining nag‘makashligi, xiyonatchiligi uni iztirobga soladi. Dardi — dunyosi qorong‘i tortadi. Bu dunyo shevalarini anglash oson ekan-u, inson deb atalgan bir ushoq jonni tushunish o‘lim bilan barobar mavhum, deya yozg‘iradi. Samarqand yaqinidagi hal qiluvchi jangda Spitamen qo‘shinlari son jihatdan ozchilikni tashkil etgani uchun yengiladi; u qolgan tiriklar bilan cho‘lga chekinadi. Yana el-yurtini ozod etish uchun hayot-mamot muhorabasiga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Dushman xizmatida bo‘lgan otasining qutqulariga uchgan xotini Spitamen boshini tanasidan judo qilib, Iskandarga jo‘natadi.
=== Slayd 22 ===
Turon hududlariga bostirib kelgan mo‘g‘ul istilochilari xunrezligi aks etgan, ularga qarshi kurashgan Temur Malik obrazi yoritilgan. Asarda Temur Malik kabi xalqimizning mard va jasur o‘g‘loni bosqinchilarga qarshi kurashga otlangan xalqqa boshchilik qiladilar. Xususan, yigirma ming askari bilan Xo‘jandga bostirib kirgan Chingizxonning Suktu va Uloq nuyon sarkardalari qo‘shiniga qarshi Xo‘jand hokimi Temur Malik Chumchiq oroldagi istehkomda turib qaqshatqich zarbalar beradi. Adib Temur Malikni oqko‘ngil, bilimdon, fe’li keng va bag‘ri butun sarkarda sifatida tasvirlaydi:
Temur Malik
=== Slayd 23 ===
“Kuch-quvvatini ayamay, ishtiyoq bilan ishlayotgan hasharchilar orasida o‘qtin – o‘qtin baland bo‘yli bir kishi paydo bo‘lar, o‘zini hurmat bilan qarshilagan hasharchilarning ishlariga kushoyish tilab, ishda mahorat ko‘rsatgan ustalarga tashakkur bildirar, sust ishlayotganlarga piching otib, uyaltirar edi. Bu kishi Temur Malik edi. U ba’zan orqasidan ergashib yurgan mulozimlarining yelkasidagi xurjundan bir qism tanga olib, yaxshi ishlayotgan kishilarga ulashib berar edi”. Temur Malik shaxsini bezab turgan odamlarga mehr-muhabbat, oqibatlilik singari xislatlar asarning boshidan oxirigacha qizil chiziqdek o‘ta boradi.
=== Slayd 24 ===
Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir
Mirkarim Osimning tarixiy asarlari ham bugungi davrda barkamol, jasur va mard avlodlar tarbiyalashda juda muhim vosita deb o‘ylaymiz. Inson o‘z yurtini sevishi, uning taraqqiyoti, tinchligi va mustaqilligi rivojlanishi uchun sadoqat bilan xizmat qilishi, fidoiylik ko‘rsatishi va hatto jonini bermoqqa tayyor bo‘lib yashamog‘i darkor. Vatanparvarlik hissini singdirish vatan tuyg‘usini anglashdan boshlanadi, odam o‘z ona yurtining tashvishi, quvonchi bilan hamisha hamnafas yashashligini unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodga uqtirishimiz kerak.
=== Slayd 25 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.