O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi asoslari
4000 so'm

Slayd 1
O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasining umumnazariy masalalari, tarixi va shakllanish taraqiyoti.
Slayd 2
1. Adabiyot o‘qitish metodikasining umumnazariy masalalari.
2. Adabiyot o‘qitishning maqsadi va vazifalari.
3. Adabiyot o‘qitishning dolzarb muammolari.
4. Adabiyot o‘qitish metodikasining tarixi va shakllanishi.
Reja:
Slayd 3
Adabiyot o‘qitish metodikasi badiiy adabiyot o‘qitilish jarayoniga bog‘liq qonuniyatlarni o‘rganadi. Unda adabiyotshunoslik bilan pedagogikaning ayrim xususiyatlari uyg‘un lashadi. Ya’ni adabiyotshunoslik alohida fan sifatida adabiyot tarixi, nazariyasi va jarayon muammolari bilan shug‘ullansa, pedagogika bola tarbiyasi qonuniyatlari bilan mashg‘ul ligi mahlum. Ammo bu ikkala fan ham uzluksiz ta‘lim jarayonida adabiyotdan nimani va qanday o‘qitilishi kerakligi masalasini hal qilib bera olmaydi. Shu ma’noda adabiyot o‘qitish metodikasi alohida fan sifatida filologik ta‘lim uchun zarur hisoblanib , uning o‘z obhekti va predmeti, maqsad va vazifalari, mazmuni va metodlari mavjud. Bizgacha yaratilgan soha darsliklariga tayangan holda-Adabiyot o‘qitishmetodika si fanining ob‘ektini uzluksiz ta‘lim tizimidagi adabiyot darslari,deya ko‘rsatish mumkin. Mazkur fanning predmeti esa uzluksiz ta‘lim tizimida badiiy adabiyot ning o‘qitili shiga doir didaktik ashyolar va qonuniyatlar hamda badiiy asarni o‘rganishda o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlaridagi hamkorlik jarayonidir.Fanining maqsadi bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy ompetentliligini shakllantirish, ularga yoshlar mahnaviyatini qaror toptirishda badiiy asarning ta’sir kuchidan oqilona va samarali foydalanish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.
Slayd 4
Adabiyot o‘qitish metodikasi fani adabiyot darslarining ta‘lim muassasalarida o‘rganila digan boshqa o‘quv fanlaridan farqini ko‘rsatish; adabiy ta‘limdagi anhanaviy va nova torlik yondashuvga xos jihatlarni o‘rganish; pedagoglarda adabiy ta‘lim uchun optimal variantlarni belgilashda zarur bo‘ladigan ko’nikmalarni shakllantirish; adabiyot darslarida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati hamda ularning o‘zaro munosabatidagi o‘ziga xosliklar bilan tanishtirish singari vazifalarni o‘z ichiga oladi. Shundan kelib chiqiladigan bo‘lsa, Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining vazifalari o‘qitish jarayoni da ta‘limning samarali metod va usullaridan foydalanish yo‘llarini o‘rgatish, badiiy asar tahlilida o‘quvchi ma’naviyatiga ijobiy tahsir ko‘rsatadigan jihatlarni ochish hamda undan maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilishga yo‘naltirishdan iborat. -Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining mazmuni ta‘lim metodlari, usullari, shakllari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, badiiy asar bilan bog‘liq nazariy va didaktik tushunchalar, adabiy matn bilan ishlash jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini tashkil etish yo‘llarini o‘z ichiga oladi”. Adabiyot o‘qitish metodikasi” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari qatoriga fangadoir ma‘lumot yig’ishning aniq maqsadga yo‘naltirilganligi;
Slayd 5
Ilg‘or tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va ommalashtirish, ta‘lim hujjatlarini tahlil qilish, o‘qituvchi hamda o‘quvchilar bilan individual suhbatlar tashkil etish kabilarni o‘z ichiga oladigan kuzatish; sinalmagan pedagogik hodisalarni har xil sharoitlarda o‘rganish maqsadida qo‘yilgan ilmiy tajriba ko‘rinishidagi eksperiment; mahlum maqsadga yo‘naltirilgan, aniq sharoit va tartibda o‘tkaziladigan, o‘quvchilarning ta‘limiy hamda rivojanish darajasini aniq o‘lchaydigan tekshiruv tizimi bo‘lmish test;ma‘lumotlarni oldindan maxsus tayyorlangan savollar va anketalar ko‘magidayalpi tarzda yig‘ish shaklidagi anketa so‘rovnomalari; ta‘lim jarayonining sonko‘rsatkichlari aniqlanishiga yo‘naltirilgan statistik tahlil; metodik merosni tanqidiy o‘rganish; o‘quvchi ijodi namunalarini o‘rganish va hk.larni kiritish mumkin. Talabalar “Adabiyot o‘qitish metodikasi” kursini to‘la o‘zlashtirsalar, adabiy ta‘limning metod va usullari haqida to‘liq bilimga ega bo‘lishlari, har qanday badiiy matnni ham ilmiy, ham didaktik, ham o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda tahlil eta olishlari, adabiyot darslarini samarali tashkil eta bilishlari, o‘quvchilar bilan professional muloqotga kirisha olishlari mumkin bo‘ladi. Ya’ni talabalar:
Slayd 6
-ona tili va birorta chet tilda shaxslararo hamda madaniyatlararo masalalar yuzasidan og‘zaki va yozma ravishda kommunikativ aloqaga kirisha olishlari;
• jamoa bilan ishlashda ularga xos bo‘lgan ijtimoiy, etnik, madaniy va diniy tafovutlarga bag‘rikenglik bilan yondasha olish malakasini egallagan bo‘lishlari;
• filologik yo‘nalishdagi ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish jarayoniga oqilona rahbarlik qilish ko‘nikmasini egallashlari;
• maktab yoki boshqa ta‘lim muassasalarida adabiyotdan sinfda va sinfdan tashqari ishlarni tashkil eta bilishlari;
• mashg‘ulotlarni mavjud ilg’or metodlar asosida tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik materiallarni tayyorlash ko‘nikmasini egallagan bo‘lishlari;
• o‘quvchilarga filologik ta‘lim berish va tarbiyaviy tahsir ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lishlari;
• professional faoliyatlarida har bir o‘quvchi shaxsiga xos bo‘lgan individual xususiyat larni bilish va ta‘lim amaliyotida qo‘llay olish ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishlari talab qilinadi.
Slayd 7
Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fani qachon paydo bo‘lgan? degan savolning o‘rtaga qo‘ilishi tabiiydir. Bu savolga dabdurustdan javob berish qiyin.Shu narsa aniqki, badiiy adabiyot paydo bo‘lganidan keyin, uni boshqalarga, zamondoshlarga, shuningdek, keyingi avlodga yetkazish, yetkazganda ham ularni boshqa insonlar qalbiga ta’sir qila oladigan darajada yetkazish asosiy muammolardan biri bo‘lganligini his etish mumkin. Yaqin-yaqinlargacha ham o‘zbek adabiyotini o‘qitish nazariyasi va metodikasi tarixi asosan Oktabr inqilobi bilan bog‘liq holda talqin va targ‘ib etilgani sir emas. Mustaqilligimizning sharofati bilan barcha fanlar rivojlanishning to‘g‘ri o‘zanlariga tushib oldi. Prezidentimiz I.Karimov ta‘kidlaganlariday:
-Amudaryo bilan Sirdaryo o‘rtasida joylashgan hamda Movarounnahr yoki Turkiston nomlari bilan mashhur vatanimiz asrlar mobaynida jahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri hisoblangan. Buyuk ipak yo‘lidagi bog‘lovchi markaziy halqa, Sharq va G‘arb uchrashadigan, ularning faol savdo-iqtisodiy va ma‘naviy hamkorligi tug‘iladigan joy bo‘lgan. Mana shunday holatda bu yerda ko‘plab fanlar qatorida adabiyotshunoslikning, tarbiyashunoslikning, ular qatorida esa adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasining muayyan o‘rni.
Slayd 8
Bo‘lganligini tasavvur etish mumkin.Xalqimiz azal-azaldan badiiy adabiyotni ushunish, sevish, e‘zozlay bilishni, adabiy hodisalarni his qilish, ayni paytda, bularning barchasini boshqalarga yetkazishni ham o‘zi uchun odat deb bilgan. Buni biz uzoq tariximizga nazar tashlab yaqqol bilishimiz mumkin. Metodika tarixini bilish esa zamonaviy ta‘lim texnologiyalari mohiyatini teranroq ilg‘ash imkonini beradi. Adabiy asarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan dastlabki qaydlar Avesto yodgorligidayoq uchraydi. Bevosita turkiy muhitda esa buni O‘rxun-Enasoy yodgorliklaridagi ayrim ishoralar orqali payqashimiz qiyin emas. Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fani o‘tmishdagi boy tajribalarni o‘rganish asosida hozirgi zamon maktablaridagi adabiyot o‘qitish jarayonini umumiylashtiradi. Adabiyot Sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi hayotida har doim juda katta ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan. Cho’lponning-Adabiyot yashasa, millat yashar” degan fikri bejiz emas. Ammo uni o‘qitish birdaniga hozirgi holatga kelmagan. Turkiy xalqlar orasida adabiyot o‘qitish an‘analari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Buyuk mutafakkirlarimiz Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar ta’lim-tarbiya, o‘qituvchi faoliyati xususida alohida to‘xtab o‘tishgan
Slayd 9
Ular insonning shaxs sifatida kamol topishida ilm olishning, ta’lim va tarbiyaning ahamiyati haqida o‘zlarining qimmatli fikrlarini aytib o‘tganlar. O‘rta Osiyoning ulug‘ mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873–950) o‘zining ilmiy ishlarida ovoz, nutqningtarbiyaviy ahamiyatiga alohida e‘tibor beradi. U “Ilmlarning kelib chiqishi” nomli risolasida badiiy asarni ifodali o‘qish, o‘qiganini hikoya qilib berish zo‘r san’at ekanligini aytadi. Uning ta’kidlashicha, hikoyachilikda (o‘qishda) o‘tkir ta’sirli bo‘lgan, ana shu san‘atda o‘ziga munosib o‘rin egallagan kishilar hakim deyiladi va u o‘qishni, notiqlikni egallagan san’atkor, faylasuf, donishmand bilan tengdir. Forobiy har bir kishining o‘ziga xos, individual xususiyatga ega bo‘lishini, ta’lim-tarbiya jarayonida bu xususiyatlarga e’tibor berish shart ekanligini alohida uqtiradi: “Kishilar jismoniy va tug‘ma qobiliyat, kuch-quvvatda bir-birlaridan ortiq-kam bo‘ladilar”. Forobiyning ta’kidlashicha, “Har kimki ilm-hikmatni o‘rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, salomatligi yaxshi bo‘lishiga intilsin, axloqli-odobli bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqsin,yomon ishlardan saqlansin, xiyonat va makr-hiyladan uzoq bo‘lsin”. Buginaemas, “Rohatlanish, dard chekish va qayg’urish asosiy ta-biiy xislatlar hisoblanadilar, ular tufayli fazilatlar va illatlar o‘zlashtiriladi.
Slayd 10
Va, nihoyat, balog‘at va bilimlarga, ya’ni rivojlanishga tarbiya va mashq orqali erishiladi”. Tarbiyaning buyuk imkoniyati shundaki, u orqali inson yaxshi va yomon, foydali va zararli narsalarni ajratishga erishadi.”Tarbiya oqillikni vujudga keltiradi. Kishining tarbiyasi bo“lmasa, u bema‘ni likni xush ko’radi”. Forobiy komil insonlar haqida gapirganida ularning bevosita nutqiga, so‘zni tushunish va tushuntirish imkoniyatlariga ham e‘tibor beradi. Uning yozishicha, u suhbatdoshining so‘zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg‘ab olishi, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur, …u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida, chiroyli so‘zlar bilan ifodalay olishi zarur”. Forobiyning bevosita san‘at hamda adabiy ta‘lim haqida ham bir qator jiddiy kuzatishlar olib borganligi yaxshi ma‘lum. Forobiy she‘r tuzilishi, uning mohiyati, eng muhimi, she‘r vositasida badiiy adabiyotni o‘rganish va o‘rgatish usullari haqida ham qimmatli fikrlar bildirgan. Mutafakkir ritm va vazn haqida gapirib, jumladan, shunday deydi: «She‘r ma‘lum bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, bu bo‘laklar (oldinma-ketin) bab-baravar vaqtda o‘qiladigan bo‘lishi lozim.
Slayd 11
She‘r tabiati–tuzilishida boshqa qonun-qoidalarga rioya qilish unchalik zaruriy sanalmagan, vaholanki, bu qonun-qoidalarga rioya qilishning o‘zi she‘rning eng afzal va ulug‘vor bo‘lishiga sabab bo‘lgan”. Forobiy badiiy ijodning o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy usulda ko‘rsatib beradi: “Demak, bundan ma‘lum bo‘lishicha, isbotda ilm, tortishuvda ikkilanish, ritorikada ishontirish qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, she‘riyatda ham xayol va tasavvur shunchalik zarur bo‘ladi. Mutafakkirning asarlarida ayrim tur va janrlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlash, shu asosda ularni o‘quvchilarga tushuntirish borasida ham qiziqarli mulohazalar bildirilgan. Jumladan, yunon adabiyoti haqida to‘xtar ekan, olim Gomerning “Iliada”sini, shuningdek, tragediya, drama, komediya, difirimbi, satira, epos, ritorika, poema kabi janrlar haqida to‘xtab o‘tadi. Ularning har biriga xos bo‘lgan tasvir usuli, ifoda tarzlari, mavzu va tili, shakliy-poetik xususiyati haqida ma‘lumot beradi. Ibn Sino 980-yil (hijriy 370- yil)da Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida dunyoga kelgan. U qomusiy olim bo‘lib taniladi. Olimning tib ilmida nihoyatda benazir bo‘lganligini yaxshi bilamiz. Ayni paytda olimning asarlarida ta‘lim va tarbiya, ayrim fanlarni o‘qish-o‘rganishga oid qimmatli fikr-mulohazalar ham talaygina.
Slayd 12
U o‘z pedagogik qarashlarida muhitning shaxs tarbiyasiga jiddiy ta‘sir ko‘rsata olishini maxsus uqtiradi. Olim ilm olishning uzluksiz jarayon ekanligini, biroq olam sirlarini bilishda inson doimo intilishi, harakat qilishi zarurligini ta‘kidlaydi: Ibn Sinoning qaydlaridan biz o‘sha davrdagi ta‘lim-tarbiya tizimi hamda uning mazmun va mohiyati haqida ayrim tasavvurlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Uning yozishicha, “Bola olti yoshga yetgach, uni murabbiy va muallim ixtiyoriga topshiriladi. Ta‘lim asta-sekinlik bilan berilishi kerak; birdaniga uni kitobga bog‘lab qo‘ymaslik lozim”. Olim ayrim adabiy namunalarning inson ruhiyatiga kuchli ta‘sir qilishini kuzatgan. Jumladan, oshiqlik holati haqida gapirib, shunday deydi: “G‘azal eshitganda ahvoli shodlik va kulguga yoki g‘amginlik va yig‘iga tomon o‘zgaradi, ayniqsa, judolik va hajr tilga olinganda shunday bo‘ladi”.
Beruniy (973–1048) ilmiy merosida ham olam hodisalarni o‘rganishga imkon beradigan ko‘plab fikr-mulohazalar mavjud. U “ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandan afzaldir” degan aqidaga rioya qiladi. Bilimni esa “qaytarish va takrorlash natijasidir”, deb biladi.
Slayd 13
U bilim olishda va o’rgatishda usullarning xilma-xilligini, shakllarning rang-barangligini e‘tirof qilgan. Chunki deydi olim, “doimo bir xil narsaga qaray berish malolli va sabrsizlikka olib keladi. (O‘quvchi) fandan fanga o‘tib tursa, turli bog‘larda yurganga o‘xshaydi, birini ko‘rib ulgurmay, boshqasi boshlanadi va u kishi “Har bir yangi narsada lazzat bor”, deyilganidek, ularni ko‘rishga qiziqadi va ko‘zdan kechirishni istaydi”. Olim ―Avesto, “Kalila va Dimna”, arab adabiyoti, hind adabiyotiga oid ko‘plab misollarni tahlil qiladi, qiyoslaydi, ulardan o‘rnak va namunalar olishga chaqiradi. Ayrim asarlarni o‘qish uslubi eshituvchilarga ta‘sir qilishning muhim omili ekanligi qadimgi turkiylarga yaxshi ma‘lum bo‘lgan. Mahmud Qoshg‘ariy XI asrning buyuk mutafakkiridir. Uning qomusiy olim sifatida ko‘plab fanlarga oid ma‘lumotlarni to‘plagani va o‘zining “Devonu lug‘ot it-turk asarida aks ettirgani yaxshi ma‘lum. Olim bu asarida o‘zini yirik tilshunos va adabiyotshunos sifatida ham ko‘rsatadi. Devondagi adabiy parchalar nihoyatda keng mavzularga bag‘ishlangan. Ularning janrlari ham rang-barang. Olim bu asarlarga tegishli izoh va sharhlar berishning go‘zal namunalarini tavsiya etadi. Kitobda ayrim janrlar, badiiy-tasviriy vositalar, she‘riy vaznlar haqida ham ko‘plab ma‘lumotlar, izoh va talqinlar mavjud.
Slayd 14
Ba‘zi hollarda ayrim adabiy asarlarning o‘qilishi, ularning ma‘no xususiyatlari haqidagi ko‘rsatmalarning mavjudligi M.Qoshg‘ariyniig “Devonu lug‘ot it-turk”i orqali XI asrgacha bo‘lgan turkiy ta‘lim-tarbiya tizimi haqida ayrim ma‘lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Jumladan, u alohida, birgalashib va ko‘plashib o‘qish haqida ishoralar beradi. adabiy ta‘limning o‘sha davr dagi holati haqida dastlabki tasavvurlarni bera oladi. Olim o‘z kitobidagi materiallarni joylashtirish haqida, ularni kitobxonlarga yetkazish haqida uzoq muddat bosh qotirgan: “Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli so‘zlar, saj‘lar, maqollar, qo‘shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim. Qattiq joylarini yumshatdim, qiyin va qorong‘I joylarini yoritdim. Bu ish ustida so‘zlarni o‘z joyiga qo‘yish, kerakli so‘zlarni osonlik bilan topish uchun bir necha yillar mashaqqat tortdim. Nihoyat, kerakli so‘zlarni o‘z joyida ko‘zlaydigan, qiyinchiliksiz topa oladigan bir holga keltirdim”. Alisher Navoiy, Bobur, Munis, Abdulla Avloniy va boshqa adiblarimiz ijodida ta‘lim-tarbiya jarayoni, uning shaxsi va mazmuniga oid qimmatli fikrlar mavjud. O‘tmishda qissaxonlar, roviylar, voizlarning jamiyat hayotida katta o‘rin tutganligi yaxshi ma‘lum.
Slayd 15
Bu o‘lkada shohnomaxonlik, yassaviyxonlik, sa‘diyxonlik, hofizxonlik, bedilxonlik, navoiyxonlik, mashrabxonlik yig‘inlari keng tus olgan. Maktablarda diniy asarlar, ayniqsa, Qur‘onni ifodali o‘qish, uning ma‘nolarini anglab yetish bilan bir qatorda ayrim asarlarning matni, ma‘nosi, har bir so‘zning izohi, badiiy asarni tushuntirishga oid mashqlarustida jiddiy ishlangan. Badiiy asarlarga sharhlar bitish an‘ana tusini olgan Maktab va madrasalarda faqat turkiy tilda emas, balki arab va fors tillarida yozilgan badiiy kitoblarni o’qish ham taomilda bo‘lgan. Ularda juda erta yoshdan Sharqning mashhur klassiklari – Firdavsiy, Sa‘diy, Hofiz, Fuzuliy, Navoiy, Bedil asarlari bilan tanishish imkonlari yaratilgan. Islomdagi ilmga nisbatan ijobiy munosabat ham ta‘lim-tarbiyaning o‘ziga xos tarzda rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Jumladan, hadisi shariflarda bu haqda shunday mulohazalarni ko‘rishimiz mumkin:“Garchi Xitoyda bo‘lsa ham ilmga intilinglar, chunki ilm olishga harakat qilish har bir mo‘minga farzdir”. “Sadaqaning afzali mo‘min kishining ilm o‘rganib, so‘ng boshqa mo‘min birodarlariga ham o‘rgatishidir”.
Slayd 16
“Ilm o‘rganish har bir mo‘min uchun farzdir. Ilm tolibi uchun hamma narsa, hatto dengizdagi baliqlar ham gunohini so’rab istig’for aytadi”. “Bir soatgina ilm o‘rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik dars esa uch oy tutilgan nafl ro‘zadan afzaldir”. A.Navoiy faqat so‘z san‘atining buyuk namoyandasi, olamshumul ahamiyatga molik bo‘lgan ijodkorgina emas, ta‘lim-tarbiya sohasida jiddiy fikrlarni bildirgan, bu sohada nazariy fikrlarni aytish bilan cheklanmasdan, katta hajmdagi amaliy faoliyat bilan shug‘ullangan benazir mutafakkir hamdir”. Mahbub ul-qulub”asarida bilim olib mustaqil mushohada yurita olmaydigan insonni “ustiga kitob ortilgan eshak”ka qiyoslaydi va “nodon” deb ataydi. Shuningdek, ulug‘ shoir asarida o‘quvchini chiroyli yozuvni, yozma nutq malakasini egallashga undaydi. U yod olish usulining imkoniyat va afzalliklarini targ‘ib qildi. Jumladan, Farhod haqida gapirib: Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni, Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni. …O‘qub o‘tmak, uqub o‘tmak shiori, Qolib yodida sahfa-sahfa bori,-degan misralarni bitadi.
Slayd 17
Navoiyning o‘qituvchi haqidagi qarashlari ham ibratlidir. U “Mahbub ulqulub”da “Mudarrislar zikrida” degan alohida fasl ajratgan. Unda mudarris “o‘zi bilmagan ilmni ayturg‘a murtakib bo‘lmasa”, deydi. Shogirdlarning esa ustodlar oldida har doim burchdor ekanligini ta‘kidlaydi: “Shogird agar shayx ul-islom, agar qozidur, agar ustod andin rozidur – tengri rozidur.
Bayt:
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila.
Adibning she‘r va she‘riyat, nazm va nasr, ayrim adiblarning ijodkorligiborasidagi fikrlari ham adabiy ta‘lim bilan bevosita aloqadordir. Jumladan, Amir Temur haqida shunday yozadi: “Temur Ko‘ragon – agarchi nazm aytmoqqa iltifotqilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqe‘dao‘qubdurlarkim, aningdek bir bayt o’qug‘oni ming yaxshi bayt aytqoncha bor”.
Slayd 18
Dilshod Barno (1800-1906) bergan ma‘lumotlarga qaraganda XIX asr maktablarida adabiy ta‘limning alohida o‘rni va mavqei bo‘lgan. Bu haqda, jumladan,shunday ma‘lumotlar bor: “Hamdam va hamsuhbatlarim zehnli shoira qizlar bo‘lib, 51-yil maktabdorlik qildim. Maktabda a‘lo va o‘rta o‘quvchilardan doim 20 va 30 qiz ta‘lim olar edilar. 891 qizni savodli qilib chiqardim. Ulardan yaqin to‘rtdan bir qismi tab‘i nazmi bor shoira, oqila qizlar edi”. Anbar Otindek buyuk shoira ham Dilshod Barno maktabining o‘quvchisi bo‘lganini eslasak, bu davrdagi adabiy ta‘limning natijalarini tasavvur qilishimiz osonlashadi. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi, asosan, yigirmanchi asrning 20-yillarda fan sifatida shakllandi va rivojlanib bordi. O‘zbek adabiyotini o‘qitish usulining mustaqil fan ekanligi shundaki, boshqa fanlardagi kabi uning ham o‘rganiladigan, tadqiq etiladigan predmeti mavjud bo‘lib, u badiiy adabiyotdir. Umumiy siyosiy hayotdagi o‘zgarish madaniy hayotning hamma tarmoq lariga o‘z ta‘sirini ko‘rsatdi. Adabiyot o‘qitish metodikasiga oid dastlabki mustaqil tadqiqot – qo‘llanmaning yaratilishi ham xuddi shu davrlarga to‘g‘ri keladi .
Slayd 19
«Adabiy o’qishmetodikasi» deb nomlangan bu kitob mualliflari taniqli metodistlar S. Dolimov va H. Ubaydullayevlar edi. Unda ifodali o‘qish haqida, uning mazmun va mohiyati,turlari haqida yaxlit ma‘lumotlar berilgan. Kitob adabiyot o‘qitishdagi nazariy asoslar dan tortib, uning bevosita amaliyotdagi holatlarigacha bo‘lgan hodisalarni qamrab oladi. U to‘rt qismdan iborat. Bular: adabiyot metodikasi va uning nazariy asoslari haqida ma’lumot, adabiy o‘qish, adabiy o‘qish yuzasidan sinfdan va maktabdan tashqarida olib boriladigan ishlar, rejalashtirish va jihozlash masalalari deb nomlangan. Kitobda amaliy faoliyat bilan aloqador bo‘lgan masalalarga ancha katta e’tibor berilganligi uning asosiy yutuqlardan biridir. Mualliflar har bir nazariy muammoni albatta aniq misollar bilan dalillash yo‘lidan borishgan. Shunga qaramay, unda o’sha davr mafkurasining kuchli ta’siri ham ochiq sezilib turadi. S.Dolimovning «5-sinf «Vatan adabiyoti» xrestomatiyasi uchun metodik qo‘llanma» kitobi 70-yillardagi o‘zbek adabiyotini o‘qitishdagi o‘zga xos usullar haqida muayyan tasavvurlar beradi. Muhimi, u o‘sha paytlarda adabiyot darsi samaradorligini oshirish uchun amaliy tavsiyalarga boyligi bilan e‘tiborli bo‘lgan.
Slayd 20
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 21
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.