Ovoz buzilishlarini bartaraf etish logopedik metodlari

4000 so'm


Ovoz buzilishlarini bartaraf etish logopedik metodlari

 

 

Slayd 1

Ovoz buzilishlarini bartaraf etish

Slayd 2

Reja:
Bolalar ovozini rivojlantirish va tiklash metodikasi
Ovozni tiklash bo‘yicha logopedik mashg‘ulotlar kursining mazmuni
Logopedik mashg’ulotlarning bosqichlari

Slayd 3

Hozirgi zamon logopediya fani organizmning yo‘qolgan funksiyasini qayta tiklash vazifasini insonparvar bemorni jarohatlashga yo‘l qo‘ymaydigan metodlardan foydalanib hal qiladi.
Ovozni tiklashda G. Shoppe metodi bo‘yicha ish olib borish maqsadga muvofiqdir. G. Shoppe 1888-yildayoq bo‘g‘iz muskulaturasiga va shilliq pardasiga ta’sir qiluvchi qon aylanishini regulirovka kiluvchi shilliq moddani kamaytiruvchi massaj qilish zarur deb ko‘rsatgan edi.
Ortofonik davolashga XIX asr oxirlarida asos solindi. Bunda fonosteniya va funksional afoniyani davolashda artikulatsion gimnastika, nafas mashqlari, umumiy tana gimnastikasi, vibratsiya, elektr ovoz vilkalari tavsiya qilinar edi.
G. Gutsman bemorning nutq rejimiga alohida ahamiyat beradi va 8—10 kun davomida mutlaq tinchlik bo‘lishi tavsiya qilinadi. G. Gutsman birinchi bo’lib, funksional ovoz buzilishlarini bartaraf qiluvchi ishning u yoki bu darajada mukammalroq tizimini taklif qildi.

Slayd 4

Psixoterapiya;
Quyi qovurg’alar diafragmal nafsni tarbiyalash;
Artikulatsion gimnastika — dastlab ovoz ishtirokisiz, keyin so’zlarni shivirlab aytish;
Baland ovoz bilan o‘tkaziladigan mashqlar
Bemor ovoz balandligini va ovoz kuchini chiqarilayotgan havo kuchini o‘zgartirish yo‘LI bilan boshqara olar edi.
Uning tarkibiga:

Slayd 5

Ortofoniya — ovoz funksiyasi buzilishlarini artikulatsion, nafas va ovoz mashqlari bilan maxsus davolash metodi. Ortofonik davolashning maqsadi — bo‘g‘iz faoliyatidagi, nafas va artikulatsion funksiyalaridagi buzilgan avtomatizatsiyani qayta tiklashdir.
Bu metodga XIX asrning oxirida asos solingan. Keyinchalik rus foniatrlari va otolaringogologlari, logopedlari, chet ellik mutaxassislar bu metod mazmunini chuqurlashtirdilar va kengaytirdilar.
Ovozni tiklashning kompleks metodi bu sistemalarning koordinatsiyasini yo‘lga qo’yishga yordam beradi. Bu metodning eng muhim tamoyili logopedik va davolash ishlarining izchilligi, funksional terapiyaning bo‘g‘iz kasalliklarini davolashning hamma bosqichlarida o’tkazilishidir.
Bo‘g‘iz kasalliklarini davolashning har bir bosqichiga logopedik mashqlarning muayyan kompleksi muvofiq keladi. Ular nutq nafasi, artikulatsiyasi va ovozni postanovka qilishga qaratilgan. Davolashning har bir keyingi bosqichida mashqlar murakkablashtirib boriladi, bunda bolaning umumiy holati kasallikning borishi, nafas olish xarakteri, artikulatsiyaning va ovozning xarekteri, shuningdek, jismoniy va psixik rivojlanishdagi yosh xususiyatlari hisobga olinadi.

Slayd 6

Davolashning birinchi bosqichi — operatsiyagacha bo’lgan (tayyorlov) bosqichi
Bola traxeotomik trubka taqadi, bu o’tkir yoki xronik bo‘g‘iz stenozida nafas olish imkonini beradi.
Tabiiy nafas yo’llari — burun va og‘iz nafas jarayonida ishtirok etmaydi, bunda artikulatsion apparatning funksiyasi va ovoz jarangi birmuncha atrofiyaga uchraydi. Ovoz o‘z jarangdorligini yo‘qotadi, afoniya yuz beradi yoki monoton, xunuk, tushunarsiz, intonatsiyalardan mahrum bo’lgan nutq hosil bo‘ladi. Nutqning bir turi uzoq davom etuvchi traxeotomik trubka taqib yurishning o‘ziga xos belgisidir.
Bu bosqichda logopedik mashg‘ulotlarini boshlash maqsadga muvofiqdir, ular psixoterapiya, artikulatsion gimnastika, yengil nafas gimnastikasi va bola nutqini umumiy rivojlantirish ishlari bilan chegaralanadi.

Slayd 7

Logopedik mashqlarning maqsadi
— Ovozni qayta tiklashda bemorda ishonch hosil qilish, bolaning artikulatsion apparati harakatlarining sifati va hajmini yaxshilash, tabiiy nafas yo‘llari orqali nafas olish ko‘nikmasini hosil qilish.
Bolaning jismonan zaifligini, uning astenik holatini bola boshidan kechirgan ko‘p sonli operatsiyalarini, bolaning o‘z ahvoli tufayli azob chekishni ovozning yo‘qligini hisobga olib, logopedik mashg‘ulotlami muayyan dozirovkada, vaqti chegaralangan holda (5—10 minut), sekin tempda va o‘yin shaklida olib borish tavsiya etiladi.

Slayd 8

— Operatsiyadan keyingi bosqichdir. T shaklidagi rezina trubka uzoq muddat taqib yuriladi (3—5 oy ).
Bu trubka retsidivlarga qarshi kurashish va bo‘g‘izdagi teshikni davolash maqsadida taqiladi.
Bunda nafas olish asosan, trubka orqali amalga oshiriladi, ovoz bo‘lmaydi (afoniya ) yoki usha awalgi monoton nutqqa ega bo‘ladi.
Bu sharoitlarda artikulatsion va nafas mashqlari murakkablashtiriladi, logopedik davolash fizkulturasi kiritiladi, bola nutqini umumiy rivojlantirish bo’yicha ish olib borish davom ettiriladi, tovushlar talaffuzi korreksiyasi olib boriladi.
Davolashning ikkinchi bosqichi

Slayd 9

O‘tkaziladigan mashqlardan maqsad
— Saf artikulatsion harakatlarni, unli tovushlarni, undosh tovushlarni, bo‘g‘inlar va so‘zlarni nafas chiqarishda, oldin ovozsiz, keyin shivirlab talaffuz qilish bilan birlashtirish orqali artikulatsion apparat harakatining sifatini yaxshilashdir.
Bunday mashqlar monoton nutq o’rniga shivirlovchi nutqni hosil qilishga qaratilgan bo‘ladi.
Davomli nafas chiqarish logopedik davolash fizkulturasi maxsus kompleksi yordamida hosil qilinadi, bu kompleksga sof gimnastik mashqlardan tashqari yana nafas mashqlari, tovushlar va so‘zlarni nafas chiqarishda talaffuz qilish bilan birgalikda kiritiladi.
Bu mashqlar davolashning nazorat bosqichiga o‘tishni yengillashtiradi.
Bola organizmini jismoniy jihatdan mustahkamlaydi, organizmning ish qobiliyatini va chidamliligini oshiradi.

Slayd 10

Davolashning uchinchi bosqichi
— Nazorat postdekanyulyatsion bosqichidir (3—5oy). Bu bosqichda bo‘g‘izdagi teshikning bitib ketishi turg‘unligi va retsidivlarning bor-yo‘qligi tekshiriladi.
Bola awaliga stoma orqali nafas oladi, keyinchalik stoma plastir bilan berkitiladi, bola nafas olishning tabiiy yo‘llari orqali nafas oladi. Ovoz bo’lmaydi.
Davolashning bu bosqichida artikulatsion va nafas gimnastikasiga davolash fizkulturasi bilan birga ovoz mashqlari ham qo‘shiladi. Nafas mashqlari murakkablashtiriladi, ularning o‘tkazilish vaqti uzaytiriladi, nafas mashqlari tovush fonatsiyasi bilan birga olib boriladi. Ovoz mashqlari ovoz tovushlarini hosil qilish uchun xizmat qiladi.

Slayd 11

Davolashning to‘rtinchi bosqichi — laringostomaning plastik berkitilishidir.
Operatsiyadan keyin 14—17 kun o‘tgach logopedik mashg‘ulotlar qaytadan boshlanadi va o’zining oxirgi yakunlovchi fazasiga — nafas olishni, artikulani va ovoz hosil qilishni to‘la tiklash fazasiga kiradi.
Davolashning beshinchi bosqichi — funksional terapiya deb nomlanadi. Bu davrda rezonator, generator va energetik sistemalar faoliyatidagi koordinatsiya qayta tiklanadi. Ovozning balandligi, ovozning kuchi, ovozning tembrini rivojlantirish va bola nutqining melodika intonatsion tomonini boyitish bo’yicha ovoz mashqlarining murakkab kompleksi kiritiladi.
Bo‘g‘iz va bo’yin muskullarning zo’riqishi kuzatilsa, un paychalari yetarli darajada jipslashmasa, u holda fizioterapevtik davolash qo’llaniladi (bo’yindagi chandiqlar oblastida elektroforez yodli kaliy bilan ionizatsiya).

Slayd 12

Ye. S. Almazova ovozni tiklash bo’yicha logopedik mashg‘ulotlar kursini ikki bosqichga ajratadi:
Bosqich — logopedik mashg‘ulotlarning tayyorlov bosqichi;
Bosqich — logopedik mashg‘ulotlaming asosiy bosqichi
Ovozni tiklash bo‘yicha logopedik mashg‘ulotlar kursining mazmuni

Slayd 13

Logopedik mashg’ulotlarning tayyorlov bosqichi
Bola ovozini tiklash bo’yicha ishni boshlashdan awal bola haqidagi anamneztik ma’lumotlarni olish, shuningdek, klinik psixologo-pedagogik va logopedik tekshirishlarning natijalarini bir tizimga solish va umumlashtirish lozimdir. Bolaning ovozi va nutqi magnit lentasiga, nafas olishi esa kimografga yoki elektroensefalografga yozib olinadi.
Bo‘g‘iz kasalliklariga ega bo’lgan bolalarga organizmning astenik holati bo‘g‘izning nerv-muskul apparatining tuzilishida va funksiyasida turli o’zgarishlar, emotsional-iroda sferasining buzilishlari, nutq taraqqiyotining sustlashishi va ovoz funksiyasining uzoq davom etuvchi buzilishlari kuzatiladi.
Bu ma’lumotlar bolaning rivojlanish xususiyatlarini ochishga, boshlang’ich nuqtasi psixoterapiya bo’lgan ovozni tiklash ishining yo’llarini va vositalarini ishlab chiqishga imkon beradi.

Slayd 14

Psixoterapiyaning maqsadi — bolaning ongini, faolligini, irodasini, ovozni tiklash jarayoniga jalb qilishdir.
Psixoterapiya bola shaxsining qayta tarbiyalanishga bola shaxsining qiyinchiliklarini yengish va tezroq sog’ayish uchun kurashishga yordam beradi va faollashtiradi.
Psixoterapiya bolaga uning yoshini, kasallikning borishini, bolaning shaxs xususiyatlarini, uning nutqi va ovozdagi buzilishlarning xarakterini hisobga olgan holda individual yondoshishga undaydi.
Psixoterapiya suhbat shaklida olib boriladi. Suhbat davomida bolaning shikoyatlari aniqlanadi, qiziqish doirasi qobiliyatlari o‘z nuqsoniga munosabati haqida tasawurga ega bo‘linadi, shaxsiy va ish yuzasidan kontakt o‘rnatiladi.

Slayd 15

Uzoq davom etadigan va og‘ir bo‘g‘iz kasalliklari bilan og‘rigan bolalar bir marta yoki ko‘p marta suhbat shaklida olib boriladigan faol va bir maqsadga yo‘naltirilgan psixoterapiyaga muhtoj bo‘ladilar.
Psixoterapiya bola shaxsining sog‘ayishini va tiklovchi ta’limning muvaffaqiyatini ta’minlovchi tadbirdir.
Psixoterapiya bilan bir vaqtda artikulatsion gimnastika ham olib boriladi. Fonatsiya jarayonida artikulatsiyaga alohida ahamiyat beriladi. Shu jarayonda ovoz tembri aniqlanadi, undosh va unli tovushlar shakllanadi. Bundan tashqari, artikulatsiya qanchalik aniq va yaxshiroq bo‘lsa, un paychalarining funksiyasi shuncha aniq va bir maqsadga yo’naltirilgan bo‘ladi.
Yuqori rezonator trubkaning faoliyati buzilganda harakatlar o‘zining koordinatsion aniqligini yo‘qotadi, bo‘shashgan, beso‘naqay bo‘lib qoladi, bu hol bolalarda ham kuzatiladi.

Slayd 16

Artikulatsion gimnastikaning maqsadi artikulatsion apparatning barcha qismlarining aniq, chaqqon, to‘g‘ri harakatini ta’minlash va artikulatsion apparatning nafas va ovoz hosil qilish organlari bilan koordinatsiyalashgan faoliyatini ta’minlashdir.
Artikulatsion muskullarni zo‘riqishdan, qisilishdan va aksincha, bo‘shanglik, zaiflikdan xalos qilish zarur.

Slayd 17

Artikulatsion apparatni zo‘riqishdan xalos qilish va uning tonusini oshirish uchun gigiyenik massajdan foydalaniladi.
Massajda barmoqlarning uchi bilan silash amalga oshiriladi:
Peshana o‘rtasidan chakkalar tomon va ko‘z atrofida burunning ikki ko‘z o‘rtasidagi yuqori qismigacha;
Burunning ikki ko‘z o‘rtasidagi yuqori qismidan quloq oldi chuqurchasi tomon;
Burun uchidan yuqoriga va pastga;
Burun uchi atrofida vinsimon harakatlar, yuqori va pastki lablarga o’tish bilan.

Slayd 18

Massaj yuz muskulaturasining harakatlarini faollashtiradi, yuz mimikasini yaxshilaydi. Massaj bilan birga bola mustaqil ravishda peshana va burnini tirishtirishni, qovog‘ini solishni, qoshlarini kerishni, lunjlarini shishirishni, tabassum qilishni o’rganadi. Bu mashqlar ovozga go‘zallik beradi, ovozning kuchini va tembrini yaxshilaydi.
Fiziologiya fani ma’lumotlariga ko‘ra, mimik muskullarning harakati, yuz terisining qo‘zg‘atilishi ovoz muskullarining tonusini oshiradi.
Massaj bilan bir vaqtda artikulatsion apparatning turli qismlari uchun alohida ajratilgan artikulatsion gimnastika olib boriladi.
Har bir artikulatsion harakat oyna oldida o’tirgan holda aniq, shoshilmasdan, muayyan ritmni saqlagan holda amalga oshiriladi (sanoq ostida).

Slayd 19

Taxminiy artikulatsion mashqlar:
I-Til harakatlari:
Tilni og‘izdan tashqariga chiqarish;
Tilni o‘ngga va chapga harakatlantirish;
Til uchi bilan yuqori va pastki lablarini yalash;
Tilni yuqori va pastki lab orqasiga navbatma-navbat kiritish;
Tilni taqillatish;
T-k tovushlarini tilning uchini va tilning ildizini qattiq tutgan holda talaffuz qilish
II-Lab harakatlari:
Lablarni cho‘chchaytirish, «naycha» qilish;
Lablarini doiracha holiga keltirish;
Lablarini kulgi holatiga keltirish;
P-p-p-p tovushini lablarni qattiq tutgan holda talaffuz qilish
III-Jag‘ harakatlari:
Og‘izni ochish va yopish;
Pastki jag‘ni pastga tushirish;
Chaynash imitatsiyasi

Slayd 20

Chaynash jarayonida bo‘g‘iz, hiqildoq, tanglay, til, lablar muskullarining qisqarishi kuzatiladi.
IV. Yumshoq tanglay harakatlari: yo‘talish, esnash, suv tomchilarini yutish, a unlisini qattiq atakada talaffuz qilish, bunda bolaning diqqati tanglay pardasini ko‘tara bilishi va shu holatda ushlab tura olishga qaratilgan bo’ladi (oyna oldida, sanoq ostida).
V. Bo‘yin muskullarini bo’shashtirish: boshni oldinga egish, boshni orqaga tashlash, boshni chapga-o‘ngga burish, keyinchalik bu harakatlar i-e-o-u-a tovushlarini talaffuz qilish bilan birga bajariladi.
VI. Bo‘g‘iz va un paychalarining harakatlari:

Slayd 21

. Bo‘g‘izning silovchi va vibratsion massaji. Bo‘yinning oldingi yuzasida vertikal va gorizontal yo‘nalishda qalqonsimon tog‘ay oblasti yengil bosilgan holda barmoqlar bilan ritmik harakatlar amalga oshiriladi;
VII. Yo‘talish harakatlari; kaptarning ovoziga taqlid qilish; ingrashga taqlid qilish; bu bo‘g‘izning vibratsion massaji bilan birgalikda qilinishi ham mumkin.
Nafasni mashq qildirish bilan birga olib boriladigan artikulatsion apparatning barcha qismlarining aniq, koordinatsiyalangan faoliyatini rivojlantiruvchi mashqlar (diksiya ustida ishlash):

Slayd 22

Bir nafas chiqarishda ikkita unli tovushni talaffuz qilish: a-e o-u u-i e-i
Bir nafas chiqarishda to‘rtta unli tovushni talaffuz qilish: a-e-o-u a-o-u-e o-u-a-i
Bir nafas chiqarishda uchta unli tovushni talaffuz qilish: a-e-o o-u-i a-e-i o-u-a
Fa-fo-fu-fi-fe
Paf-pof-puf-pif-pef
Sa-so-su-si-se
Pas-pos-pus-pis-pes
Sha-sho-shu-shi-she

Slayd 23

Bir nafas chiqarishda:
Pap-pap pap-pap-pap
Pap-pap-pap-pap
Pat-pat
Pat-pat-pat
Pat-pat-pat-pat
K tovush ishtirok etgan so’zlar.
P tovush ishtirok etgan so’zlar.
Ta-to-tu-ti-te
Tat-tot-tut-tit-tet
Tap-top-tut-tit-tet
Tap-top-tup-tip-tep
Ka-ko-ku-ki-ke
Kat-kot-kut-kit-ket
Kap-kop-kup-kip-kep
Pa-po-pu-pi-pe
Pap-pop-pup-pip-pep
Pat-pot-put-pit-pet

Slayd 24

P-b tovushlari ustida ishlash.
M tovushi ustida ishlash.
N tovushi ustida ishlash.
F-v tovushlari ustida ishlash.
T-d tovushlari ustida ishlash.
K-g-x tovushlari ustida ishlash.
S-z-ts tovushlari ustida ishlash.
Sh-j, ch tovushlari ustida ishlash.
1 Tovushi ustida ishlash.
R tovushi ustida ishlash.

Slayd 25

Al-o-u-i-e
A-ol-u-i-e
A-o-ul-i-e
A-o-u-il-e a-o-u-i-el
Nutq tempini o’zgartirish:
A____o____u_____i____e sekin;
Ao____ u__i____ e o‘rtccha;
A o u i s tez.

Slayd 26

Shunday qilib, artikulatsion gimnastikaning o’ziga xosligi faqatgina artikulatsion harakatlarning kuchiga va aniqligiga alohida e’tibor berishda emas, balki bu harakatlarni oldin past, keyin baland tovush bilan qo’sha olishga e’tibor berishda hamdir.
Yumshoq tanglayning harakatchanligini oshirish, pastki jag’ning va un paychalarining harakatlarini rivojlantirish katta ahamiyatga ega.

Slayd 27

Artikulatsion mashqlar bilan bir vaqtda 2— yoki 3-mashg‘ulotdan boshlab nafas mashqlari ham olib boriladi. Nafas gimnastikasini o’tkazishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
Bolani toliqtirib qo’ymaslik, ya’ni mashqlaming sonini va o‘tkazilish tempini qat’iy me’yor qilish;
Bolaning ko’krak qafasi havo bilan to’lib qolmasligini kuzatib turish;
Bola harakatlarni sekin, sanoq ostida, bir tekisda, shamollatilgan xonada, ovqatgacha bajarish kerak

Slayd 28

Statik mashqlar gavdani mutlaq tinch tutgan holda yoki yengil harakatlar bilan birga bajariladi. Statik nafas mashqlarining maqsadi
— Burun va og‘iz orqali differensiyalashgan nafas olishni hosil qilish, nutqda nafas olish va davomli nafas chiqarish ko‘nikmalarini tarbiyalash. Bu mashqlarga paxtaga, suvga puvlash, sovun pufaklarini puflab hosil qilish, rezina o‘yinchoqlarini, shami puflash, sumaycha, labda garmoshka chalish kiradi. Bu mashqlar lab muskulaturasini rivojlantiradi va yo‘qotilgan tovushni kinestetik jihatdan sezishni hosil qiladi.

Slayd 29

(Pichirlab va baland ovozda):
U—au—uo—ua—
O—ou—ao—oa—
E—-iu—io—-ia-—
_—Eu—eo—ea—
A.

Slayd 30

Jarangsiz undosh tovushlar alohida va unlilar bilan birgalikda:
F— uf—us—ush—
S—of—os—osh—
P_—ef-—es—esh-—
X—if—is—ish-
Af—as—ash—
Fu—us—shu-
Fo—so—sho—
Fe—se—sha­
Ft—_si—_shi—
Fa—sa—sha—

Slayd 31

Jarangli undosh tovushlar alohida va unli tovushlar bilan birga:
V—uv—-uz—uj—
Z—ov—oe—oj—
J—ev—ez—ej—
V—IV—iz—ij—
Z—av—az—aj—

Slayd 32

Pu—tu—ku—
Po—to—ko­
Re—te—ke­
Pi—-ti—ki-—
Pa—ta—ka—-

Slayd 33

Jarangli undosh tovushlar unli tovushlar bilan birga ochiq bo‘g‘inlarda:
Bu—du—gu—
Bo—do—go—
Be—de—ge—
Bi—DI—gi—
Ba—-da—ga—

Slayd 34

Shu ko‘rinishda artikulatsion va oddiy nafas mashqlarining birgalikda qo’llanishi natijasida nutqiy nafas ko‘nikmalari shakllanadi.
Fonatsion nafasni rivojlantirish uchun burun va og‘iz orqali differen- sirlashgan nafas olish va nafas chiqarishni mashq qildiruvchi mashqlar tanlab olinadi. Bu mashqlar nafas apparatini fonatsiyaga tayyorlaydi, nafas muskullarining, ayniqsa, diafragmaning faoliyatini sezishga yordam beradi.

Slayd 35

Masalan:
Nafas olish (5 sek. ) – Nafasni ushlab turish (3 sek. ) — Nafas chiqarish (5 sek. );
Nafas olish (6 sek. ) — Nafas ushlab turish (5 sek. ) — Nafas chiqarish (8 sek. );
Nafas olish (8 sek. ) — Nafasni ushlab turish (6 sek. ) — Nafas chiqarish (10 sek. );
«Gul» — burun orqali chuqur sekin nafas olishni mashq qildirish (gullarning yoqimli hidini hidlash);
«Sham» — tekis, sekin nafas chiqarish yonayotgan shamga puflash;
«Qaysar sham» – intensiv, kuchli nafas chiqarish. Bola qorin muskullarining harakatini sezadi;
«Shamni o‘chirish» — intensiv nafas chiqarish, shu vaqtning o‘zida «fu! Fu! Fu! Fu! Talaffuz qilinadi. Sham uchdi;
«Nasos» — davomli, kuchli nafas chiqarish, shu vaqtda «s s s s s» tovushi talaffuz qilinadi.

Slayd 36

Statik nafas mashqlaridan keyin dinamik nafas gimnastikasi mashqlari bajariladi. Dinamik mashqlar yurish, sekin yugurish, qo‘l, oyoq va tana harakatlari bilan bog’liq bo‘lib, davolash fizkulturasi elementlarini o‘z ichiga oladi.
Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, davolash fizkulturasi davomida shartli nafas refleksi hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, jismoniy mashqlar bemorning kayfiyatiga va emotsiyalariga ijobiy ta’sir qiladi, quvonch hissini uyg‘otadi, tetik va muvozanatni nerv-psixik holatni yaratadi. Bolalarda miya juda elastik bo’lib, bu hoi davolovchi fizkulturaning effektivligini oshiradi. Bolalarda yangi shartli bog’lanishlar tez hosil bo‘ladi, patologik reflekslar so‘nadi va nafas jarayonida nerv regulatsiyasi tiklanadi.

Slayd 37

O’tkaziladigan fizkulturaning maqsadi terapevtik vazifalar, bolaning umumiy ahvoli va kasallikning xususiyatlari bilan aniqlanadi. Bizning oldimizda bemorda to‘g‘ri nafas olish ko‘nikmalarini tarbiyalash, nafas olish kamchiliklari bilan kurashish, butun organizmni sog‘lomlashtirish, ko‘krak qafasining harakatchanligini rivojlantirish, o‘pkaning tiriklik sig‘imini kengaytirish vazifalari turadi.
Buning uchun quyidagilar zarur:
Bolani tabiiy yo‘llar orqali nafas olishga o‘rgatish (og‘iz va burun), bu bilan bola dekanyulyatsiyaga va keyinchalik stomaning berkitilishiga tayyorlanadi;
Nafas chiqarishga alohida e’tibor bergan holda nutqiy nafas mexanizmini rivojlantirish;
Bola organizmini jismoniy jihatdan mustahkamlash;
Organizmning harakatli va jismoniy faolligini hamda ish qobiliyatini o’stirish. Bolalarni charchatib qo‘ymaslik, ularni gimnastik mashqlarni o‘yinlarga qo’shib olib borish bilan qiziqtirish muhimdir.

Slayd 38

Bo‘g‘iz papillamotozi va bo‘g‘iz stenozi bilan og‘rigan bolalar uchun nafas mashqlari kompleksini tuzishda bolalarning ovoz va nafas funksiyasining holatini nazarda tutish lozim, chunki nafas-ovoz mashqlarini o‘tkazish tabiiy yo‘llar orqali nafas olishning va ovoz chiqarishning yo‘qligi tufayli juda qiyindir; bundan tashqari, bola organizmining astenizatsiyasi mashqlaming qat’iy dozirovkasini, ularning muayyan tempda va ritmda bo‘lishini talab qiladi.

Slayd 39

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 40

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Ovoz buzilishlarini bartaraf etish logopedik metodlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar