O‘tkir Hoshimov romanlarida inson taqdiri
5000 so'm

Slayd 1
O‘tkir Hoshimov romanlarida inson taqdiri masalasi.
Slayd 2
O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi, asarlari,
“Ikki eshik orasi” romanida xalq hayotining ko‘lamli tasviri.
“Tushda kechgan umrlar”, davr va shaxs talqini, shaxs fojeasi
“Tushda kechgan umrlar” romanida qahramon qismati orqali mustabid tuzum g‘ayriinsoniy mohiyatining ochilishi.
Reja:
Slayd 3
O‘tkir Hoshimov XX asrning 60-yillari adabiyotining vakilidir. U ko‘plab hikoya, qissa va romanlar yaratdi. Yozuvchi o‘ziga xos betakror publitsist sifatida ham tanilgan. Hayotmizning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan, hamisha yurak qahridan qaynab chiqqan, kitobxonni o‘ylashga undaydigan maqolalari ijtimoiy-madaniy hayotimizda sezilarli voqea bo‘ldi va ma’naviyatimizni boyitdi.
Slayd 4
1941 yil 5 avgustda Toshkentning Do‘mbirobod degan joyida tug‘ildi.
“Men poytaxtning qoq biqinidagi qishloqda tug‘ildim. Qalamkashga qishloqning qalbi, shaharning aqli kerak”
Slayd 5
Uning bobokaloni Abulqosimxon eshon 1865 yili Toshkentni qonga botirgan Chernyaevga qarshi oyoqqa turg‘izgan zotlar bilan bir qatorda turgan ulug‘ millatparvar, “Abulqosimxon” madrasasini bunyod etgan eshon edi. Adibning bobosi Hoshimxon to‘ra uzoq yillar otasi bunyod qilgan madrasada dars bergan. Adibning otasi Otaulla Hoshimov Toshkent to‘qimachilik kombinatida oddiy ishchi edi.
Slayd 6
O‘tkir Hoshimov “Mashaqqatli safar” degan tarjimayi holida shunday yozgan:
• “Otamdan qattiq hayiqar edik. Otam biron marta ham biron tarsaki urgan emas. Otamni qattiq izzat qilishni onam o‘rgatgan… Bilmadim, hozirgi zamon oilalariga bu feodalizm bo‘lib tuyular, ammo bizning oilamizda ota shaxsiga sig‘inish farzandlarga ziyon keltirganini eslay olmayman. Onam esa otamning aksicha nihoyatda yuvosh, juda mehribon edi. Qo‘shnining mushugi tug‘sa ham joni og‘rigandir deb achinar, ko‘chada biron bola yig‘lab o‘tirgan bo‘lsa, albatta, tepasiga borib boshini silar, biron sabab bilan biz bolalarni qarg‘asa, o‘zi ham yig‘lab yuborar, o‘sha zahoti ko‘nglimizni olishga harakat qilar edi. U nihoyatda farishtali, diyonatli ayol bo‘lgani uchun mahalla-ko‘yda uni yosh-u qari baravar hurmat qilardi. Odamlar o‘rtasida bu ajoyib inson “Poshsha oyi” degan nom bilan hurmat topgan edi.
Slayd 7
Toshkent davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kirdi. 1964 yilda universitetni bitirib gazetalarda korrektor, adabiy xodim bo‘lib ishlaydi. 1966 yildan “Toshkent oqshomi” gazetasida adabiyot bo‘limning boshlig‘i bo‘lib 16 yil ishlaydi. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir muovini 1985 yildan “Sharq yulduzi” jurnalining bosh muharriri, Respublika Oliy Majlisida qo‘mita raisi vazifasida ishladi.
Slayd 8
1963 yil “Sharq yulduzi” jurnalida uning “Cho‘l havosi” qissasi bosilib chiqdi. Abdulla Qahhor O‘tkir Hoshimovga yozgan maktubida shunday deydi:
“O‘tkir! “Cho‘l havosi”ni o‘qib suyunib ketdim. Birdan lov etib yongan alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq bo‘ladi. Qissa juda sof, samimiy, iliq, tabiiy, rohat bilan o‘qiladi. Qissaning xat shaklida bo‘lishi ko‘p joylarda ritmni buzadi, sizni cheklab qo‘yadi. Hikoya birinchi shaxsdan olib borilsa ham shunday bo‘lar edi. Buni o‘ylang, hisobga oling. Shu alanga hech qachon pasaymasin, ijodingiz hech qachon tutamasin! Hurmat bilan Abdulla Qahhor”.
Slayd 9
O‘tkir Hoshimov asarlarini jozibador qilgan, unga o‘ziga xos badiiy tarovat baxsh etgan ikki jihat bor:
1. U badiiy asarni jo‘n targ‘ibot quroliga aylantirmaydi. Kunning dolzarb masalalari haqida badiiylashgan shiorlar va xitoblar aytish yo‘lidan bormaydi. U asarlarida umumbashariy muammoni o‘rtaga tashlashga intiladi. Uning asarlarida unutilib ketgan yoki unutilayozgan insoniy qadriyatlar yetakchi o‘rin tutadi.
2. Mana shu muammolarning hammasi kishini hayajonga soluvchi badiiy shakllarda amalga oshirilgan.
Slayd 10
“Cho‘l havosi”
“Shamol esaveradi”
“Odamlar nima derkin?”
“Qalbingga quloq sol”
“Bahor qaytmaydi”
“Dunyoning ishlari”
“Ikki karra ikki – besh”
Qissalari
Slayd 11
1977 yil. “Nur borki, soya bor”
1986 yil “Ikki eshik orasi”
1992 yil “Tushda kechgan umrlar”
Romanlari
Slayd 12
Qonqusni yaxshi ko‘rgin, bolam”, “Qonqus o‘zimizning anhor, undan suv ichamiz”, “Jonivorlarni yaxshi ko‘rgin, bolam”, “Odam o‘zining yaqinlarini yaxshi ko‘rishi kerak. Dunyoda yaxshi odamlar ko‘p. Judayam ko‘p. Ammo sen adangni, opangni akalaringni…meniyam yaxshi ko‘rmasang, dunyoda hech kimni yaxshi ko‘rmaydigan bo‘lib qolasan”.
“Dunyoning ishlari”
Slayd 13
“Shunday asar yozsangki, kitobxon uni o‘qiyotganda hamma narsani unutsa, asar qahramonlari hayoti bilan yashasa, Kitobni o‘qib bo‘lgan kuni kechasi bilan uxlamay, to‘lg‘onib chiqsa… Vaqti kelib yana o‘sha kitobni qo‘liga olganda qaytadan hayajonga tushsa. Orzum shu…”.
Slayd 14
1. O‘tkir Hoshimov qanday muhitda tarbiyalangan?
2. O‘tkir Hoshimovningn ilk asari va adibning u bilan bog‘liq xotiralarini ayting.
3. Abdulla Qahhor O‘tkir Hoshimovning qaysi asarlariga baho bergan? Nima uchun?
4. “Bahor qaytmaydi” qissasida adib ijodiy-estetik prinsiplari haqida gapirib bering.
5. O‘tkir Hoshimovning tanqidchilikda yuqori baholangan asarlariga xos xususiyatlarni aniqlang.
6. “Dunyoning ishlari” qissasi haqida fikr bildiring. Asarni bunchalik mashhur qilgan omillarni sanang.
7. “Ikki eshik orasi” romani polifonik roman degan tushunchani izohlang.
8. “Tushda kechgan umrlar” romanida adibning adabiy estetik prinsiplari qayholda namoyon bo‘lgan?
9. Adib qissalarida davr va shaxs talqini qanday namoyon bo‘lgan?
10. Adib romanlarining umrzoqligini tahminlagan omillar haqida fikr bildiring.
Savol va topshiriqlar:
Slayd 15
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 16
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.