OTA-ONA-BOLA MUNOSABATLARI PSIXOLOGIYASI
7000 so'm

OTA-ONA-BOLA MUNOSABATLARI PSIXOLOGIYASI
Ota-ona-bola munosabatlari psixologiyasi
Ota-ona-bola munosabatlari — bu oilaviy psixologiyaning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu munosabatlar bolaning shaxs sifatida shakllanishi, hissiy barqarorligi va ijtimoiy moslashuvi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Psixologiya fanida bu tizim ota-onaning tarbiya uslubi, hissiy munosabati va farzand bilan o‘zaro muloqoti orqali o‘rganiladi.
“Ota-ona – bola” tizimi
Ota-ona farzandni dunyoga keltirish bilan birga uni tarbiyalash, hayotga tayyorlash va mustaqil shaxs sifatida shakllantirish mas’uliyatini ham o‘z zimmasiga oladi. Tarixan ota-ona farzand tarbiyasida o‘z tajribasiga tayanib ish tutgan bo‘lsa, hozirgi zamon psixologiyasi bu jarayonni ilmiy asosda o‘rganadi. Ota-onaning egoizmi, ortiqcha himoyasi yoki befarqligi bolaning psixik taraqqiyotiga bevosita ta’sir etadi.
Onalik va otalik psixologiyasi
Onalik xulqi — bu bolaning dunyoga kelishidan boshlab onaning hissiy, g‘amxo‘r va himoyaviy munosabatini ifodalaydi. Onada homiladorlikdan boshlab “perinatal davr” deb ataladigan psixologik holat kuzatiladi. Bu davrda onaning ruhiy holati, oiladagi muhit va er-xotin munosabatlari bola ruhiyatiga bevosita ta’sir qiladi.
Perinatal psixologiya:
- Homila davri psixologiyasi
- Chaqaloqlik davri psixologiyasi
Bolada hissiy bog‘liqlikning 4 turi aniqlangan:
- Ishonchli bog‘liqlik: bola onasi bilan iliq hissiy aloqada bo‘ladi, onasini quvonch bilan kutib oladi.
- Chetlashuvchi bog‘liqlik: ona qaytgach, bola unga e’tibor bermaydi, o‘z o‘yinini davom ettiradi.
- Ambivalent bog‘liqlik: bola onaning yo‘qligida depressiyaga tushadi, qaytganda esa hissiyotini namoyon qilmaydi.
- Tartibsiz bog‘liqlik: bola onasiga nisbatan hissiy befarqlik ko‘rsatadi, bu holat ruhiy beqarorlikni bildiradi.
Onalik deprivatsiyasi va tug‘ruqdan keyingi depressiya
Onalik deprivatsiyasi — bu ona tomonidan bolaning hissiy ehtiyojlarini qondirmaslik, unga mehr va e’tibor yetishmasligi holatidir. Bu ochiq (ona boladan ayrilganda) yoki yashirin (ona bolaga hissiy yaqin bo‘la olmaganda) shaklda namoyon bo‘ladi. Natijada bola ruhiyatida chuqur izlar qoladi, u jizzaki, odamovi yoki o‘zini qadrsiz his qiluvchi shaxs sifatida voyaga yetadi.
Tug‘ruqdan keyingi depressiya esa onaning bola tug‘ilgandan keyingi ruhiy tushkunligidir. Oilada er-xotin munosabatlari sovuqlashgan, ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlov yetishmagan sharoitda bu holat kuchayadi. Bunday vaziyatda onaga psixologik yordam juda zarur.
Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari
Psixologiyada ota-onalarning farzand tarbiyasidagi xatti-harakatlari turlicha bo‘ladi. Eng ko‘p uchraydigan tarbiya shakllari quyidagilardir:
- Giperproteksiya: ota-onaning bolaga haddan tashqari e’tiborli, himoyaviy munosabati.
- Gipoproteksiya: bola tarbiyasiga befarqlik, e’tiborsizlik.
- Qattiqqo‘llik: bolani jismoniy yoki ruhiy jazolash, haddan ortiq nazorat.
- Emotsional raddiya: bolani ortiqcha yuk yoki muammo sifatida ko‘rish, uni hissiy jihatdan rad etish.
- O‘ta axloqiy mas’uliyat: boladan ortiqcha talab qilish, uning yosh va imkoniyatlariga zid yuklamalar berish.
- Ziddiyatli tarbiya: oila a’zolari tomonidan turlicha tarbiya uslublari qo‘llanishi (masalan, ota qattiqqo‘l, ona esa o‘ta yumshoq).
Yolg‘iz ota-onalar psixologiyasi
Yolg‘iz ota yoki ona tomonidan tarbiyalangan farzandlar ko‘pincha ijtimoiy muhitda mustaqil, lekin hissiy ehtiyoj jihatdan zaif bo‘ladi. Shuning uchun bunday oilalarda bolaga ikki tomonlama — hissiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlov zarur.
Xulosa
Ota-ona-bola munosabatlari psixologiyasi oilaviy muhitning sog‘lom bo‘lishi uchun asosdir. Ota-onaning mehr-muhabbati, e’tibori va sabr-toqati bola shaxsining ijobiy shakllanishini ta’minlaydi. Har bir ota-ona o‘z farzandining psixologik ehtiyojlarini tushunib, unga mos tarbiya usulini tanlasa, oila baxti va farzand kamoloti kafolatlanadi.
=== Taqdimot 1 ===
Ota-ona-bola munosabatlari psixologiyasi
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
“Ota-ona – bola” munosabatlari tizimi.
Onalik va otalik psixologiyasi.
Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari.
=== Taqdimot 3 ===
OTA-ONA
Tarbiyalash
Hayotga tayyorlash
O’zidan ajratish
Farzandga dunyoga keltirish
=== Taqdimot 4 ===
Tabiiy, ota-ona farzandlarni dunyoga keltirish, tarbiya qilish va jamiyatga tayyorlashda o‘ziga xos metodlarni qo‘llagan. Boshida o‘zidan ajratishni, hayotga tayyorlashni ham bilmagan ota-ona bora-bora bolani jamiyatda ijtimoiylashuviga ahamiyat beradigan, shu jarayonga yordam beradigan bo‘lib borgan, ota-onadagi egoizm bolalardagiga aylanib borganki, hozirgi davrda ko‘pgina ota-onalar farzandlarining faqat o‘zini o‘ylashi, ota-onani tushunmasligidan noliydigan ham bo‘lib qolgan. Lekin aslida tarixiy rivojlanish tendensiyalariga e’tibor berilsa, bunga faqat ota-onalarning o‘zlari aybdordirlar.
=== Taqdimot 5 ===
Reproduktiv xulq – bu oilada farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq xulqdir. U oila a’zolarini o‘z davrining fuqarosi sifatida ijtimoiy kelib chiqishi, yoshi, salomatligi darajasi, madaniyatiga bevosita bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatidir. Bu harakatlarning asl motivi avvalo insondagi o‘zidan nasl qoldirish, oilada er-xotinlik burchini ado etishga bo‘lgan ishtiyoq va layoqatga borib taqaladi.
=== Taqdimot 6 ===
Rerotuktiv xulq
Salomatligi darajasi
Salomatligi darajasi
Yoshi
Ijtimoiy kelib chiqishi
=== Taqdimot 7 ===
Psixologiya fanida ishlatiladigan “perinatal” tushunchasi bilan tibbiyotda ishlatiladigan tushuncha o‘rtasida muayyan farq bor. Tibbiyotda perinatal davr o‘z ichiga homilaning ona qornidagi 28 haftalik taraqqiyot davri bilan bola tug‘ilgandan keyingi 7-10 kunlik davr oralig‘ini nazarda tutadi.
=== Taqdimot 8 ===
Perinatal tibbiyotda
Ona qornidagi 28 haftalik taraqqiyot davri
Tug‘ilgandan keyingi 7-10 kunlik
=== Taqdimot 9 ===
Perinatal psixologiyada
Homila davri psixologiyasi
Chaqaloklik davri psixologiyasi
=== Taqdimot 10 ===
12 oylikdan 18 oylikkacha bo‘lgan bolaning onasidan 3 minutga ayirib turib qayd etilgan xulqiga qarab, olimlar hissiy bog‘langanlikning 4 xil shaklini ajratishgan:
=== Taqdimot 11 ===
Ishonchli bog‘liqlik
ona qaytgach, zo‘r xursandchilik bilan kulib kutib olish
atrofni o‘rganish
xafa bo‘lish
tushkunlikka tushish
Ishonch bilan qidirish
=== Taqdimot 12 ===
Chetlashuvchi bog‘liqlik
Onasi ketib qolganligini bilgach, atrofga qaraydi, qidiradi, lekin ona qaytgach, unga talpinishi minimal bo‘lib, hattoki, teskari qarab ham oladi, o‘yinchoqlarini o‘ynashda davom etaveradi;
=== Taqdimot 13 ===
Avbivalent bog‘liqlik
Onasi ketgach, go‘yoki qotib qolganday depressiyaga tushadi, o‘ynamaydi ham atrofga qaramaydi ham; onasi qaytgach, onasiga talpinmaydi ham, undan qochmaydi ham. Uning xafaligini ham, xursand ekanligini ham anglash qiyin bo‘ladi;
=== Taqdimot 14 ===
=== Taqdimot 15 ===
Tartibsiz bog‘liqlik
Bolada onaga nisbatan bog‘liqlikni kuzatish qiyin, go‘yoki bolaga barcha narsa befarqday, qiliqlarda mantiqni kuzatish mushkul.
Onalik xulq-atvorining shakllanishi og‘liqlik
Onadagi tug‘ruqdan keyingi depressiya – chaqaloq tug‘ilgandan keyinoq ayrim onalarda paydo bo‘ladigan ruhiy holat. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, agar oilada er-xotin munosabatlari yaxshi bo‘lmasa, otaning bolaga e’tibori yetarli bo‘lmagan vaziyatlarda, onaga amaliy hamda moliyaviy ko‘mak berish yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, shu kabi qiyinchiliklar onada depressiyani hosil qiladi
=== Taqdimot 16 ===
=== Taqdimot 17 ===
Onadagi tug‘ruqdan keyingi depressiya – chaqaloq tug‘ilgandan keyinoq ayrim onalarda paydo bo‘ladigan ruhiy holat. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, agar oilada er-xotin munosabatlari yaxshi bo‘lmasa, otaning bolaga e’tibori yetarli bo‘lmagan vaziyatlarda, onaga amaliy hamda moliyaviy ko‘mak berish yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, shu kabi qiyinchiliklar onada depressiyani hosil qiladi
Onalik xulq-atvorining shakllanishi
=== Taqdimot 18 ===
Onalik deprivatsiyasi ochiq (agar ona o‘z onalik burchini bajarmay, boladan ayrilgan bo‘lsa) va yashirin (boladan yashirin voz kechish, uni yoqtirmaslik yoki biror sabab tufayli bolaga yaqin kela olmaslik holatlarida) bo‘lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola taraqqiyoti uchun nihoyatda salbiy, xavfli vaziyat yuzaga keladiki, ayrim hollarda bola hattoki, nobud ham bo‘ladi.
Onalik deprivatsiyasi
=== Taqdimot 19 ===
Masalan, chaqaloq tug‘ilgach, xasta bo‘lgani uchun uning uzoq vaqt mobaynida kasalxonada qolishi ham onalik deprevatsiyasiga sabab bo‘ladi. Bu orada unda onalik mehri uyg‘onmaydi, u yangi chaqaloqqa befarq bo‘lib qoladi. Buning oqibatlari qanchalik og‘ir bo‘lishi onaning yoshiga va ayriliqning muddatiga bog‘liq. Agar shunga o‘xshash holatni boshidan kechirgan ona juda yosh bo‘lsa, unda bolaning psixik taraqqiyotida jiddiy asoratlar qoladi, u o‘z xulq-atvorini nazorat qila olmaydigan, jizzaki, odamovi, jinoyatga, hattoki, o‘z joniga qasd qilishga ham moyilligi yuqori bo‘lib voyaga yetadi.
=== Taqdimot 20 ===
Giperproteksiya
Ota-onalarning farzandlariga nisbatan haddan ziyod e’tiborli bo‘lib, bu ularning bola tarbiyasi uchun kuch, vaqt va e’tiborni ayamasliklarida namoyon bo‘ladi. Ota-ona bu ishni hayot tarziga aylantiradi, ya’ni ona uchun ham, ota uchun ham bola tarbiyasi hayotining mazmun-muddaosiga aylanadi.
=== Taqdimot 21 ===
O‘ta kuchli axloqiy mas’uliyat
Bunda ota-ona tomonidan bolaga nisbatan talablar darajasi yuqori bo‘ladi, lekin uning asl xohish-istaklari, ehtiyojlari unchalik e’tiborga olinmaydi. Ota-ona bolasining kelajagini puxta qilishni o‘ylab, uning yurish-turishi uchun o‘zlarini mas’ul deb his qilgan holda, shaxsiy tasavvuridagi insonni yaratishga, shaxsni shakllantirishga urinadilar, ba’zan nazorat ostida bolaning yoshi, aqliy yoki jismoniy imkoniyatlariga zid talablar, topshiriqlar ham berilaveradi.
=== Taqdimot 22 ===
Emotsional raddiya
Bunda ota-ona bolasini shunday tarbiyalaydiki, uning ota-ona hayotida u o‘ziga yarasha tashvish, ortiqcha yuk ekanligi, u bo‘lmaganida ota-onaning hayoti boshqachi bo‘lishi muntazam ravishda eslatib turiladi. Agar bu farzand oilada yagona bo‘lmasa, boshqa arzandaroq, suyukliroq inson bo‘lsa, vaziyat yanada og‘irlashadi, “sen bo‘lmaganingda…” yoki qiz bolaga qarab: “Sening o‘rningda o‘g‘il bo‘lganda edi ” qabilidagi kesatiqlar tez-tez aytib turiladi.
=== Taqdimot 23 ===
Qattiqqo‘llik
Bir qarashda emotsional rad etishga o‘xshaydi, lekin undan ochiqroq va og‘irroqdir. Qattiqqo‘llik to‘g‘ridan to‘g‘ri bolani yoshligidan kaltaklash, haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga to‘la befarqlik, uning bor-yo‘qligini go‘yoki sezmaslik kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola yoshligidan nima qilib bo‘lsa-da, tezroq katta bo‘lish, o‘zi amallab tirikchiligini qilish, ota-ona tazyiqidan qutulishni o‘ylab yashaydi. Bunday oilada bolani u yoki bu xulqi uchun jazolash odat tusiga kirib qoladi, bola qo‘rqqanidan ota-ona hukmiga itoat etayotganligi, buning istiqbolda yomon asoratlari borligini kattalar bilmaydilar, bilsalar ham bu usul ular uchun samarali tuyuladi.
=== Taqdimot 24 ===
Gipoproteksiya
Shunday holatki, unda ota-onaning bola bilan shug‘ullanishga yo vaqti yetishmaydi, yoki bu ishni boshqalarga yuklab qo‘yadi. Ayrim ota-onalar shu tarzda hayot kechirib, farzandlarini umuman nazorat ham qilmaydi, uning taqdiriga befarq bo‘ladi, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaydi, bolasining kelajagiga qayg‘urmaydi. Gipopreteksiyaning yashirin shaklida ota-ona bola ustidan nomiga nimalardir qilganday bo‘ladi. Bola bu holatlarni tahlil etib, o‘zining kerak emasligini, oilada ortiqcha ekanligini anglab boradi.
=== Taqdimot 25 ===
Oilaviy tarbiyaning yana bir shakli – ziddiyatli tarbiya
Bunda oila a’zolarining har biri bitta bolaga nisbatan turlicha tarbiya uslublarini qo‘llaydi, masalan, otasi o‘ta qattiqqo‘l, ona o‘ta mehribon, yoki ota-ona bolaning xulqini juda nazorat qilib, mas’uliyat bilan uning axloqiy tarbiyasi bilan shug‘ullanadi, buvilari esa aksincha, uni erkalatib, izdan chiqib ketishini – “hali yosh, katta bo‘lganda o‘zi yaxshi bo‘lib ketadi”, qabilida ma’qullayveradi.
=== Taqdimot 26 ===
Yolg‘iz ota-onalar
Ota yoki onadan biri mavjud bo‘lgan oilalarning paydo bo‘lishiga turli sabablar bor: ajrim tufayli bittasi qoladi, nikohsiz paydo bo‘lgan oila sharoiti, bunda onaning yoshi katta bo‘lishi ham (yoshi o‘tib borayotganligidan nikohsiz bo‘lsa ham bitta farzand tug‘ib, uni yolg‘iz o‘zi katta qiladi), juda yosh bo‘lishi (tasodifan yoshlik qilib qiz maktab yoshidayoq ona bo‘lib qolgan holatlar) ham mumkin.
=== Taqdimot 27 ===
E’tiboringiz uchun raxmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — psixologiya, pedagogika va oilaviy tarbiya bo‘yicha vizual taqdimotlar platformasi.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.