- Savatga boshqa "BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
=== Taqdimot 1 ===
O‘SMIRLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. O‘smirlik yoshidagi o‘quvchilarning xulq-atvor xususiyatlari.
2. O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat shaxsiy intim muloqotdir.
3. O‘smirlarning intellektual rivojlanishi.
4. O‘smirlik davrida shaxsning shakllanishi.
5. O‘smirlik davrida shaxslararo munosabat.
=== Taqdimot 3 ===
O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunliklarga ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. “Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas” – ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi.
=== Taqdimot 4 ===
FIZIOLOGIK O‘ZGARISHLAR
=== Taqdimot 5 ===
O‘smirlik davri “o‘tish davr”,
“krizis davr”, “qiyin davr” kabi nomlarni olgan psixologik
ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi.
Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi.
O‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis” deb nomlagan.
=== Taqdimot 6 ===
Juda ko‘p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo‘ladi;
Bolaning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi;
Eng katta o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi;
Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi;
Krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi, psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir;
O‘smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi.
PSIXIK RIVOJI JIHATIDAN BOLALARGA YAQIN, EHTIYOJLARI JIHATIDAN KATTALARGA YAQIN BO‘LGAN O‘SMIR
=== Taqdimot 7 ===
Bu o‘z navbatida kattalarga qo‘pol munosabatda bo‘lish va agressivlikni hamda ota-onalar bilan o‘qituvchilarning maslahat va talablarini pisand qilmaslik kabi xulq-atvor alomatlarini ham keltirib chiqaradi.
“Oltinchi sinf muammolari”ga bag‘ishlangan tadqiqot ishida shu yoshdagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari va turli xil fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning o‘sib borishi quyidagicha namoyon bo‘lgan.
=== Taqdimot 8 ===
Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi:
Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir;
Bo‘yga o‘sish qiz bolalarda 5-7 sm;
O‘g‘il bolalar 5-10 sm o‘sadilar;
lik suyaklar, o‘g‘iz bo‘shlig‘i, halqum, tovush, ko‘krak qafasi, nafas olish, qon bosim, jinsiy bezlar.
=== Taqdimot 9 ===
6-sinf o‘quvchilari 4-sinfga nisbatan 6 marta ko‘proq qaysarlik qilishlari;
10 marta ko‘proq o‘qituvchilarga qarshilik ko‘rsatishlari;
9 marta ko‘proq boshqalar kamchiliklariga e’tibor berishlari;
5 marta ko‘proq faqat o‘z xohish-istaklariga bo‘ysunishlari va nihoyat;
7 marta ko‘proq boshqalar irodasiga to‘sqinlik qilishlari;
42 marta ko‘proq o‘z xatti-harakatlari motivlariga ega bo‘lmasliklari aniqlangan;
OLTINCHI SINF O‘QUVCHILARI
=== Taqdimot 10 ===
O‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoq-
lik kabi salbiy xususiyatlar xosdir;
O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin. O‘smir katta odam, shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini noqulay his qiladi;
Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. (Kаtta yoshli odam bo‘lish, hech, bo‘lmasa katta bo‘lib ko‘rinishga qiziqish)
=== Taqdimot 11 ===
O‘SMIRLIK DAVRIDA YETAKCHI FAOLIYAT SHAXSIY INTIM MULOQOTDIR
O‘rtoqlarining ta’siri ostida o‘smir o‘zining ehtiyojlari va istaklarini qondirishi mumkin.
Kattalarning o‘smir yoshda ularga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit – bu umumiy mehnat bilan shug‘ullanishdir.
=== Taqdimot 12 ===
2. O‘smir uchun eng yoqimsiz vaziyat-jamoa va o‘rtoqlarining noroziligi, muloqot qilishni istamaslik
4. Eng og‘ir jazo esa ochiq yoki nooshkor aloqa uzish, gaplashmaslikdir.
1. O‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundaki, u to‘la o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi.
3. O‘smirlar do‘stlik, o‘rtoqlik va o‘zaro yordamlashuvni hamma narsadan ustun qo‘yadilar.
=== Taqdimot 13 ===
O‘SMIRLAR DO‘STLIK KODEKSINING MUHIM ME’YORLARI
sha’nini hurmat qilish
tenglik
sodiqlik
to‘g‘ri so‘zlik
=== Taqdimot 14 ===
Agarda o‘smir bolalar faqat bajara oladigan ishlarni qilganlarida edi, ular o‘zlarining psixik xususiyatlarini rivojlantira olmagan bo‘lar edilar.
=== Taqdimot 15 ===
O‘smirlarning psixik rivojlanishida yangi xislatlarning paydo bo‘lishi;
O‘smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bu yillarda o‘smirlar uchun hayot davomida kerak bo‘ladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko‘rina boshlaydi;
Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira darajasiga ko‘tariladi;
Nutq rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur esa o‘zining barcha ko‘rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy darajasida rivojlanadi.
Diqqat – o‘z diqqatini o‘zi boshqara oladi.
BILISH JARAYONLARINING RIVOJLANISHI
=== Taqdimot 16 ===
J. PIAJE “IJTIMOIY HAYOT UCH NARSANING TA’SIRI -TIL, MAZMUN, QOIDALAR ASOSIDA SHAKLLANTIRILADI”
Bu borada o‘zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z-o‘zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi;
11-12 yoshdan boshlab o‘smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi;
O‘smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni o‘rgana boshlaydi.
=== Taqdimot 17 ===
ASOSIY PSIXOLOGIK YANGILIK
Shuning uchun ham psixologlar “katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi” shaxsning o‘smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.
=== Taqdimot 18 ===
Shuning uchun ham psixologlar “katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi” shaxsning o‘smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar;
Bu yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kamchilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas;
Katta odam qanday bo‘lishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur.
=== Taqdimot 19 ===
5-6-sinf o‘quvchilariga sinfdagi o‘zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xos;
6-sinfdan boshlab, o‘quvchilar o‘z tashqi ko‘rinishlariga, shuningdek qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan o‘zaro munosabatlariga e’tibor bera boshlaydilar;
7-sinf o‘quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi;
8-sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga xoslik, do‘stlik va o‘rtoqlik bilan bog‘liq bo‘ladigan shaxsiy xislatlar paydo bo‘ladi.
=== Taqdimot 20 ===
Kattalarning o‘smir yoshda ularga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit – bu umumiy mehnat bilan shug‘ullanishdir.
=== Taqdimot 21 ===
O‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, prinsip, o‘zligini anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi;
O‘smir ulg‘aygan sari unda “Ideal Men”, “Axloqiy Men” va “Haqiqiy Men” singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi;
O‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtayi nazari asosida tashkil qila boshlaydi.
O‘SMIRLIK YOSHIGA O‘TISHDAGI INQIROZ
=== Taqdimot 22 ===
KATTA BO‘LIB QOLGANLIK TUYG‘USI
L.S.Vigotskiy O‘smirlik davrida qiziqishlarning o‘zgarishiga bog‘liq ravishda ikki fazani (salbiy va ijobiy) ajratib ko‘rsatgan.
Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so‘nishi va yangi dastlabki jinsiy qiziqishlarning paydo bo‘lishi bilan bo‘g‘liq. Bunda quyidagi salbiy xulq-atvor ko‘linishlari namoyon bo‘ladi: ish qobiliyatining, o‘zlashtirishning pasayishi;
Ijobiy faza keng, qiziqishlarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi;
O‘smirda boshqalarning va o‘zining psixologik kechinmalariga qiziqish paydo bo‘ladi.
=== Taqdimot 23 ===
L.S.VIGOTSKIY 13 YOSHNI INQIROZNI SINDIRADIGAN NUQTASI DEB ATAGAN
Inqirozdan keyingi davrlari (14—15 yosh) ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan subyektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakllanadi;
Inqirozning kechishi kattalarning o‘sayotgan boladagi o‘zgarishlarni sezuvchanligiga, tarbiya taktikasini mohirona o‘zgartirishiga, o‘smirning yangi ehtiyojlari, yangi qobiliyatlariga bogliq ravishda munosabatlarni o‘zgartirishiga bo‘g‘liq.
=== Taqdimot 24 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.