Oʻsmirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
4000 so'm

Slayd 1
Oʻsmirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Slayd 2
Reja:
Oʻsmirlik yoshidagi oʻquvchilarning xulq-atvori xususiyatlari
Oʻsmirlarning intellektual rivojlanishi
Oʻsmirlik davrida shaxsning shakllanishi
Oʻsmirlik davridagi oʻquvchilarning emotsional xususiyatlari
Oʻsmirlik davrida shaxslararo munosabat
Slayd 3
Oʻquv maqsadi:
Talimiy: Talabalarga oʻsmirlik davridagi jismoniy va psixik rivojlanishning umumiy xususiyatlari, jinsiy etilish jarayoni, uning psixik rivojlanishga tasiri oʻsmirlik davri inqirozi va uning psixologik sabablari, oʻsmirlik davrida intellektual va shaxs rivojlanish xususiyatlari boʻyicha bilim berish.
Tarbiyaviy: Oʻsmirlik davrida oʻz-oʻziga baho berish tizimining rivojlanish xususiyatlari, ularning ong va dunyoqarashining shakllanishini tushuntirish orqali talabalarni oʻz-oʻzini anglashga, tahlil qilishga, tarbiyalashga oʻrgatish.
Rivojlantiruvchi: Talabalarning oʻsmirlik yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inbatga olgan xolda ular bilan ishlash, muammoli vaziyatlarni echish koʻnikma-malakalarini rivojlantirish.
Slayd 4
Oʻsmirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha boʻlgan davrni tashkil etadi. Hozirgi oʻsmirlar oʻtmishdoshlariga nisbatan jismoniy aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy etilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik oʻsish oldinroq namoyon boʻlmokda. Aksariyat oʻquvchilarda oʻsmirlik yoshiga oʻtish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Yendi oʻsmir bola emas, biroq katta ham emas» – ayni shu tarif oʻsmirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. Oʻsmirlik – bolalikdan kattalikka oʻtish davri boʻlib, fiziologik va psixologik jihatdan oʻziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Bu yoshda oʻsmir rivojida keskin oʻzgarishlar roʻy bera boshlaydi. Bu oʻzgarishlar fiziologik hamda psixologik oʻzgarishlardir. Boʻyga oʻsish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5-7 sm oʻssalar, oʻgʻil bolalar 5-10 sm oʻsadilar. Boʻyiga karab oʻsish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga roʻy beradi.
Oʻsmirlik yoshidagi oʻquvchilarning xulq-atvor xususiyatlari
Slayd 5
Organizmdagi oʻzgarishlar bevosita oʻsmir endokrin sistemasining oʻzgarishlari bilan bogʻliqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm toʻqimalarining oʻsishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada boʻy oʻsishi tezlashadi, jinsiy balogʻatga etish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo boʻlishi) amalga oshadi. Koʻkrak qafasi ham gavdaning boʻy oʻsishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim oʻsmirlarning elkasi, koʻkragi tor boʻlib qoladi, bu esa oʻz navbatida kislorod etishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi. Kislorod etishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur etadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yoʻgʻonlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va oʻsmirda bazi qon bosimining ortishi roʻy beradi.
Slayd 6
Oʻsmirda katta yoshli odam boʻlishga yoki hech boʻlmaganda katta yoshli odam boʻlib koʻrinishga qiziqish, intilish paydo boʻladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek boʻlib koʻrinadi. Oʻsmirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining oʻzaro mos kelmasligi oʻsmirlar bilan ota-onalari, oʻqituvchilari va boshqa murabbiylari oʻrtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi.
Oʻsmir oʻzining juda koʻp istaklari, «xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta yoshli odamlar ega boʻlgan hamma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod boʻlishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga oʻzining ahamiyatga ega ekanini koʻrsatish uchun u kuchli, koʻrqmas va epchil boʻlishga intiladi.
Oʻsmirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitasiya – qilish xosdir. Koʻpincha ular oʻzlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitasiya, taqlid qiladilar.
Oʻsmirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin. Oʻsmir katta odam, Shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda oʻzini noqulay his qiladi.
Slayd 7
Bunday paytlarda u oʻzi singari katta fiziologik, psixologik oʻzgarishlar kechayotgan oʻrtogʻi bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Doʻsti oʻsmirga ijobiy tasir qiladimi yoki uni yoʻldan urib, yomon tasir qiladimi — bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bogʻliq.
Oʻrtoqlarining tasiri ostida oʻsmir oʻzining ehtiyojlari va istaklarini qondirishi mumkin.
Oʻsmir yoshdagi bola uchun doʻst tanlash juda katta ahamiyatga ega. Oʻsmirlik davrida doʻstlik juda qadrli hisoblanadi. Doʻstlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin boʻlishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj oʻsmir doʻstlarning hol-ahvol soʻrashishi va koʻrishishlarida (qoʻl berib, quchoq ochib koʻrishish) birga oʻtirish va birga yurishga harakat qilishlarida koʻrinadi. Koʻpgana ana shunday juda yaqin munosabatlar, oʻsmirlarning shaxs boʻlib shakllanishida, hamkorlikdagi harakatlarining izi inson qalbi va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
Slayd 8
Oʻsmir yoshlarning xulq-atvori va faoliyatlarida bazan oʻzlarining kuchlari etmaydigan qarama-qarshiliklar paydo boʻladi. Asosiy qarama-qarshilik juda koʻp orzu-tilaklarni vujudga keltiruvchi, jadal ortib borayotgan jismoniy, manaviy va moddiy ehtiyojlar bilan ularni qondirish uchun nihoyatda cheklangan hamda koʻp jihatdan etarli boʻlmagan imkoniyatlari oʻrtasidagi qarama-qarshilikdir.
«Oltinchi sinf muammolari»ga bagʻishlangan tadqiqot ishida shu yoshdagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari va turli xil fanlar boʻyicha oʻzlashtirishning pasayishi bilan bogʻliq boʻlgan muammolarning oʻsib borishi quyidagicha namoyon boʻlgan: Oltinchi sinf oʻquvchilari toʻrtinchi sinfga nisbatan 6 marta koʻproq qaysarlik qilishlari, 10 marta koʻproq oʻqituvchilarga qarshilik koʻrsatishlari, 7 marta koʻproq boshqalar irodasiga toʻsqinlik qilishlari, 9 marta koʻproq boshqalar kamchiliklariga etibor berishlari, 5 marta koʻproq faqat oʻz xohish-istaklariga boʻysunishlari va nihoyat 42 marta koʻproq oʻz xatti-xarakatlari motivlariga ega boʻlmasliklari aniqlangan. ( Krakovskiy A. P. 1970 )
Slayd 9
Bazi oʻsmirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, Shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab boʻladi va oʻsmirlik davri krizisi yuzaga keladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolgʻizlikka intilish, passivlik yoki aksi, oʻjarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy munosabatlarning yuzaga kelishi sifatida namoyon boʻladi. Bu krizis oʻsmirning manaviy oʻsishi, Shuningdek, psixikasidagi oʻzgarishlar bilan ham bogʻliqdir. Bunday paytlarda u oʻzi singari katta fiziologik, psixologik oʻzgarishlar kechayotgan oʻrtogʻi bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Doʻsti oʻsmirga ijobiy tasir qiladimi yoki uni yoʻldan urib, yomon tasir kiladimi — bu narsa uning ahlokiy qiyofasi bilan bogʻliq.
Oʻsmirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta ehtiyoj sezadilar. Kattalarning oʻsmir yoshdagilarga tasir koʻrsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit – bu umumiy mehnat bilan shugʻullanishdir.
Slayd 10
Oʻqish oʻsmirlar hayotida katta oʻrinni egallaydi. Ularga mashgʻulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan oʻsmirlarning fanlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirishlari, qiziqishlarining ortishi, oʻqituvchining oʻquv materialini tushuntira olish mahoratiga bogʻliq. Bilim oʻrganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bilan oʻquv fanlariga nisbatan qatiy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda oʻqishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar oʻsmirning, hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bogʻliq boʻladi.
Oʻyin faoliyati asta-sekin kamayib, yangi faoliyatlar yuzaga kela boshlaydi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. Oʻsmirlik davrida oʻz faoliyatini nazorat etish rivojlana boshlaydi va oʻzini-oʻzi boshqarishga intilishi kuchayadi. Bir soʻz bilan aytganda, oʻsmirlik davri psixik rivojlanishda keskin burilish davri hisoblanadi.
Slayd 11
Katta oʻsmirlar asta sekinlik bilan bevosita ishlari va xatti- harakatlarining natijalarini hamda oqibatlarini oldindan koʻra boshlaydilar. Ularda oʻz-oʻzini tuta bilish, matonat paydo boʻladi, qarorlari birmuncha qatiy boʻla boshlaydi, iroda tarkib topadi. Ular oʻzlarining faoliyatlarida ishtiyoq va istaklardan koʻra koʻprok sogʻlom fikrga asoslanadigan boʻladilar. Ularning ichki kechinmalari va xayajonlari endi irodaviy nazoratga boʻysundirilgan boʻladi. Lekin axloqiy va estetik hislarning taraqqiyoti tufayli ichki kechinmalari va hayajonlari yanada kuchliroq boʻladi.
Slayd 12
Yendi oʻsmirlar oʻyin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda koʻproq jiddiy ishlar bilan shugʻullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. Maktab talimi oʻsmir bilish jarayonlarini rivojlanish yoʻnalishini sifat jihatidan oʻzgarishda asosiy omil boʻlib xizmat qiladi. Oʻqish oʻsmirlar hayotida katta oʻrinni egallaydi.
Aynan oʻsmirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor boʻladi. Bilim oʻsmirlarga alohida bir quvonch bagʻishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.
Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq ogʻzaki va yozma mavjud boʻlishi bilan kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi oʻquv jarayonlarining toʻgʻri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan oʻsmir nutqining toʻgʻri rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi.
Oʻsmirlarning intellektual rivojlanishi
Slayd 13
Oʻsmirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan soʻz boyligining oshishi hisobiga boʻlsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun-mohiyatini anglashlari hisobiga boʻladi.
Oʻsmirni koʻpincha muomalada soʻzlarni ishlatish qoidalari – «qanday kilib toʻgʻri yozish kerak?» «qanday kilib yaxshiroq aytish mumkin?» , «Nima deyish kerak?», kabi savollar juda qiziqtiradi. Oʻsmirlar maktabdagi oʻqituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televideniye diktorlari xatolariga tez etibor beradilar.
Oʻsmir soʻzlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi oʻz nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardek soʻzlarni tanlab ishlatishga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida oʻsmir uchun oʻqituvchi, albatta, namuna boʻlishi shartdir.
Slayd 14
Oʻsmirlik davrida oʻqish malakalari, yozma va monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-Sinfdan boshlab to 9-sinfgacha oʻqish toʻgʻri, tez va ifodali boʻlish darajasidan, yoddan ifodali, tasirli aytib bera olish darajasigacha koʻtariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta soʻzlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, ogʻzaki – mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha oʻzgaradi.
Bolalarning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini oʻstirishda muhim bosqich boʻladi. Oʻquvchi yozma nutqni toʻgʻri tushunishni oʻrganib oladi, oʻz fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish va boshqalarga tushuntirishni oʻrganadi.
Oʻsmirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham boʻladi. Aynan 13-14 hamda 16 yoshlarda charchash chizigʻi keskin koʻtariladi. Bunday holatlarda oʻsmir atrofdagi narsa va voqealarga toʻliq diqqatini qarata olmaydi.
Slayd 15
Oʻsmirlik yoshida bolalar oʻqigan va oʻrganganlarini soʻzma-soʻz yodlashdan voz kechib uning manosiga koʻra eslab qolishga harakat qiladilar. Ularda faol ravishda mantiqiy xotira rivojlanib boradi. Mexanik xotiraning rivoji esa birmuncha sustlashadi. Bu esa bazan salbiy xolatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Oʻsmirlik davriga kelib yangi fanlar, jumladan, oʻquvchilar eslab qolishi zarur boʻlgan malumotlar miqdori koʻpayadi.
Oʻsmirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega boʻla boshlaydi. Chunki bu davrdagi oʻquvchilar atrof-olamdagi bogʻlanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar.
11-12 yoshdan boshlab oʻsmir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. Oʻsmir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni oʻrgana boshlaydi. Oʻsmir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez koʻtarila olishi, oʻquv materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlanishini belgilab beradi.
Slayd 16
Tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik, yuzaga kelgan muammolarni tez echa olishlik va boshqa shu kabi sifatlar mavjud boʻlgan taqdirdagina amaliy tafakkurni rivojlangan deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq rivojlantira borish nihoyatda muhim
Oʻsmirlik davrida ishbilarmonlik sifatini oʻquvchilarning oʻz-oʻzini boshqarishini yoʻlga qoʻyishi, umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok etishi orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada oʻquvchi ijrochi rolida emas, balki boshqaruvchi, mustaqil yoʻl tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida oʻzi ishtirokchi boʻlgan taqdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin.
Amaliy tafakkur tizimiga quyidagi aqliy sifatlar kiradi:
Slayd 17
Oʻsmirlik davrida shaxsning shakllanishi
Oʻsmirlik yoshi dunyokarash, etikod, prinsip, oʻzligini anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi. Oʻsmir ulgʻaygan sari unda «Ideal Men», » Axloqiy Men» va «Haqiqiy Men» singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, etiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi oʻzi toʻgʻrisidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror boʻlib qoladi.
Oʻsmir oʻz faoliyatini muayyan prinsip, etiqod va shaxsiy nuqtai -nazari asosida tashkil kila boshlaydi.
Malumki, oʻsmirlik davrida oʻsmirning «men»i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, oʻz-oʻziga boʻlgan munosabati, qizikishlari, qadriyatlari yoʻnalishi keskin oʻzgaradi.
Slayd 18
Oʻsmir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u oʻzini endi kichkina bola emas, balki katta boʻlib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan oʻsmir shunday qilishga xaqqi borligiga oʻzini-oʻzi ishontiradi, chunki men endi «katta boʻlib qoldim» deb oʻylaydi. Shuning uchun xam psixologlar «katta boʻlib qolganlik tuygʻusi»ni shaxsning oʻsmirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.
Bu davrda oʻsmir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali oʻz oʻrnini topa olmagan holatda boʻladi. Oʻsmir oʻzining qobiliyati va kuchini toʻgʻri baholamay turib, murakkab hayotiy masalalarni hal kilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati yuzaki boʻlganligi sababli kundalik hayotida qator kamchiliklarga yoʻl koʻyadi. Lekin u oʻz xatosini tan olishdan koʻra kattalar bilan bahslashishni afzal koʻradi.
Slayd 19
Bazi oʻqituvchilar kichik oʻsmirdagi bu oʻzgarishlar – salbiy alomatlar, urushqoqlik, oʻjarliklarining ildizlari qayerdan kelib chiqqani va nima bilan bogʻlanganligi, nimaning tasiri ekanligini bilmay turib, notoʻgʻri tashxis va xulosalar chiqaradilar, bu esa aksariyat holda fojiaga olib kelishi mumkin. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi omillardan biri oʻsmirning oʻz mustaqilligini imkoniyatidan ortiq darajada baholashidir.
Oʻsmirlarni oʻz shaxslari haqidagi fikrlar koʻproq kiziktiradi, ular oʻzlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga tarbiyalashga harakat kiladilar. U kattalar huquqini cheklaydi, oʻzinikini esa kengaytiradi. Kattalarning oʻz shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga davo qiladi, yani kattalar bilan malum tenghuquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.
Slayd 20
Oʻsmirlik davrida ichki erkinlikning oʻsishida, oʻz – oʻzini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat oʻzgarishlari yuz beradi. Bunday oʻzgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida oʻsmirning erkin harakat kilish quroli, Shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizigʻi boʻlib hisoblanadi.
Oʻsmirlar ustanovkalari muhim funksional axamiyatga ega boʻlib, uning malum bir faoliyatni samarali bajarishga tayyorligi sifatida namoyon boʻladi. Uning asosiy vazifalari – 1) faoliyat amalga oshirilishining qatiy xarakterini belgilab beradi. 2) Oʻsmir shaxsini standart vaziyatlardagi faoliyatlar kechishini erkin xolda nazorat qilish va qaror chiqarishdan ozod qiladi.
Slayd 21
5-6 Sinf oʻquvchilariga sinfdagi oʻzi egallagan mavqeiga katta etibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6 sinfdan boshlab, oʻquvchilar oʻz tashqi koʻrinishlariga, Shuningdek qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan oʻzaro munosabatlariga etibor bera boshlaydilar.
7-Sinf oʻquvchilarida esa oʻz layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8-Sinf oʻquvchilari esa mustaqillik, oʻziga xoslik, doʻstlik va oʻrtoqlik bilan bogʻliq boʻladigan shaxsiy xislatlar paydo boʻladi.
Oʻsmirlik yoshidagi oʻquvchilarning emotsional xususiyatlari
Oʻsmirlik yoshida, taxminan 13—14 yoshlarda, bolalarni emotsional kechinmalarida katta oʻzgarishlar boshlanadi. Shu yoshdagi bolalarda talim tasiri ostida abstrakt-mantikiy va tanqidiy tafakkur ancha oʻsadi. Oʻsmirlar dunyokarashqarashlari bilan bogʻliq boʻlgan masalalar bilan qiziqa boshlaydilar, ularning kamalak va kamolot tashkilotlarida ishtirok qilishlari bunday qiziqishlarning oʻsishiga koʻp jixatdan yordam beradi.
Slayd 22
Shu yoshda organizmda fiziologik oʻzgarishlar sodir boʻlishi sababli emotsional qoʻzgʻalishlarning xarakterida ham oʻzgarish roʻy beradi. Hislar kuchli ravishda namoyon boʻlaveradi, lekin koʻpincha bu hislar barqaror boʻlmaydi. Boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda oʻsmirlarda injiqlik va arazlash koʻp boʻladi.
Slayd 23
Oʻsmirlik davrida shaxslararo munosabatOʻsmirlik davrida etakchi faoliyat – bu oʻqish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir.
Oʻsmirlik davri muloqotining asosiy vazifasi – bu doʻstlik, oʻrtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir. Oʻsmirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u toʻla oʻrtoqlik kodeksiga boʻysunadi. Oʻsmirlarni oʻz tengdoshlari bilan muloqotda boʻlishi gʻoyat katta ahamiyatga egadir. Oʻsmirlar doʻstlik,oʻrtoqlik va oʻzaro yordamlashyni hamma narsadan yuqori qoʻyadilar: ana shunday oʻzaro munosabatlar, oʻspirinlik yillarida ham davom eta beradi. Bunda oʻsmirlar va ilk yoshdagi oʻspirin oʻquvchilarniig xulq-atvorlariga doʻstlari ota-onalar va pedagoglarga nisbatan bir necha marta kuchlirok tasir etadilar.
Slayd 24
Oʻsmir uchun eng yoqimsiz vaziyat – jamoa va oʻrtoqlarining noroziligi, muloqot qilishni istamaslik, eng ogʻir jazo esa – ochiq yoki nooshkor aloqa uzish, gaplashmaslikdir.
Oʻsmirlar doʻstlik kodeksining muhim meyorlari – shanini hurmat qilish, tenglik, sodiqlik, doʻstga yordam, toʻgʻri soʻzlik.
Doʻstlik meyorlarini egallash bolaning oʻsmirlikdagi muhim yutugʻidir.
Ayrim oʻquvchilarning (ayniqsa oʻqishda oʻrqada qoladigan va «tarbiyasi qiyin» boʻlgan oʻquvchilarning) sinf jamoasidagi shaxslararo munosabatlar tizimidan «tushib qolishlariga» yoʻl qoʻymaydilar.
Slayd 25
Oʻsmirda psixik jarayonlarning keskin oʻzgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda, oʻquvchi bilan oʻqituvchi muloqotida, kattalar bilan oʻsmirlarning muomalasida qatiy oʻzgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo boʻladi. Bular avvalo talim jarayonida roʻy beradi: yangi axborot, malumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari oʻsmirni qoniqtirmay qoʻyadi.
Odobli, dilkash oʻsmir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qoʻpol, serzarda boʻlib qoladi. Oʻsmir xulqidagi bunday oʻzgarishlar tajribasiz oʻqituvchi va ota-onasini qattiq tashvishga soladi.
Ota-onalarning oʻsmirga shu erkinlikni bermasligi yoki oʻsmirning shunday deb bilishi natijasida, ular ota-onaga qarshi pozitsiyada boʻladilar. Shuni alohida takidlash lozimki, ana shu muloqot va munosabat asosida oʻsmirlarda gʻurur hissi shakllana boshlaydi. Albatta, gʻurur meyor va qoidalari kattalardan oʻrganiladi, lekin oʻz gʻururini qanday himoya qilishi oʻsmirlarning alohida nazoratida boʻladi.
Slayd 26
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 27
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.