=== Taqdimot 1 ===
O‘simlik organlari va ularning funksiyalari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
O‘simliklar haqida umumiy tushuncha.
O‘simliklarning generativ organlari.
O‘simliklarning vegetativ organlari.
=== Taqdimot 3 ===
Ularda ildiz o‘rniga rizoidlari bo‘lgan. Trias va yura davrlarida ular keng tarqalgan. Bo‘r davrining boshlarida gulli o‘simlik (yopiq urug‘lilar) hosil bo‘lgan va shundan so‘ng ular yer florasida hukmron bo‘lib qolgan. O‘simlik yerda mavjud bo‘lgan barcha tirik organizmlar hayotida katta ahamiyatga ega. Hayvonlar va odamlarning hayotini o‘simlik siz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Faqat yashil xlorofillga ega bo‘lgan o‘simlik anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlash orqali quyosh nuri energiyasini to‘playdi; ayni vaqtda o‘simlik atmosferadan C02 gazini olib, atmosferaga deyarli barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur bo‘lgan kislorod chiqaradi. Shu yo‘l bilan yashil o‘simlik atmosfera tarkibining doimiyligini saqlab turadi. O‘simlik organik moddalarni hosil qiluvchi produtsentlar sifatida oziq zanjirining asosini tashkil etadi.
=== Taqdimot 4 ===
O‘simlik ning kelib chiqishi yerda hayot paydo bo‘lishining ilk rivojlanish davrlariga to‘g‘ri keladi. Bunda arxey erasida (bundan 3 milliard yil oldin) ko‘kyashil suvo‘tlar (sianobakteriyalar)ga o‘xshash organizmlar paydo bo‘lgan. Haqiqiy suvo‘tlar proterozoy erasida, yashil va qizil suvo‘tlar paleozoyning boshlarida paydo bo‘lganligi taxmin qilinadi. Dastlabki yuksak o‘simlik. — Riniofitlar proterozoy va paleozoy chegarasida kelib chiqqanligini ehtimol qilish mumkin. Ularda ildiz o‘rniga rizoidlari bo‘lgan. Trias va yura davrlarida ular keng tarqalgan. Bo‘r davrining boshlarida gulli o‘simlik(yopiq urug‘lilar) hosil bo‘lgan va shundan so‘ng ular yer florasida hukmron bo‘lib qolgan.
=== Taqdimot 5 ===
Generativ organlar (lotincha: genero — yarataman, hosil qilaman) — o‘simliklarning jinsiy ko‘payish funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan organlari. Vegetativ va jinssiz ko‘payish organlari bilan birga reproduktiv organlarga kiradi. Turli sistematik guruhdagi o‘simliklarda Generativ organlar ham turlicha bo‘ladi. Sporali o‘simliklarning Generativ organlar anteridiy va arxegoniy, gulli o‘simliklarning bunday organi erkakli gametofiti va murtak xaltasi hisoblanadi. Urug‘li o‘simliklarda evolyutsiya natijasida hosil bo‘lgan gul ham Generativ organlar deyiladi. Tuban suv o‘tlarida Generativ organlar ixtisoslashmagan bo‘lib, faqat fiziologik jihatdan o‘zaro farq qiladi. Ochiqurug‘lilar Generativ organlar. reduksiyaga uchragan. Gul changchilarining to‘plami androtsey, urug‘chilarining to‘plami ginesey deb ataladi.
=== Taqdimot 6 ===
Generativ organlar
Gul
Meva
Urug‘
=== Taqdimot 7 ===
Vegetativ organlar (o‘simliklarda) — yuksak o‘simliklarning oziqlanishi va tashqi muhit bilan moddalar almashinuvini ta’minlaydigan qism. Vegetativ ko‘payish vazifasini bajaradi. Asosiy vegetativ organlarga:
1. Ildiz.
2. Poya (Novda).
3. Barg kiradi.
Barg fotosintez, ildiz suv va mineral moddalarni shimib olish vazifasini bajaradi. Evolyutsiya jarayonida Vegetativ organlar o‘simliklar quruqlikka chiqishi bilan tuzilishining mukammallashuvi tufayli paydo bo‘lgan. Tuban ko‘p hujayrali O‘simliklar (suv o‘tlari) va zamburug‘larning vegetativ tanasi (tallomi) birmuncha sodda va bir xilda tuzilgan bo‘lib, organlarga bo‘linmaydi Ko‘pchilik yirik yashil va qo‘ng‘ir suv o‘tlarining tashqi ko‘rinishi yuksak o‘simliklar organlariga o‘xshaydi, ya’ni bargsimon, poyasimon yoki ildizsimon bo‘ladi, lekin to‘qima tuzilishiga ega bo‘lmagan qismlarga bo‘linadi.
=== Taqdimot 8 ===
Gul — yopiq urug‘li o‘simliklar (qarang gulli o‘simliklar)ning generativ (jinsiy urchish organi gul o‘sishi cheklangan, shakli o‘zgargan novda hisoblanadi gul gulband, kosachabarglar, tojbarglar, changchilar va urug‘chidan tashkil topgan. Kosachabarglar — gulning sirtida — birinchi qatorda joylashadi bargchalardan iborat. Kosachabarglar, odatda, yashil, o‘simlik turiga qarab soni har xil bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarda (marmarak, rayhon, no‘xat va boshqa) Kosachabarglar bir-biri bilan qo‘shilib, birikkan bargli tutash kosacha, boshqalarida (turp, shaftoli, o‘rik va boshqa) Birikmasdan, ayrikosacha hosil qiladi.
=== Taqdimot 9 ===
Gultoj barglar — kosachabarglardan ichki qavatga joylashgan gulbarglardan iborat. Rangi har xil. Tojbarglar ham tutash (pechak, karnaygul, kartoshka va boshqa gullarda) va ayritoj (o‘sma, ayiqtovon, na’matak va boshqa gullarda) bo‘ladi. Changchilar gul ning chang (mikrospora) hosil qiluvchi qismi. Ular uchinchi qavatni tashkil qiladi. Urug‘chi gulning urug‘kurtak (makrospora) hosil qiluvchi qismi bo‘lib, markazda joylashgan.
=== Taqdimot 10 ===
Kosachabarglar bilan tojbarglar gulqo‘rg‘on deyiladi. Kosachabarglar bilan tojbarglarga aniq ajralgan gulqo‘rg‘on (o‘rik, olcha, sholg‘om va boshqa gullarda) murakkab, bunday ajralmay, rangi bir xil bo‘lgan gulqo‘rg‘on oddiy gulqo‘rg‘on deyiladi. Tojbarglarga o‘xshash, ochiq rangli oddiy gulqo‘rg‘on gultojsimon (lola, piyoz gulida), kosachaga o‘xshash yashili esa (lavlagi, sho‘ra, otquloq va boshqa gullarda) kosachasimon gulqo‘rg‘on deb yuritiladi. Hasharotlar vositasida changlanadigan gul lar gulqo‘rg‘oni yaxshi rivojlangan, shamol yordamida changlanadigan gul larniki esa uncha rivojlanmagan yoki butunlay yo‘qolib ketgan. Gulqo‘rg‘onsiz yoki faqat urug‘chi va changchilardan iborat gullar (tol, terak, yong‘oq kabilarning guli) yalang‘och yoki gulqo‘rg‘onsiz gullar deyiladi.
=== Taqdimot 11 ===
Gulning barma qismlari o‘rindiqqa joylashgan.. Har bir gulda gulband bor. Ba’zan gulband deyarli rivojlanmay, gul to‘pgul o‘qidan o‘sib chiqadi (mas, tizimgul, sebarga guli).
Ba’zan gulband deyarli rivojlanmay, gul to‘pgul o‘qidan o‘sib chiqadi (mas, tizimgul, sebarga guli). Bunday gul lar bandsiz yoki o‘troq gullar deyiladi. Gulda urug‘chilar va changchilar bo‘lsa, ikki jinsli (behi, lolaqizg‘aldoq, piyoz va boshqa), Faqat bittasi bo‘lsa (yong‘oq, makkajo‘xori, tol, qayin va boshqa), Ayrim jinsli yoki bir jinsli gul deyiladi.
=== Taqdimot 12 ===
Bir jinsli gul faqat urug‘chilardan iborat bo‘lsa — urug‘chili (makkajo‘xori so‘tasi), faqat changchilardan iborat bo‘lsa (makkajo‘xori ro‘vagi, yong‘oq kuchalasi va boshqa) — Changchili gul deyiladi. Gul markazidan ikki va undan ko‘p chiziq o‘tkazilganda teng simmetrik qismlarga bo‘linsa, to‘g‘ri — aktinomorf (olma, o‘rik, na’matak va boshqa), Faqat bitta chiziq bilan simmetrik qismlarga bo‘linsa, qiyshiq — zigomorf gul (rayhon, yalpiz, itog‘iz, jambil va boshqa) Deyiladi. Gullarda nasldan-naslga o‘tadigan doimiy belgilar (gul qismlarning shakli, rangi, katta-kichikligi, bir-biriga nisbatan tutgan o‘rni va soni) g‘oyat xilma-xil.
=== Taqdimot 13 ===
Oʻsimliklarning urugʻdoshligi va evolyutsiyasini aniqlashda gul larning ahamiyati katta. Gul shamol yoki hasharotlar vositasida changlanadi. Gul changlanishga turlicha moslashgan. Masalan, hasharotlar yordamida changlanadigan oʻsimliklarning guli yirik, hidli, xilma-xil rangda boʻlib, nektar bezlari shira (nektar) ajratadi. Nektar bezlari gul ning ichki qismida boʻlib, hasharotlar shira olishga qoʻnganda tanasiga changni yopishtirib olib tarqatadi. Koʻp oʻsimliklar (mas, yongʻoq, terak, kanop, makkajoʻxori va boshqa gʻalladoshlar) shamol vositasida changlanadi. Ularning guli mayda, koʻrimsiz, rangsiz va hidsiz, changlari quruq va yengil boʻladi.
=== Taqdimot 14 ===
Gul qisimlari
Changdon
Changchi ipi
Changchi
Gultoji barg
Urug‘chi tumshuqchasi
Urug‘chi ustunchasi
Urug‘chi tugunchasi
Urug‘chi
Gul o‘rni
Gulkosacha barg
Gulband
=== Taqdimot 15 ===
Meva (fruct) — yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘li organi; odatda, urug‘lanish natijasida hosil bo‘ladi. Ammo, partenogenez yo‘li bilan ko‘payadigan o‘simliklar mevasi (partenokarp meva) urug‘lanishsiz yuzaga keladi va urug‘siz bo‘ladi. Mevalarning shakli, kattaligi va rangi har xil. Meva bitta tugunchadan hosil bo‘lsa (o‘rik, gilos, olcha, mosh, jag‘jag‘ va boshqalar) oddiy yoki asl meva, bir guldagi bir necha tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va boshqalar) murakkab meva, tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida shakllanadigan bo‘lsa (qulupnay, tut, olma va boshqalar) soxta meva deb ataladi.
=== Taqdimot 16 ===
Meva 3 qismdan:
Sirtqi qism yoki po‘st (ekzokarp)dan,
Po‘stsimon yoki yog‘ochlangan qism (endokarp)
Ular o‘rtasiga joylashgan oraliq qism (mezokarp) — meva etidan iborat.
=== Taqdimot 17 ===
Urug‘ — o‘simliklarda (semen) urug‘li o‘simliklar generativ organi, nihol hosil qilish, tarqalish va tashqi noqulay sharoitlardan muhofaza qilish funksiyalarini bajaradi. Odatda, urug‘langandan keyin urug‘ kurtakdan rivojlanadi. Ba’zan urug‘lanmasdan ham rivojlanishi mumkin.
=== Taqdimot 18 ===
Ildiz (radix) — o‘simlikning eng muhim organi. Ildiz tuproqdan suv va oziq moddalarni so‘rib olish, o‘zida murakkab birikmalarni sintez qilish va ularni o‘simlikning yer ustki qismi (poyasi, barglari) ga ko‘tarib berish funksiyasini bajaradi. Ildiz tuproqqa mikroflora rivojini tezlashtiruvchi har xil birikmalar ajratadi va tuproq hosildorligini oshiradi. Bundan tashqari, Ildiz ba’zi organik moddalarni sintez qiladi. Ko‘pgina o‘simlik Ildizda zaxira to‘planadi.
=== Taqdimot 19 ===
Ildizlar ,odatda asosiy, yon va qo‘shimcha ildizlarga bo‘linadi. Bu ildiz yig‘indisiga ildiz sistemasi deyiladi.
Ildiz sistemasi.
O‘q ildiz.
Popuk ildiz.
=== Taqdimot 20 ===
Ildiz po‘stloq hujayralari tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo‘ladi.
Ildiz qismlari
1- Ildiz qinchasi;
2-Bo‘linuvchi qism;
3-O‘suvchi qism;
4-So‘ruvchi qism;
5-O‘tkazuvchi qism.
=== Taqdimot 21 ===
Poya (caulis) — o‘simlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy o‘qi. Bo‘g‘im (barg o‘rni) va bo‘g‘im oraliqlaridan iborat. Poyaildiz bilan barglar orasida moddalar harakatini ta’minlaydi. Ba’zi o‘simliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli o‘zgargan) bo‘lib, suv va oziq moddalarni to‘plash (kartoshka), himoya (do‘lana va yantoqlarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ ko‘payish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalarini bajaradi. Bir yillik va ko‘p yillik, yer ustki va yer ostki, yog‘ochlangan va yog‘ochlanmagan poyalar bor. Poya silindrsimon, ko‘p qirrali, yassi, gadir-budur yoki silliq bo‘ladi. Asosan, uchidagi o‘sish konusi hujayralarining bo‘linishidan poya bo‘yiga o‘sadi. Ba’zi o‘simliklar (mas, g‘alladonlar) poyasi bo‘g‘im oralig‘ining uzayishidan ham o‘sadi.
=== Taqdimot 22 ===
Poyalar shoxli,shoxsiz va bargli yoki bargsiz bo‘ladi;
Poyalar tik, o‘rmalab, palak otib, ilashib, chirmashib o‘suvchi xillari bo‘ladi;
Poyalar silliq, tikanli, qirrali,yumaloq, yassi bo‘ladi.
=== Taqdimot 23 ===
Poyaning Ichki tuzilishi
O‘simlik poyalari hayoti davomida bo‘yiga va eniga o‘sadi.
Poyaning ko‘ndalang kesimi:
1. Po‘st va po‘stloq;
2. Lub-floema qavati;
3. Kambiy;
4. Yog‘ochlik;
5. O‘zak;
6. Naylar;
7. Yosmiqcha.
=== Taqdimot 24 ===
Poya metamorfozasi
Shakli o‘zgargan yerosti poyalariga:
piyozbosh (piyoz, sarimsoq piyoz, anzur piyozi, lola va boychechaklar),
Tugunak (kartoshka, shoyigul, batat)
Ildizpoyalar (salomalaykum, g‘umay, bug‘doyiq, qamish, ajriq, yalpiz, gulsapsar) kiradi.
=== Taqdimot 25 ===
Barg (lot. folium, yun. phyllon) — yuksak o‘simliklarning asosiy vegetativ organlaridan biri, fotosintez, transpiratsiya va gaz almashinuvi vazifasini bajaradi. Ba’zi o‘simliklar barglari evolyutsiya davomida yashash sharoiti ta’sirida shakli o‘zgarib, oziq yoki suv g‘amlash, himoya qilish, ilashish kabi qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga moslashgan. bargning kattaligi turlicha, odatda 3—10 sm, ayrim o‘simliklar (mas, palma, banan) barg 20 m ga yetadi. Barg ning plastinkasimon kengaygan qismi yaproq, novdaga yopishish uchun xizmat qiladigan ingichka qismi barg bandi deyiladi. Bir qancha o‘simliklar (bug‘doydoshlar, ziradoshlar) Barg bandi kengayib, novdani o‘rab turadigan qinni hosil qiladi. Ba’zi o‘simliklar (yalpizdoshlar)da barg bandi bo‘lmaydi, yaprog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri novdaga birlashadi.
=== Taqdimot 26 ===
=== Taqdimot 27 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.