Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari usullari
4000 so'm

Slayd 1
Qishloq xo‘jaligida ekologik toza mahsulotlar olish usullari.
Slayd 2
Reja:
Qishloqxo‘jligi.
Qishloqxo‘jaligi mahsulotlarining bugungi kundagi sifat holati.
Qishloqxo’jaligi mahsuldorligini oshirish chora tadbirlari.
Slayd 3
Mutaxassislarga ko‘ra, organik mahsulotlar ishlab chiqarishda avvalo iqlim, tuproq, relef sharoiti hamda suv ta’minoti singari omillar inobatga olinadi. Jahon bozorida ham oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yilgan sifat va xavfsizlik talablari tobora kuchayib, yurtimizda yetishtirilayotgan mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab qilmoqda.
Slayd 4
Statistikaga ko‘ra, bugungi kunda dunyoning 170 dan ziyod mamlakatida organik qishloq xo‘jaligi rivojlanmoqda.
Xo‘sh, bugun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tizimida qo‘shimcha mineral o‘g‘itlarsiz, zaharli ximikatlarsiz va boshqa texnogen ta’sirlarsiz yetishtirilgan mahsulotlar necha foizni tashkil etadi? Umuman mamlakatimizda organik mahsulotlarni ekologik toza ekanligini tasdiqlovchi qanday me’yorlar va standartlar ishlab chiqilgan?
Slayd 5
Mazkur savollar bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassisi Anvar Jumanovga yuzlandik.
– Keling, suhbatimizni aniq raqamlar bilan boshlayman. Bugun respublikada yetishtirilayotgan tabiiy mahsulotlar 5 foizni tashkil etadi. Albatta, bu katta ko‘rsatkich emas. Mavjud muammoning oldini olish borasida respublikada aholi uchun xavfsiz, sifati yuqori bo‘lgan 14 ming gektar maydonda organik mahsulotlar, jumladan, 8,5 ming gektar paxta, 2 ming gektar g‘alla, 2,2 ming gektar meva-sabzavot va 1,1 ming gektar dorivor (kovul) ekinlari yetishtirilmoqda.
Slayd 6
Bir narsaga ahamiyat berish lozim. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar mavjud. Masalan, aholi sonining o‘sib borishi, yer, suv va energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortishi, iqlimning keskin o‘zgarishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi asosiy omillardir. Ekologiya va suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ushbu yo‘nalishda yangi vazifalarni hal qilish majburiyatini keltirib chiqaradi.
Slayd 7
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha belgilangan rejaga muvofiq ishlar tashkil qilinmoqda. Xususan, respublikada «Organic» va «Global G.A.P.» xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish tizimini rivojlantirish belgilab olingan.
Slayd 8
Sohada ilm, fan va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgan hamda «Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy genbanki» faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Organik qishloq xo‘jaligi — jahon trendi hisoblanadi. Bunda esa aholini yil davomida sabzavot va poliz mahsulotlari bilan ta’minlashda issiqxonalarning ahamiyati beqiyos. Issiqxonalar rivoji orqali, yilning istalgan faslida tabiiy mahsulotlarni ko‘paytirishga erishish mumkin.
Slayd 9
Mamlakatimizda zamonaviy tipdagi (gidroponika) issiqxona va yangi intensiv mevali bog‘lar, tokzorlar tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari, 28 ming gektarda intensiv usulda sabzavot yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, hosildorlik sabzavotda gektariga 200-300 sentner va kartoshkada 1015 sentnerga oshishiga erishildi.
Slayd 10
Mavjud issiqxonalar so‘nggi 5 yilda 3 barobarga oshib, 5,2 ming gektarga yetkazilgan. Ularda yetishtirilayotgan tabiiy mahsulotlar hajmi 90 ming tonnadan 300 ming tonnaga ko‘paygan. Shuningdek, 72,2 ming gektar maydonda poliz ekinlari ekilgan.
Slayd 11
Kelgusida 2023-2030 yillarda oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish 6 milliard dollardan 12 milliard dollarga yetkazilishi, oziq-ovqat sanoati korxonalari soni 22,4 mingdan 30 mingtaga, mahsulot ishlab chiqarish assortimenti hozirgi 1 ming 100 tadan 1 ming 500 taga oshirilishi rejalashtirilgan. Ular tomonidan 7 yilda 5 mingga yaqin investitsiya loyihalari amalga oshiriladi va qayta ishlash quvvatlari tashkil etiladi.
Slayd 12
Oziq-ovqat sanoatida ish o‘rinlari soni 110 mingtadan 150 mingtaga ko‘payadi. Qayta ishlash quvvatlari meva-sabzavotda 3 million tonnadan 3,5 million tonnaga, go‘shtda 427 ming tonnadan 650 ming tonnaga, sutda 2,4 million tonnadan 2,9 million tonnaga oshadi. Natijada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hajmi 8 foizdan 25 foizga yetkaziladi.
Slayd 13
Umumiy eksport hajmida qayta ishlangan mahsulotlar ulushi 31 foiz (494 million dollar)dan 40 foiz (1 milliard dollar)ga o‘sadi.
Organik mahsulotlarni yetishtirish va eksport qilish bugunning dolzarb masalasidir. Xususan, davlatimiz rahbari ham O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun Ko‘rfaz davlatlariga organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmlarini tatbiq etishga tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tgan.
Slayd 14
Shuni alohida qayd etish lozimki, jahon bozorida bugungi kunda an’anaviy usulda yetishtirilgan olmaning narxi o‘rta hisobda 1 kg 0,75 Aqsh dollari bo‘lsa, organik usulda yetishtirilgan olmaning narxi 1 kg 2,9 dollarni tashkil etmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, bozorlarda organik usulda yetishtirilgan meva-sabzavotlar an’anaviy usulga qaraganda o‘rtacha 4 barobarga qimmatroq.
Slayd 15
“Organik mahsulotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (Fao)ning xalqaro ekspertlari tomonidan berilgan maslahatlar asosida ishlab chiqildi. Mazkur hujjat organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamg‘alash va realizatsiya qilish, shuningdek muvofiqlikni baholash va avtorizatsiyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Slayd 16
Ekologik toza mahsulotning afzalliklari katta. Bu kabi mahsulot yetishtiriladigan yerlarda avvalo 3 yil davomida tozalash tadbirlari o‘tkazilishi talab etiladi. Shundan so‘nggina yer tekshirilib, organik-ekologik toza mahsulot yetishtirish uchun sertifikat beriladi. Mahsulot yetishtirishda turli kimyoviy vositalar, mineral o‘g‘itlardan foydalanish va genetik modifikatsiyalangan ekin navlarini ekish qat’iyan taqiqlanadi.
Slayd 17
Bunda asosiy agrotexnik tadbirlar qo‘l mehnati evaziga bajariladi. Shunday usulda yetishtirilgan organik yoki ekologik toza mahsulotning tarkibida 95 foizgacha organik modda bo‘ladi.
Slayd 18
Mamlakatimiz sharoitida ekologik toza mahsulotlar yetishtirish uchun muammolar bor. Lekin, tabiiy sharoitlar ham mavjud. Biz bor sharoitdan unumli foydala olsak, kutilgan yuqori natijalarga albatta erishamiz.
Slayd 19
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 20
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Buyuk geografik kashfiyotlar davri mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.