Oʻquvchilarning ogʻzaki, yozma va bogʻlanishli nutqini oʻstirish metodikasi
8000 so'm

Slayd 1
Oʻquvchilarning ogʻzaki, yozma va bogʻlanishli nutqini oʻstirish metodikasi
Slayd 2
01
02
REJA:
03
O‘quvchilarda bog‘lanishli nutqni shakllantirish metodikasi
Og‘zaki nutqni rivojlantirishga doir interaktiv metodlar
O‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish
Slayd 3
KIRISH
Bugungi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki, yozma va bog‘lanishli nutqini rivojlantirish dolzarbdir. Chunki ular fikrni erkin va mantiqiy bayon etish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini egallashlari zarur. Shu bois kommunikativ kompetensiyani shakllantirish ta’limning asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Ona tili o‘qitish metodikasi – pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi muhim sohalardan biri bo‘lib, u ona tilini o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, usullari va shakllarini o‘rganadi. Bu fan, avvalo, ta’lim jarayonida nimani o‘qitish, qanday o‘qitish va qay tarzda o‘qitish kerakligi masalalariga ilmiy asoslangan javob beradi.
Slayd 4
ILM OLISH PIRAMIDASI
XX asrning 60-yillari boshlarida AQSHning Milliy o‘quv laboratoriyasi (National training laboratories) tomonidan “ta’lim olish piramidasi” (learning pyramid) tushunchasi ilgari surilgan. Ushbu model o‘quvchilar o‘rtasida olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib, turli ta’lim usullari orqali bilimning qay darajada o‘zlashtirilishini ko‘rsatib beradi.
Slayd 5
Mazkur piramida ta’lim metodlarining samaradorligini tahlil qiladi: passiv usullar (ma’ruza, o‘qish) orqali o‘zlashtirish darajasi past, faol usullar (munozara, amaliy mashg‘ulotlar, boshqalarga tushuntirish) orqali esa yuqori bo‘ladi. Shu bois zamonaviy ta’lim jarayonida interaktiv metodlardan foydalanish, o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash va ularni mustaqil fikrlashga yo‘naltirish muhim.
Slayd 6
90% — O‘z bilimlarini boshqalarga yetkazish orqali yuqori natijaga erishiladi.
75% — Amaliy mashg‘ulotlar orqali bilim mustahkamlanadi.
50% — Munozara va guruhda ishlash orqali bilimning yarmi o‘zlashtiriladi.
30% — Ko‘rgazma va namoyishlar orqali ma’lumot esda qoladi.
10% — Mustaqil o‘qish orqali kamroq ma’lumot eslab qolinadi.
5% — Faqat ma’ruza orqali eng kam natija olinadi.
Slayd 7
O‘quvchining turli muloqot vaziyatlarida til vositalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanib, fikrni tushunish hamda ifodalash qobiliyatidir.
O‘quvchilarning til tizimi haqidagi bilimlarini, ya’ni fonetika, leksika, grammatika va stilistika kabi til bo‘limlarini o‘zlashtirishini hamda til birliklaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishni anglatadi.
Zamonaviy ta’lim jarayonida kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuv ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Ona tili fani o‘quvchilarda, avvalo, ikki asosiy kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiladi:
Nutqiy kompetensiya
Lingvistik kompetensiya
Slayd 8
NUTQIY KOMPETENSIYA TO‘RTTA ASOSIY KO‘NIKMA ORQALI NAMOYON BO‘LADI:
Tinglab tushunish
O‘qib tushunish
Yozma nutq
Og‘zaki nutq
Slayd 9
01
OG‘ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR INTERAKTIV METODLAR
Slayd 10
Og‘zaki nutqni rivojlantirish o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning muloqot madaniyatini shakllantirish va ta’lim jarayonida faol ishtirok etishiga yordam beradi. Ushbu jarayon quyidagi metodik jihatlarga asoslanadi:
Kommunikativ yondashuv
O‘quvchilar o‘zaro muloqotga kirishib, mustaqil fikr bildirish orqali nutqini rivojlantiradi.
Differensial yondashuv
Har bir o‘quvchining nutqiy darajasidan kelib chiqib, individual va guruhiy mashg‘ulotlar tashkil qilinadi
Integrativ yondashuv
Ona tili darslarida boshqa fanlar bilan bog‘langan holda mavzular yoritiladi.
Slayd 11
O‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, bilimini oshirish, balki fikrlash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda vizual vositalarning o‘rni muhimdir. Bularga infografika va diagramma shaklidagi vositalarni kiritishimiz mumkin.
Infografika va diagrammalar – bu ma’lumotni ko‘rish va tushunishni osonlashtiruvchi vositalar bo‘lib, ular yordamida matn mazmunini samarali o‘rganish, uni qayta hikoya qilish mumkin.
Shuningdek, ushbu vositalar fanlararo integratsiyani ta’minlashga xizmat qiladi.
Quyida og‘zaki nutqni shakllantirishga doir bir qator metodik tavsiyalar keltirib o‘tamiz:
INFOGRAFIKA VA DIAGRAMMALARDAN FOYDALANISH
Slayd 12
“DIAGRAMMA” metodiShe’riy matnlarning sinflar kesimidagi diagramma ko‘rinishidagi taqsimoti:
Slayd 13
“DEBAT VAQTI” metodi
1. Ijtimoiy tarmoqlarning foydasi ko‘pmi yoki zararlari?
2. Onlayn o‘qishmi yoki oflayn?
Maqsadi:O‘quvchilarda nutq madaniyatini rivojlantirish, fikrlarni izchil va aniq ifodalashni o‘rgatish.
Usul: O‘quvchilarni ikki guruhga bo‘linib, ularga turli mavzular beriladi. Guruhlar ushbu mavzu yuzasidan o‘z pozitsiyalarini himoya qilishlari kerak bo‘ladi. Quyidagicha mavzular berilishi kerak:
Slayd 14
“EVRISTIK SUHBAT” metodi
Evristika (yun. “izlayman, topaman”) — muammoni yechishning ijodiy usuli bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil va mahsuldor fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Evristik suhbat metodida o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga muammo qo‘yadi va savollar orqali ularni fikrlashga yo‘naltiradi. Savollar mantiqan izchil bo‘lib, javoblar asosiy fikrni ochib berishi lozim.
Slayd 15
Quyidagicha savollar berilishi mumkin:
Bu matnda asosiy fikr nima?
Sizningcha, qahramonning qarori to‘g‘ri edimi?
Siz o‘sha vaziyatda bo‘lsangiz nima qilar edingiz?
Slayd 16
YOZMA NUTQNI SHAKLLANTIRISH
Slayd 17
Yozma nutq – bu o‘quvchining o‘z fikrini yozma shaklda aniq, izchil, mantiqiy va savodli tarzda bayon qila olish qobiliyatidir. Yozma nutqning mohiyati va xususiyatlarini belgilashda va o‘quvchida ushbu ko‘nikmani hosil qilishda quyidagi mezonlarga e’tibor qaratish lozim:
Mantiqiylik
matn tuzilishining izchilligi va bog‘liqligi;
Grammatik to‘g‘rilik
imlo, sintaktik va morfologik me’yorlarga mos yozish;
Uslubiy moslik
matnning rasmiy, ilmiy yoki badiiy uslubga mos kelishi
Slayd 18
“PARAFRAZ” metodi
Parafraz (qayta ifodalash) – bu matn mazmunini saqlagan holda uni boshqa so‘zlar bilan qayta bayon qilishdir. Bu metod yozma nutqni rivojlantirishda quyidagi jihatlar bilan juda foydali:
Maqsad: O‘quvchilarda yozma nutqni rivojlantirish, fikrni turlicha ifodalash ko‘nikmasini shakllantirish.
Usul:
O‘qituvchi qisqa matn yoki gap beradi.
O‘quvchilar matn mazmunini tushunadi.
Shu fikrni boshqa so‘zlar bilan qayta yozadi.
Asl matn bilan taqqoslab tahlil qilinadi.
Slayd 19
“STIMUL SO‘ZLAR” metodi
Maqsad: O‘quvchilarda so‘z boyligini oshirish, yozma nutqini rivojlantirish, fikr va ijodiy tafakkurini shakllantirish.
Asosiy g‘oya: O‘quvchilarga fikr va ijodga turtki beruvchi so‘zlar (stimul so‘zlar) beriladi. Shu so‘zlardan foydalanib, ular qisqa hikoya, dialog yoki matn yaratadilar. Ushbu jarayon o‘quvchilarni so‘zlarni kontekstga mos ishlatishga, izchil va mantiqiy yozishga o‘rgatadi.
Natija: O‘quvchilarda so‘z boyligi va yozma nutq ko‘nikmalari oshib, fikrni izchil ifodalash, ijodiy tafakkur va fanlararo bog‘liqlik rivojlanadi.
Slayd 20
STIMUL SO‘ZLAR:
Sport
Sayohat va transport
Texnologiya va internet
futbol, yugurish, suzish, velosiped, g‘alaba, maydon, medallar, jamoa
samolyot, avtobus, stansiya, yo‘l, xarita, muzey, mehmonxona, diqqatga sazovor joy
kompyuter, telefon, dastur, ijtimoiy tarmoq, robot, video, o‘yin, dasturchi
hikoya
hikoya
hikoya
dialog
dialog
dialog
esse
esse
esse
Slayd 21
O‘QUVCHILARDA BOG‘LANISHLI NUTQNI SHAKLLANTIRISH
Slayd 22
Bog‘lanishli nutq – bu o‘quvchining fikrlarini izchil, mantiqiy, grammatik jihatdan to‘g‘ri va o‘zaro bog‘langan holda bayon qila olish qobiliyatidir. U og‘zaki ham, yozma shaklda ham namoyon bo‘lib, nutq madaniyatining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.O‘quvchilarda bog‘lanishli nutqni shakllantirishning quyidagi usullari mavjud:
Slayd 23
Tayyor matnni qayta hikoya qilishi
Gaplarni mantiqan bog‘lab, to‘liq matn hosil qilishi kerak
1. Reproduktiv (qayta tiklovchi) usul.
Bu usul yordamida o‘quvchilar tayyor nutq namunalarini o‘rganadi va uni o‘zlari qayta tiklash orqali o‘zlashtiradilar. Bunda ular:
Matning qisqacha mazmunini yozish yoki qayta hikoya qilishi
Slayd 24
2. Konstruktiv (yaratuvchi) usul. Bu usul o‘quvchilarni mustaqil nutq tuzishga, fikrlarini mantiqiy bog‘lashga o‘rgatadi. Bunda ular:
Berilgan so‘z va iboralar asosida matn yaratishi
Rasmlarga qarab hikoya yozishi mumkin
Slayd 25
2
Prof. E.D. Polivanov
1
3. Komparativ (taqqoslash) usuli
Bu usul orqali o‘quvchilar turli matnlarni yoki so‘z birikmalarini taqqoslab, ularning o‘zaro bog‘liqligini tushunishga harakat qiladilar. Bunda ular:
Matnni ikki xil uslubda yozish (rasmiy va badiiy lari mumkin.
Ikki turli hikoyani taqqoslab,
Farqli va o‘xshash jihatlarini
topishi
Slayd 26
4. Kommunikativ (muloqot asosida) usul O‘quvchilarning og‘zaki va yozma muloqotda erkin fikr bildirish qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Bunda ular:Bahs-munozaralar tashkil etishi,Intervyu yoki savol-javob usulida muloqot qilishi mumkin bo‘ladi.
386,000 km
Slayd 27
“ZANJIRLI HIKOYA” METODI
“Zanjirli hikoya” metodi – o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga qaratilgan interaktiv metod bo‘lib, unda o‘quvchilar ketma-ketlik asosida birgalikda hikoya tuzadilar. Har bir o‘quvchi hikoyani davom ettirib boradi va natijada yaxlit matn yuzaga keladi.
“Bir kuni men kutilmagan voqeaga duch keldim…”
Shunday ko‘chaning boshida…
…………
……….
Slayd 28
Matnni tiklash metodi — matnning gap yoki jumlalari alohida qog‘oz bo‘laklariga yozilib, aralashtirilgan holda o‘quvchilarga taqdim etiladigan interaktiv usuldir. O‘quvchilar esa ushbu bo‘laklarni mazmun, mantiq va izchillikka asoslanib to‘g‘ri ketma-ketlikda terib chiqadilar. Mazkur metod o‘quvchilarning diqqatini faollashtiradi, mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi hamda matn ichidagi bog‘lanishlarni anglashga yordam beradi. Shu bilan birga, u bog‘lanishli nutqni shakllantirish va matn tuzilishini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.
“MATNNI TIKLA” metodi
Slayd 29
MATN
1-guruh
2-guruh
Slayd 30
RAQAMLI PLATFORMALAR
Bugungi kunda ta’lim jarayoni tez sur’atlar bilan raqamlashtirilishi natijasida axborot texnologiyalari va raqamli platformalarning ta’limdagi roli ham tobora ortib bormoqda. Ulardan dars jarayonida foydalanish o‘quvchini qiziqtirishi bilan birgalikda, mavzuni mustahkamlashda ham interaktiv vosita bo‘la oladi. Raqamli platformalar nafaqat bilimlarni oson qabul qilishni, balki ularni amaliyotda qo‘llashni ham rag‘batlantiradi.
Slayd 31
RAQAMLI PLATFORMALAR
Quyida foydalanishga qulay bo’lgan platformalarni tavsiya qilamiz:
EducoPlay -– o‘quvchilarga interaktiv mashqlar va viktorinalar yaratish imkonini beradi.
Flippity -– matn bo‘yicha o‘yinlar, kartochkalar va tezkor testlar yaratish imkoniyatini beradi.
Wordwall -– o‘quv jarayonida matnni tahlil qilish, moslashtirish va interaktiv mashqlar yaratish uchun qulay vosita
Socrative -– sinf ichida real vaqtda baholash va test o‘tkazish uchun ishlatiladi.
Slayd 32
RAQAMLI PLATFORMALAR IMKONIYATLARI:
O‘quvchilarning bilim darajasini tez aniqlash.
interaktiv baholash.
Wordwall
to‘g‘ri javobni tanlash,
so‘zlarni tartiblash
Kahoot
Educoplay
matnni qismlarga ajratish,
ibora va so‘z birikmalarini aniqlash.
Flippity
o‘z bilimini sinash,
Fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish
Slayd 33
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 34
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.