O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish
6000 so'm

Slayd 1
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish
Slayd 2
Reja:
01
02
03
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari.
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
Slayd 3
Tashxis
Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir.
Slayd 4
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
01
Slayd 5
Ta’lim olganlikni tashxis etish
Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o‘z ichiga oladi.
Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.
Slayd 6
Ta’lim olganlikni tashxis etish
Didaktik tashxislash maqsadi o‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
Slayd 7
Ta’lim olganlikni tashxis etish
Tashxis ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma’no kasb etadi. Ta’limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi.
Slayd 8
Ta’lim olganlikni tashxis etish
nazorat,
tekshirish,
ularni tahlil qilish,
dinamika,
Tashxis natijalarni ularga erishish yo‘llari va vositalari, usullari bilan aloqa-dorlikda baholaydi, ta’lim mahsulining shakllanish jarayonlari va bosqichlarni aniqlaydi.
baholash,
tendensi-yalarni aniqlash,
statistik ma’lumotlar to‘plash,
voqealarning keyingi rivojini taxminlash.
Tashxislash-
Slayd 9
Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari.
02
Slayd 10
Ta’lim jarayonida nazorat
O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim.
Ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri – nazorat va hisobga olishdir.
Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega.
Slayd 11
Ta’lim jarayonida nazorat
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi.
Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi.
Slayd 12
Ta’lim jarayonida nazorat
Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchi-ning bilim darajasi, sifati, balki uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
Slayd 13
Ta’lim jarayonida nazorat
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir.
Slayd 14
Ta’lim jarayonida nazorat
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo‘g‘ini har bir mavzuni o‘zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir.
Tekshirish tizimidagi birinchi bo‘g‘ini ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi.
Birinchi bo‘g‘ini
Ikkinchi bo‘g‘ini
Slayd 15
Ta’lim jarayonida nazorat
Tizimning to‘rtinchi bo‘g‘ini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tekshirish hisoblanadi.
Takroriy tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bo‘g‘ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo‘lishi mumkin.
Uchinchi bo‘g‘ini
To‘rtinchi bo‘g‘ini
Slayd 16
Ta’lim jarayonida nazorat
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo‘g‘ini ta’lim oluvchilarning ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir.
Beshinchi bo‘g‘ini
Slayd 17
Ta’lim jarayonida nazorat
Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rsatgich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz.
Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
Hisobga olish – bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham o’zlarining keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi.
Slayd 18
Ta’lim jarayonida nazorat
O‘zlashtirishni hisobga olish o‘quvchilarning bilish faoliyatini rag‘batlantirib, ma’lum bir harakatlarini bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi.
Shuningdek, o‘zlashtirishni hisobga olish o‘qituvchining faoliyatini ham tashkil etadi.
Slayd 19
Ta’lim jarayonida nazorat
O‘zlashtirishni nazorat qilish va o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi
Nazorat qilish vazifasi
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat.
O‘qitish vazifasi
o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlashda, uy vazifalarini tekshirishda, tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon beradi.
Slayd 20
Ta’lim jarayonida nazorat
O‘zlashtirishni nazorat qilish va o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi
Tarbiyalash vazifasi
O‘quvchilar tekshirishga tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish, intizomga o‘rganadilar.
Rivojlantiruvchi vazifasi
o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, his-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug‘iladi.
Slayd 21
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
03
Slayd 22
Xolislik (obyektivlik)
Ko‘rgazmalilik (oshkoralik)
Tizimlilik (sistemalilik)
Nazorat va tashxislash tamoyillari
Pedagogikada o‘quvchilarning ta’lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan.
Slayd 23
Nazorat va tashxislash tamoyillari
Nazoratning shakli o‘quv ishini tashkil etish shakliga bog‘liq. Nazoratning asosiy besh shakli mavjud:
-nazoratning ommaviy (frontal) shakli,
-nazoratning guruhli shakli,
-nazoratning individual shakli,
-nazoratning kombinatsiyalangan aralash shakli,
-o‘z-o‘zini nazorat qilish shakli.
Slayd 24
amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish
uy vazifalarini tekshirish
Og‘zaki tekshirish
yozma tekshirish
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar:
Slayd 25
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Slayd 26
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.