O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish
6000 so'm

O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish
=== Taqdimot: O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish.pptx ===
=== Slayd 1 ===
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish
=== Slayd 2 ===
Reja:
01
02
03
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari.
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
=== Slayd 3 ===
Tashxis
Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir.
=== Slayd 4 ===
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
01
=== Slayd 5 ===
Ta’lim olganlikni tashxis etish
Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o‘z ichiga oladi.
Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.
=== Slayd 6 ===
Ta’lim olganlikni tashxis etish
Didaktik tashxislash maqsadi o‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
=== Slayd 7 ===
Ta’lim olganlikni tashxis etish
Tashxis ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma’no kasb etadi. Ta’limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi.
=== Slayd 8 ===
Ta’lim olganlikni tashxis etish
nazorat,
tekshirish,
ularni tahlil qilish,
dinamika,
Tashxis natijalarni ularga erishish yo‘llari va vositalari, usullari bilan aloqa-dorlikda baholaydi, ta’lim mahsulining shakllanish jarayonlari va bosqichlarni aniqlaydi.
baholash,
tendensi-yalarni aniqlash,
statistik ma’lumotlar to‘plash,
voqealarning keyingi rivojini taxminlash.
Tashxislash-
=== Slayd 9 ===
Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari.
02
=== Slayd 10 ===
Ta’lim jarayonida nazorat
O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim.
Ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri – nazorat va hisobga olishdir.
Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega.
=== Slayd 11 ===
Ta’lim jarayonida nazorat
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi.
Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi.
=== Slayd 12 ===
Ta’lim jarayonida nazorat
Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchi-ning bilim darajasi, sifati, balki uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
=== Slayd 13 ===
Ta’lim jarayonida nazorat
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir.
=== Slayd 14 ===
Ta’lim jarayonida nazorat
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo‘g‘ini har bir mavzuni o‘zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir.
Tekshirish tizimidagi birinchi bo‘g‘ini ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi.
Birinchi bo‘g‘ini
Ikkinchi bo‘g‘ini
=== Slayd 15 ===
Ta’lim jarayonida nazorat
Tizimning to‘rtinchi bo‘g‘ini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tekshirish hisoblanadi.
Takroriy tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bo‘g‘ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo‘lishi mumkin.
Uchinchi bo‘g‘ini
To‘rtinchi bo‘g‘ini
=== Slayd 16 ===
Ta’lim jarayonida nazorat
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo‘g‘ini ta’lim oluvchilarning ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir.
Beshinchi bo‘g‘ini
=== Slayd 17 ===
Ta’lim jarayonida nazorat
Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rsatgich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz.
Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
Hisobga olish – bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham o’zlarining keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi.
=== Slayd 18 ===
Ta’lim jarayonida nazorat
O‘zlashtirishni hisobga olish o‘quvchilarning bilish faoliyatini rag‘batlantirib, ma’lum bir harakatlarini bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi.
Shuningdek, o‘zlashtirishni hisobga olish o‘qituvchining faoliyatini ham tashkil etadi.
=== Slayd 19 ===
Ta’lim jarayonida nazorat
=== Slayd 20 ===
Ta’lim jarayonida nazorat
=== Slayd 21 ===
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
03
=== Slayd 22 ===
Xolislik (obyektivlik)
Ko‘rgazmalilik (oshkoralik)
Tizimlilik (sistemalilik)
Nazorat va tashxislash tamoyillari
Pedagogikada o‘quvchilarning ta’lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan.
=== Slayd 23 ===
Nazorat va tashxislash tamoyillari
=== Slayd 24 ===
amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish
uy vazifalarini tekshirish
Og‘zaki tekshirish
yozma tekshirish
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar:
=== Slayd 25 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.