O‘QUVCHILARNI MUVAFFAQIYATGA ERISHISHDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR. QAT’IYATLILIK. MEHNATGA TARBIYALASH

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
O‘quvchilarni muvaffaqiyatga erishishda amalga oshiriladigan ishlar. Qat’iyatlilik. Mehnatga tarbiyalash
=== Taqdimot 2 ===
01
Muvaffaqiyat haqida tushuncha.
02
Mehnatga tarbiyalash turlari.
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Muvaffaqiyat bu biror sohada erishilgan yutuq va omaddir. Yoshlarni erkin fikrlovchi, yangilikka intiluvchi va barkamol inson qilib tarbiyalash boshlang‘ich sinflardan olib boriladi, bu jarayon muhim vazifalardan biridir. Shu sababdan ham ta’lim mazmuni tubdan yangilanib borilmoqda. Kichik maktab yoshi davrida bolada mustaqil ta’lim olish motivlari yuzaga kelib, ular eng oddiy shaklda – bilimlarni olish bilan birgalikda qo‘shimcha manbalarga va turli mavzulardagi kitoblarni o‘qishga qiziqishi bilan yuzaga keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelgan bolaning differensial bo‘lmagan, umumiy tushunishdan o‘qish va o‘rganishning zarurligi sabablarini anglashda, “o‘zi uchun” o‘qish mazmunini anglab yetishda ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter kasb etishiga sababchi bo‘ladi.
=== Taqdimot 4 ===
Motivlar qo‘yilgan maqsadga erishish uchun harakat qilishga yo‘naltiradi Faoliyat mazmuni. Pedagog tomonidan beriladigan bilimlarni emas, balki o‘quvchining o‘zi tomonidan mustaqil izlaydigan va egallaydigan bilimlarni taqdim etish. Turli aqliy harakatlarni talab etuvchi topshiriqlar o‘quvchilar bilimlarining rivojlanishiga olib keladi. O‘quvchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat tarkibiga kiruvchi harakatlarning ahamiyati katta. Harakatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Oddiy harakatlar (qandaydir bir harakatlarni takrorlash), ijodiy harakatlar, amaliy va aqliy harakatlar.
=== Taqdimot 5 ===
O‘quvchi murakkab topshiriqni o‘zi mustaqil rejalashtirib bajarishi yoki pedagogning ko‘rsatmasiga ko‘ra bajarishi mumkin, bunda asosan, o‘quvchidan mavzuni diqqat bilan eshitishni va uni aniq bajarishni talab etadi. Lekin murakkab topshiriqlarni mustaqil bajarish, undan mustaqil harakat qilishni, topshiriqni bajarishni yo‘llari va uslublarini mustaqil topishni talab etadi. Barcha tashkiliy sharoitlar yaratilmasa har qanday faoliyatning rivojlantiruvchi imkoniyati yo‘qoladi. O‘quvchining faoliyati rivojlantiruvchi fe’l-atvor kasb etishi uchun, u doimo murakkablashtirilib borilishi kerak. Faoliyat mazmuni va vazifalari asta-sekinlik bilan murakkablashib boradi, vazifalarning tezligi va sifatiga talab oshadi, vazifalarni bajarishda va yechimini topishda o‘quvchilar mustaqilligiga asoslanilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun uning faoliyat natijasi pedagog tomonidan nazorat qilinishi va baholanishi lozim. O‘quvchi o‘z muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizliklarini bilishi (bizning fikrimizcha, nazorat va baholash yo‘llari o‘quvchilarning o‘zlariga ham o‘rgatib borilishi zarur).
=== Taqdimot 6 ===
Motivlar asosida o‘quvchining o‘quv mustaqilligini shakllanishi rivojlantiruvchi ta’lim shartlariga bog‘liqdir:
Faoliyat maqsadi. Nima qilinayotganligi va nima uchun qilinayotgan bola uchun tushunarli bo‘lishi kerak.
O‘quvchi faoliyatida motivlar katta ahamiyatga ega. Motivlar qo‘yilgan maqsadga erishish uchun harakat qilishga yo‘naltiradi.
Faoliyat mazmuni. Pedagog tomonidan beriladigan bilimlarni emas, balki o‘quvchining o‘zi tomonidan mustaqil izlaydigan va egallaydigan bilimlarni taqdim etish. Turli aqliy harakatlarni talab etuvchi topshiriqlar o‘quvchilar bilimlarining rivojlanishiga olib keladi.
=== Taqdimot 7 ===
o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat tarkibiga kiruvchi harakatlarning ahamiyati katta. Harakatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Oddiy harakatlar (qandaydir bir harakatlarni takrorlash), ijodiy harakatlar, amaliy va aqliy harakatlar. O‘quvchi murakkab topshiriqni o‘zi mustaqil rejalashtirib bajarishi yoki pedagogning ko‘rsatmasiga ko‘ra bajarishi mumkin, bunda asosan, o‘quvchidan mavzuni diqqat bilan eshitishni va uni aniq bajarishni talab etadi. Lekin murakkab topshiriqlarni mustaqil bajarish, undan mustaqil harakat qilishni, topshiriqni bajarishni yo‘llari va uslublarini mustaqil topishni talab etadi.
barcha tashkiliy sharoitlar yaratilmasa har qanday faoliyatning rivojlantiruvchi imkoniyati yo‘qoladi.
=== Taqdimot 8 ===
o‘quvchining faoliyati rivojlantiruvchi xarakter kasb etishi uchun, u doimo murakkablashtirilib borilishi kerak. Faoliyat mazmuni va vazifalari asta-sekinlik bilan murakkablashib boradi, vazifalarning tezligi va sifatiga talab oshadi, vazifalarni bajarishda va yechimini topishda o‘quvchilar mustaqilligiga asoslanilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun uning faoliyat natijasi pedagog tomonidan nazorat qilinishi va baholanishi lozim.
o‘quvchi o‘z muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizliklarini bilishi (bizning fikrimizcha, nazorat va baholash yo‘llari o‘quvchilarning o‘zlariga ham o‘rgatib borilishi zarur).
=== Taqdimot 9 ===
Har qanday sharoitda baho o‘quvchini kelgusidagi murakkab va qiziqarli faoliyatga undovchi stimulyator vazifasini o‘tashi lozim. Qolaversa, o‘quv motivatsiyasi darajasi asosida ichki va tashqi motivatsiyadan qaysi biri ustunligi haqida xulosa chiqarish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi. N. G. Luskanova taklif etgan metodika uchun ishlab chiqilgan standart baholar o‘quvchilar o‘quv motivatsiyasi tizimida ichki yoki tashqi motivlar ustuvorligi aniqlash imkonini beradi. Bunday metodikadan amaliyotda foydalanuvchi mutaxassislarning ko‘rsatishicha, o‘rtacha o‘quv motivatsiyasiga mos ko‘rsatkichlar odatda tashqi motivatsiyadan darak bersa, o‘rtachadan yuqori motivatsiya, tashqi talab va me’yorlardan nisbiy mustaqillik, ya’ni ichki motivlarga ko‘proq tayanishni ko‘rsatadi.
=== Taqdimot 10 ===
Boshlang‘ich sinflarda yuqori bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun o‘quv-biluv faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuasiga o‘quvchilarning motivlari sohasini o‘rganish masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O‘zbekistonda ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uni shaxsga – ta’lim jarayonining asosiy subyektlaridan biriga qaratish alohida ta’kidlab o‘tiladi. Shu munosabat bilan ta’lim tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarning adekvat modelini qurish uchun o‘quvchi individual xususiyatlarini tahlil etishga yanada sinchkovlik bilan yondashish talab etiladi.
Motivatsiya – muvaffaqiyat garovi
=== Taqdimot 11 ===
O‘z qobiliyatlari va mehnatsevarlikka o‘rgatish
Insonning kundalik turmush tarzi mehnat va faoliyat bilan bog‘liqdir. Shu sababli mehnat umuminsoniy, milliy, moddiy va ma’naviy boyliklarning ijtimoiy taraqqiyoti negizi hisoblanadi. Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining o‘rni beqiyosdir. Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir. Shuningdek, bolaning har tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida ulg‘ayish omili hamdir. Muntazam qilingan mehnat jarayonida bola o‘z aqlini, irodasini, hissiyotini, xarakterini rivojlantirishi mumkin.
=== Taqdimot 12 ===
O‘quvchilar mehnat faoliyatining turlari xilma-xil bo‘lib, ular quyidagilardir:
1. Maishiy mehnat;
2. O‘quv mehnati;
3. O‘quv ishlab chiqarish mehnati;
4. Texnik mehnat;
5. Ijtimoiy-unumli mehnat;
6. Ijtimoiy-foydali mehnat va boshqalar.
Oilada mehnat tarbiyasining dastlabki unsurlari qo‘llaniladi. Bola muayyan yoshga to‘lgach, kattalarga yordamlashadi, o‘z imkoniyatlarini anglab yetadi va o‘quv (ta’lim) mehnatiga muntazam tayyorlanadi.
=== Taqdimot 13 ===
Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari:
1. Bolalar mehnatining o‘quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog‘liqligi;
2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o‘quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo‘shib olib borilishi;
3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo‘ldan kela olishi;
4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi;
5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga qo‘shib olib borish.
=== Taqdimot 14 ===
G.Najmiddinova tadqiqotlarida o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini shakllantirish masalalariga alohida yondashilib, o‘quv materiali va uning ustida ishlash orqali o‘quvchilarda o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirish mumkinligi asoslab beriladi. O‘quv-biluv faoliyatiga oid psixologik tadqiqotlar ilmiy izlanishlarning katta qismini tashkil etadi. L.S.Vigotskiy inson faoliyati va psixikasi – ruhiyatining uzviy bog‘liqligi tamoyilini asoslagan edi: psixika faoliyatsiz, faoliyat psixikasiz amal qilmaydi. L.S.Vigotskiyning qarashlarini S.L.Rubinshteyn o‘z tadqiqotlarida yanada rivojlantirdi. S.L.Rubinshteynning ta’kidlashicha, hissiyotlar faoliyat dinamikasi, sur’ati va tonusini belgilaydi. Shuning uchun ham har bir yosh davri uchun xos bo‘lgan motivlar sohasining belgilangan rivojlanish qonuniyatlari ta’limning yangi dasturlarini ishlab chiqish hamda unda maxsus vazifalarni belgilash orqali o‘quv-biluv motivlarini faollashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy motivlarning paydo bo‘lishi.
=== Taqdimot 15 ===
Ta’lim tizimida mavjud bo‘lgan motivlarni turli mezonlarga ko‘ra tasnif etish mumkin. Turiga ko‘ra ijtimoiy va biluv motivlari farqlanadi. Darajasiga ko‘ra esa motivlar quyidagilarga bo‘linadi:
Keng ijtimoiy motivlar (burch, mas’uliyat, o‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish). Eng avvalo, bu shaxsning o‘qish orqali o‘zining jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini tasdiqlashi bilan belgilanadi.
Tor ijtimoiy (yoki pozitsiyali) motivlar (kelajakda muayyan kasb-korni egallashga, atrofdagilarning e’tiboriga tushishga, o‘z mehnatiga yarasha munosib taqdirlanishga bo‘lgan intilish).
Ijtimoiy hamkorlik motivlari (atrofdagilar bilan turli ko‘rinishdagi o‘zaro hamkorlik qilishga, sinf jamoasi orasida o‘z pozitsiyasi va o‘rnini belgilashga intilish).
=== Taqdimot 16 ===
Keng biluv motivlari. Eruditsiyaga ko‘ra yo‘nalish olish, ta’lim jarayoni va uning natijalaridan qoniqish hissi bilan belgilanadi. Kishining o‘quv-biluv faoliyati uning hayot faoliyatida yetakchi o‘rin egallaydi.
O‘quv-biluv motivlari (bilimlarni egallash usullari, muayyan o‘quv predmetlarini o‘zlashtirishga yo‘nalganlik).
Mustaqil ta’lim motivlari (qo‘shimcha bilimlarni egallashga yo‘nalganlik).
=== Taqdimot 17 ===
Amaliy pedagogikada bu motivlar yo‘nalishi va mazmuniga ko‘ra alohida guruhlarga birlashtiriladi:
1) ijtimoiy (ijtimoiy qimmatga ega) motivlar;
2) biluv motivlari;
3) kasbiy ahamiyatga molik motivlar;
4) estetik motivlar;
5) kommunikativ;
6) mavqe-pozitsiyali motivlar;
7) tarixiy-an’anaviy motivlar;
8) utilitar-amaliy motivlar.
=== Taqdimot 18 ===
Aniqlanishicha:
a) jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘quvchilar o‘quv motivlarining u yoki bu guruhlari yetakchilik qiladi;
b) motivlarning guruhlari o‘zaro dinamik bog‘liq holda muayyan shart-sharoitlarga ko‘ra amal qiladi.
=== Taqdimot 19 ===
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirishda o‘qituvchi juda muhim o‘rin egallaydi. Chunki u ta’lim jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi subyekt sifatida o‘quvchilarning o‘quv biluv faoliyatini ham bevosita boshqarib boradi. Ehtiyojlar, motivlar, stimullar – bir dalaning hosilidir. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni stimullashtirish ularda o‘quv-biluv motivlarining boshqa motivlardan ko‘ra kuchliroq bo‘lishiga xizmat qiladi.
=== Taqdimot 20 ===
O‘z xalqining va boshqa xalqlarning an’analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon bo‘lishi
Har qanday jamiyat, ijtimoiy-tarixiy birliklar (urug‘, qabila, elat, xalq, millat), ijtimoiy subyektlar va boshqalar o‘ziga xos qadriyatlar tizimiga ega bo‘ladi. Bu qadriyatlar tizimida asosiy bo‘lmagan qadriyatlar muayyan qatorni tashkil qiladi, turli holatlarda namoyon bo‘ladi. Jamiyat rivojining muayyan davri yoki biror davlatda ham ana shunday qadriyatlar tizimi mavjud bo‘ladiki, u o‘sha davr, jamiyat va davlat kishilari, ularning faoliyati uchun umumiy mezon vazifasini o‘taydi. Har bir ijtimoiy tarixiy birlik, sinf va partiyalar ham ana shunday qadriyatlar tizimi asosida faoliyat ko‘rsatadilar, ulardan foydalanadilar yoki ularga erishishning turli usullarini qo‘llaydilar.
=== Taqdimot 21 ===
Makon va zamonda ushbu qadriyat obyektlari borliqning biror shakli, jihati, voqelikning biror qismi, olamdagi narsalar va atrof-muhitning eng muhim tomonlari sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu ma’noda qadriyatlarning umumbashariy, umum sayyoraviy va mintaqaviy hamda biror kichik hudud yoki joyga bog‘liq bo‘lgan shakllarini. ko‘rsatish mumkin. Bunda umumiylik, xususiylik va alohidalikning dialektikasi zamonaviy atamalar “global”, “zonal” va “lokal” qadriyat obyektlarining o‘zaro munosabati tarzida zohir bo‘ladi.
=== Taqdimot 22 ===
Bugungi kunga kelib qadriyatlar iborasi nihoyatda mashhur bo‘lib ketdi. Uni juda keng ma’noda ishlatish, ayniqsa, madaniy-ma’naviy hodisalar, urf-odatlar, an’analar va boshqalarga nisbatan umumiy nom yoki atama sifatida qo‘llash hollari ko‘p uchramoqda. Kundalik muloqotda qadri bor narsa, voqea, hodisa, xususiyat va boshqalarni “qadriyat” deb atashga ko‘pchilik o‘rganib qoldi. Ammo har bir so‘z, atama va tushunchaning mohiyati va mazmunini o‘ziga sig‘diradigan sifat chegarasi bor. U yoki bu tushunchadan ana shu mazmunga sig‘maydigan ko‘lamni talab qilishning keragi yo‘q. Zero, qadriyat tushunchasining ommalashib, mashhur bo‘lib ketganligi juda yaxshi. Lekin uni yanada kengroq ma’noda yoki zarur bo‘lmagan hollarda ham ishlatish bu tushunchaning mazmunini xiralashtirishi, uning mohiyatini ifodalaydigan sifat chegarasini sarobga aylantirib qo‘yishi, qadrini tushirishi mumkin.
=== Taqdimot 23 ===
Inson qadri. Istiqlol inson qadri, uning manfaat va ehtiyojlari bilan bog‘liq masalalarni dolzarblashtirib yubordi. Inson qadri uning ijtimoiy xususiyatlari, jamiyatda amalga oshirgan faoliyati, boshqalarga va atrof-muhitga munosabati, kamolotga etganligi, ijtimoiy xususiyatlarni o‘zlashtirib olganligi va ularni ma’naviy qiyofasida namoyon qila olganligida ham ko‘rinadi. Odam bolasining shaxsga aylanishi, o‘z qadrini va o‘zgalar qadrini anglash jarayoni uzoq yillar davom etadi.
=== Taqdimot 24 ===
Bugungi kunga kelib, insoniyat yana tabiat va odamzod naslining uyg‘unligini saqlab qolish uchun qadr va qadriyat nihoyatda zarur ekanligini angladi. XX asrning oxirgi va XXI asrning boshlanishidagi birinchi besh yilliklar BMT tomonidan “Inson huquqlari o‘n yilligi” deya e’lon qilinganligi, kishilik jamiyati esa yangi ming yillikka umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilishga bel bog‘lab o‘tayotganligi bejiz emas. Hozirgi O‘zbekistonda inson manfaatlari va haq-huquqlarini ro‘yobga chiqarish, qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini ustuvor qilish bilan bog‘liq faoliyatlar butun jahonda bu boradagi umumiy hamkorlikni mustahkamlash harakatining tarkibiy qismiga aylanmoqda.
=== Taqdimot 25 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“O‘QUVCHILARNI MUVAFFAQIYATGA ERISHISHDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR. QAT’IYATLILIK. MEHNATGA TARBIYALASH” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar