O‘qish darslarining maqsad va vazifalari, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati
8000 so'm

Slayd 1
O‘qish darslarining maqsad va vazifalari, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati
Slayd 2
Reja:
01
O‘qish darslarining maqsad va vazifalari,ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati
02
O‘qish darslarida qo‘llaniladigan metod va usullar
03
O‘qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish
yo‘llari.
Slayd 3
Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri – o‘quvchiga hurmatda.
R.Emerson
Slayd 4
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o‘qish ta’limisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Slayd 5
O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor o‘qish darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quv-biluv ko‘nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘l ochiladi. Aynan o‘qish ta’limida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa olamni anglashga bo‘lgan intilishlariga turtki beriladi.
Slayd 6
Shu maqsadda “O‘qish kitobi ‘’ darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
Slayd 7
O‘qish darslarini savod o‘rgatish davrida tashkil etish
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar.
O‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirish.
O‘qish texnikasi egallangandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar
01
02
03
04
Slayd 8
O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida tashkil etiladi
O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o‘qish texnikasi egallangandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.
Slayd 9
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular:
Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar tomonidan amalga oshirilgan.
Tabiatga oid mavzular yordamida o‘quvchilar tabiatdagi o‘zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi
Asarlar o‘quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi.
Slayd 10
“O‘qish kitobi” darsliklaridagi mavzular:
Amaldagi “O‘qish kitobi” darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o‘tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o‘quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.
1-sinfda o‘rgatiladigan “Ajdodlarimiz-faxrimiz”, “Ilm-aql chirog’I”, “Zumrad bahor”, “Kumush qish” kabi mavzular.
Slayd 11
O‘quvchilar darsliklar yordamida o‘zlashtiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo‘lishini tushunib yetishishlariga erishish o‘qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o‘qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o‘qishga o‘rgatish yo‘l-yo‘riqlarini o‘qish metodikasi ishlab chiqadi. O‘qish metodikasi kichik yoshdagi o‘quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.
Slayd 12
O‘qish darslarining samaradorligi ko‘p jihatdan ta’lim metodlarining to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq.
Binobarin, fanning o‘zi kabi o‘qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo‘ladi. Masalan, eski maktablarda o‘qish quruq yod olish metodi asosida o‘rgatilgan bo’lsa, hozir izohli o‘qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so‘zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o‘qilganni qayta hikoyalashga umuman olganda, o‘qishning ongli bo‘lishiga mutlaqo e’tibor berilmagan. Ularda ko‘proq to‘g‘ri talaffuz, qiroat bilan o‘qish, ifodali o‘qish nazarda tutilgan.
Slayd 13
O‘quvchilar darsliklar yordamida o‘zlashtiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo‘lishini tushunib yetishishlariga erishish o‘qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.Har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy o‘qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o‘zaro bog‘liq holda va sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari jarayonida hal qilinadi.
Slayd 14
Badiiy asarni izohli o‘qishga yaqin bo‘lgan metodlardan biri ijodiy o‘qishdir
Atoqli metodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o‘qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi.
Ifodali o‘qish. Boshlang‘ich ta’lim tizimida mantiqiy o‘qish (matnni to‘g‘ri, tushunib, tez (me’yorida) o‘qish) va adabiy o‘qish mukammal o‘zlashtirilganidan so‘ng ifodali o‘qishga
o‘tiladi.
Nasriy asarlarni ifodali o‘qishdan oldin unda qanday g‘oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur.
Slayd 15
Sinfda o‘qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri tanlab o‘qishdir.
Dastur talablarini to‘liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, o‘qish ko‘nikmalarini to‘g‘ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur.
O‘qish ko‘nikmalari savod o‘rgatish jarayonida
shakllanadi, o‘qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi.
Slayd 16
To‘g‘ri o‘qish. To‘g‘ri o‘qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o‘qish tushuniladi, ya’ni to‘g‘ri o‘qish so‘zning tovush-harf tarkibini, grammatik shakllarni buzmasdan, so‘zdagi tovush yoki bo‘g‘inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushni qo‘shmay, harflar o‘rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so‘zga urg‘uni to‘g‘ri qo‘yib o‘qish hisoblanadi.
To‘g‘ri o‘qish so‘zning uzun-qisqaligiga, o‘quvchining so‘z boyligiga, ya’ni so‘zning leksik ma’nosini qanchalik bilishiga hamda so‘zning bo‘g‘in va morfemik tarkibiga bog‘liq.
Slayd 17
O‘qituvchining tuzilishi murakkab so‘zlarni oldindan xattaxtaga yoki kartonga bo‘g‘inlarga bo‘lib yozib qo‘yib, o‘quvchilarga ovoz chiqarib birgalikda o‘qitishi yaxshi natija beradi.
O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xato ikki xil yo‘l bilan tuzatiladi:
1. O‘quvchi so‘z oxiridagi qo‘shimchani noto‘g‘ri o‘qisa, o‘quvchini o‘qishdan to‘xtatmasdan xatoni to‘g‘rilash mumkin.
2. Xato o‘qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o‘qitish usulidan foydalaniladi. Bunda o‘quvchiga o‘qigan matni yuzasidan savol berilsa, o‘quvchi e’tiborli bo‘lib qayta o‘qiydi.
Slayd 18
O‘qish tezligi:
O‘qilayotgan asar mazmunini o‘zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan o‘qish tez o‘qish deyiladi.
03
Tez o‘qish me’yoriy tezlikda o‘qish bo‘lib, bunda o‘qish sur’ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak.
02
O‘qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o‘sib borishi lozim
01
Slayd 19
Slayd 20
Ongli o‘qish
Matnning aniq mazmunini;
Asarning g‘oyaviy yo‘nalishini;
Obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o‘qish;
Asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o‘z munosabati.
Slayd 21
Ifodali o‘qish
Asarning g‘oyasi
To‘g‘ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos
O‘z-o‘zini qayta tarbiyalash
O‘z-o‘zini anglash
O‘z-o‘zini rag‘batlantirish
Slayd 22
Intonatsiya og‘zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg‘u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining yig‘indisidir.
Asarning mazmuni va g‘oyaviy yo‘nalishini tahlil qilish ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan bog‘lab olib boriladi. Ifodali o‘qishga o‘rgatishda matn mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o‘z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O‘quvchilarda ifodali o‘qish malakasini shakllantirish uchun asarni o‘qituvchining ifodali o‘qishi muhim ahamiyatga ega.
Slayd 23
Ifodali o‘qish orqali o‘quvchilarni rag‘batlantirishning quyidagi turlari qo‘llanadi:
1. O‘quvchining kuchi yetadigan, mas’uliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish (o‘quvchi o‘z qadr-qimmati bilan faxrlanadi);
2. Maqtash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida);
3. Esdalik sovg‘asi (kitob, ruchka, o‘quv asbobi va boshqalar);
4. Maqtov yorlig‘i berish;
5. Hurmat taxtasiga fotosuratni qo‘yish;
6. Mas’uliyat va jamoaning minnatdorchiligi;
7. Safda birinchi o‘rinda turish;
8. Musobaqalarda bayroq ko‘tarish;
9. Gazeta-jurnal va radio-televideniyelarda e’lon berish.
Slayd 24
Abdulla Avloniy
”So‘z insonning daraja va kamoli ,ilm va fazlni ulug‘lab
ko‘rsatadurg‘on tarozidir. Aql sohiblari kishilarning fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini so‘zlagan so‘zidan bilinur.”
Slayd 25
O‘quvchilarda ifodali o‘qish malakasini shakllantirish:
Slayd 26
Bilim berish
tarbiyalash va e’tiqodlarini shakllantirish
Badiiy asarlarni o‘qitishdan maqsad
Shaxsni estetik tarbiyalash
Bolalar adabiyoti namunalarini san‘at asari
Maktablarda o‘qitiladigan predmetlar
01
02
03
04
05
Slayd 27
Fikrlashga undashi
O‘zining pozitsiyasini tanlash imkonini berishini
O‘quvchi darslar davomida kitobxon bo‘lish uchun:
Yaxshi kitob kitobxonda turli xil kechinmalarni (qayg‘urish, tashvishlanish) yuzaga keltirishini
Nimalarni bilish kerakligini
Kutiladigan natija. Yaxshi kitobxon
06
07
08
09
10
Slayd 28
Slayd 29
Adabiy ta’limning maqsadi:
Adabiy ta’limning maqsadi va mazmun-mundarijasini belgilab olish
Kitobxon o‘quvchining badiiy asarni qabul qilishini
Maktabda asarni tahlil qilishni
O‘qish texnikasini;
O‘qishga bo‘lgan qiziqishni
O‘qitishning metod, usul va vositalarini;
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini;
Mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishni;
adabiy ta’limda o‘quvchilarga individual va differensiyal yondashishni
Slayd 30
Hozirgi adabiy ta’limni o‘qitishda maktab o‘sib kelayotgan yosh avlodni yuz yillar oldindan insoniyat tarixi davomida yaratilgan va shu vaqtgacha to‘ldirib kelingan madaniyatni egallashga undayapti. Shu bilan birga, maktab o‘quvchilarni bolani real hayotga tayyorlash, ongli ravishda kasb tanlashiga erishish talabini qo‘ymoqda. Buning uchun o‘quvchilarning imkoniyatlarini va asosiy faoliyatlarini hisobga olgan holda o‘qitishning har bir bosqichida maktab adabiy ta’limi tayanch maqsadlarni belgilab olish lozim.
Xulosa
Slayd 31
“SWOT-tahlil” metodi
S
Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlarning kuchli tomonlari
W
Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlarning kuchsiz tomonlari
O
Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlarning imkoniyatlari (ichki)
T
To‘siqlar (tashqi)
Slayd 32
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 33
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.