=== Taqdimot 1 ===
Optika faniga oid umumiy ma’lumotlar. Yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishi, sinish va qaytish qonunlari
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. Optika elementlari.
2. Yorug‘lik haqidagi ta’limotning rivojlanishi.
3. Optikaning bo‘linish turlari.
4. Yorug‘likning sinishi va qaytishi.
5. Ko‘z va ko‘rish.
=== Taqdimot 3 ===
Optika–fizikaning yorug‘likning nurlanish, yutilish va tarqalish qonunlarini o‘rganadigan bo‘limidir. Yorug‘lik elektromagnit to‘lqinlardan iborat bo‘lganligi sababli, optika elektromagnit maydon nazariyasining, ya’ni elektrodinamikaning bir qismi sifatida qaraladi. Yorug‘lik, radioto‘lqinlar va rentgen nurlari orasidagi, to‘lqin uzunligi 4,0· 10−7m, -7,6· 10−7m bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlardan iborat.
=== Taqdimot 4 ===
Odatda, optika geometrik, fizik va fiziologik optikalarga bo‘lib o‘rganiladi. Geometrik optikada yorug‘likning tabiati haqida so‘z yuritilmaydi, uning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalish, qaytish va sinish qonunlari o‘rganiladi. Oddiy ko‘zoynakdan tortib, ulkan astronomik qurilmalardagi murakkab obyektivlargacha bo‘lgan barcha optik asboblarni yasashdagi hisob-kitob geometrik optika qonunlari asosida amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 5 ===
Fizik optikada yorug‘likning tabiati va yorug‘lik hodisalariga aloqador muammolar o‘rganiladi. Fiziologik optika esa yorug‘likning rivojlanuvchi organizmga ta’sirini o‘rganadi.
=== Taqdimot 6 ===
Optikaning dastlabki qonunlari. Yorug‘likning ta’siri haqidagi ta’limot juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Optika so‘zining lug‘aviy ma’nosi – ‘‘ko‘rish idroklari haqidagi fan”ni anglatib, optos – ko‘zga ko‘rinadigan so‘zidan olingan.
=== Taqdimot 7 ===
Yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalish qonuni eramizdan besh ming yil oldin ham ma’lum bo‘lib, undan chiqadigan xulosalardan qadimgi Misrdagi qurilish ishlarida foydalanilgan. Pifagor, jismlarning ko‘rinishiga sabab – ularning o‘zlaridan zarrachalar chiqarishidir deb, hozirgi nazariyalarga juda yaqin bo‘lgan fikrlarni ham aytgan.
=== Taqdimot 8 ===
Geometrik optikaning ikkita asosiy qonunidan biri–yorug‘likning tushish va qaytish burchaklarining tengligi haqidagi qonun Platon maktabi vakillari tomonidan ta’riflangan. Yorug‘likning sinish qonuni esa bir necha asrlardan keyin kashf qilingan. O‘n uchinchi asrda ko‘zoynak, 1590-yilda niderlandiyalik olim Z.Yansen tomonidan mikroskop, 1609- yilda esa italiyalik fizik G. Galiley tomonidan teleskop yasalgan.
=== Taqdimot 9 ===
Optika rivojlanishining keyingi bosqichlari. Optikaning keyingi rivojlanishi yorug‘lik difraksiyasi va interferensiyasi hodisalari bilan bog‘liq. Bu hodisalarni geometrik optika doirasida tushuntirishning iloji bo‘lmagani sababli, ingliz fizigi R.Guk va Gollandiyalik olim X.Gyuygens yorug‘likning to‘lqin tabiati haqidagi nazariyani olg‘a surishgan. M.Faradey o‘z tajribalari natijalariga ko‘ra bu to‘lqinlar elektromagnit to‘lqinlarga aloqador, degan fikrga kelgan
=== Taqdimot 10 ===
J.Maksvell nazariy asosda, G.Gers esa tajribada elektromagnit to‘lqinlarning bo‘shliqda yorug‘lik tezligiga teng bo‘lgan tezlik bilan tarqalishini isbotlaganlar. Natijada, yorug‘lik elektromagnit to‘lqinlardan iborat, degan xulosaga kelishdan boshqa iloj qolmagan.
=== Taqdimot 11 ===
Yorug‘likning korpuskular tabiati. Yorug‘likning tabiati haqidagi fikrlar doimo olimlarning diqqat markazida bo‘lgan. Kundalik hayotimiz uchun shu qadar muhim ahamiyatga ega yorug‘likning nimaligini bilish barcha uchun qiziqarli hisoblangan. Xo‘sh, yorug‘lik o‘zi nima? Bu savolga birinchi bo‘lib aniq javob bergan kishi I.Nyuton hisoblanadi.
=== Taqdimot 12 ===
Yorug‘lik. 1672-yil Nyuton yorug‘likning korpuskulyar tabiati haqidagi g‘oyani ilgari surdi. U, yorug‘lik-nurlanayotgan jism chiqaradigan va fazoda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladigan korpuskulalar (zarrachalar) oqimidan iborat, degan g‘oyani aytgan. Bu g‘oya asosida yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘yicha tarqalish, sinish va qaytish qonunlari tushuntirib berilgan. Ammo yorug‘lik interferensiyasi va difraksiyasini korpuskular nazariya asosida tushuntirishning mutlaqo iloji bo‘lmagan. Va aynan shuning uchun ham yorug‘likning to‘lqin nazariyasi haqidagi fikrlar paydo bo‘lgan.
=== Taqdimot 13 ===
Yorug‘likning to‘lqin tabiati. Bu tasavvurga binoan, yorug‘lik suvning yoki boshqa suyuqliklarning sirtida kuzatiladigan to‘lqinlarga o‘xshash to‘lqinlardan iborat. 1818-yilga kelib fransuz fizigi O.Frenel yorug‘likni to‘lqinlar oqimi sifatida tasavvur qilib, uning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishini tushuntirib beradi. Shundan so‘ng yorug‘likning to‘lqin nazariyasi o‘z hukmronligini o‘rnatdi
=== Taqdimot 14 ===
Yorug‘lik to‘lqinlarining mavjudligini tushuntirish uchun maxsus elastik muhit–efir o‘ylab topilgan. Butun fazo, shu bilan birga, yorug‘lik tarqaladigan jismlarni ham efir to‘ldirib turadi deb faraz qilingan. O‘sha paytlarda yorug‘likning qutblanishi (yorug‘lik ko‘ndalang to‘lqinlardan iborat ekanligini isbotlaydi) ma’lum bo‘lganligidan u qattiq jismlarda tarqaladi deb hisoblangan. Shuning uchun ham efir elastik qattiq jism xususiyatlariga ega deb qabul qilingan.
=== Taqdimot 15 ===
Tajribalarning ko‘rsatishicha, efirning mavjudligi yorug‘likning tarqalishidan tashqari Yerning va boshqa fazoviy jismlarning harakatiga mutlaqo ta’sir ko‘rsatmaydi. Xo‘sh, yorug‘lik o‘zi nima? Biz bu savolga hali to‘la javob bermadik va keyingi mavzularda yana unga qaytamiz. Endi yorug‘lik to‘lqinlarining tabiatiga batafsilroq to‘xtalamiz.
=== Taqdimot 16 ===
=== Taqdimot 17 ===
a
y
A
B
D
C
=== Taqdimot 18 ===
=== Taqdimot 19 ===
Absolyut sindirish ko‘rsatkichi muhitning muhim optik xarakteristikasidir. U yorug‘likning vakuumda tarqalish tezligi c-ning muhitda tarqalish tezligi υ dan nechamarta katta ekanligini ko‘rsatadi: n=c/v
=== Taqdimot 20 ===
Ko‘z. Ko‘z odamning ko‘rish organi bo‘lib, ko’p jihatdan juda takomillashgan optik sistemadan iborat. Odam ko’zining shakli shar shakliga yaqin bo‘ladi. Ko‘zning diametri 2,5 sm chamasida bo’ladi. Agar buyum ko‘zga juda yaqin tursa, unga qarayorgan ko‘z, tez toliqadi, 20 sm dan qisqaroq masofada normal ko‘z narsani umuman yaxshi ko‘rmaydi. Ko‘z uncha toliqmay buyumlarni aniq ko‘radigan eng qisqa masofa eng yaxshi ko‘rish masofasi (do) deyiladi. Ko‘rishi normal bo‘lgan odamar uchun d=25 sm deb qabul qilingan.
=== Taqdimot 21 ===
Kuzatishlar ba’zi odamlarda eng yaxshi ko‘rish masofasi 25 sm dan kamroq ekanligini ko‘rsatadi. Bunday odamlarni yaqindan ko‘radigan odamlar deyiladi. Ko‘zdagi kamchilikni bartaraf etish uchun bunday odamlarga sochuvchi linzali ko‘zoynaklar taqish tavsiya etiladi. Ba’zi odamlarda eng yaxshi ko‘rish masofasi 25 sm dan kattaroq bo‘ladi. Ularni uzoqdan ko‘radigan odamlar deyiladi. Bu odaralarning ko‘zidagi nuqsonini bartaraf etish uchun bunday odamlarga yig‘uvchi linzali ko‘zoynaklar taqish tavsiya etiladi.
=== Taqdimot 22 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.