=== Taqdimot 1 ===
Ontogenezning ilk bosqichlarida insonningpsixik rivojlanishiga xos xususiyatlar
1
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
2
01
03
Perinatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlar.
Ilk bolalik davrida jismoniy rivojlanish.
02
04
Go‘daklik davrida jismoniy va psixik taraqqiyotning kechishi.
Ilk yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti.
=== Taqdimot 3 ===
Mavzu o‘quv maqsadi:
3
Ta’limiy: bo‘lajak pedagoglarda tug‘ilish davr inqirozi,perinatal,chaqaloqlik, go‘daklik va ilk bolalik davri psixofiziologik, jismoniy Shuningdek, aqliy rivojlanishiga xos xususiyatlar haqida ilmiy bilimlarni hosil qilish.
Tarbiyaviy: bo‘lajak pedagoglar ongiga insonning shaxs sifatida shakllanishida prenatal va chaqaloqlik davri psixofiziologik rivojlanishining ahamiyatini singdirish.
Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv maqsadlari asosida talabalar dunyoqarashini kengaytirish, prenatal va chaqaloqlik
davridagi bolalarni psixologik rivojlanishini aniqlash ko‘nikma-malakalarini shakllantirish.
=== Taqdimot 4 ===
Perinatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlar
4
Bolaning ona qornida paydo bo‘lgandan tug‘ilgunga qadar bo‘ladigan o‘zgarishlar homilaning perinatal ichki rivojlanishini tashkil etadi. Har bir davr ona qornida bo‘lajak farzandning rivojlanish bosqichiga tegishli atama bilan nomlanadi. Ona qornida rivojlanish o‘rtacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga:
zigota bosqichi,
embrion bosqichi
homila bosqichi.
=== Taqdimot 5 ===
5
Zigota bosqichi (1-2 haftalik)
Embrion bosqichi (3-8 hafta)
Homila bosqichi (9-38 hafta)
Perinatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlarni 3-bosqichi
=== Taqdimot 6 ===
Zigota bosqichi (1-2 haftalik)
6
Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari bilan birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi.
Implantatsiya jarayoniningtugallanishi uchun ikki hafta kerak
bo‘ladi,shundan so‘ng gormonal o’zgarishlar boshlanadi.
Zigota 36 hafta davomida murtakdan bola tug‘ilishigacha
bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishga tayyor holga keladi.
=== Taqdimot 7 ===
7
Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odatda murtak hosil bo‘lgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib, sakkizinchi haftaning oxirigacha davom etadi.
Uch haftalik embrion bilansakkiz haftalik embrion solishtirilganda uning ko‘rinishida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. 3 haftalik embrion uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi.
O‘sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi,8 haftalik embrionda ko‘zlar, og‘iz, qo‘l va oyoqlarni ko‘rish mumkin, miya va nerv tizimi ham juda tez rivojlanadi, embrion yuragi bir oy avval o‘z faoliyatini boshlab yuborgan bо‘ladi.
Embrion bosqichi (3-8 hafta)
=== Taqdimot 8 ===
Homila bosqichi (9-38 hafta)
8
Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich
bo‘lib, to‘qqizinchi haftasidan boshlab, tug‘ruq bilan tugallanadi.
Bu vaqtda homilaning tana o‘lchamlari kattalashadi va organizm tizimlari faoliyat yurita boshlaydi.
4 oylikdan homilaning og‘irligi 113,4 grammdan 226,8 grammgacha etadi. Oxirgi 5 oyda homilaning og‘irligi 1984,5 grammdan 2268 grammgacha o‘lchamlari kattalashib borishini ko‘rish mumkin.
=== Taqdimot 9 ===
9
1. Tuxumdon va urug‘don differensiatsiyasi
2. Qon tomir tizimining faoliyati.
3. Homila harakatining onaga sezilishi.
4. Homila boshida soch qoplanishining hosil bo‘lishi.
5. So‘rish va yutish faoliyati.
6. Bosh miyaning maxsus faoliyati.
7. Homilaning hayotchan davri.
8. Og‘irligini tezda ko‘paytirib olish
9. Tug‘ruq.
=== Taqdimot 10 ===
Sog‘lom bola tug‘ilishi uchun bo‘lajak onalarga shifokorlar asosiy 5 ta tavsiyani ta’kidlab o‘tadilar:
10
1. Homilador ayol davolovchi shifokor ko‘rigidan muntazam o‘tib turishi, har oyda, homiladorlikning oxirida har haftada shifokor qabuliga borib turishi shart.
2. Homilador ayol to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga Roiya qilishi shart. Asosiy ozuqa 5ta asosiy mahsulotlar guruhidan: yormalar, meva va sabzavotlar, sut mahsulotlari,go‘sht yoki dukkakli o‘simliklardan tayyorlangan ozuqalar bo‘lishi kerak.
=== Taqdimot 11 ===
11
3. Alkogol va kofein tutuvchi ichimliklarni iste’mol qilish, chekish tavsiya etilmaydi. Biror bir dori-darmon yoki tibbiy muolajani qabul qilishda avval shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.
4. Homiladorlik davrida badan-tarbiya bilan shug‘ullanish zarur.
Agar homilador ayol yaxshi jismoniy holatda bo‘lsa, tana qo‘shimcha og‘irlikni ko‘tarishda qiyinchilikka uchramaydi.
5. Homilador ayol o‘zining toliqib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi, ayniqsa, homiladorlikning oxirgi haftalarida, maxsus mashg‘ulotlarga qatnashishi zarur.
=== Taqdimot 12 ===
KOGNITIV DARAJALAR
12
Bir bosqichli amallarni bajarish, masalan, dalillar, atamalar, tamoyillar yoki tushunchalarni anglash
Yuqori
O‘rta
Quyi
Hodisalarni tavsiflash va tushuntirishda ma’lum bilimlardan foydalana olish va qiyoslay olish, ikki yoki undan ortiq bosqichli faoliyatni talab qiladigan tegishli amallarni tanlay olish
Murakkab ma’lumotlarni tahlil qila olish, dalillarni umumlashtira olish, xulosalarni asoslash, muammoni hal qilish uchun reja ishlab chiqish
=== Taqdimot 13 ===
13
Chaqaloq bola bizga eng ojiz zotdek tuyuladi. Shunga qaramay, xuddi shu yoshning ham kuchli tomoni bo‘lib, bu jihati bilan go‘daklar kattalardan ustun turadi, deb ta’kidlaydi. professor E. A. Arkin.
=== Taqdimot 14 ===
CHAQALOQ VA GO‘DAK
14
=== Taqdimot 15 ===
Ilk bolalik davrida jismoniy rivojlanish
15
Ilk yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyat turi – predmetlarni о‘rganish, predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi.
Agar, gо‘dak bola qо‘liga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan о‘rganganidan sо‘nggina, о‘z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi.
=== Taqdimot 16 ===
“Bu nima?”
16
ILK YOSHDA
=== Taqdimot 17 ===
17
Ilk yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti
2,5 -3 yoshli bola kattalarning kо‘rsatgan namunasi, rangi, shakli va kattaligiga kо‘ra, aynan shunday predmetlarni chamalab, idrok etgan holda tо‘g‘ri topa oladi.
2,5-3 yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, tо‘g‘riburchak, kо‘pburchak) va 8 xil rangni (qizil, olov rang, sariq, yashil, kо‘k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin
Bola 3 yoshigacha о‘zl ashtirgan sо‘zl ar asosan predmet va harakatlarning nomlarini bildi radi
=== Taqdimot 18 ===
18
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni olishga harakat qila olganidan sо‘ng, uni sinchiklab о‘rganishida kо‘rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan, kо‘rgazmali-harakatli bо‘lib, u atrof olamdagi turli bog‘liqliklarni о‘rganishga xizmat qiladi.
=== Taqdimot 19 ===
ILK YOSHDA BOLALARNING SAVOLLARI
19
Bu nima?
Bu qayerdan kelgan?
Bu qanday yasalgan?
Kimniki, qachon?
Nima uchun shunday?
Nima qilsa bo’ladi?
Nu nimalarga ishlatiladi?
=== Taqdimot 20 ===
BOLA NUTQINING O’SISHI:
20
1,5 yoshda 30-40 ta sо‘zdan, to 100 tagacha
2 yoshlarning oxirlariga borib, bola 300 tagacha
3 yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha
1,5 – 3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi.
=== Taqdimot 21 ===
21
Ilk bolalik davrida bola shaxsining rivojlanishi:
“MEN” shakllanadi
Buni “Menga bering”, “Kо‘taring”, “Men ham boraman” kabi talablarida kо‘rinadi
3 yoshdagi inqiroz:
Bola о‘zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bо‘lgan (huquqi bо‘lgan), ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intiladi
=== Taqdimot 22 ===
22
Nutqni tushunishning dastlabki belgilari
Mustaqil holda tik turish va yurish
Nutqni qо‘llashning dastlabki belgilari
1 yoshda
=== Taqdimot 23 ===
23
Faol nutqni tushunishi va о‘zida yuzaga kelishi
Xarakter asoslarini shakllanishi
Qo’l va oyoq funksiyalarining aniq belgilanishi.
2 YOSHDA:
=== Taqdimot 24 ===
24
Nutqning shakllanishi
Kо‘rgazmali harakat tafakkurning rivojlanishi
Obrazli tafakkurning dastlabki nishonalari
Qо‘l predmetli harakatlarning rivojlanganligi о‘z xatti- harakatlarini irodaviy boshqarishning kо‘rinishlari
O‘z-о‘zini anglashning yuzaga kelishi.
Dastlabki axloqiy qoidalarni egallashi.
=== Taqdimot 25 ===
25
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.